O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AVTOMOBILDA XALQARO YUK TASHIYDIGAN AVTOTRANSPORT VOSITALARIGA RAQAMLI NAZORAT QURILMALARINI JORIY ETISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekistonning 1970-yil 1-iyulda Jeneva shahrida imzolangan avtomobilda xalqaro yuk tashiydigan transport vositalari ekipajlari ishiga tegishli Yevropa bitimidagi ishtiroki bilan bog‘liq O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi 1998-yilda avtomobilda xalqaro yuk tashiydigan transport vositalari ekipajlari ishiga tegishli Yevropa bitimiga qo‘shilganligi;
Yevropa bitimi talablariga muvofiq 2010-yil 16-iyundan keyin Yevropa bitimi qatnashchilari bo‘lgan mamlakatlarga avtomobilda xalqaro yuk tashiydigan avtotransport vositalari raqamli nazorat qurilmalari bilan ta’minlanishi zarurligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi O‘zbekistonning Yevropa bitimida qatnashishi bilan bog‘liq O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarini bajarish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilansin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Belgilansinki, xalqaro avtomobil qatnovida hamda M3 va N3 toifaga kiruvchi avtotransport vositalarida yo‘lovchi va yuklarni shaharlararo (masofasi 400 km va undan yuqori) yo‘nalishlar bo‘yicha tashishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimi raqamli nazorat qurilmasi (taxograf) yordamida nazorat qilinadi.
Bunda haydovchi faqat raqamli nazorat qurilmasida o‘zining haydovchi kartochkasidan foydalanishi lozim bo‘ladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Yevropa bitimi talablariga muvofiq avtomobilda xalqaro yuk tashishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimlarini nazorat qilish uchun foydalaniladigan raqamli nazorat qurilmasi kartochkalari to‘g‘risidagi nizom, shuningdek Raqamli nazorat qurilmalaridan foydalanish to‘g‘risidagi yo‘riqnoma bir oy muddatda ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishini;
Yevropa bitimi talablariga muvofiq raqamli nazorat qurilmalarini bosqichma-bosqich joriy etish va ulardan foydalanish ishlari muvofiqlashtirilishini;
O‘zbekiston Respublikasining avtomobilda xalqaro yuk tashishni bajaradigan avtotransport vositalarida raqamli nazorat qurilmalari tizimi joriy etilishi bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I. Zokirov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 22-dekabr,
340-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 51-son, 546-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son; 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son)