1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.02 Paxtachilik]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash;
HOSILDORLIGI PAST BOʻLGAN YERLARDA DAVLAT EHTIYOJLARI UCHUN PAXTA XOM ASHYOSI YETISHTIRUVCHI QISHLOQ XOʻJALIGI KORXONALARINI MOLIYAVIY QOʻLLAB-QUVVATLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hosildorligi past boʻlgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 5-noyabrdagi PQ-725-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Hosildorligi past boʻlgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, “Oʻzpaxtasanoat” AJ hamda uning hududiy boʻlinmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari hosildorligi past boʻlgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha hujjatlarning oʻz vaqtida va toʻgʻri rasmiylashtirilishini belgilangan tartibda taʼminlasinlar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
3. Quyidagi maʼlumotlarning oʻz vaqtida taqdim etilishi va haqqoniyligi yuzasidan javobgarlik:
paxta xom ashyosi yetishtiriladigan haqiqiy yer maydonlari boʻyicha — tuman, qishloq xoʻjaligi, statistika, yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari rahbarlariga;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
paxta ekin maydonlarining bonitet bali boʻyicha — tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi rahbarlariga;
davlat ehtiyojlari uchun topshirilgan paxta xom ashyosi hajmlari toʻgʻrisida — “Oʻzpaxtasanoat” AJning paxta tozalash korxonalari rahbarlariga;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
moliyaviy yordam summasini aniqlashga doir hisob-kitoblar boʻyicha — tumanlarning moliya boʻlimi hamda qishloq xoʻjaligi boʻlimi rahbarlariga yuklansin.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
4. Moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mablagʻlarining toʻgʻri hisoblanishi va foydalanilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qaror bilan tasdiqlangan hosildorligi past boʻlgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tartibi asosiy qoidalarining barcha bosqichlarda amalga oshirilishi yuzasidan tizimli monitoring oʻrnatsin va yil yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ushbu qarorning bajarilishi toʻgʻrisida axborot kiritsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 11-aprel,
106-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 11-apreldagi 106-son qaroriga ILOVA
Hosildorligi past boʻlgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom hosildorligi past boʻlgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun yetishtirilgan paxta xom ashyosi kam olingan hosilining bir qismi qiymatini qoplash yoʻli bilan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalarini (keyingi oʻrinlarda xoʻjaliklar deb yuritiladi) moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tartibini belgilaydi.
2. Xoʻjalik yer uchastkasining muayyan konturlari doirasida tuproqning mexanik tarkibi, undagi gumus miqdori, shoʻrlanganlik, toshloqlik, zichlik, gipslilik darajasi, yer ostidagi tosh va sizob suvlarning joylashish sathi va boshqa koʻrsatkichlardan kelib chiqqan holda, 100 balli shkala boʻyicha aniqlanadigan bonitet bali yerlarning hosildorligini aniqlash mezoni hisoblanadi.
3. Tuproq boniteti bali “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi boʻlinmalari tomonidan, qishloq xoʻjaligi ekinlari kadastr hosildorligini aniqlash uchun asos boʻladigan tuproq tadqiqotlari natijalari boʻyicha aniqlanadi.
4. Gʻoʻzaning kadastr hosildorligi tuproqning bir bonitet baliga 0,4 ga/s paxta xom ashyosi hisobidan aniqlanadi.
5. Xoʻjaliklarning davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtirilayotgan, oʻrtacha bonitet bali 60 dan past boʻlgan, moliyaviy qoʻllab-quvvatlash obyektlari hisoblangan yerlari hosildorligi past boʻlgan yerlar deb hisoblanadi. Mazkur Nizomni qoʻllashda:
xoʻjaliklarning oʻrtacha bonitet bali 60 hamda normativ hosildorligi 24 ga/s (60 x 0,4) va undan yuqori boʻlgan yerlari paxta xom ashyosi yetishtirishda sarflangan moddiy va mehnat xarajatlari qoplanishini taʼminlaydigan maydonlar hisoblanadi;
hisob-kitoblarda bonitet bali koʻrsatkichi 40 va hosildorligi gektaridan 16 sentner boʻlgan yerlar hosildorlikning past darajasi etib qabul qilinadi. Hosildorligi gektaridan 16 sentnerdan past boʻlgan va tuproq bonitirovkasi boʻyicha ishlar bajarilmagan yerlarning bonitet bali koʻrsatkichlari bonitet bali 40 boʻlgan yerlarga tenglashtiriladi. Barcha konturlarning umumiy bonitet ballari yigʻindisi gʻoʻza maydoniga boʻlinadi va 1 gektar uchun oʻrtacha hisoblangan bonitet bali chiqariladi;
yerlarning oʻrtacha bonitet bali — ballarda, 1 gektar maydondagi kadastr va normativ hosildorlik oʻrtasidagi tafovut — sentnerda, barcha maydondan olingan hosil esa yuzdan birigacha (0,01) aniqlikda — tonnada, moliyaviy yordam summasi esa — ming soʻmning oʻndan birigacha (0,1) aniqlikda hisoblanadi.
6. Har bir xoʻjalik boʻyicha hosildorligi past yerlardagi haqiqiy gʻoʻza maydoni tuman hokimi (komissiya raisi) hamda tuman qishloq xoʻjaligi, statistika, yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari rahbarlaridan iborat tarkibdagi komissiya qarori bilan, ekish tugagandan soʻng 20 kun mobaynida “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi organlari maʼlumotlari asosida aniqlanadi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Komissiya qaror qabul qilingandan soʻng 3 kun mobaynida tuman moliya boʻlimiga mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha tuman komissiyasining hosildorligi past yerlarda ekilgan gʻoʻza maydonlari toʻgʻrisidagi xulosasini, manfaatdor xoʻjaliklarga esa — xulosadan koʻchirmani yuboradi.
II. Moliyaviy qoʻllab-quvvatlash summasini aniqlash
7. Tuman komissiyasi tomonidan gʻoʻza ekilgan maydonlar hosildorligi past yerlar deb qabul qilingan xoʻjalik rahbari (boshqaruvchisi), komissiya xulosasidan koʻchirma olgandan soʻng 10 kun mobaynida tuman moliya boʻlimiga moliyaviy qoʻllab-quvvatlash olish uchun mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha xoʻjalikni hosildorligi past boʻlgan yerlarda paxta xom ashyosi yetishtiruvchi xoʻjaliklar roʻyxatiga kiritish haqida ariza taqdim etadi.
8. Tuman moliya boʻlimi tuman komissiyasi xulosasida yerlarning oʻrtacha bonitet bali toʻgʻri aniqlanganligini tekshiradi va har bir xoʻjalik boʻyicha tumanning hosildorligi past yerlarida kam olinadigan paxta xom ashyosi hajmini mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq hisoblab chiqadi, bunda:
normativ (24 ga/s) va kadastr hosildorlik oʻrtasidagi tafovutni;
kadastr hosildorlik va 24 ga/s hosildorlik oʻrtasidagi tafovutni ekin maydoniga koʻpaytirgan holda xoʻjalik tomonidan kam olinadigan hosilning hisoblangan miqdorini aniqlaydi.
9. Tuman moliya boʻlimi tomonidan hosildorligi past boʻlgan yerlarda kam olinadigan hosil miqdori hisob-kitoblari mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha kalendar yilning 15-iyunidan kechikmay viloyat moliya boshqarmasiga (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligiga) taqdim etiladi, u olingan hisob-kitoblarni umumlashtirib ularni kalendar yilning 15-iyulidan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga mazkur Nizomning 3a-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha taqdim etadi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun nazarda tutilgan mablagʻlardan kelib chiqqan holda, hosildorligi past boʻlgan yerlarda kam olinadigan bir tonna paxta xom ashyosiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha hisoblangan summani aniqlaydi hamda kalendar yilning 1-sentabrigacha boʻlgan muddatda uni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligiga va viloyatlarning moliya boshqarmalariga yetkazadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
11. Paxta xom ashyosi hosili yigʻib olinib, davlat ehtiyojlari uchun topshirilgandan soʻng, lekin kalendar yilning 15-noyabridan kechikmay, tuman moliya boʻlimiga:
taqqoslama dalolatnomalar asosida tuzilgan, paxta tozalash korxonasi va xoʻjaliklar oʻrtasida rasmiylashtirilgan, davlat ehtiyojlari uchun kontraktatsiya shartnomasiga muvofiq sotilgan paxta xom ashyosi miqdori toʻgʻrisidagi mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha paxta tozalash korxonasining maʼlumotnomasi;
tuman hokimligi komissiyasining hosildorligi past boʻlgan yerlarda haqiqatan hosili yigʻib olingan paxta maydoni toʻgʻrisidagi xulosasi mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha taqdim etiladi.
12. Tuman moliya boʻlimi tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi bilan birgalikda, hosildorligi past boʻlgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtirgan xoʻjaliklarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash summasini olingan maʼlumotlar asosida, mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha hisoblab chiqadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
13. Moliyaviy qoʻllab-quvvatlash summasini aniqlash boʻyicha hisob-kitoblar haqiqiy kadastr hosildorlik olinishini taʼminlagan xoʻjaliklar boʻyicha amalga oshiriladi.
Bunda:
haqiqiy kadastr hosildorlik boʻyicha aniqlab hisoblab chiqilgan mahsulot hajmini davlatga sotishni taʼminlamagan xoʻjaliklarga (tegishli organlar xulosalari asosida qabul qilingan hokimlik komissiyasi qarori bilan tasdiqlangan tabiiy ofatlar yoki boshqa yengib boʻlmaydigan kuch vaziyatlari (fors-major) natijasida ekinlarning shikastlanganligi holatlari bundan mustasno) moliyaviy qoʻllab-quvvatlash summasi hisoblanmaydi;
hosildorligi past boʻlgan yerlarda kadastr hosildorlikdan yuqori hosil olishni taʼminlagan xoʻjaliklarni ragʻbatlantirish maqsadida moliyaviy qoʻllab-quvvatlash summasi kadastr hosildorlik boʻyicha hisoblanadi. Kadastr hosildorlikdan yuqori olingan hosil uchun moliyaviy qoʻllab-quvvatlash summasi qisqartirilmaydi;
paxta xom ashyosini davlat ehtiyojlari uchun hamda boshqa qayta ishlash korxonalariga (“SASK” QK, “Mirishkor” va boshqalarga) sotgan xoʻjaliklarga belgilangan tartibda hisoblangan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash summasidan davlat ehtiyojlari uchun sotilgan paxta hajmiga mutanosib summa toʻlanadi.
14. Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi bilan kelishgan holda tuman moliya boʻlimi tomonidan amalga oshirilgan yigʻma hisob-kitoblar tuman hokimi tomonidan tasdiqlanadi va kalendar yilning 20-noyabridan kechikmay viloyat moliya boshqarmasiga (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligiga) taqdim etiladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
15. Viloyatlar moliya boshqarmalari (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi) tumanlar moliya boʻlimlari tomonidan tayyorlangan axborotlar hamda hisob-kitoblarning toʻliqligi va toʻgʻriligini tekshirib, ularni mintaqa boʻyicha umumlashtiradilar hamda viloyat hokimi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi) tomonidan tasdiqlangan viloyatning hosildorligi past boʻlgan yerlarida davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtirgan xoʻjaliklarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash summasining yigʻma hisob-kitobini mazkur Nizomning 6a-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha kalendar yilning 1-dekabridan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadilar.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi materiallar kelib tushishiga koʻra ularni bir hafta mobaynida umuman viloyatlar (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) hamda tumanlar boʻyicha koʻrib chiqadi, toʻlash uchun qabul qilingan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash summasi hisob-kitobini elektron pochta orqali viloyatlar moliya boshqarmalari (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi)ga yetkazadi.
III. Moliyaviy qoʻllab-quvvatlash summasini moliyalashtirish va toʻlash
17. Hosildorligi past boʻlgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtiruvchi xoʻjaliklarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetida nazarda tutiladi va taqdim etilgan hisob-kitoblarga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga oʻtkaziladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
18. Viloyatlar moliya boshqarmalari (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi) 2 kun mobaynida xoʻjaliklar boʻyicha tasdiqlangan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash summasini tumanlarning moliya boʻlimlariga yetkazadilar.
19. Tuman moliya boʻlimi tasdiqlangan hisob-kitoblar olingandan soʻng 3 bank kuni mobaynida viloyat moliya boshqarmasi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi) tomonidan tasdiqlangan hisob-kitob nusxasini ilova qilgan holda, toʻlov topshiriqnomasini gʻaznachilikning tuman boʻlinmasiga xoʻjalikning hisob-raqamiga oʻtkazish uchun taqdim etadi.
20. Mablagʻlarni har bir xoʻjalikka oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan maxsus hisob raqamiga oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
Gʻaznachilik boʻlinmalari hosildorligi past boʻlgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtiruvchi xoʻjaliklarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash summasini oʻtkazishda moliya organlaridan shartnoma tuzishni yoki xarajatlar smetasi taqdim etishni talab qilmaydilar.
21. Xoʻjaliklarga moliyaviy qoʻllab-quvvatlash summasini toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan joriy moliyaviy yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetida nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
IV. Moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mablagʻlaridan foydalanish va ularning toʻlanishini nazorat qilish
22. Budjetdan xoʻjaliklarning maxsus hisob raqamiga tushgan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mablagʻlari:
budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikni, bank kreditlari va ish haqi, shuningdek paxta xom ashyosi yetishtirish uchun sotib olingan moddiy-texnika resurslari va koʻrsatilgan xizmatlar uchun qarzlarni toʻlashga;
kelgusi yil hosili uchun sotib olinadigan resurslar va koʻrsatiladigan xizmatlar uchun oldindan toʻlovlarni amalga oshirishga;
yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlarini va xoʻjalikning ishlab chiqarish faoliyati bilan bogʻliq boshqa xarajatlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.
23. Viloyatlar moliya boshqarmalari (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi) va Davlat soliq qoʻmitasining hududiy boshqarmalari, maqsadli mablagʻlardan foydalanish tugallangandan keyin 10 kun mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hosildorligi past boʻlgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtirgan xoʻjaliklarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun tushgan mablagʻlardan foydalanilishi boʻyicha hisobotni mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha taqdim etadilar.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi ajratilgan mablagʻlarning toʻgʻri hisoblanganligi va ulardan foydalanilishini tekshiradi. Ushbu maqsadda har yili 1-chorakda oldingi yilda toʻlangan mablagʻlarni tekshirish amalga oshiriladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)
V. Yakunlovchi qoida
25. Hosildorligi past boʻlgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtiruvchi xoʻjaliklarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash ushbu Nizomning 8-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Hosildorligi past boʻlgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
____________ tumani komissiyasining hosildorligi past boʻlgan yerlarda gʻoʻza ekin maydoni toʻgʻrisidagi XULOSASI
Tarkibida komissiya raisi — tuman hokimi
______________________ (F.I.O.)
komissiya aʼzolari:
tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi
_______________________ (F.I.O.)
tuman statistika boʻlimi boshligʻi
_______________________ (F.I.O.)
tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi boshligʻi boʻlgan komissiya
________________________ (F.I.O.)
20___ yil hosili uchun gʻoʻza ekish yakunlarini koʻrib chiqib tasdiqlaydiki, quyida koʻrsatilgan xoʻjaliklar tomonidan hosildorligi past yerlarda chigit ekilgan.
T/r
Xoʻjaliklarning nomi
Kontur №
Ekin maydoni, gektar
Bonitet bali* yigʻindisi
Bonitet bali yigʻindisi (4-ustun x 5-ustun)
Xoʻjalik boʻyicha oʻrtacha hisoblangan bonitet bali (6-ustun yigʻindisi / 4-ustun yigʻindisi)
1
2
3
4
5
6
7
1.
……
X
……
X
……
X
Xoʻjalik boʻyicha jami
X
X
2.
……
X
……
X
……
X
Xoʻjalik boʻyicha jami
X
X
Tuman boʻyicha jami
* Bonitet ballari yigʻindisi hisoblanganda boniteti 40 baldan past boʻlgan yerlar 40 balli deb baholanadi.
Komissiya raisi — tuman hokimi
______________
_________________________________________
(imzo)
(F.I.O.)
komissiya aʼzolari:
tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi
______________
_________________________________________
(imzo)
(F.I.O.)
tuman statistika boʻlimi boshligʻi
_______________
_________________________________________
(imzo)
(F.I.O.)
tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi boshligʻi
______________
_________________________________________
(imzo)
(F.I.O.)
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Hosildorligi past boʻlgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
___________________ viloyati
(Qoraqalpogʻiston Respublikasi)
_____________________ tumani
hokimligining moliya boʻlimiga
Ariza
______________________________________________________________ xoʻjaligi xabar beradiki,
(nomi)
20____ yilda ____ gektar maydonda, shu jumladan № ___ konturdagi bonitet bali ____ boʻlgan _____ gektar, №____ konturdagi bonitet balli ____ boʻlgan ____ gektar, № ___ konturdagi bonitet bali ____boʻlgan ____ gektar, № ____ konturdagi bonitet bali ___ boʻlgan ___ gektar maydonda chigit ekish yakunlandi. Oʻrtacha hisoblangan bonitet balli ___ balni tashkil etadi.
____________________ tumani hokimligi komissiyasi tomonidan yuqorida koʻrsatilgan konturlarda chigit ekilganligi tasdiqlangan va shuning uchun ____________ xoʻjaligini hosildorligi past boʻlgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtiradigan va davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlanadigan xoʻjaliklar roʻyxatiga kiritishni soʻrayman.
Xoʻjalik rahbari
______________
___________________
(imzo)
(F.I.O.)
M.Oʻ.
20____ yil “____” ____________
Hosildorligi past boʻlgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
20 __ yilda _______ viloyati (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) ________ tumanidagi hosildorligi past boʻlgan yerlarda olinmay qolayotgan paxta xom ashyosi miqdorining HISOB-KITOBI
T/r
Xoʻjaliklar nomi
Joylashgan joyi
Ekin maydoni, gektar
Oʻrtacha hisoblangan bonitet bali (1-ilovaning 7-ustuni)
Kadastr hosildorligi (6-ustun x 0,4 s)
Normativ va kadastr hosildorligi oʻrtasidagi farq (24 s - 7-ustun)
Olinmay qolgan paxta xom ashyosi miqdori, tonna (4-ustun x 8-ustun) / 10
jami (1-ilovaning 4-ustuni )
shu jumladan: boniteti 60 baldan past (1-ilovaning 4-ustuni)
1
2
3
4
5
6
7
8
9
Tuman boʻyicha jami *
* Tuman boʻyicha 9, 8, 7 va 6-ustunlar quyidagicha aniqlanadi:
9-ustun = (qoʻshish yoʻli bilan aniqlanadi); 8-ustun = (9-ustun / 4-ustun) x 10; 7-ustun = (24s - 8-ustun); 6-ustun = (7-ustun / 0,4 s.).
Moliya boʻlimi mudiri
________________
_________________
(imzo)
M. Oʻ.
(F.I.O.)
Hosildorligi past boʻlgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3a-ILOVA
20 __ yilda _______ viloyatidagi (Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi) hosildorligi past boʻlgan yerlarda olinmay qolayotgan paxta xom ashyosi miqdorining HISOB-KITOBI
T/r
Tumanlar nomi
Xoʻjaliklar soni
Ekin maydoni, gektar
Oʻrtacha hisoblangan bonitet bali (3-ilovaning 6-ustuni)
Kadastr hosildorligi (6-ustun x 0,4 s)
Normativ va kadastr hosildorligi oʻrtasidagi farq (24 s - 7-ustun)
Olinmay qolgan paxta xom ashyosi miqdori, tonna (4-ustun x 8-ustun) / 10
jami (3-ilovaning 4-ustuni)
shu jumladan: boniteti 60 baldan past (3-ilovaning 5-ustuni)
1
2
3
4
5
6
7
8
9
Viloyat boʻyicha jami *
* Viloyat (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) boʻyicha 9, 8, 7 va 6-ustunlar quyidagicha aniqlanadi:
9-ustun = (qoʻshish yoʻli bilan aniqlanadi); 8-ustun = (9-ustun / 4-ustun) x 10; 7-ustun = (24s - 8-ustun); 6-ustun = (7-ustun / 0,4 s.)
Hududiy moliya boshqarmasi rahbari
________________
_________________
(Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vaziri)
(imzo)
M. Oʻ.
(F.I.O.)
Hosildorligi past boʻlgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
____________ tumani hokimligining moliya boʻlimiga
MAʼLUMOTNOMA
Ushbu maʼlumotnoma shu haqda berildiki, 20___ yil hosili uchun quyidagi xoʻjaliklar tomonidan tuzilgan kontraktatsiya shartnomasiga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun jami ____ tonna paxta xom ashyosi yetkazib berilgan, shu jumladan:
T/r
Xoʻjaliklar nomi
Sotilgan paxta xom ashyosi miqdori, tonna
Sotilgan paxta xom ashyosi qiymati, ming soʻm
“__________________”
OAJ direktori
____________________
____________________
(imzo)
(F.I.O.)
“__________________”
OAJ bosh buxgalteri
____________________
____________________
(imzo)
(F.I.O.)
M. Oʻ.
20____ yil “____” ______________ № - ______.
Hosildorligi past boʻlgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
_____________ tumani komissiyasining hosildorligi past boʻlgan yerlarda paxta xom ashyosi yigʻib olingan haqiqiy maydonlar toʻgʻrisidagi XULOSASI
Tarkibida komissiya raisi — tuman hokimi
______________________
komissiya aʼzolari:
(F.I.O.)
qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi
______________________
(F.I.O.)
tuman statistika boʻlimi boshligʻi
______________________
(F.I.O.)
tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi boshligʻi boʻlgan komissiya
_____________________
(F.I.O.)
20__ yil hosili uchun paxta xom ashyosi yigʻib olish yakunlarini koʻrib chiqib tasdiqlaydiki, quyida koʻrsatilgan xoʻjaliklar tomonidan hosildorligi past yerlarda paxta xom ashyosi yigʻib olingan.
T/r
Xoʻjaliklarning nomi
Kontur №
Paxta yigʻib olingan maydon, gektar
Bonitet bali*
Bonitet bali yigʻindisi (4-ustun x 5-ustun)
Xoʻjalik boʻyicha oʻrtacha hisoblangan bonitet bali (7-ustun yigʻindisi / 4-ustun yigʻindisi)
jami
shu jumladan: boniteti 60 baldan past yerlar
1
2
3
4
5
6
7
8
1.
……
X
……
X
……
X
Xoʻjalik boʻyicha jami
X
X
2.
……
X
……
X
……
X
.
Xoʻjalik boʻyicha jami
X
X
Tuman boʻyicha jami
X
X
* Bonitet ballari yigʻindisi hisoblanganda boniteti 40 baldan past boʻlgan yerlar 40 balli deb baholanadi.
Komissiya raisi — tuman hokimi
__________
__________
komissiya aʼzolari:
(imzo)
(F.I.O.)
qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi
__________
__________
(imzo)
(F.I.O.)
tuman statistika boʻlimi boshligʻi
__________
__________
(imzo)
(F.I.O.)
tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi boshligʻi
__________
__________
(imzo)
(F.I.O.)
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Hosildorligi past boʻlgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
“TASDIQLAYMAN”
__________________ tumani hokimi
(F.I.O.)
______________________ M.Oʻ.
(imzo)
____________ viloyati (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) ____________tumanining hosildorligi past boʻlgan yerlarida davlat ehtiyoji uchun 20__ yilda paxta xom ashyosi yetishtirgan xoʻjaliklarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash summasining HISOB-KITOBI
T/r
Xoʻjaliklar nomi
Amalda
Yigʻim-terim maydoni boʻyicha oʻrtacha hisoblangan bonitet bali (5-ilovaning 8-ustuni)
Kadastr hosil-dorlik (7-ustun x 0,4 s) ga/s
Normativ va kadastr hosildorlik oʻrtasidagi farq
Hosildorligi past boʻlgan yerlarda olinmay qolgan paxta, tn (3-ustun x 10-ustun/10
___ming soʻm/t x 11-ustun hisobidan moliyaviy yordam summasi (ming soʻm)
yigʻim-terim maydoni, ga (5-ilovaning 4-ustuni)
shu jumladan, boniteti 60 baldan past maydonlar (5-ilovaning 5-ustuni)
yalpi hosil, (tn.)
oʻrtacha hosil-dorlik (5-ustun / 3-ustun x 10) ga/s
haqiqiy hosildorlik oʻrta-sidagi tafovut (6-ustun – 8-ustun)*
normativ hosildorlik oʻrtasidagi tafovut (24 s – 8-ustun)
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
Jami**
* 1 gektardan haqiqiy kadastr hosildorlikdan past paxta xom ashyosi yigʻib-terib olgan xoʻjaliklar boʻyicha moliyaviy qoʻllab-quvvatlash summasi hisob-kitob qilinmaydi.
** Tuman boʻyicha 11, 10, 8 va 7-ustunlar yakunlari quyidagicha aniqlanadi: 11-ustun = (3-ustun x 10-ustun/10); 10-ustun = (11-ustun/3-ustun) x 10; 8-ustun = 24 s. - 10-ustun; 7-ustun = 8-ustun/0,4 s.
_____________
tumani moliya boʻlimi mudiri
M.Oʻ.
_____________
_____________
(imzo)
(F.I.O.)
_____________
tumani qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi
M.Oʻ.
_______________
_______________
(imzo)
(F.I.O.)
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Hosildorligi past boʻlgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6a-ILOVA
“TASDIQLAYMAN”
_________________viloyati hokimi
(F.I.O.)
_________________________ M.Oʻ.
(imzo)
____________ viloyati (Qoraqalpogʻiston Respublikasi)ning hosildorligi past boʻlgan yerlarida 20___ yilda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtirgan xoʻjaliklarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash summasining yigʻma HISOB-KITOBI
T/r
Tuman nomi
Xoʻjaliklar soni
Amalda
Yigʻim-terim maydoni boʻyicha oʻrtacha hisoblangan bonitet bali (6-ilovaning 7-ustuni)
Kadastr hosil-dorlik (8-ustun x 0,4s) ga/s
Normativ va kadastr hosildorlik oʻrtasidagi farq
Hosildorligi past boʻlgan yerlardan olinmay qolgan paxta (tonna) (4-ustun x 11-ustun)/10
____ming soʻm/tn x 12-ustun hisobidan jami moliyaviy qoʻllab-quvvatlash summasi (ming soʻm)
yigʻim-terim maydoni, ga (6-ilova-ning 3-ustuni
shu jumladan boniteti 60 baldan past maydonlar (6-ilova-ning 4-ustuni)
yalpi hosil, (ton-na)
oʻrtacha hosil-dorlik (6-ustun / 4-ustun x 10) ga/s
haqiqiy hosildorlik oʻrtasidagi tafovut (7-ustun – 9-ustun)
normativ hosildorlik oʻrtasidagi tafovut (24 s – 9-ustun)
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
Jami*
* Viloyat boʻyicha 12, 11, 9 va 8-ustunlarning yakunlari quyidagi tartibda aniqlanadi: 12-ustun = (4-ustun x 11-ustun/10);. 11-ustun = (12-ustun/4-ustun) x 10; 9-ustun = 24 s – 11-ustun; 8-ustun = 9-ustun/0,4 s.
______________
viloyati moliya boshqarmasi boshligʻi
M.Oʻ
____________
____________
(Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vaziri)
(imzo)
(F.I.O.)
____________
viloyati qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi
M.Oʻ
____________ (imzo)
____________ (F.I.O.)
(Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri)
(6a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Hosildorligi past boʻlgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
__________ viloyati (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) boʻyicha 20___ yilda hosildorligi past boʻlgan yerlarda paxta xom ashyosi yetishtirgan xoʻjaliklarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun tushgan mablagʻlardan foydalanilishiga doir HISOBOT
(ming soʻm)
T/r
Tumanlar nomi
Xoʻjaliklarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun ajratilgan mablagʻlar
Moliyaviy qoʻllab-quvvatlash summalaridan foydalanish yoʻnalishlari
qarzlarni qaytarish uchun
oldindan toʻlovlar uchun
YOMM
mineral oʻgʻitlar
MTP xizmatlari
elektr energiyasi
yagona yer soligʻi
……
…….
YOMM
mineral oʻgʻitlar
MTP xizmatlari
elektr energiyasi
…….
…….
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
Hududiy moliya boshqarmasi rahbari
_________
_________
(Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vaziri)
(imzo)
M.Oʻ.
(F.I.O.)
Hududiy davlat soliq boshqarmasi rahbari
_________
_________
(imzo)
M.Oʻ.
(F.I.O.)
Hosildorligi past boʻlgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 8-ILOVA
Hosildorligi past boʻlgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtiruvchi xoʻjaliklarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash
SXEMASI
Bosqichlar
Tadbirlar
Muddat
Bajaruvchilar
I
Hosildorligi past boʻlgan yerlarda paxta xom ashyosi yetishtiruvchi xoʻjaliklar roʻyxati va maydonini aniqlash
Chigit ekish tugallangandan keyin 20 kun mobaynida
Tuman komissiyasi
II
Tuman komissiyasining qarorini tuman moliya boʻlimiga, shuningdek hosildorligi past boʻlgan yerlarda paxta xom ashyosi yetishtiruvchi xoʻjaliklarga yetkazish
Qaror qabul qilingandan keyin 3 kun mobaynida
Tuman komissiyasi
III
Xoʻjaliklarning ularni moliyaviy qoʻllab-quvvatlanadigan xoʻjaliklar roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisida tuman moliya boʻlimiga murojaati
Tuman komissiyasining qarori olingandan keyin 10 kun mobaynida
Xoʻjaliklar rahbarlari
IV
Tuman boʻyicha olinmay qolgan paxta xom ashyosi hajmini aniqlash va hisoblangan hajmni viloyat moliya boshqarmasiga (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligiga) taqdim etish
Kalendar yilning 15-iyunidan kechikmay
Tuman moliya boʻlimi
V
Viloyat (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) boʻyicha olinmay qolgan paxta xom ashyosi hajmini aniqlash va hisoblangan hajmni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etish
Kalendar yilning 15-iyulidan kechikmay
Viloyatlar moliya boshqarmalari (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi)
VI
Hosildorligi past boʻlgan yerlarda olinmay qolgan 1 tonna paxta xom ashyosiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha hisoblangan summani aniqlash va uni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligiga va viloyat moliya boshqarmalariga yetkazish
Kalendar yilning 1-sentabrigacha
Moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi
VII
Paxta tozalash korxonasining davlat ehtiyojlari uchun sotilgan paxta xom ashyosi hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasini tuman moliya boʻlimiga taqdim etish
Kalendar yilning 15-noyabrigacha
Paxta tozalash korxonalari
Tuman hokimligi komissiyasining hosildorligi past boʻlgan yerlarda amalda paxta ekilgan maydon toʻgʻrisidagi xulosasini tuman moliya boʻlimiga taqdim etish
Tuman komissiyasi
VIII
Hosildorligi past boʻlgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtiruvchi xoʻjaliklar boʻyicha moliyaviy qoʻllab-quvvatlash summasini aniqlash va uni viloyat moliya boshqarmasiga (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligiga) taqdim etish
Kalendar yilning 20-noyabrigacha
Tuman moliya boʻlimi, tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi
IX
Moliyaviy qoʻllab-quvvatlash summasining tuman boʻlinmalari tomonidan toʻgʻri aniqlanganligini tekshirish, viloyat boʻyicha umumlashtirish va hosildorligi past yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtiruvchi viloyat (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash uchun talab etiladigan moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning yigʻma hisob-kitob summasini Moliya vazirligiga taqdim etish
Kalendar yilning 1-dekabrigacha
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar moliya boshqarmalari
X
Moliyaviy qoʻllab-quvvatlash summasini aniqlash boʻyicha viloyatlar (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) hisob-kitoblarini koʻrib chiqish va ularni toʻlash uchun viloyat moliya boshqarmalariga (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligiga) yetkazish
Hisob-kitoblar taqdim etilgandan keyin 1 hafta mobaynida
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
XI
Xoʻjaliklar boʻyicha tasdiqlangan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash summasini tuman moliya boʻlimlariga yetkazish
Tasdiqlangan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash summasi olingan vaqtdan boshlab 2 kun mobaynida
Viloyatlar moliya boshqarmalari (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi)
XII
Mablagʻlarni xoʻjaliklarning hisob raqamlariga oʻtkazish uchun viloyat moliya boshqarmasi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi) tomonidan tasdiqlangan hisob-kitob nusxasi ilova qilingan holda toʻlov topshiriqnomasini gʻaznachilikning tuman boʻlinmasiga taqdim etish
Tasdiqlangan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash summasi olingan vaqtdan boshlab 3 bank kuni mobaynida
Tuman moliya boʻlimi, tuman gʻaznachilik boʻlinmasi
(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 15-son, 171-modda; 2015-y., 52-son, 647-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)