|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 15.07.2021
|
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
“FAOLIYATNING AYRIM TURLARINI LITSENZIYALASh TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 27-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2011-yil 26-avgustda ma’qullangan
Senat tomonidan 2011-yil 26-avgustda ma’qullangan
Mazkur Qonun O‘zbekistan Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi O‘RQ-701-sonli “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi 71-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 142-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 10, 536-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 3-moddaning to‘rtinchi xatboshisidagi “litsenziyani qayta rasmiylashtirish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va bekor qilish” degan so‘zlar “litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish, shuningdek uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 9-moddaning birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tashkil etilgan davlat unitar korxonalari va muassasalari, basharti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarida faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini amalga oshirish nazarda tutilgan bo‘lsa, faoliyatning mazkur turlarini tegishli litsenziyani olmasdan amalga oshirishga haqlidir”;
3) 14-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisidagi “notarial tasdiqlangan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
4) 15-moddaning ikkinchi qismi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan” degan so‘zlardan keyin “litsenziyalovchi organning mazkur arizani ko‘rib chiqish bilan bog‘liq xarajatlari doirasida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
5) 16-moddaning oltinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak”;
6) 20-moddaning birinchi va ikkinchi qismlaridagi “bir haftalik” degan so‘zlar “bir oy” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) 23-moddaning birinchi qismi yettinchi xatboshisi “litsenziyalovchi organ” degan so‘zlardan keyin “yoki sud” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
8) 25-moddaning uchinchi va to‘rtinchi qismlari quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan almashtirilsin:
“Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq bo‘ladi”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2011-yil 8-sentabrdagi 174 (5341)-sonida e’lon qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 7-sentabr,
O‘RQ-292-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 36-son, 363-modda)