|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 26.11.2025
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM HUJJATLARIGA OʻZGARTISHLAR VA QOʻSHIMCHA KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2011-yil 24-oktabrdagi PQ-1630-son qaroriga hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tuzilmasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 2012-yil 13-yanvardagi PQ-1686-son qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 21-fevral,
PQ-1711-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-fevraldagi PQ-1711-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari qishloq aholi punktlarining suv taʼminoti va sanitariyasi” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 8-yanvardagi PQ-555-son qarorining 4-ilovasidagi “Tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari “Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi PF-5329-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-iyuldagi PQ-927-son qarori bilan tasdiqlangan xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish hamda oʻzlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning:
a) 4-bandida:
“i” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“i) Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti quyidagilarni amalga oshiradi:
kiritiladigan Investitsiya dasturlari, tarmoqlar va hududlarni rivojlantirish dasturlari loyihalarini har tomonlama tahlil qilish va ekspertizadan oʻtkazish, shu jumladan ularni amalga oshirishning ehtimol tutilgan oqibatlarini kompleks baholash;
Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamentlari bilan hamkorlikda xorijiy investorlar va kreditorlarning takliflari, loyihalarni amalga oshirishning samarador va eng maqbul sxemalarini tanlab olish boʻyicha xulosalarni tayyorlash;
investitsiya loyihalari, shu jumladan Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni oʻz vaqtida tayyorlash hamda amalga oshirishni taʼminlash boʻyicha boshqaruvchining ishchi organi—ofisi etib belgilangan Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari, vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamentlari bilan birgalikda aniq investitsiya loyihalari boʻyicha Hukumat qarorlari loyihalarining kompleks ekspertizasini olib borish;
Investitsiya dasturi, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishining borishini monitoring qilish natijalarini umumlashtirish va kompleks tahlil qilish, shular asosida tasdiqlangan parametrlarga soʻzsiz erishish boʻyicha takliflar va chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
iqtisodiyotni modernizatsiyalash, ishlab chiqarishni texnik va texnologik qayta jihozlashning ustuvor loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy, birinchi navbatda — toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda qatnashish;
Oʻzbekiston Respublikasidagi investitsiyaviy iqlim, jumladan, investitsiyalashning asosiy tartib-taomili masalalari, shuningdek taklif etilayotgan investitsiya hajmlari toʻgʻrisida ehtimol tutilayotgan investorlarni axborot bilan taʼminlash boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;
xorijiy investorlar bilan investitsiyaviy shartnomalar tuzilishi va ularning shartlariga rioya qilinishi, moliyalashning oʻz vaqtida ochilishi hamda xorijiy investorlar va kreditorlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlarning bajarilishi ustidan monitoring olib borish;
Vazirlar Mahkamasining tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda alohida yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarining TIA (TIR)larini, moliyalashtirish sxemalarini koʻrib chiqish;
xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish masalalari boʻyicha, shuningdek hamkorlikning ustuvor va istiqbolli yoʻnalishlari boʻyicha takliflarni ishlab chiqishda xalqaro moliya va iqtisodiyot institutlari hamda boshqa investorlar bilan hamkorlik qilish dasturlari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish”;
“i1” kichik bandi chiqarib tashlansin;
b) 18-bandning beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vazirlar Mahkamasining tegishli Axborot-tahlil departamenti Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti bilan kelishilgan holda kiritilgan hujjatlarga asosan Vazirlar Mahkamasining tegishli Axborot-tahlil departamentiga mutasaddilik qiluvchi Bosh vazir oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadigan qoʻshma xulosani tayyorlaydi”;
v) 30-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“30. TIAISV har oyda maʼlumotlar bazasiga kiritilgan investitsiyaviy takliflar amalga oshirilishining borishi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentiga axborot berib boradi.
Tasdiqlangan tarmoq jadvallaridan orqada qolish hollari yuz berganda TIAISV kechikish sabablarini hamda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf qilish takliflarini koʻrsatgan holda axborot taqdim etadi. Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti Vazirlar Mahkamasining tegishli Axborot-tahlil departamentlari bilan birgalikda vujudga kelayotgan muammolarni hal etishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni qabul qiladi”;
g) 32-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentiga davlatning tashqi qarzi hajmlari va geografiyasi toʻgʻrisida belgilangan shakldagi maʼlumotni taqdim etadi”;
d) 33-bandning toʻrtinchi xatboshidagi va 35-bandning yettinchi xatboshidagi “iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar va” soʻzlari “tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va” soʻzlari bilan almashtirilsin.
e) 36-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“36. Har oyda zarur qarorlarni qabul qilish uchun tegishli Axborot-tahlil departamenti Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti bilan birgalikda xorijiy investorlar va kreditorlarni jalb etgan holda investitsiya loyihalari amalga oshirilishining borishini monitoring qilish umumlashma natijalarini koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasining Prezidiumiga kiritadi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 1-dekabrdagi PQ-1236-son qarori 3-ilovasining ikkinchi va uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“B.I. Zakirov — Bosh vazir oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari
E.M. Ganiyev — tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri.”.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi PQ-4629-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2020-y., 07/20/4629/0258-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi PF-5329-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-yanvardagi PF-5306-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 8-9-son, 78-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son; 06.03.2020-y., 07/20/4629/0258-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)