Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.09.2024
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA QO‘ShIMChA VA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA (“JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA VA TERRORIZMNI MOLIYALAShTIRIShGA QARShI KURAShISh TO‘G‘RISIDA” O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI)
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, pul mablag‘larining pochta jo‘natmalarini qabul qilishda va yetkazib berishda (topshirishda) pochta aloqasi operatorlari, provayderlari tomonidan ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 10-noyabr,
298-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 10-noyabrdagi 298-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida pochta va telekommunikatsiyalar xo‘jalik yurituvchi subyektlari faoliyati ustidan davlat nazorati bo‘yicha Davlat aloqa inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 8-bandga quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qo‘shilsin:
“jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha pochta aloqasi operatorlari, provayderlari tomonidan ichki nazorat tizimining joriy etilishi”;
uchinchi—yettinchi xatboshi tegishli ravishda to‘rtinchi—sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qo‘shilsin:
“jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan ichki nazorat qoidalariga pochta aloqasi operatorlari, provayderlari tomonidan rioya etilishi monitoringini va nazoratini belgilangan tartibda amalga oshiradi”;
beshinchi—o‘n to‘qqizinchi xatboshi tegishli ravishda oltinchi—yigirmanchi xatboshi deb hisoblansin;
o‘n ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“monitoring va tekshirishlar natijalari bo‘yicha aniqlangan tartib buzishlar haqida tegishli qarorlar qabul qiladi, yozma ko‘rsatmalar beradi va ularni bartaraf etish muddatlarini belgilaydi, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlar litsenziyalarining amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risida takliflar kiritadi, tartibni buzishlarga doir Davlat aloqa inspeksiyasi vakolatlariga tegishli bo‘lmagan materiallarni davlat nazorati tegishli organlariga ularning vakolatlari bo‘yicha belgilangan tartibda beradi”;
v) 10-bandga quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi qo‘shilsin:
“ma’muriy huquq buzilishlar to‘g‘risida bayonnoma tuzish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha qonun hujjatlari pochta aloqasi operatorlari, provayderlari tomonidan buzilishi hollari aniqlangan taqdirda esa ularni davlat nazorati tegishli organlariga ularning vakolatlari bo‘yicha belgilangan tartibda berish”;
To‘rtinchi—yettinchi xatboshi tegishli ravishda beshinchi—sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 355-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 52-son, 589-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 45-46-son, 473-modda; 2012-y., 52-son, 589-modda)