|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 08.04.2013
|
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
“YAGONA SOLIQ TOʻLOVINING BAZAVIY MIQDORI KIRITILIShI MUNOSABATI BILAN ChAKANA SAVDO KORXONALARI, XIZMAT KOʻRSATISh SOHASIDAGI MIKROFIRMALAR VA KIChIK KORXONALAR TOMONIDAN YAGONA SOLIQ TOʻLOVINI HISOBLAB ChIQARISh VA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA”GI QARORGA OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChA KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 23-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2134-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 28-fevraldagi 20, 2013-10-sonli “Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2449, 04.04.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52-son (I)), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi PQ-1326-son “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 17-son, 131-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 17-avgustdagi 64, 2010-34-sonli “Yagona soliq toʻlovining bazaviy miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari, xizmat koʻrsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga (roʻyxat raqami 2134, 2010-yil 18-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 33-son, 284-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 10-avgust,
49-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 10-avgust,
2011-26-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 10-avgustdagi 49, 2011-26-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Yagona soliq toʻlovining bazaviy miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari, xizmat koʻrsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartishlar va qoʻshimcha
1. Nomida va 1-banddagi “bazaviy” degan soʻz “eng kam” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Nizomda:
a) nomida, muqaddimada, II va III boʻlimlarning nomlarida, 7 va 16-bandlarda, 2 va 3-ilovalarning griflaridagi “bazaviy” degan soʻz “eng kam” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 1-band va 10-bandning birinchi xatboshisidagi “bazaviy” degan soʻz “eng kam” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
v) 2-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “davri” degan soʻz “choragi (oyi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “davri” degan soʻz “choragi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
g) 3-bandning beshinchi xatboshisidagi “ozod boʻlish” degan soʻzlar “toʻliq ozod boʻlish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
d) 4-bandda:
birinchi xatboshidagi “bazaviy” degan soʻz “eng kam” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “bazaviy” degan soʻz “eng kam” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
e) 5-bandda:
birinchi va ikkinchi xatboshilardagi “bazaviy” degan soʻz “eng kam” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mikrofirma va kichik korxonalar uchun YST eng kam miqdorining summasi hisobot choragi uchun qatʼiy belgilangan soliq summalarini qoʻshish orqali chorak uchun hisoblab chiqariladi”;
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
j) 6-bandda:
birinchi xatboshidagi “bazaviy” degan soʻz “eng kam” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “soliq solinadigan yalpi tushum” degan soʻzlar “hisobot oyi (choragi) uchun soliq solinadigan yalpi tushum” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
z) 8-bandning birinchi xatboshisidagi “bazaviy” degan soʻz “eng kam” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
i) 9-bandda:
oʻn ikkinchi, oʻn toʻrtinchi va yigirma yettinchi xatboshilardagi “bazaviy” degan soʻz “eng kam” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn toʻqqizinchi va yigirmanchi xatboshilardagi “bazaviy” degan soʻz “eng kam” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
k) 11-banddagi “bazaviy” degan soʻz “eng kam” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
l) quyidagi mazmundagi 111 i 112-bandlar bilan toʻldirilsin:
“111. Agar hisobot oyi (choragi) yakunlari boʻyicha korxonaning asosiy faoliyat turi xuddi shunday faoliyat turini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan toʻlanadigan qatʼiy belgilangan soliq miqdorida YSTning eng kam miqdori belgilangan chakana savdo yoki xizmat koʻrsatish boʻlmasa, u holda ushbu korxona YSTni Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2203, 2011-yil 3-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil, 9-son, 93-modda) muvofiq toʻlaydi.
Bunda qoʻshimcha hisoblangan YST summasining oʻsib boruvchi yakuni oldingi hisobot davri uchun YST hisob-kitobi boʻyicha hisoblangan YSTning qoʻshimcha hisoblangan summasiga teng deb qabul qilinadi.
112. “Yangi tashkil etilgan mikrofirma va kichik korxonalarga yagona soliq toʻlovini toʻlash muddatini kechiktirish huquqini berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 1502, 2005-yil 2-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 30-31-son, 240-modda) bilan belgilangan tartibda YSTni toʻlash muddatini kechiktirish huquqi berilgan yangi tashkil etilgan mikrofirma va kichik korxonalar qoʻshimcha hisoblangan YST summasini YSTning kechiktirilgan summalarini toʻlash bilan bir vaqtda toʻlaydilar”.
m) 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Ushbu Nizom tatbiq etiladigan soliq toʻlovchilar YST hisob-kitobi bilan birga ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan Maʼlumotnoma-hisob-kitobni taqdim etadilar.
YST hisob-kitobiga taqdim etilgan Maʼlumotnoma-hisob-kitobdan kelib chiqqan holda quyidagi satrlar kiritiladi:
“170” — qoʻshimcha hisoblangan YST. Ushbu summa Maʼlumotnoma-hisob-kitobning “080”-satridan oʻtkaziladi;
“180” — hisobot davri uchun toʻlanishi lozim. “180”-satrda YST hisob-kitobining “130”, “150” va “170”-satrlari yigʻindisi koʻrsatiladi”.
n) 13-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
p) 4 va 5-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
“Yagona soliq toʻlovining bazaviy miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari, xizmat koʻrsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartishlar va qoʻshimchaga
ILOVA
ILOVA
“Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari, xizmat koʻrsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdorini hisobga olgan holda yagona soliq toʻlovining
MAʼLUMOTNOMA-HISOB KITOBI
|
Koʻsatkichlar |
Satr kodi |
Jami |
Shu jumladan, yagona soliq toʻlovining toʻlovchisi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomada koʻrsatilgan faoliyat turlari boʻyicha | ||||
|
asosiy faoliyat turi — 1 |
2 |
3 |
4 |
5 | |||
|
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
7 |
8 |
| Hisobot oyi (choragi) uchun soliq solinadigan yalpi tushum (YST hisob-kitobining 040-satri – Oldingi hisobot davri uchun YST hisob-kitobining 040-satri) | 010 | | | | | | |
| Yagona soliq toʻlovining belgilangan stavkasi | 020 | | | | | | |
| Hisobot oyi (choragi) uchun yagona soliq toʻlovining hisob-kitob summasi (010-satr x 020-satr / 100) | 030 | | | | | | |
| Qatʼiy belgilangan soliqning belgilangan stavkasi (eng kam ish haqiga karrali miqdorda) | 040 | X | | X | X | X | X |
| Hisobot oyi (choragi) uchun yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori | 050 | | X | X | X | X | X |
| Hisobot oyi (choragi) uchun YSTning qoʻshimcha hisoblangan summasi (050-satr – 030-satr) | 060* | | X | X | X | X | X |
| Oldingi hisobot davri uchun YSTning qoʻshimcha hisoblangan summasi (oldingi Maʼlumotnoma-hisob-kitobning 080-satri | 070 | | X | X | X | X | X |
| Hisobot davri uchun YSTning qoʻshimcha hisoblangan summasi (060-satr + 070-satr) | 080 | | X | X | X | X | X |
* Agar 3-ustunning “030”-satri 3-ustunning “050”-satridan katta yoki unga teng boʻlsa, u holda “060”-satrda “0” qiymat koʻrsatiladi.
Izoh. Hisobot oyi (choragi) uchun yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori soliq toʻlovchining asosiy faoliyat turidan va tegishli oy (chorak) uchun belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqib aniqlanadigan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan qatʼiy belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqib hisob-kitob qilinadi.
|
Rahbar |
____________________________ |
|
|
(imzo) |
|
Bosh buxgalter |
____________________________ |
| |
(imzo) |
|
M.Oʻ. |
” |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 34-35-son, 355-modda)