OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI TOMONIDAN BANKLAR VA ULARNING FILIALLARIDA INSPEKSIYA (TEKShIRISh) OʻTKAZISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 9-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2217-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) va Oʻzbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 12-martdagi 8/1-son qarori (roʻyxat raqami 2217, 2011-yil 14-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil, 15-son, 157-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan banklar va ularning filiallarida inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2011-yil 22-oktabr,
32/2-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 22-oktabrdagi 32/2-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan banklar va ularning filiallarida inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
kompleks inspeksiya qilish (tekshirish) — banklar va ularning filiallarini haqiqiy moliyaviy ahvolini va bank faoliyatiga xos boʻlgan xavf-xatarlarni bevosita joyiga chiqish orqali oʻrgangan holda ularning faoliyatiga umumiy baho berish maqsadida bir vaqtda inspeksiya (tekshirish) oʻtkazilishini koʻzda tutuvchi nazorat turi;
alohida masalalar yuzasidan inspeksiya qilish (tekshirish) — bank va (yoki) uning filiallarida ayrim bank operatsiyalarini inspeksiya qilish (tekshirish)ni koʻzda tutuvchi nazorat turi;
masofadan nazorat qilish — muammolarni boshlangʻich davrida aniqlash maqsadida banklar tomonidan Markaziy bankka taqdim etiladigan hisobotlar tahlili, shu jumladan, ularning moliyaviy holatining monitoringiga asoslangan nazorat turi;
nazorat tartibidagi inspeksiya qilish (tekshirish) — bank va (yoki) uning filiallarida tekshirish oʻtkazuvchi tarkibiy tuzilma tomonidan oxirgi inspeksiya (tekshirish)da aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etilishi ahvolini nazorat qilish maqsadida amalga oshiriladigan tekshirish”.
2. 4-bandning beshinchi xatboshisidagi “avvalgi” degan soʻz “oxirgi” degan soʻz bilan almashtirilsin.
3. 8-va 9-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Banklar va ularning filiallarini inspeksiya qilish (tekshirish) quyidagi turlarga boʻlinadi:
kompleks inspeksiya qilish (tekshirish);
nazorat tartibida inspeksiya qilish (tekshirish);
alohida masalalar yuzasidan inspeksiya qilish (tekshirish).
9. Kompleks inspeksiya qilish (tekshirish)lar masofadan nazorat qilish natijalaridan kelib chiqib, Markaziy bank Kredit tashkilotlari moliyaviy holatini koʻrib chiqish komissiyasining inspeksiya qilish (tekshirish)ning davrini koʻrsatgan holda qabul qilingan qaroriga asosan oʻtkaziladi”.
4. 10, 11, 13-bandlar va III boʻlim oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Kompleks inspeksiya qilish (tekshirish)lar yoki alohida masalalar yuzasidan inspeksiya qilish (tekshirish)lar davomida aniqlangan xato va kamchiliklarni banklar va ularning filiallari tomonidan bartaraf etilishi ustidan nazorat tartibida tekshirish oʻtkazilishi mumkin”.
6. 14-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Quyidagi hollarda alohida masalalar yuzasidan inspeksiya qilish (tekshirish)lar oʻtkaziladi”.
birinchi xatboshidagi “rejali inspeksiya (tekshiruv)” degan soʻzlar “kompleks inspeksiya qilish (tekshirish)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “rejali” degan soʻz “kompleks” degan soʻz bilan almashtirilsin.
8. 21-banddagi “rejadan tashqari tekshiruvlar” degan soʻzlar “alohida masalalar yuzasidan inspeksiya qilish (tekshirish)lar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 36-banddagi “bankning Banklarda oʻtkazilgan tekshirish hisobotlarini koʻrib chiquvchi ishchi organiga” degan soʻzlar “bank yoki uning hududiy Bosh boshqarmasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. 37-banddagi “bankning Banklarda oʻtkazilgan tekshirish hisobotlarini koʻrib chiquvchi ishchi organi” degan soʻzlar “bank yoki uning hududiy Bosh boshqarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 49-son, 506-modda)