Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 05.06.2017
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASINING USTAVIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-maydagi 331-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Ustavini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 9-iyundagi 223-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ustaviga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 7-sentabr,
249-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-sentabrdagi 249-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Ustaviga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 1-bandidagi “fundamental va amaliy tadqiqotlarni” so‘zlari “fundamental, amaliy va innovatsiya ilmiy tadqiqotlarni (keyingi o‘rinlarda — ilmiy tadqiqotlar deb yuritiladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. 3-bandidagi “fundamental va amaliy” so‘zlari “ilmiy” so‘zi bilan almashtirilsin.
uchinchi xatboshidan “fundamental” so‘zi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi xatboshidagi “fundamental” so‘zi “ilmiy” so‘zi bilan almashtirilsin;
o‘n ikkinchi xatboshidan “fundamental va amaliy” so‘zlari chiqarib tashlansin;
o‘n beshinchi xatboshidagi “olimlar va” so‘zlaridan keyin “ilmiy” so‘zi qo‘shilsin.
4. 5-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “fundamental va amaliy” so‘zlari “ilmiy” so‘zi bilan almashtirilsin.
5. 10-bandining ikkinchi xatboshidan “fundamental va amaliy” so‘zlari chiqarib tashlansin.
6. 14-bandidagi “notijorat tashkilotlar” so‘zlaridan keyin “ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlovchi jamg‘armalar” so‘zlari qo‘shilsin.
7. 27-bandidan ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
8. 30-bandining ikkinchi xatboshidagi “tadqiqotlarning” so‘zi “ularning” so‘zi bilan almashtirilsin.
9. 44-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“44. Fanlar akademiyasining vitse-prezidentlari va bosh ilmiy kotibi fan va texnikaning rivojiga ulkan hissa qo‘shgan, ilmiy-texnik ishlanmalarni yaratish va amaliyotga joriy etish, ilmiy kadrlar va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda katta xizmat qilgan olimlar qatoridan ilmiy-tadqiqot muassasalari direktorlarining Kengashi bilan kelishilgan holda Fanlar akademiyasi prezidentining tavsiyasiga binoan Umumiy majlisda ochiq ovoz berish yo‘li bilan saylanadilar”.
10. 45-bandidagi “akademiklar” so‘zi “olimlar” so‘zi bilan almashtirilsin.
yettinchi xatboshidan “fundamental” so‘zi, sakkizinchi xatboshidan “fundamental va amaliy” so‘zlari chiqarib tashlansin;
o‘n uchinchi xatboshidagi “ularning” so‘zdan keyin “ilmiy” so‘zi qo‘shilsin.
12. 63-bandidagi “fundamental va amaliy” so‘zlari “ilmiy” so‘zi bilan almashtirilsin.
13. 67-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“67. Davlat budjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan ilmiy tadqiqotlar natijalari bo‘yicha hisobotlar, Fanlar akademiyasi olimlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarining mualliflik huquqini himoya qilish normalariga rioya etish asosida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasiga topshiriladi.”
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 36-son, 368-modda)