O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA “SOYUZNEFTEGAZ VOSTOK LIMITED” KOMPANIYASI O‘RTASIDA 2007-YIL 23-YANVARDAGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING JANUBIY-G‘ARBIY HISOR VA USTYURT MINTAQASI HUDUDLARIDAGI KONLARGA NISBATAN MAHSULOT TAQSIMOTIGA OID BITIM DOIRASIDA NEFT VA GAZ KONDENSATINI QAZIB OLISH BO‘YICHA YER QA’RIDAN FOYDALANGANLIK UCHUN (ROYALTI) SOLIQNI HISOBLAB CHIQARISH VA TO‘LASH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 11-oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2277]
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi va “Soyuzneftegaz Vostok Limited” kompaniyasi o‘rtasida 2007-yil 23-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasining Janubiy-G‘arbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlarga nisbatan Mahsulotni taqsimotiga oid bitimga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladilar:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 5-iyuldagi 47-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2277-2, 09.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.08.2023-y., 10/23/2277-2/0576-son)
1. O‘zbekiston Respublikasi va “Soyuzneftegaz Vostok Limited” kompaniyasi o‘rtasida 2007-yil 23-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasining Janubiy-G‘arbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlarga nisbatan Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida Neft va Gaz kondensatini qazib olish bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun (royalti) soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 27-sentabr,
24-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 27-sentabr,
2010-47-son
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 27-sentabrdagi 24, 2010-47-sonli qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi va “Soyuzneftegaz Vostok Limited” kompaniyasi o‘rtasida 2007-yil 23-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasining Janubiy-G‘arbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlarga nisbatan Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida Neft va Gaz kondensatini qazib olish bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun (royalti) soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) hamda O‘zbekiston Respublikasi va “Soyuzneftegaz Vostok Limited” kompaniyasi o‘rtasida 2007-yil 23-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasining Janubiy-G‘arbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlarga nisbatan Mahsulot taqsimotiga oid bitim (keyingi o‘rinlarda MTB deb yuritiladi) doirasida O‘zbekiston Respublikasining Janubiy-G‘arbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi Neft va Gaz kondensatini qazib olish bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun (royalti) soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 5-iyuldagi 47-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2277-2, 09.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.08.2023-y., 10/23/2277-2/0576-son)
I. Umumiy qoida
1. Mazkur Nizomda foydalanadigan bosh harf bilan berilgan tushunchalar, agar mazkur Nizomda boshqacha hol to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilmagan bo‘lsa, MTBda belgilangan ma’noni anglatadi.
II. Soliq to‘lovchilar
Oldingi tahrirga qarang.
2. Neft va Gaz kondensatiga nisbatan yer qa’ridan foydalanganlik (royalti) uchun soliqni soliq to‘lovchisi bo‘lib Investor hisoblanadi. Bunda yer qa’ridan foydalanganlik uchun (royalti) soliqni Investorning vakillari — Marketing kompaniyasi yoki MTBga muvofiq vakolatga ega bo‘lgan boshqa shaxslar to‘lashlari mumkin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 5-iyuldagi 47-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2277-2, 09.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.08.2023-y., 10/23/2277-2/0576-son)
Oldingi tahrirga qarang.
III. Soliq solish obyekti. Soliq bazasi
(III bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 5-iyuldagi 47-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2277-2, 09.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.08.2023-y., 10/23/2277-2/0576-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Neft bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun (royalti) soliqning soliq solish obyekti bo‘lib MTB shartlariga ko‘ra, MTBning 11.9 bo‘limida belgilab berilgan tegishli neft konlaridagi neftni tayyorlash qurilmalarining chiqish joyida o‘lchov bog‘lamalaridagi neft hajmi hisoblanadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 5-iyuldagi 47-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2277-2, 09.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.08.2023-y., 10/23/2277-2/0576-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Gaz kondensati bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun (royalti) soliqningsoliq solish obyekti bo‘lib MTB shartlariga ko‘ra, MTBning 11.9 bo‘limida belgilab berilgan gazni dastlabki tayyorlash qurilmalarining chiqish joyida, shuningdek Sho‘rton gaz-kimyo kompleksidagi quyish estakadasidagi o‘lchov bog‘lamalaridagi Gaz kondensatining hajmi hisoblanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 5-iyuldagi 47-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2277-2, 09.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.08.2023-y., 10/23/2277-2/0576-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Neft va/yoki Gaz kondensatini ularga qayta ishlov berilmasdan sotilgan xolda tegishli hajmlar bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun (royalti) soliqni hisoblash O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 64-bobi va MTBning 11.9 bo‘limiga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda soliq bazasini aniqlash uchun MTBning 11.9 bo‘limiga muvofiq Yetkazib berish punktidagi hisoblangan Narxdan foydalaniladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 5-iyuldagi 47-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2277-2, 09.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.08.2023-y., 10/23/2277-2/0576-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Agar MTB doirasida qazib olingan Neft va/yoki Gaz kondensati keyinchalik qayta ishlangan mahsulot (keyingi o‘rinlarda Neft mahsulotlari deb yuritiladi) sotilishi bilan xom ashyo berish asosida qayta ishlansa, soliq bazasini aniqlash uchun “orqaga qaytish” (“Netback”) prinsipiga asoslanib aniqlanadigan Neft va/yoki Gaz kondensatini Yetkazib berish punktidagi hisoblangan Narx qo‘llaniladi.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 5-iyuldagi 47-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2277-2, 09.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.08.2023-y., 10/23/2277-2/0576-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Neft mahsulotlari sotilayotganda soliq bazasini aniqlash uchun Yetkazib berish punktidagi Hisob-kitob narxi (keyingi o‘rinlarda “Netback” narx deb yuritiladi) quyidagicha hisoblanadi:
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 5-iyuldagi 47-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2277-2, 09.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.08.2023-y., 10/23/2277-2/0576-son)
YEPHN = SNHQ / FNFH, bu yerda:
Oldingi tahrirga qarang.
YEPHN — Neftgaz mahsulotlarini sotishda soliq bazasini aniqlash uchun Yetkazib berish punktidagi o‘rtacha hisob-kitob narxi;
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 5-iyuldagi 47-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2277-2, 09.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.08.2023-y., 10/23/2277-2/0576-son)
SNHQ — Neft mahsulotlarini qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlarning hisobot davri uchun quyidagilarni chiqarib tashlangan haqiqiy qiymati:
ushbu Neft mahsulotlarini sotishga qilingan Sarf-xarajatlar (MTBning 13.3 bo‘limida ko‘rsatilgan ta’rifga asosan Neft va Gaz kondensatini qayta ishlashdan olingan mahsulotlarini Yetkazib berish punktidan Sotish punktigacha yetkazib berish uchun qilingan xarajatlar);
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli Neft mahsulotlarini olishda (texnik shartlar, qonunchilik hujjatlarining talablari va hokazolarga ko‘ra) muqarrar yuzaga keladigan Neft yoki Gaz kondensatini Yetkazib berish punktidan sotish uchun mo‘ljallangan Neft mahsulotlarini Yetkazib berish punktigacha yetkazib berish uchun qilingan sarf-xarajatlar, shu jumladan, lekin cheklanmagan holda: yuklash xarajatlari, transportda tashish, qayta ishlash, shuningdek namunalar tahlili, Neft yoki Gaz kondensati va Neft mahsulotlarining sifat va miqdorini aniqlash bo‘yicha xarajatlari;
(6-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
FNFH — hisobot davrida sotilgan Neft mahsulotlarining tegishli hajmini tayyorlash uchun foydalanilgan Neft va Gaz kondensatining, Neft va/yoki Gaz kondensatini Yetkazib berish punktidan boshlab texnologik xarajat va Neft va Gaz kondensatining yo‘qotilishini hisobga olgan holdagi umumiy fizik hajmi.
7. Har bir hisobot davrida yer qa’ridan foydalanganlik uchun (royalti) soliqni hisoblash hisobot davrida Neft va/yoki Gaz kondensatining sotiladigan hajmlarini Yetkazib berish punktidagi Neft va/yoki Gaz kondensatining narxi va yil boshidan hisobot davrining yakunigacha qayta ishlashga jo‘natilgan Neftning “Netback” narxi va/yoki Gaz kondensatini “Netback” narxi bo‘yicha sotishning o‘rtacha narxi bo‘lgan hisob-kitob narxi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Neft mahsulotlarining birinchi sotilishi amalga oshirilgan hisobot davrida hisob-kitob “Netback” narxi Qazib olish boshlanishidan hisobot davrining yakuniga qadar Neft va Gaz kondensatining qazib olingan (chiqarib olingan) va qayta ishlashga yuborilgan hajmiga nisbatan qo‘llaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Agar hisobot davrida sotilishi nazarda tutilgan Neft va Gaz kondensati, shuningdek ularning Neft mahsulotlari sotilmagan bo‘lsa, qazib olingan (ishlab chiqarilgan) Neft va/yoki Gaz kondensatining sotilmagan qismi uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun (royalti) solig‘ini solish maqsadida soliq bazasi, Neft va/yoki Gaz kondensati yoki Neft mahsulotlari sotilgan so‘nggi hisobot davridagi hisob-kitob narxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 5-iyuldagi 47-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2277-2, 09.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.08.2023-y., 10/23/2277-2/0576-son)
IV. Soliq davri. Hisobot davri
Oldingi tahrirga qarang.
9. Soliq davri bo‘lib chorak hisoblanadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 5-iyuldagi 47-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2277-2, 09.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.08.2023-y., 10/23/2277-2/0576-son)
10. Hisobot davri bo‘lib oy hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
V. Soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi
(V bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 5-iyuldagi 47-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2277-2, 09.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.08.2023-y., 10/23/2277-2/0576-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha soliq hisoboti har bir hisobot va soliq davri tugaganidan keyin Investorning yoki Operatorning soliq hisobida turgan joydagi soliq organlariga soliq davri boshlanganidan e’tiboran ortib boruvchi yakun bilan har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2020-yil 28-yanvardagi 2020-03-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorining (ro‘yxat raqami 3221, 2020-yil 24-fevral) 5-ilovasiga muvofiq shaklda taqdim etiladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 5-iyuldagi 47-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2277-2, 09.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.08.2023-y., 10/23/2277-2/0576-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 5-iyuldagi 47-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2277-2, 09.08.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.08.2023-y., 10/23/2277-2/0576-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 5-iyuldagi 47-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2277-2, 09.08.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.08.2023-y., 10/23/2277-2/0576-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun (royalti) soliq to‘lash soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 5-iyuldagi 47-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2277-2, 09.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.08.2023-y., 10/23/2277-2/0576-son)
VI. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
15. Investor yer qa’ridan foydalanganlik uchun (royalti) soliqni to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi va to‘lanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari va MTBga muvofiq javobgar bo‘ladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 5-iyuldagi 47-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2277-2, 09.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.08.2023-y., 10/23/2277-2/0576-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun (royalti) soliqning to‘g‘ri hisoblanishi va to‘lanishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 5-iyuldagi 47-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2277-2, 09.08.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.08.2023-y., 10/23/2277-2/0576-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 5-iyuldagi 47-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2277-2, 09.08.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.08.2023-y., 10/23/2277-2/0576-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 41-son, 451-modda; 2016-y., 24-son, 300-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 09.08.2023-y., 10/23/2277-2/0576-son)