

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1856013" id="onLBC-1856013">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6806"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-1856013" id="onLS-1856013">[<b>TSZ:</b><div id="LS3716"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Umumiy masalalar]</span></div></div></div><div class="OFFICIAL_SOUR_TEXT"><label id="s9496"></label><div name="-1857521" id="-1857521"><a href="/files/-1860808.pdf">PDF-faylidagi rasmiy manba</a></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-1857522" id="-1857522">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1857523" id="-1857523">Farmoni</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-1857524" id="-1857524">Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1857526" id="-1857526"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1857597" id="-1857597">Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda bozor iqtisodiyotining asosi boʻlgan xususiy mulk ustuvorligini mustahkamlaydigan barqaror qonunchilik bazasi yaratilganini qayd etish zarur. Oʻrta mulkdorlar sinfini shakllantirish, mamlakat iqtisodiyotini barqaror yuksaltirish, yangi ish oʻrinlari yaratish va aholi daromadini oshirishning muhim omili boʻlgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish boʻyicha qulay ishbilarmonlik muhiti hamda ishonchli huquqiy kafolatlar yaratildi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1857609" id="-1857609">Natijada soʻnggi oʻn yilda yalpi ichki mahsulot tarkibida kichik biznes ulushi 31,1 foizdan 52,5 foizga oʻsdi, ushbu sohada bandlik darajasi iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan band aholi umumiy sonining 49,7 foizidan 74,5 foizigacha oshdi. Aholi daromadlarining 47 foizdan ziyodi tadbirkorlik faoliyatidan tushgan daromadlar hissasiga toʻgʻri keladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1857616" id="-1857616">“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat <a href="/acts/-1745082#-1745154">dasturiga</a> muvofiq, joriy yilda tadbirkorlik faoliyatini keng rivojlantirish uchun yanada qulay biznes muhitni yaratish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar qabul qilindi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1857620" id="-1857620">Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash tartibi sezilarli darajada soddalashtirildi hamda bu jarayon yanada ochiqlik kasb etdi. Roʻyxatga olish uchun davlat boji stavkasi ikki barobarga qisqartirildi. Ishchilarning yillik oʻrtacha soni 100 kishigacha koʻpaytirilgan kichik korxonalar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxati sezilarli darajada kengaytirildi. Kichik biznes subyektlarini davlat xaridlari jarayoniga keng miqyosda jalb qilish mexanizmi ishlab chiqildi va joriy etildi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1857624" id="-1857624">Davlat va nazorat idoralarining korxonalar moliyaviy-xoʻjalik faoliyatiga aralashuvini keskin kamaytirish hamda tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy erkinligi va huquqlarini sezilarli ravishda kengaytirish boʻyicha choralar qabul qilindi. Yangi tashkil qilingan kichik korxonalar va mikrofirmalarni rejali soliq tekshiruvlaridan ozod etish muddati ikki yildan uch yilga uzaytirildi. Soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlayotgan, shuningdek, ishlab chiqarishning barqaror oʻsish surʼatlari va rentabelligini taʼminlayotgan kichik tadbirkorlik subyektlarida uch yil davomida soliq tekshiruvlarini oʻtkazish taqiqlandi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1857626" id="-1857626">Tijorat banklarining kapitallashuv darajasi oshmoqda, kichik biznes subyektlarini, ayniqsa, ularning yuqori texnologik uskunalar xarid qilishi uchun imtiyozli kreditlash mexanizmi takomillashtirildi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1857629" id="-1857629">Shu bilan birga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishiga toʻsqinlik qilayotgan, tadbirkorlik faoliyati erkinligini cheklayotgan bir qator muammolar hal etilmay qolmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1857631" id="-1857631">Tadbirkorlik subyektlarining davlat, soliq va nazorat idoralari, tijorat banklari bilan oʻzaro munosabatlarini aniq belgilab beradigan maʼmuriy reglament toʻliq ishlab chiqilmagan. Ochiqligi taʼminlanmagan koʻplab ruxsat berish tartiblari hamon saqlanib qolmoqda. Nazorat idoralarining tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga noqonuniy aralashish holatlari uchramoqda. Kichik biznes mahsulotlarini hududiy va jahon bozorlariga olib chiqish boʻyicha amaliy mexanizm yaratilmagan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1857639" id="-1857639">Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash, bozor islohotlarini liberallashtirish va chuqurlashtirish yoʻlidan jadal harakat qilish, tadbirkorlikka koʻproq erkinlik berish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiq va gʻovlarni bartaraf etish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat iqtisodiyotidagi roli va ulushini oshirish, eksport salohiyatini rivojlantirish, aholi bandligi va daromadlarini taʼminlash maqsadida:</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1857643" id="onLBC-1857643">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6076"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);</span></div><div id="LBC18902"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.03 Ruxsat berish tartib-taomillari (shuningdek, 09.01.05.03ga qarang);</span></div><div id="LBC6163"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek,  07.29.00.00 ga qarang);</span></div><div id="LBC6265"><span class="iorRN">4.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.13.00 Kredit (shuningdek, 07.22.00.00, 07.23.00.00 larga qarang);</span></div><div id="LBC22722"><span class="iorRN">5.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar;</span></div><div id="LBC9397"><span class="iorRN">6.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1857643" id="-1857643">1. Quyidagilar Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, tijorat banklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklarining muhim vazifalari deb hisoblansin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1857650" id="-1857650">kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yoʻlidagi ortiqcha byurokratik toʻsiq va gʻovlarga barham berish, davlat boshqaruvi funksiyalarini qisqartirish va tadbirkorlikka koʻproq erkinlik berish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish, davlat boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshirilayotgan turli ruxsat berish meʼyorlari hamda cheklash tartiblarini keskin qisqartirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1857652" id="-1857652">tadbirkorlik faoliyati subyektlarining davlat boshqaruvi idoralari, soliq va nazorat tuzilmalari bilan oʻzaro munosabatlarida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, hisobotlar tizimi hamda moliya, soliq va statistika idoralariga hisobotlarni topshirish mexanizmini ularni elektron tizim boʻyicha taqdim etishga bosqichma-bosqich oʻtish orqali tubdan soddalashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1857658" id="-1857658">kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga soliq, bojxona hamda boshqa toʻlovlar boʻyicha tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirish va uning samaradorligini oshirishga koʻmaklashadigan qoʻshimcha imtiyoz hamda preferensiyalar berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1857663" id="-1857663">kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tijorat banklari bilan oʻzaro hamkorlik mexanizmini yanada takomillashtirish va soddalashtirish, tadbirkorlik subyektlariga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, ularga ajratilayotgan kreditlar, birinchi navbatda, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilishga va texnologik yangilashga yoʻnaltiriladigan uzoq muddatli kreditlar hajmini koʻpaytirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1857667" id="-1857667">kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatda keng ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqishga koʻmaklashish, eksport shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish jarayonini hamda umuman bojxona maʼmuriyatchiligini soddalashtirish va liberallashtirish.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1857671" id="onLBC-1857671">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6108"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.04.00 Vazirlar Mahkamasining Reglamenti;</span></div><div id="LBC6648"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1857671" id="-1857671">2. Belgilansinki, tadbirkorlik faoliyati subyektlarining barcha darajadagi davlat boshqaruvi idoralari, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari, tijorat banklari bilan oʻzaro munosabatlarida tadbirkorlar huquqlari ustuvorligi prinsipiga amal qilinadi, yaʼni unga muvofiq, meʼyoriy-huquqiy hujjatlardagi bartaraf etib boʻlmaydigan barcha ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlar foydasiga talqin etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1862350" id="-1862350">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ularda tadbirkorlar huquqlari ustuvorligi prinsipini belgilashni koʻzda tutuvchi oʻzgartish hamda qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni puxta ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga taqdim etsin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5458084" id="edi-5458084"><a href="/acts/-1856013?ONDATE=24.08.2011 00#-1857682">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5458084" id="-5458084">(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli <a href="/acts/-5400414?ONDATE=30.04.2021 00#-5410094">Farmoniga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5458088" id="edi-5458088"><a href="/acts/-1856013?ONDATE=24.08.2011 00#-1857685">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5458088" id="-5458088"></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-5458092" id="onLBC-5458092">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6805"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.03.00 Yakka tartibdagi tadbirkorlik;</span></div><div id="LBC6851"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.05.00 Auditorlik xulosasi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5458092" id="-5458092">4. 2011-yilning 1-oktabridan boshlab shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqni hisobga olish joyidagi soliq organiga yozma, shu jumladan soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali xabarnoma yuborib, soliq auditi natijalari boʻyicha qoʻshimcha hisoblangan soliqlar summalarini, shuningdek moliyaviy sanksiyalarni tekshiruv materiallarini koʻrib chiqish natijalari yuzasidan soliq organi tomonidan qabul qilingan qaror kuchga kirgan kundan eʼtiboran olti oy mobaynida teng ulushlarda toʻlashga haqli.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5458096" id="-5458096">(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli <a href="/acts/-5400414?ONDATE=30.04.2021 00#-5410096">Farmoni </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-2267414" id="edi-2267414"><a href="/acts/-1856013?ONDATE=24.08.2011 00#-1857818">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2267414" id="-2267414"></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-2267416" id="onLBC-2267416">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC8794"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2267416" id="-2267416">5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi bilan birgalikda barcha kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini 2014-yilning oxirigacha soliq va moliyaviy hisobotlarni topshirishning elektron tizimiga bosqichma-bosqich oʻtkazishni taʼminlasin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2267424" id="-2267424">(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 30-oktabrdagi PF-4578-sonli <a href="/acts/-2262006?ONDATE=11.11.2013 00#-2262041">Farmoni</a> tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 45-son, 584-modda)</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1857820" id="onLBC-1857820">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6265"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.13.00 Kredit (shuningdek, 07.22.00.00, 07.23.00.00 larga qarang);</span></div><div id="LBC6647"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy boʻlinmalari va muassasalari;</span></div><div id="LBC6648"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1857820" id="-1857820">6. Markaziy bank, Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi, tijorat banklarining tadbirkorlik subyektlariga nisbatan bank faoliyatining yanada ochiqligini oshirish va liberallashtirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari qabul qilinsin:</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4664767" id="edi-4664767"><a href="/acts/-1856013?ONDATE=24.08.2011 00#-1857823">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4664767" id="-4664767">(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli <a href="/acts/-4643195#-4646122">Farmoniga </a>asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1857825" id="onLBC-1857825">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6679"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.02 Mikrokreditlash. Kichik biznes subyektlarini kreditlash]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-1857825" id="onLS-1857825">[<b>TSZ:</b><div id="LS3750"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1857825" id="-1857825">tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining kelishilgan hajmda kreditlar ajratish haqidagi arizalarini koʻrib chiqish muddatini uch bank kunidan oshmaydigan muddat bilan cheklash;</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1857828" id="onLBC-1857828">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC8960"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.06 Plastik kartochkalar boʻyicha va elektron toʻlov tizimlari orqali hisob-kitob]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-1857828" id="onLS-1857828">[<b>TSZ:</b><div id="LS3748"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Moliya / Pul tizimi. Hisob-kitoblar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1857828" id="-1857828">xoʻjalik subyektlari tomonidan savdo va servis sohasida xarid qilinadigan tovar (ish, xizmat)lar uchun korporativ plastik kartalaridan foydalangan holda toʻlovlarni amalga oshirishda toʻlov terminallari cheklarini birlamchi buxgalterlik hujjatlariga tenglashtirish;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4241724" id="edi-4241724"><a href="/acts/-1856013?ONDATE=24.08.2011 00#-1857829">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4241724" id="-4241724"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4241736" id="-4241736">kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga bank muassasalariga naqd pul tushumini mustaqil topshirish huquqini berish.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4241738" id="-4241738">(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi PF-5684-sonli <a href="/acts/-4228373?ONDATE=06.03.2019 00#-4229378">Farmoni </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2019-y., 06/19/5684/2708-son) </div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1857832" id="onLBC-1857832">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC22298"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.02 Garov;</span></div><div id="LBC6647"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy boʻlinmalari va muassasalari;</span></div><div id="LBC6679"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.02 Mikrokreditlash. Kichik biznes subyektlarini kreditlash]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-1857832" id="onLS-1857832">[<b>TSZ:</b><div id="LS3750"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1857832" id="-1857832">7. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi, tijorat banklari bilan hamkorlikda bir oy muddatda xalqaro moliya tuzilmalari, xorijiy jamgʻarmalar va banklar bilan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari tomonidan yangi texnologik uskunalar xarid qilish uchun beriladigan kreditlarning garov bilan qoplanmagan qismi boʻyicha taʼminotni taqdim etish uchun Tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha kafolatlash fondini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-2519710" id="edi-2519710"><a href="/acts/-1856013?ONDATE=30.12.2012 00#-2111029">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2519710" id="-2519710"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-3723712" id="edi-3723712"><a href="/acts/-1856013?ONDATE=15.12.2014 00#-2519712">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3723712" id="-3723712">(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli <a href="/acts/-3720579?ONDATE=04.05.2018 00#-3737580">Farmoniga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-2891704" id="edi-2891704"><a href="/acts/-1856013?ONDATE=24.08.2011 00#-1857837">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2891704" id="-2891704">(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-yanvardagi <a href="/acts/-2889624#-2889635">PF-4774-sonli</a> (OʻR QHT, 2016-y., 4-son, 33-modda) va 2016-yil 15-noyabrdagi <a href="/acts/-3066739#-3066748">PF-4856-sonli</a> (OʻR QHT,2016-y., 47-son, 537-modda) formonlariga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1857839" id="onLBC-1857839">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6106"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;</span></div><div id="LBC7078"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.05.00.00 Tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasidan olib oʻtilganda undiriladigan soliqlar va yigʻimlar / 10.05.07.00 Bojxona yigʻimlari]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1857839" id="-1857839">10. Xoʻjalik subyektlari oʻrnatilgan texnologik uskunalarga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha respublika hududiga olib kelinadigan ehtiyot va butlovchi qismlar uchun 2016-yilning 1-yanvarigacha bojxona toʻlovlarini (bojxona rasmiylashtirish yigʻimlari bundan mustasno) toʻlashdan ozod etilsin.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1857841" id="onLBC-1857841">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6108"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.04.00 Vazirlar Mahkamasining Reglamenti;</span></div><div id="LBC7103"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati;</span></div><div id="LBC7533"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.04.00 Maʼmuriy javobgarlikning umumiy shartlari]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1857841" id="-1857841">11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi qonunchilik hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1857842" id="-1857842">yuridik shaxslar uchun soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblash bilan bogʻliq boʻlmagan sanksiyalarni bekor qilish, ayni paytda takroriy qonunbuzarlikka yoʻl qoʻygan xoʻjalik subyektlarining mansabdor shaxslarining maʼmuriy javobgarligini ikki barobarga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1857844" id="-1857844">bojxona nazorati muddatini uch yil bilan cheklash, shuningdek, tovarlar bojxona nazoratidan oʻtkazilgandan bir yil keyin, bojxona toʻlovlarini qoʻshimcha hisoblashni taqiqlash.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1857846" id="-1857846">12. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida taklif kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1857849" id="-1857849">13. Ushbu Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1857854" id="-1857854">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1860799" id="-1860799">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1860800" id="-1860800">2011-yil 24-avgust,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-1860801" id="-1860801">PF-4354-son</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-1857525" id="-1857525">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 34-35-son, 344-modda; 2012-y., 52-son, 586-modda; 2013-y., 45-son, 584-modda; 2014-y., 50-son, 589-modda; 2016-y., 4-son, 33-modda, 47-son, 537-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son; 06.03.2019-y., 06/19/5684/2708-son, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
