O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
1991-YIL 26-SENTABRDAGI
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 118-4-moddasi 2, 4-bandlariga va “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq hamda muhofaza va hududiy yaxlitlik tadbirlarini kuchaytirish, davlat mustaqilligi va suverenitetini ta’minlash, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini himoya qilish maqsadida:
1. O‘zbekiston SSR Davlat xavfsizligi Ittifoq — respublika komiteti tugatilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik boshqarmasi tuzilib, Respublika Prezidentiga bo‘ysundirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddat ichida O‘zbekiston Milliy xavfsizlik boshqarmasi tuzilishi, nizomi va soniga doir takliflarni tayyorlasin hamda taqdim etsin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik boshqarmasi birinchi navbatda razvedka, kontrrazvedka va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bilan shug‘ullanishi kerakligi belgilab qo‘yilsin. Sobiq Davlat xavfsizligi komitetining yuqorida sanab o‘tilgan vazifalar bilan bog‘liq bo‘lmagan va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid barcha tuzilma, bo‘linmalari va bo‘limlarini tugatish ko‘zda tutilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 26-sentabr,
PF-265-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 11-son, 244-modda)