Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 18.02.2013
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki BOShQARUVIning
Qarori
KREDIT UYuShMALARIDA BUXGALTERIYA HISOBINI YURITISh TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 9-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2234]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 24-yanvardagi 2/9-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2426, 14.02.2013-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Kredit uyushmalari to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 65-modda), “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 142-modda) qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi PQ-1438-son “2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 48-son, 442-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Kredit uyushmalarida buxgalteriya hisobini yuritish to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Markaziy bank Boshqaruvining 2002-yil 30-noyabrdagi 26/4-son “Kredit uyushmalarida buxgalteriya hisobini yuritish to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1228, 2003-yil 27-mart) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 5-6-son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2011-yil 30-aprel,
13/6-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/6-son qaroriga
ILOVA
Kredit uyushmalarida buxgalteriya hisobini yuritish to‘g‘risida
YO‘RIQNOMA
Ushbu Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 12-son, 247-modda), “Kredit uyushmalari to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, 4-5-son, 65-modda), “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 9-son, 142-modda) qonunlariga muvofiq kredit uyushmalarida buxgalteriya ishlarini tashkil qilish, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish hamda nazorat qilish tartibini belgilaydi.
I bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Yo‘riqnomada buxgalteriya hisobining tamoyillari asosida kredit uyushmalarida moliyaviy operatsiyalarning hisobini yuritish va nazorat qilish qoidalari, buxgalteriya apparati tuzilishi, hujjatlar aylanmasini yo‘lga qo‘yish usullari hamda buxgalteriya hisobotini tuzish nazarda tutilgan.
2. Ushbu Yo‘riqnomada quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
bosh kitob — kredit uyushmalari operatsiyalari hisobini yuritish, tahlil qilish, guruhlash va ularga doir hisobotlarni tuzishda qo‘llanadigan hisobvaraqlar ro‘yxatidan iborat kitob;
boshlang‘ich qiymat — barpo etish (qurish yoki qurib bitkazish)ga yoki aktivlarni sotib olishga, to‘langan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shuningdek, aktivdan belgilangan maqsadda foydalanish uchun uni ishchi holatiga keltirish, yetkazib berish va montaj qilish, o‘rnatish, foydalanishga topshirish va boshqa xarajatlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan haqiqiy xarajatlar summasi;
buxgalteriya apparati — kredit uyushmasining pul hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirish, operatsiyalarni nazoratdan o‘tkazish hamda ularni hisobga olish kitoblarida qayd etish bilan shug‘ullanuvchi xodimlar guruhi;
dividend — kredit uyushmasi tomonidan zarur ajratmalar va zaxiralar (fondlar) shakllantirilgandan so‘ng, moliyaviy yil yakuni bo‘yicha a’zolar umumiy yig‘ilishi qaroriga muvofiq uning a’zolari o‘rtasida a’zolarning paylari bo‘yicha taqsimlanadigan sof foydaning va/yoki o‘tgan yillardagi taqsimlanmagan foydaning bir qismi;
yordamchi kitob — bosh kitob hisobvaraqlariga ochiladigan shaxsiy hisobvaraqlar, shuningdek alohida mablag‘lar turi va qimmatliklar bo‘yicha yuritiladigan kartochka, kitob yoki jurnallar;
foizlarni o‘stirmaslik — hisoblangan foizli daromadlarni to‘liq olish ehtimoli mutlaqo qolmagan va/yoki asosiy qarz summasini to‘liq olish mumkin bo‘lmagan taqdirda, aktivga hisoblash usulini qo‘llashning to‘xtatilishi;
shaxsni tasdiqlovchi hujjat — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, 16 yoshga to‘lmagan fuqarolarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi, harbiy xizmatchilarning harbiy qismlar va harbiy muassasalar qo‘mondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno), xorijiy fuqarolarning milliy pasporti (qonun hujjatlariga muvofiq xorijiy fuqarolar tegishli ichki ishlar organlari tomonidan ro‘yxatga olinishi lozim) yoki O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoxud diplomatik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi;
haqqoniy qiymat — aktivning bozor qiymati yoki baholovchi tashkilot tomonidan aniqlanadigan qiymatdir.
3. Kredit uyushmasi faoliyatida hujjatlarning o‘tish tartibi bosh buxgalter tomonidan kredit uyushmasining ish xususiyatlari hisobga olinib, mazkur Yo‘riqnomada nazarda tutilgan hujjatlar aylanishining asosiy qoidalariga amal qilingan holda belgilanishi mumkin.
Kredit uyushmasi O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va mazkur Yo‘riqnomaga muvofiq o‘z hisob siyosatini ishlab chiqishi, tasdiqlashi va amalda qo‘llashi lozim.
4. Kredit uyushmasining ijro etuvchi organi rahbari (keyingi o‘rinlarda kredit uyushmasi rahbari deb yuritiladi) hamda bosh buxgalteri mazkur Yo‘riqnomada belgilangan buxgalteriya hisobini yuritish talablariga rioya qilgan holda hisobotlarni o‘z vaqtida tayyorlanishiga javobgardir.
5. Kredit uyushmasida operatsiyalar hisobini balans hisobvaraqlarida aks ettirish “Kredit uyushmalarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi”ga (ro‘yxat raqami 1944-son, 2009-yil 20-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-yil, 17-son, 216-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
II bob. Kredit uyushmalarida buxgalteriya ishi va hujjatlar aylanishini tashkil etish
1-§. Kredit uyushmalari buxgalteriya apparatining tuzilishi, ish kuni va hujjatlar aylanishini tashkillashtirish
6. Kredit uyushmasining buxgalteriya apparati kredit uyushmasining bosh buxgalteri tomonidan boshqariladi. Bosh buxgalter Kredit uyushmasining bosh buxgalteri to‘g‘risidagi nizom (mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasi) asosida ish olib boradi.
7. Buxgalteriya apparati xodimining xizmat majburiyatlari lavozim yo‘riqnomalarida yozma ko‘rinishda aks ettirilib, ularning nusxalari tegishli xodimlarga imzo qo‘ydirib beriladi.
Buxgalteriya apparati xodimiga qo‘shimcha vazifalar kredit uyushmasining rahbari buyrug‘iga muvofiq amalga oshiriladi.
8. Kredit uyushmasi operatsiyalari hisobining yuritilishini va hisobotlar tuzilishini tashkil etish kredit uyushmasining rahbariga yuklatiladi.
9. Bosh buxgalter zimmasiga umumiy nazoratni amalga oshirish hamda kunlik buxgalteriya va kassa ishlarining belgilangan tartibiga amal qilinishini kuzatib borish, shuningdek, bosh va yordamchi kitoblarda operatsiyalarni qayd etish, tegishli buxgalteriya hisobi hisobotlarini tuzish ishlariga rahbarlik qilish yuklatiladi. Kredit uyushmasining bosh buxgalteri ishda bo‘lmagan vaqtda, ushbu vazifalar kredit uyushmasi rahbarining buyrug‘iga asosan uning o‘rinbosariga topshiriladi.
10. Buxgalteriya apparati xodimlarining ish kunini tashkillashtirish quyidagi talablarga muvofiq o‘rnatiladi:
hisob-kitob hujjatlari shu kunning o‘zida qabul qilinishi, belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi, amaliyot kuni davomida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aks ettirilishi;
amaliyot kuni tugaganidan so‘ng kunlik balans hisoboti tuzilishi lozim.
11. Kredit uyushmalari elektron balans hisobotini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga (keyingi o‘rinlarda Markaziy bank deb yuritiladi) keyingi ish kunidan kechiktirmagan holda, Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda jo‘natadi.
12. Kredit uyushmalarida ish kuni operatsiyalar buxgalteriya hisobida to‘liq aks ettirilganidan, kunlik balans hisoboti tuzilganidan hamda ushbu hisobot kredit uyushmasining rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolanganidan so‘ng yakunlanadi.
Kredit uyushmasining rahbari va bosh buxgalteri balans va boshqa hisobotlarni o‘z vaqtida hamda haqqoniy tuzilishi uchun javobgardir.
13. Har bir kredit uyushmasida uning rahbari tomonidan tasdiqlangan hujjatlar aylanishi jadvali tuziladi. Jadvalda hujjatlarning barcha ko‘rib chiqish jabhalari bo‘yicha o‘tish tartibi belgilanadi.
2-§. Ichki nazoratni tashkil etish
14. Moliyaviy operatsiyalar amalga oshirilganda ushbu operatsiyalarni amalga oshirish uchun asos bo‘luvchi birlamchi hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi, mablag‘lar va qimmatliklarning but saqlanganligi nazorat qilinishi lozim.
15. Buxgalteriya xodimi hujjatni to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi, barcha rekvizitlar to‘g‘ri ko‘rsatilganligini va kredit uyushmasi a’zosining imzosi berilgan namunalarga mos kelishini tekshiradi hamda imzosi bilan tasdiqlaydi.
16. Kirim va chiqim kassa operatsiyalari ustidan nazorat kredit uyushmasi rahbarining buyrug‘i asosida maxsus ajratilgan buxgalter-nazoratchi (keyingi o‘rinlarda nazoratchi deb yuritiladi) tomonidan, agar kredit uyushmasida ushbu lavozim nazarda tutilmagan bo‘lsa kredit uyushmasi rahbari yoki uning buyrug‘i asosida kredit uyushmasi rahbarining o‘rinbosari tomonidan amalga oshiriladi. Nazoratchi tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarning to‘g‘riligi hamda hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi, xato va kamchiliklarning yo‘qligi tekshiriladi.
17. Kassa operatsiyalarining hisobi va kredit uyushmasi a’zolari hisobvaraqlarida aks ettirish faqat kredit uyushmasining kassasiga naqd pul haqiqatda kirim qilinganidan yoki chiqim qilinganidan so‘ng amalga oshirilishi lozim.
18. Kredit uyushmasining kassiri kirim va chiqim kassa hujjatlarini imzolash vakolatiga ega bo‘lgan buxgalteriya xodimlarining imzo namunalari bilan, kirim va chiqim kassa operatsiyalarini rasmiylashtirish bilan shug‘ullanuvchi buxgalteriya xodimlari esa — kassirning imzo namunalari bilan ta’minlangan bo‘lishlari shart.
Imzo namunalari kredit uyushmasining rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Imzo namunalarini tegishli xodimlarga o‘z vaqtida berish kredit uyushmasining bosh buxgalteri tomonidan amalga oshiriladi.
19. Kredit uyushmasining bosh buxgalteri muhrlar, burchak muhr va blanklardan foydalanish, ularning yo‘qolishi yoki suiiste’molchilik maqsadlarida foydalanish sharoitiga imkon bermaslik uchun tegishli ravishda ularning saqlanishini ta’minlashi shart.
Kredit uyushmasi bosh buxgalteri tomonidan muhrlarni ro‘yxatga olish kitobi yuritiladi. Mazkur kitobda muhrlar va burchak muhrlarning hisobi, ularni saqlayotgan xodimlar familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi va imzosi hamda biriktirilgan muhr yoki burchak muhrlarning izi ko‘rsatiladi.
III bob. Buxgalteriya amallarini hisobga olish kitoblari va ularni yuritish
1-§. Hisobga olish kitoblari va ularni rasmiylashtirish
20. Kredit uyushmalarida buxgalteriya hisobini yuritish uchun Bosh kitob (mazkur Yo‘riqnomaning 2-ilovasi) va yordamchi kitoblardan foydalaniladi.
21. Bosh kitobda kredit uyushmasining operatsiyalarini hisobini yuritish, guruhlash va moliyaviy hisobotlarni tuzishda qo‘llaniladigan jamlanma ma’lumotlar qayd etiladi. Unda har bir hisobvaraq bo‘yicha kun davomida amalga oshirilgan operatsiyalarning jami debet va kredit aylanmasi va kun oxiriga qoldiq summalari aks ettiriladi.
22. Bosh kitob hisobvaraqlari yordamchi kitob hisobvaraqlariga nisbatan nazorat hisobvaraqlari hisoblanadi. Bosh kitob kunlik balans shaklida quyidagi yordamchi kitoblar asosida tuziladi:
kirim kassa orderlarini qayd etish jurnali (mazkur Yo‘riqnomaning 3-ilovasi);
chiqim kassa orderlarini qayd etish jurnali (mazkur Yo‘riqnomaning 4-ilovasi);
depozit kartochkasi (mazkur Yo‘riqnomaning 5-ilovasi);
kredit kartochkasi (mazkur Yo‘riqnomaning 6-ilovasi);
asosiy vositalar hisobi kartochkasi (mazkur Yo‘riqnomaning 7-ilovasi).
23. Kunlik operatsiyalar yordamchi kitoblarda xronologik tartibda aks ettiriladi. Yordamchi kitoblar uchun manba bo‘lib quyidagi birlamchi hujjatlar hisoblanadi:
chiqim kassa orderi (mazkur Yo‘riqnomaning 8-ilovasi);
kirim kassa orderi (mazkur Yo‘riqnomaning 9-ilovasi);
memorial order (mazkur Yo‘riqnomaning 10-ilovasi);
to‘lov topshiriqnomalari (umumiy qabul qilingan shaklda) va boshqa birlamchi hujjatlar.
24. Kredit uyushmalari tomonidan amalga oshirilayotgan barcha operatsiyalar tasdiqlovchi birlamchi hisob hujjatlari bilan rasmiylashtirilishi lozim. Buxgalteriya hisobi ushbu birlamchi hujjatlar asosida yuritiladi.
25. Dasturiy ta’minotga ega bo‘lgan kredit uyushmalarida mazkur Yo‘riqnomaning 22, 23 va 29-bandlarida nazarda tutilgan yordamchi kitoblar va hujjatlar (depozit kartochkalari bundan mustasno) dasturiy tizimlar yordamida shakllantirilishi va chop etilishi mumkin.
26. Kredit uyushmasining rahbari birlamchi hisob hujjatlari va hisobga olish kitoblarini imzolash huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning ro‘yxatini buyruq asosida tasdiqlaydi.
27. Buxgalteriyaga kelib tushayotgan birlamchi hisob hujjatlari ularning shakli (hujjatlar to‘liqligi va to‘g‘riligi, rekvizitlar to‘ldirilishi) va tarkibi (hujjatli operatsiyalar qonuniyligi, ma’lum bir ko‘rsatkichlarning mantiqan bog‘liqliligi) bo‘yicha majburiy tarzda tekshirilishi lozim.
28. Birlamchi hisob hujjatlar majburiy tartibda quyidagilarni o‘z ichiga olishi shart:
kredit uyushmasi nomi;
hujjatning turi, tartib raqami, sanasi va rasmiylashtirilgan joyi;
amalga oshirilgan operatsiyaning nomi, mazmun-mohiyati hamda miqdoriy o‘lchovi (pul va natura shaklidagi birligi);
mas’ul ijrochilarning shaxsiy imzolari;
qonun hujjatlarida belgilangan boshqa rekvizitlar.
29. Kredit uyushmasi tomonidan amalga oshiriladigan birlamchi operatsiyalarning hisobi shaxsiy hisobvaraqlarda (mazkur Yo‘riqnomaning 11-ilovasi) aks ettiriladi.
30. Kassa operatsiyalari hisobi buxgalteriya mas’ul xodimi tomonidan alohida kirim va chiqim kassa orderlarini qayd etish jurnallarida kunlik yuritiladi.
Kredit uyushmasining kirim va chiqim kassa orderlarini qayd etish jurnallariga yozuvlar kredit uyushmasi kassasiga pul mablag‘lari kirim qilinguniga va kassadan chiqim qilinguniga qadar mas’ul xodim tomonidan kiritiladi.
31. Kirim va chiqim kassa orderlarini qayd etish jurnallaridagi kunlik yozuvlar jami kredit uyushmasi kassiri tomonidan taqdim etilgan kassa daftaridagi (mazkur Yo‘riqnomaning 12-ilovasi) bir kunlik yozuvlar nusxasi ma’lumotlari bilan taqqoslanadi.
Kassa daftariga muvofiq kassa qoldig‘i kredit uyushmasining kassiri tomonidan kun yakunida kassadagi pul mablag‘lari mavjudligi bilan solishtirilishi lozim.
32. Kirim va chiqim kassa orderlarini qayd etish jurnallarining har bir varag‘i mazkur jurnallarni yurituvchi buxgalteriya mas’ul xodimi, kassir hamda bosh buxgalter tomonidan imzolanadi va tikiladi. Kirim va chiqim kassa operatsiyalari bo‘yicha birlamchi hujjatlar kirim va chiqim kassa orderlarini qayd etish jurnallariga ilova qilinadi.
33. Kirim kassa hujjatlari (e’lon, kvitansiya va order)ga muvofiq kredit uyushmasi kassasiga naqd pul mablag‘lari kirim qilinmagan taqdirda kassir kirim kassa hujjatlarini kirim va chiqim kassa orderlarini qayd etish jurnallarini yurituvchi buxgalteriya xodimiga qaytaradi. Bunda, kirim va chiqim kassa orderlarini qayd etish jurnallaridagi yozuvlar kassa jurnallarini yurituvchi mas’ul xodim tomonidan tegishli qaydlar amalga oshiriladi va kirim hujjatlari yo‘q qilinadi. Kassa jurnallarida qilingan tuzatishlar mas’ul xodim tomonidan imzolanadi.
34. Kun oxirida yordamchi kitoblarning jami debet va kredit bo‘yicha aylanmalari Bosh kitobning mos hisobvaraqlariga o‘tkazilishi va yordamchi kitobning jami Bosh kitobning mos nazorat hisobvaraqlari jami bilan muvofiq kelishi lozim.
2-§. Hisobga olish davri
35. Hisobga olish davri moliyaviy operatsiyalar tahlilidan boshlanib, moliyaviy hisobotlarni tuzish va hisobvaraqlarni yopishgacha bo‘lgan hisob jarayonining ketma-ket bosqichini o‘z ichiga oladi.
Hisobga olish davri quyidagi bosqichlardan iborat:
birlamchi hujjatlarni rasmiylashtirish (kirim kassa orderi, chiqim kassa orderi, memorial orderi);
yordamchi kitoblarda operatsiyalarni ro‘yxatga olish;
kun oxirida yordamchi kitoblardagi jami summani Bosh kitobga o‘tkazish;
yordamchi kitobdagi hisobvaraq qoldiqlarini Bosh kitobdagi tegishli nazorat hisobvaraqlari qoldig‘i bilan moslashtirish;
kunlik buxgalteriya balansini shakllantirish;
buxgalteriya balansi asosida moliyaviy hisobotlarni tayyorlash;
hisobot yili oxirida kredit uyushmasining foyda va zararlar hisobvaraqlarini yopish;
yillik moliyaviy hisobotlarni tuzish.
3-§. Buxgalteriya hisobidagi xato yozuvlarni tuzatish
36. Bosh va yordamchi kitoblaridagi matnda hamda raqamlarda hech qanday tuzatishlar qilinishiga ruxsat etilmaydi. O‘chiruvchi suyuqliklar yordamida, shuningdek, summalarni o‘chirib yozish va tuzatish yo‘li bilan tuzatishlar kiritish taqiqlanadi.
37. Operatsiya amalga oshirilgan hamda tegishli balans hisobvaraqlariga aks ettirilganidan so‘ng aniqlangan xato yozuvlar ushbu xato yozuvlar kiritilgan balans hisobvaraqlariga teskari yozuvlar kiritish yo‘li bilan (storno usulida) tuzatish orderlari asosida tuzatilishi lozim. Xato hisobga olingan summalarni hisobdan chiqarish kredit uyushmasi a’zosining roziligisiz amalga oshirilib, hisobvaraqqa xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomada bu oldindan kelishib olinishi lozim.
38. Tuzatish orderi ikki nusxada tuziladi. Uning birinchi nusxasi o‘tkazmani tasdiqlovchi birlamchi hujjat hisoblanadi, ikkinchisi Tuzatish orderlarini ro‘yxatga olish kitobiga qo‘yiladi.
Tuzatish orderi matnida qachon va qaysi hujjatda xatoga yo‘l qo‘yilganligi ko‘rsatilishi kerak, agarda kredit uyushmasi a’zosining tashabbusi bilan berilgan arizaga asosan bo‘lsa, unda arizaga eslatma beriladi. Ushbu ariza birlamchi hujjatlar bilan birga saqlanadi.
39. Tuzatish orderining ikkinchi nusxasining orqa tomonida va Tuzatish orderlarini ro‘yxatga olish kitobida xatoga yo‘l qo‘ygan xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi ko‘rsatiladi. Tuzatish orderlarini ro‘yxatga olish kitobi bosh buxgalterda saqlanadi.
40. Kredit uyushmasi a’zosining depozit, kredit kartochkalarida yoki shaxsiy hisobvaraqdagi storno usuli bilan summasi tuzatilgan xato yozuv qarshisiga “Tuzatilgan” degan yozuv va sana hamda tuzatish orderining raqami ko‘rsatilishi shart. Bu qayd tuzatish orderini imzolagan bosh buxgalter yoki uning o‘rinbosari imzosi bilan tasdiqlanadi. Kredit uyushmasi a’zosining Hisob-kitob daftarchasiga tegishli yozuvlar kiritilishi zarur.
41. Yillik moliyaviy hisobotlarga tuzatishlar kiritish faqat muhim arifmetik xatoliklar, ma’lumotlardan noto‘g‘ri foydalanish yoki yanglishish, buxgalteriya hisobi tamoyillari va qoidalarini qo‘llashda xatoliklar natijasida yo‘l qo‘yiladi, boshqa hollarda yillik moliyaviy hisobotlarga tuzatishlar kiritilmaydi.
IV bob. Kredit uyushmalarining buxgalteriya operatsiyalari hisobi
1-§. Hisobvaraqlarni ochish
42. Kredit uyushmalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bir yoki bir necha bankda depozit hisobvaraqlari va boshqa bank hisobvaraqlarini ochish huquqiga ega.
43. Kredit uyushmasi a’zolariga shaxsiy hisobvaraqlarni ochish kredit uyushmasi a’zolari taqdim etgan arizalarda kredit uyushmasi rahbarining hisobvaraq ochishga ruxsat beradigan imzosi bo‘lganda bosh buxgalter tomonidan amalga oshiriladi.
44. Amalga oshirilgan operatsiyalarning hisobini yuritish maqsadida kredit uyushmasining har bir a’zosiga barcha shaxsiy hisobvaraqlarda va hujjatlarda aks ettiriladigan hamda Hisobvaraqlarni ro‘yxatga olish kitobida ro‘yxatga olinadigan tartib raqami beriladi.
Har bir depozit, kredit va lizing bo‘yicha hisobvaraqlarning tartib raqami qat’iy ketma-ketlikda bo‘lishi kerak. Bir xil raqamlashga yo‘l qo‘yilmaydi. Yopilgan hisobvaraqlarning raqami qayta tiklanmaydi va boshqa hisobvaraqlarga berilmaydi.
45. Kredit uyushmasi a’zolariga depozit hisobvaraqlari quyidagi hujjatlar taqdim etilganda bosh buxgalter tomonidan ochiladi:
hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza;
kredit uyushmasiga a’zoligini tasdiqlovchi sertifikatning nusxasi;
kredit uyushmasining a’zosi — jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjat. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asli ko‘rsatilgandan so‘ng kredit uyushmasi tomonidan undan nusxa olinadi;
kredit uyushmasining a’zolari — yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlarning belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi.
46. Kredit uyushmasi va uning a’zosi o‘rtasida tuzilgan kredit (lizing) shartnomasi kuchga kirganidan so‘ng, keyingi ish kunidan kechiktirmasdan Kredit qo‘mitasi kredit uyushmasi a’zosiga shaxsiy kredit (lizing) hisobvarag‘ini ochish to‘g‘risida buxgalteriyaga kredit muddati va foiz stavkasi ko‘rsatilgan farmoyish beradi. Bosh buxgalter tomonidan farmoyishga asosan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan kredit uyushmasi a’zosiga shaxsiy kredit (lizing) hisobvarag‘i ochiladi.
47. Kredit uyushmasi a’zolarining tegishli hisobvaraqlari bo‘yicha barcha keyingi operatsiyalar va o‘tkazmalar shartnoma shartlariga muvofiq buxgalteriya mas’ul xodimi tomonidan amalga oshiriladi.
48. Kredit uyushmasi a’zosining har bir depozit yoki kredit (lizing) shartnomasi bo‘yicha alohida depozit yoki kredit kartochkasi rasmiylashtiriladi. Depozit (kredit) kartochkalarida depozit (kredit, lizing) bo‘yicha amalga oshirilgan barcha operatsiyalarning hisobi yuritiladi.
Depozit (kredit) kartochkasida kredit uyushmasi a’zosi — jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatidagi imzosi bilan solishtiruvchi imzo namunasi keltiriladi.
49. Kredit uyushmasining a’zosi — yuridik shaxs tomonidan notarial tasdiqlangan imzo namunalari va muhr izi tushirilgan varaqcha (mazkur Yo‘riqnomaning 13-ilovasi) taqdim etiladi. Imzo namunalari va muhr izi tushirilgan varaqchada kredit uyushmasi a’zosi — yuridik shaxs rahbari yoki u vakolat bergan shaxslarning imzolari keltiriladi hamda asosiy muhr tushiriladi.
50. Yuridik shaxs maqomini olmasdan faoliyat ko‘rsatayotgan dehqon xo‘jaligi rahbari va yakka tartibdagi tadbirkorlar muhri bo‘lmagan hollarda, o‘zlarining notarial tasdiqlangan imzolari namunalarini taqdim etadi.
51. Rahbar shaxslarga vaqtincha imzo huquqi berilganda, shuningdek, rahbar tomonidan vakolat berilgan shaxslardan birortasi vaqtincha o‘zgarganda, vaqtincha vakolat berilgan shaxsning imzo namunasi qo‘yilib, amal qilish muddati ko‘rsatilgan qo‘shimcha varaqcha taqdim etiladi. Ushbu vaqtinchalik varaqcha rahbar tomonidan imzolanib, muhr qo‘yiladi.
52. Kredit uyushmasi a’zosi — yuridik shaxsning muhri o‘zgarganda, varaqchada ko‘rsatilgan imzolardan birortasi almashtirilganda yoki qo‘shilganda, hisobvaraq egasi notarial tasdiqlangan yangi imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchani taqdim qiladi. Bekor qilingan imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqcha yuridik shaxsning yig‘majildiga tikiladi.
53. Kredit uyushmasi a’zolari o‘z rekvizitlari o‘zgarganligi to‘g‘risida kredit uyushmasini besh ish kuni davomida yozma ravishda xabardor qilishlari shart.
54. Depozit shartnomasi hisobvaraq egasining arizasiga ko‘ra bekor qilinadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Depozit hisobvarag‘ini yopishda buxgalteriya xodimi Hisob-kitob daftarchasiga tegishli yozuvlarni qayd etadi hamda Hisob-kitob daftarchasini depozit kartochkasi bilan birga bosh buxgalterga imzolash uchun topshiradi.
55. Depozit hisobvarag‘ini yopishda va tegishli qoldiqni kredit uyushmasi a’zosiga qaytarishda, bosh buxgalter a’zoning ushbu hisobvarag‘i bo‘yicha hujjatlardagi barcha yozuvlarni, hisoblangan va to‘langan foizlarni hamda chiqarilgan yakuniy qoldiq to‘g‘riligini tekshirishi, Hisob-kitob daftarchasi hamda depozit kartochkasini imzolashi lozim.
56. Kredit hisobvaraqlari kredit bo‘yicha majburiyatlar to‘liq hisob-kitob qilinganidan so‘ng yopiladi.
2-§. Pul mablag‘lari tushumining hisobi
57. Kredit uyushmasi a’zosi — jismoniy shaxsdan pul mablag‘lari naqd pulda yoki naqd pulsiz hisob-kitob yo‘li bilan kirim qilinishi mumkin. Kredit uyushmasi a’zosi — yuridik shaxs tomonidan mablag‘lar naqd pulsiz hisob-kitob yo‘li bilan uning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘idan amalga oshiriladi.
58. Kredit uyushmasining a’zosi — jismoniy shaxs tomonidan pul mablag‘lari naqd pul shaklida kirim qilinganda, a’zo tomonidan naqd pul qo‘yish e’loni (mazkur Yo‘riqnomaning 14-ilovasi) rasmiylashtiriladi. Naqd pul qo‘yish e’loni 2 qismdan — naqd pul qo‘yish e’loni va kvitansiyadan iborat. Naqd pul qo‘yish e’loni kunlik kassa hujjatlariga tikiladi, kvitansiya esa naqd pulni topshirgan shaxsga beriladi.
59. Buxgalteriya xodimi naqd pul mablag‘larini qabul qilish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirganda:
kredit uyushmasi a’zosi — jismoniy shaxsning naqd pul qo‘yish e’lonidagi imzosini kredit (depozit) kartochkasidagi hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjatidagi imzo namunasi bilan solishtiradi;
naqd pul qo‘yish e’loni asosida kirim kassa orderini rasmiylashtiradi;
kirim kassa orderini kirim kassa orderlarini qayd etish jurnalida ro‘yxatga oladi;
a’zoning Hisob-kitob daftarchasiga depozit bo‘yicha operatsiya amalga oshirilgan sana, badal summasini, qoldiqni raqamda kiritadi hamda imzolaydi;
naqd pul qo‘yish e’lonini, kvitansiyani, kirim kassa orderini hamda Hisob-kitob daftarchasini nazoratchiga topshiradi;
operatsiyani kassirdan olingan imzolangan kirim kassa orderi va Hisob-kitob daftarchasi asosida 10101 — “Kassadagi naqd pullar” hisobvarag‘i debeti bo‘yicha aks ettiradi;
Hisob-kitob daftarchasini kredit uyushmasi a’zosi — jismoniy shaxsiga qaytaradi;
kredit uyushmasi a’zosining kredit (depozit) kartochkasiga operatsiya sanasi, qabul qilingan summa va boshqa tegishli yozuvlarni kiritadi.
60. Nazoratchi buxgalteriya xodimidan hujjatlarni olganda quyidagilarni amalga oshiradi:
Hisob-kitob daftarchasidagi summani naqd pul qo‘yish e’loni, kvitansiya va kirim kassa orderidagi summa bilan solishtiradi;
depozit qoldig‘i hisobi, shuningdek, operatsiyaning Hisob-kitob daftarchasida aks ettirilishi va kirim kassa orderi rasmiylashtirilishi to‘g‘riligini tekshiradi;
kvitansiyaga imzo qo‘yadi hamda hujjatlarni kassirga beradi.
61. To‘lov terminallari orqali bank plastik kartochkalaridan to‘lovlar qabul qilingan taqdirda, kirim qilingan mablag‘lar inkassa qilinguniga qadar 19997 — “Boshqa aktivlar” hisobvarag‘ining debeti bo‘yicha aks ettiriladi.
62. Naqd pulsiz hisob-kitob yo‘li bilan hamda to‘lov terminallari orqali kelib tushgan mablag‘larni kredit uyushmasining 10503 — “Banklarda joylashtirilgan talab qilib olinguncha depozitlar” hisobvarag‘ining debeti bo‘yicha aks ettirish kredit uyushmasining bankdagi depozit hisobvarag‘idan ko‘chirma asosida amalga oshiriladi.
Kredit uyushmasiga mablag‘larni naqd pulsiz hisob-kitob yo‘li bilan o‘tkazishda to‘lov topshiriqnomasining “to‘lovning maqsadi” satrida kredit uyushmasi a’zosining nomi (kredit uyushmasi a’zosi — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi), mablag‘larni o‘tkazish maqsadi, kredit uyushmasi bilan tuzilgan shartnoma rekvizitlari ko‘rsatiladi.
63. Naqd pulsiz hisob-kitob yo‘li bilan kelib tushgan mablag‘larni kirim qilishda buxgalteriya xodimi:
memorial orderni rasmiylashtiradi va bosh buxgalter imzosini oladi;
operatsiyani tegishli hisobvaraqda aks ettiradi;
kredit uyushmasi a’zosining depozit yoki kredit kartochkasiga operatsiya sanasi, o‘tkazilgan summa va boshqa tegishli yozuvlarni kiritadi;
depozit operatsiyasi amalga oshirilganda kredit uyushmasining a’zosi — jismoniy shaxs uchun operatsiyani Hisob-kitob daftarchasiga yozadi va imzolaydi hamda daftarchani kredit uyushmasi a’zosiga qaytarib beradi.
3-§. Pul mablag‘lari chiqimining hisobi
64. Kredit uyushmasining a’zosi — jismoniy shaxsga naqd pul mablag‘lari a’zoning o‘ziga, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma hamda merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma bo‘yicha kredit uyushmasi a’zosining vakiliga (merosxo‘riga) beriladi.
65. Chiqim kassa operatsiyalari chiqim kassa orderi bilan rasmiylashtiriladi. Naqd pul berilayotganda, buxgalteriya xodimi ikki nusxada chiqim kassa orderini rasmiylashtiradi. Uning birinchi nusxasi kredit uyushmasining kassa hujjatlariga, ikkinchi nusxasi buxgalteriyaning kunlik yig‘majildiga tikiladi.
66. Naqd pul berilganda, buxgalteriya xodimi quyidagilarni amalga oshiradi:
kredit uyushmasi a’zosi — jismoniy shaxsning chiqim kassa orderidagi imzosini depozit yoki kredit kartochkasidagi hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjatdagi imzo namunasi bilan solishtiradi;
chiqim kassa orderini chiqim kassa orderlarini qayd etish jurnalida qayd etadi;
a’zoning Hisob-kitob daftarchasiga depozit bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiya sanasini, berilayotgan summani raqamda ko‘rsatib, depozit qoldig‘ini kiritadi hamda imzolaydi;
Hisob-kitob daftarchasini, chiqim kassa orderini, agar naqd pul vakil (merosxo‘r)ga berilayotgan bo‘lsa, ishonchnoma (merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma)ni ruxsat beruvchi imzo olish uchun nazoratchiga taqdim etadi;
operatsiyani kassirdan olingan imzolangan chiqim kassa orderi va Hisob-kitob daftarchasi asosida 10101 — “Kassadagi naqd pullar” hisobvarag‘i krediti bo‘yicha aks ettiradi;
Hisob-kitob daftarchasini kredit uyushmasi a’zosi — jismoniy shaxsga qaytaradi;
depozit (kredit) kartochkaga operatsiya sanasi, berilgan summa va operatsiyadan keyin qolgan qoldiq va boshqa tegishli yozuvlarni kiritadi.
67. Nazoratchi buxgalteriya xodimidan hujjatlarni olganda quyidagilarni amalga oshiradi:
Hisob-kitob daftarchasidagi summani chiqim kassa orderlaridagi summa bilan solishtiradi;
ishonchnoma yoki merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma bo‘yicha naqd pul berilganda, uning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshiradi va chiqim kassa orderidagi summa bilan solishtiradi;
depozit qoldig‘i hisobi, shuningdek, operatsiyaning Hisob-kitob daftarchasida aks ettirilishi va chiqim kassa orderi rasmiylashtirilishi to‘g‘riligini tekshiradi;
chiqim kassa orderiga imzo qo‘yadi hamda hujjatlarni kassirga beradi.
68. Mablag‘lar naqd pulsiz hisob-kitob yo‘li bilan berilganda (qaytarilganda) buxgalteriya xodimi:
kredit uyushmasi a’zosidan mablag‘larni o‘tkazish to‘g‘risida ariza qabul qiladi;
kredit uyushmasi a’zosi — jismoniy shaxsning arizasidagi imzosini depozit (kredit) kartochkadagi imzo nusxasi bilan, yuridik shaxs a’zosining arizasidagi imzosini notarial tasdiqlangan imzo namunalari va muhr izi tushirilgan varaqcha bilan solishtiradi;
memorial orderni rasmiylashtiradi;
depozit (kredit) kartochkasiga operatsiya sanasi, o‘tkazilgan summa va operatsiyadan keyin qolgan hisobvaraq qoldig‘ini va boshqa tegishli yozuvlarni kiritadi;
kredit uyushmasi a’zosi — jismoniy shaxslarning Hisob-kitob daftarchasida sanani, berilayotgan summani raqamda ko‘rsatib, depozit qoldig‘ini yozib, kredit uyushmasi a’zosiga qaytaradi;
ariza va memorial order asosida bankka mablag‘ o‘tkazish to‘g‘risida “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida”gi nizomda (ro‘yxat raqami 1122, 2002-yil 15-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil, 7-son) belgilangan tartibda to‘lov topshiriqnomasini rasmiylashtiradi;
to‘lovlar amalga oshirilgandan so‘ng buxgalteriya operatsiyasini 10503 — “Banklarda joylashtirilgan talab qilib olinguncha depozitlar” hisobvarag‘ining krediti bo‘yicha aks ettiradi.
69. Pul mablag‘lari ishonchnoma yoki merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma bo‘yicha berilganda (o‘tkazilganda), buxgalteriya xodimi ishonchnoma yoki merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshiradi va naqd pul berilganda chiqim kassa orderiga naqd pulni ishonchnoma yoki merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma bo‘yicha olayotgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini hamda “Ishonchnoma asosida” yoki “Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma asosida” degan yozuvni kiritadi.
4-§. Depozit operatsiyalarining rasmiylashtirilishi va hisobi
70. Depozit shartnomasida belgilangan muayyan maqsadga yo‘naltiriladigan yoki boshqa shartlar asosida jalb qilingan depozitlar jamg‘arma depozitlar hisoblanadi.
Depozit shartnomasida belgilangan muddat tugaganidan keyin qaytarish sharti bilan jalb qilingan depozitlar muddatli depozitlar hisoblanadi.
71. Depozit shartnomasi kredit uyushmasi va uning a’zolari o‘rtasida yozma shaklda tuziladi. Kredit uyushmasi va uning a’zolari o‘rtasida depozit shartnomasi depozit summasi kredit uyushmasining kassasiga yoki bankdagi hisobvarag‘iga kelib tushgan kundan boshlab tuzilgan hisoblanadi.
72. Jamg‘arma hamda muddatli depozitlar hisobi tegishlicha 20400 — “Jamg‘arma depozitlar” va 20600 — “Muddatli depozitlar” hisobvaraqlarida yuritiladi.
73. Kredit uyushmasining har bir a’zosi — jismoniy shaxsga depozit hisobvaraqlari bo‘yicha barcha depozit operatsiyalarini yozma ravishda aks ettiruvchi hujjat sifatida Hisob-kitob daftarchasi beriladi. Hisob-kitob daftarchasi har bir depozit shartnomasi bo‘yicha alohida rasmiylashtiriladi.
74. Hisob-kitob daftarchasi muqovasiga kredit uyushmasining to‘liq nomi, ichki tomoni birinchi betida kredit uyushmasi va uning tegishli filialining nomi, joylashgan manzili, mablag‘ qo‘yuvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, shaxsiy hisobvaraq raqami (15 ta belgili), depozit turi, kredit uyushmasining mas’ul xodimi imzosi, kredit uyushmasining muhr o‘rni uchun chiziqli joy ko‘rsatilishi lozim.
75. Hisob-kitob daftarchasining ikkinchi va keyingi varaqlariga depozit harakatini qayd etuvchi jadval shakli tushirilishi, unda “Sana” (yil, kun, oy) “Kirim”, “Chiqim” “Qoldiq”, “Foizlar”, “Buxgalteriya mas’ul xodimi” va “Kassir” imzosi uchun ustunlar bo‘lishi shart.
76. Kredit uyushmasi a’zolarining depozit hisobvaraqlari bo‘yicha pul mablag‘larining tushumi va berilishi mazkur Yo‘riqnomaning IV bobi 2-3-paragraflariga muvofiq amalga oshiriladi.
77. Kredit uyushmasining a’zosi — yuridik shaxslarga depozit hisobvaraqlaridan mablag‘larning qaytarilishi ularning bankdagi asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga naqd pulsiz hisob-kitob yo‘li bilan amalga oshiriladi.
78. Depozitlar bo‘yicha foizlar depozit shartnomasining shartlariga muvofiq kredit uyushmasi tomonidan belgilangan yillik foiz stavkasidan kelib chiqqan holda kunlik hisoblanadi.
79. Hisob-kitob daftarchasi varaqlari yozuvlar bilan to‘lganda yoki yaroqsiz holga kelganda yoki yo‘qolganda kredit uyushmasi a’zosining arizasiga muvofiq unga yangi Hisob-kitob daftarchasi (depozit to‘liq olingan hollar bundan mustasno) beriladi.
80. Depozit shartnomasi muddati tugaganida hamda tegishli depozit hisobvarag‘i yopilganidan so‘ng kredit uyushmasi Hisob-kitob daftarchasini qaytarib olishi shart. Kredit uyushmasida a’zolar Hisob-kitob daftarchalarini saqlashga qoldirishi taqiqlanadi.
5-§. Kredit operatsiyalari hisobi
81. Kreditlar kredit qo‘mitasining qaroriga muvofiq naqd pulda va naqd pulsiz hisob-kitob yo‘li bilan beriladi.
82. Pul mablag‘larining tushumi va berilishi mazkur Yo‘riqnomaning IV bobi 2-3-paragraflariga muvofiq amalga oshiriladi.
83. Kreditlarning so‘ndirilishi kredit shartnomasining kredit bo‘yicha to‘lovlarni so‘ndirish jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
84. Kreditlar bo‘yicha foizlar kredit uyushmasi tomonidan kredit uyushmasi a’zosi bilan tuzilgan kredit shartnomasida belgilangan foiz stavkasiga muvofiq kreditning haqiqiy qoldig‘idan kunlik hisoblanadi.
85. Kreditlar bo‘yicha hisoblangan muddati o‘tgan foizlarni asosiy qarz summasiga qo‘shib, foizlarni kapitalizatsiya qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
86. Aktivlar Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq substandart, shubhali va umidsiz deb tasniflanganda, kredit summasining asosiy qarz yoki foizlar qaytarilishi bo‘yicha to‘lovlar 60 kundan ortiq muddatga kechiktirilganda, bunday kredit bo‘yicha foizlarni balans hisobvaraqlarida hisoblash to‘xtatiladi, ya’ni foizlarni o‘stirmaslik maqomi beriladi. Hisoblangan, lekin ushbu kredit bo‘yicha olinmagan barcha foizlar quyidagi qayta o‘tkazma bilan hisobdan chiqariladi:
Dt 42xxx — 444xx Kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar tegishli hisobvarag‘i
Kt 163xx Olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar tegishli hisobvarag‘i.
87. Foizlar hisobdan chiqarilganidan so‘ng, keyingi foizlarni hisoblash balansdan tashqari 91501 — “Berilgan kreditlar va lizing bo‘yicha hisoblangan foizlar” hisobvarag‘ida 5 yil muddat davomida amalga oshiriladi.
88. Mazkur kredit bo‘yicha keyingi barcha to‘lovlar birinchi navbatda hisoblangan lekin undirilmagan foizlarni qoplashga, so‘ngra asosiy qarz bo‘yicha qarzdorlikni qoplashga yo‘naltiriladi.
89. Kreditlar bo‘yicha foizlarni o‘stirish maqomiga tiklash faqat qarz oluvchi tomonidan hisoblangan, lekin undirilmagan foizlarni hamda kreditlarni qaytarish grafigiga muvofiq tegishli muddati o‘tgan qarz summasi qoplanganidan so‘ng amalga oshiriladi.
90. Foizlarni o‘stirmaslik maqomini olgan barcha foizli aktivlar bo‘yicha foizlarni hisoblash hamda tegishli balans hisobvaraqlarida aks ettirish kredit qo‘mitasining yozma ravishda rasmiylashtirilgan qaroriga muvofiq amalga oshiriladi va quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi beriladi:
Dt 96335 “Aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari kontr-hisobvaraq”
Kt 91501 “Berilgan kreditlar va lizing bo‘yicha hisoblangan foizlar”.
91. Kredit operatsiyalari bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasiga o‘tkazmalar kredit uyushmasining xarajatiga 568xx — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash” tegishli hisobvarag‘i orqali olib borilishi va joriy davr uchun “Foyda va zararlar to‘g‘risida hisobot”da aks ettirilishi shart.
92. Kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi yaratilganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi beriladi:
Dt 568xx “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash” tegishli hisobvarag‘i
Kt 1xx99 “Aktivlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)” tegishli hisobvarag‘i.
93. Agar kredit uyushmasining kredit portfeli tahlil qilinganidan keyin uning ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxiralari talab qilinganidan ortiq bo‘lsa, u holda kredit uyushmasi tomonidan quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi bilan yaratilgan zaxira summasi kamaytiriladi:
Dt 1xx99 “Aktivlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)” tegishli hisobvarag‘i
Kt 568xx “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash tegishli hisobvarag‘i” (zaxira joriy yilda yaratilgan bo‘lsa) yoki
Kt 45921 “Hisobdan chiqarilgan mablag‘larning qaytarilishi” (zaxira o‘tgan yilda yaratilgan bo‘lsa).
94. Yaratilgan zaxiralar hisobidan kreditlarni balans hisobvarag‘idan chiqarish hamda balansdan tashqari hisobvaraqlarda aks ettirishda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 1xx99 “Aktivlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)” tegishli hisobvarag‘i
Kt 1xxxx Tegishli aktiv hisobvarag‘i
Dt 95413 “Hisobdan chiqarilgan kreditlar va lizing”
Kt 96397 “Boshqa ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvarag‘i bo‘yicha kontr-hisobvaraq”.
95. Agar ilgari ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun yaratilgan zaxira hisobidan balansdan chiqarilib, “Ko‘zda tutilmagan holatlar” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan aktiv bo‘yicha asosiy qarz summasi va foiz to‘lovi amalga oshirilsa, unda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi beriladi:
Dt 96397 “Boshqa ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq”
Kt 95413 “Hisobdan chiqarilgan kreditlar va lizing”
Dt 10101 “Kassadagi naqd pullar” (agar naqd pulda to‘lanayotgan bo‘lsa) yoki
Dt 10503 “Banklarda joylashtirilgan talab qilib olinguncha depozitlar” (agar naqd pulsiz hisob-kitob yo‘li bilan to‘lanayotgan bo‘lsa)
Kt 568xx “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash” tegishli hisobvarag‘i (zaxira joriy yilda yaratilgan bo‘lsa) yoki
Kt 45921 “Hisobdan chiqarilgan mablag‘larning qaytarilishi” (zaxira o‘tgan yilda yaratilgan bo‘lsa)
Kt 42xxx — 444xx “Kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar” tegishli hisobvarag‘i.
6-§. Lizing operatsiyalari hisobi
96. Lizing beruvchi kredit uyushmalari faqat lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing obyekti lizing oluvchining mulki bo‘lib o‘tadigan lizing operatsiyalarini amalga oshirishi mumkin.
97. Lizing beruvchi kredit uyushmasida lizing operatsiyalarining hisobi 156xx — “Kredit uyushmasi a’zolariga berilgan lizing” tegishli hisobvarag‘ida yuritiladi.
98. Lizing obyekti lizing oluvchining balansida hisobga olinadi.
99. Lizing obyektini dastlabki (boshlang‘ich) tan olish lizing shartnomasining amal qilish muddati boshlanishida amalga oshiriladi. Bunda, lizing beruvchi kredit uyushmasi lizingga berilgan lizing obyektini o‘z balansida lizingga qilingan sof investitsiya qiymatida tan oladi, ya’ni lizing obyektini sotib olish, uni lizing oluvchiga yetkazib berish va foydalanishga tayyor holga keltirish bilan bog‘liq dastlabki bevosita xarajatlar yig‘indisi yoki uning haqqoniy qiymatida, ularning qaysi biri kichik bo‘lsa, o‘sha summada aktiv sifatida tan oladi.
100. Lizing muddatining boshlanishi — bu lizing shartnomasiga muvofiq, lizing oluvchining lizing obyektiga egalik qilish va foydalanish huquqini amalga oshirishni boshlagan sana.
101. Lizing beruvchi kredit uyushmasi tomonidan amalga oshirilgan va lizing shartnomasiga muvofiq lizing oluvchi tomonidan qoplanadigan dastlabki bevosita xarajatlar lizing obyektining qiymatiga qo‘shiladi.
Lizing shartnomasiga muvofiq dastlabki bevosita xarajatlar lizing oluvchi tomonidan qoplanmaydigan bo‘lsa, mazkur xarajatlar yuzaga kelgan paytdagi tegishli hisobot davri xarajatlari sifatida tan olinadi.
102. Lizing beruvchi kredit uyushmasi lizing obyekti uchun to‘lovlarni sotuvchiga oldindan to‘lab berib, lizing obyekti to‘g‘ridan to‘g‘ri lizing oluvchiga yetkazib berilganda, foydalanishga qabul qilish dalolatnomasiga asosan memorial order to‘ldirib, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 19909 “Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to‘langan mablag‘lar”
Kt 10503 “Banklarda joylashtirilgan talab qilib olguncha depozitlar”
Dt 156xx “Kredit uyushmasi a’zolariga berilgan lizing” tegishli hisobvarag‘i
Kt 19909 “Tovar moddiy qimmatliklar uchun to‘langan mablag‘lar”.
103. Kredit uyushmasi tomonidan lizing obyekti bo‘yicha keyingi hisob lizing oluvchi tomonidan to‘lanadigan lizing bo‘yicha asosiy qarz summasini (dastlabki tan olingan summani) va u bo‘yicha foizlarning hisobini yuritishdan iborat.
104. Kredit uyushmasining foizli daromadi lizing oluvchi tomonidan lizing to‘lovlarining amalga oshirilishidan qat’i nazar, tegishli hisobot davrlarida lizing to‘lovlari jadvaliga muvofiq hisoblanadi.
Lizing beruvchi kredit uyushmasi tomonidan lizing bo‘yicha foizli daromadlar kunlik hisoblanadi.
105. Lizing to‘lovlarini to‘lash shartlari to‘liq bajarilib, lizing shartnomasi muddati tugaganida yoki lizing obyekti lizing shartnomasi muddati tugashidan oldin sotib yuborilganda 156xx — “Kredit uyushmasi a’zolariga berilgan lizing” tegishli hisobvarag‘i va 16323 — “Lizing bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar” hisobvaraqlari qoldig‘i nolga teng bo‘ladi.
106. Lizing oluvchi tomonidan lizing shartnomasi shartlari buzilganligi sababli lizing beruvchi lizing obyektini qaytarib olganda, lizing beruvchi lizing obyektini balansga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali qabul qiladi:
Dt 167xx “Kredit uyushmasining boshqa o‘z xususiy mulklari” tegishli hisobvarag‘i
Kt 156xx “Kredit uyushmasi a’zolariga berilgan lizing” tegishli hisobvarag‘i.
107. Aktivlar Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq substandart, shubhali va umidsiz deb tasniflanganda, lizing bo‘yicha to‘lovlar 60 kun va undan ortiq muddatga kechiktirilganda, lizingga foizlarni o‘stirmaslik maqomini berish hamda hisobini yuritish mazkur Yo‘riqnomaning 86— 90-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.
108. Lizing operatsiyalari bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasini shakllantirish hamda ulardan foydalanish mazkur Yo‘riqnomaning 91—95-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi va joriy davr uchun “Foyda va zararlar to‘g‘risida hisobot”da aks ettiriladi.
7-§. Asosiy vositalar hisobi
109. Asosiy vositalar tarkibiga quyidagi mezonlarga javob beruvchi moddiy aktivlar kiradi:
xizmat qilish muddati bir yildan ortiq bo‘lgan;
bir birlik (to‘plam) uchun qiymati O‘zbekiston Respublikasida (xarid paytida) belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ellik baravaridan ortiq bo‘lgan buyumlar.
Kredit uyushmasining rahbari hisobot yilida buyumlarni asosiy vositalar tarkibida hisobga olish uchun ular qiymatining eng kam chegarasini belgilashga haqli.
110. Asosiy vositalar aktiv sifatida tan olinadi, agar:
kredit uyushmasiga kelgusida aktiv bilan bog‘liq iqtisodiy foyda kelib tushishiga ishonch bo‘lsa;
aktiv qiymatini aniq baholash mumkin bo‘lsa.
111. Asosiy vositalar balansda boshlang‘ich qiymati bo‘yicha aks ettiriladi.
112. Asosiy vositalar sotib olinganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari beriladi:
1) asosiy vositaning qiymati to‘liq yoki qisman oldindan to‘langanda:
Dt 19909 “Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to‘langan mablag‘lar”
Kt 10503 “Banklarda joylashtirilgan talab qilib olinguncha depozitlar”;
2) asosiy vositalar kredit uyushmasiga kelib tushganida:
Dt 165xx “Kredit uyushmasi faoliyatida foydalaniladigan asosiy vositalar” tegishli hisobvarag‘i yoki
Dt 16561 “Ombordagi asosiy vositalar”
Kt 19909 “Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to‘langan mablag‘lar”;
3) asosiy vositalar ombordan foydalanishga berilganda:
Dt 165xx “Kredit uyushmasi faoliyatida foydalaniladigan asosiy vositalar” tegishli hisobvarag‘i
Kt 16561 “Ombordagi asosiy vositalar”.
113. Asosiy vositalar tekinga olinganda, asosiy vositalarning haqqoniy qiymatiga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi beriladi:
Dt 16561 “Ombordagi asosiy vositalar” yoki
Dt 165xx “Kredit uyushmasi faoliyatida foydalaniladigan asosiy vositalar” tegishli hisobvarag‘i
Kt 45994 “Boshqa foizsiz daromadlar”.
Bunda, tekinga olingan asosiy vositani balansga kirim qilish bilan bog‘liq bo‘lgan (to‘langan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shuningdek, aktivdan belgilangan maqsadda foydalanish uchun uni ishchi holatiga keltirish, yetkazib berish va montaj qilish, o‘rnatish, foydalanishga “topshirish va boshqa xarajatlar) xarajatlar joriy xarajatlarga olib boriladi.
114. Asosiy vositalar grant yoki subsidiya ko‘rinishida olinganda haqqoniy qiymatiga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi beriladi:
Dt 165xx “Kredit uyushmasi faoliyatida foydalaniladigan asosiy vositalar” tegishli hisobvarag‘i
Kt 22896 “Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar”.
Grant va subsidiya ko‘rinishida olingan asosiy vositalar mazkur Yo‘riqnomaning 118—120-bandlariga muvofiq eskirish hisoblanadi hamda aktivning foydali xizmat muddatiga mutanosib ravishda 22896 — “Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar” hisobvarag‘idan 45994 — “Boshqa foizsiz daromadlar” hisobvarag‘iga o‘tkazib boriladi.
115. Qurilish, asosiy vositalarni yangilash, qaytadan tiklash va zamonaviylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar hisobi 16505 — “Tugallanmagan qurilish” hisobvarag‘ida olib boriladi.
Bino (imorat)lar foydalanishga tayyor bo‘lganda, ularning 16505 — “Tugallanmagan qurilish” hisobvarag‘idagi qiymati 16509 — “Binolar va boshqa qurilishlar” hisobvarag‘iga tegishli qabul qilish dalolatnomasi asosida o‘tkaziladi.
116. Asosiy vositalar kredit uyushmasiga kelib tushgandan so‘ng, to‘lov amalga oshirilganda kirim hujjatlari asosida quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari beriladi:
1) asosiy vositalar kelib tushganda:
Dt 165xx “Kredit uyushmasi faoliyatida foydalaniladigan asosiy vositalar” tegishli hisobvarag‘i yoki
Dt 16505 “Tugallanmagan qurilish” (agar rekonstruksiya qilinishi talab etiladigan binolar, tugallanmagan qurilishlar yoki qurilish uchun materiallar xarid qilinsa)
Kt 29802 “Tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘lar”;
2) asosiy vositalar qiymati to‘langanda:
Dt 29802 “Tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘lar”
Kt 10503 “Banklarda joylashtirilgan talab qilib olguncha depozitlar”.
117. Kredit uyushmasi kengashi qaroriga muvofiq undirilgan mol-mulkni kredit uyushmasi asosiy vosita sifatida foydalanishga qabul qilinganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi beriladi:
Dt 165xx “Kredit uyushmasi faoliyatida foydalaniladigan asosiy vositalar” tegishli hisobvarag‘i
Dt 16799 “Ko‘chmas mulk va boshqa o‘z xususiy mulki bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)”
Kt 167xx “Kredit uyushmasining boshqa o‘z xususiy mulklari” tegishli hisobvarag‘i.
118. Foydalanishda bo‘lgan aktivlar bo‘yicha eskirishni hisoblash ular foydalanishga topshirilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlanadi hamda mazkur obyektning eskirish qiymati to‘liq so‘ndirilgunga qadar yoki bu obyektni balansdan hisobdan chiqarilguncha amalga oshiriladi. Bunda 56600 — “Eskirish xarajatlari” tegishli hisobvarag‘i debetlanadi va 16500 — “Kredit uyushmasi faoliyatida foydalaniladigan asosiy vositalar”ning tegishli yig‘ilgan eskirish (kontr-aktiv) hisobvarag‘i kreditlanadi.
119. Asosiy vositalarning foydali xizmati muddati davomida uning boshlang‘ich qiymati asosida tugatish qiymatini ayirish bilan eskirish hisoblanadi. Tugatish qiymati bu — foydali xizmati muddatining tugatish vaqtida chiqish bo‘yicha kutilayotgan xarajatlarni ayirish orqali aniqlanadigan asosiy vositalarning kutilayotgan ko‘zlangan qiymatidir.
120. Eskirishni hisoblash quyidagi usullarda amalga oshirilishi mumkin:
1) teng maromli (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usuli:
teng maromli (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usuli o‘zgarmas eskirish summasini teng maromda, asosiy vositalarning foydali xizmat muddati mobaynida ularning qiymatidan kelib chiqqan holda teng ulushlarda hisoblashga asoslanadi;
2) bajarilgan ish hajmiga mutanosib ravishda hisoblash usuli (ishlab chiqarish usuli):
bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda eskirishni hisoblash usuli eskirish summasini aktivning taxmin qilinayotgan ishlatilishi yoki taxmin qilinayotgan unumdorligidan kelib chiqqan holda hisoblashga asoslangan. Ushbu usul har bir muayyan yildagi asosiy vositaning mahsulotlarini hisobga olishga asoslangan. Ushbu usul bo‘yicha har yillik eskirish miqdorini hisoblash uchun butun foydali xizmat muddatidagi umumiy baholangan mahsulotlar yig‘indisini va mazkur muayyan yildagi mahsulotlarni aniqlash lozim. Mahsulot sifatida ishlar (mahsulotlar) hajmi, ishlangan soatlar soni olinishi mumkin;
3) tezlashtirilgan usul (kamayib boruvchi qoldiq usuli va yillar yig‘indisi (kumulyativ) usuli):
kamayib boruvchi qoldiq usuli hisoblanadigan amortizatsiya summasini aktivning foydali xizmat muddati mobaynida kamayishini anglatadi. Ushbu usul teng maromli (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usulidagi prinsipga asoslangan. Ushbu usulda teng maromli (to‘g‘ri chiziqli) usulida foydalaniladigan me’yorga qaraganda ikki baravar oshirilgan eskirish me’yori olinadi;
yillar yig‘indisi (kumulyativ) usuli hisob-kitob koeffitsiyentida maxraj bo‘lib hisoblangan obyektning xizmat muddati yillari summasi bilan belgilanadi. Ushbu koeffitsiyentning suratida obyektning xizmat muddati oxiriga qadar qoladigan yillar soni (teskari tartibda) bo‘ladi.
121. Kredit uyushmasi asosiy vositalari obyektlarining boshlang‘ich qiymatini hozirgi bozor narxlari darajasiga moslash maqsadida davriy ravishda qayta baholanadi. Asosiy vositalarni qayta baholash bilan hisobga olgan holdagi qiymati tiklanish qiymati deyiladi.
122. Asosiy vositalarning alohida obyektlarini qayta baholashda asosiy vositalarning ushbu obyektiga tegishli barcha guruhlari qayta baholanishi kerak. Asosiy vositalarning guruhi — bu kredit uyushmasida foydalaniladigan tur va usuliga o‘xshaydigan aktivlarning yig‘indisidir.
123. Asosiy vositalarni qayta baholashda quyidagi usullar qo‘llaniladi:
1) indeks usuli;
2) to‘g‘ridan to‘g‘ri qayta baholash usuli.
124. Asosiy vositalar qayta baholanganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi beriladi:
1) asosiy vositaning qayta baholangan qiymati uning balans qiymatidan oshganda:
a) qayta baholash natijasida aniqlangan aktiv haqqoniy qiymatining oshgan summasiga:
Dt 165xx “Kredit uyushmasi faoliyatida foydalaniladigan asosiy vositalar” tegishli hisobvarag‘i
Kt 30907 “Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi”;
b) qayta baholashdan oldin va undan keyingi yig‘ilgan eskirish summalari o‘rtasidagi tafovutga:
Dt 30907 “Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi”
Kt 165xx “Kredit uyushmasi faoliyatida foydalaniladigan asosiy vositalar”ning tegishli yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv) hisobvarag‘i;
v) qayta baholash natijasida asosiy vositaning oshgan qiymati, ushbu aktiv bo‘yicha oldingi qayta baholash natijasiga ko‘ra xarajat sifatida hisobga olingan qismi miqdoridagina daromad sifatida hisobga olinishi lozim;
2) qayta baholash natijasida asosiy vositalarning haqqoniy qiymatining kamayishi xarajat sifatida tan olinadi. Ushbu summa bevosita 30907 — “Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” hisobvarag‘ining xuddi o‘sha asosiy vositaga nisbatan oldingi qo‘shimcha baholash miqdori doirasida chegirib tashlanishi mumkin. Bunda quyidagi buxgalteriya yozuvlari bajariladi:
a) qayta baholashdan oldin va undan keyingi yig‘ilgan eskirish summalari o‘rtasidagi tafovutga:
Dt 165xx “Kredit uyushmasi faoliyatida foydalaniladigan asosiy vositalar”ning tegishli yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv) hisobvarag‘i
Kt 30907 “Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi”;
b) qayta baholash natijasida aniqlangan aktiv haqqoniy qiymatining kamayishi summasiga:
Dt 30907 “Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” (qayta baholashdan oldingi ko‘payish doirasida)
Kt 165xx “Kredit uyushmasi faoliyatida foydalaniladigan asosiy vositalar” tegishli hisobvarag‘i;
v) 30907 — “Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” hisobvarag‘ida aks ettirilgan oldingi qayta baholash summasi yetarli bo‘lmagan taqdirda, arzonlashgan summa va oldingi qayta baholash summasi o‘rtasidagi farq xarajat sifatida tan olinadi va 55995 — “Boshqa foizsiz xarajatlar” hisobvarag‘ida aks ettiriladi. Bunda quyidagi o‘tkazma amalga oshiriladi:
Dt 55995 “Boshqa foizsiz xarajatlar”
Kt 165xx “Kredit uyushmasi faoliyatida foydalaniladigan asosiy vositalar” tegishli hisobvarag‘i.
125. Qayta baholashning 30907 — “Boshlang‘ich qiymatga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” hisobvarag‘iga qo‘shilgan ijobiy natija obyektning foydali xizmat muddati davomida teng qismlarda 31203 — “Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkazib boriladi.
126. Asosiy vositalar obyektlarining chiqib ketishi yoki sotilishidan yuzaga keladigan foyda yoki zararlar asosiy vositaning chiqib ketishi yoki sotishdan olingan sof tushum bilan uning sof balans qiymati o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Chiqib ketish yoki sotishdan olinadigan foyda yoki zararlar asosiy vosita hisobdan chiqarilgan paytda “Foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobot”da aks ettiriladi.
127. Asosiy vosita hisobdan chiqarilayotganda 30907 — “Boshlang‘ich qiymatga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” hisobvarag‘idagi mazkur asosiy vositaga tegishli qayta baholash natijasi to‘liq 31203 — “Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
128. Asosiy vositalarning qiymati fors-major holatlar bilan bog‘liq bo‘lganda, bepul berilganda, belgilangan tartibda zarar sifatida hisobdan chiqariladi va quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi beriladi:
Dt 55910 “Boshqa mulk va/yoki aktivlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar”
Kt 165xx “Kredit uyushmasi faoliyatida foydalaniladigan asosiy vositalar” tegishli hisobvarag‘i.
129. Kredit uyushmasining asosiy vositalariga egalik huquqini berishni tasdiqlovchi barcha hujjatlar, sug‘urta polisi va boshqa hujjatlari alohida yig‘majildlarda saqlanishi lozim. Asosiy vositalarning tahliliy hisobi har bir asosiy vosita bo‘yicha alohida Asosiy vositalar hisobi kartochkalarida yuritiladi.
8-§. Nomoddiy aktivlar hisobi
130. Nomoddiy aktivlar — bu nomonetar, identifikatsiya qilinadigan aktivlar bo‘lib, moddiy va jism shakliga ega bo‘lmagan, foydali xizmat muddati bir yildan ortiq bo‘lgan hamda ulardan xizmatlar ko‘rsatishda yoki ma’muriy maqsadlar uchun foydalanishga mo‘ljallangan aktivlardir.
131. Nomoddiy aktiv identifikatsiyalanadigan bo‘lib hisoblanadi, agarda u quyidagi mezonlardan biriga muvofiq kelsa:
ajraladigan bo‘lsa, ya’ni uni kredit uyushmasidan ajratib bo‘lsa hamda sotish, berib yuborish, ijaraga berish, alohida yoki ular bilan bog‘liq aktiv, kontrakt yoki majburiyat bilan birga ayirboshlash (gudvilldan tashqari) mumkin bo‘lsa;
ushbu huquqlar beriladigan yoki kredit uyushmasidan yoxud boshqa huquq va majburiyatlardan ajraladigan bo‘lishidan qat’i nazar, shartnomaviy va boshqa yuridik huquqlardan paydo bo‘lsa.
132. Nomoddiy aktivlarga patentlar, mualliflik huquqlari, gudvill (goodwill), savdo markalari, kompyuter dasturiy ta’minotlari, litsenziyalar va shu kabilar tegishlidir.
133. Dasturiy ta’minot tegishli jihozning tarkibiy qismi bo‘lsa, u moddiy aktiv ahamiyatiga ega bo‘lgan asosiy vosita bilan birga qaraladi. Agar dasturiy ta’minot tegishli jihozning tarkibiy qismi bo‘lmasa va mutlaq huquq kredit uyushmasiga tegishli bo‘lsa, u nomoddiy aktiv hisoblanadi.
134. Kredit uyushmasi nomoddiy aktivlari quyidagi yo‘llar bilan shakllanadi:
haq evaziga xarid qilish;
kredit uyushmasi ichida ishlab chiqish yo‘li bilan;
tekinga olish;
grant va subsidiya asosida.
135. Haq evaziga xarid qilingan nomoddiy aktiv boshlang‘ich qiymati bo‘yicha baholanadi va hisobga olinadi. Nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati nomoddiy aktivlarning faqat qayta baholanishi natijasida o‘zgarishi mumkin.
136. Nomoddiy aktivlar bilan bog‘liq xarajatlar, agar ushbu xarajatlar kelajakda shu aktivlar bo‘yicha dastlabki hisoblangan me’yorlardan yuqori iqtisodiy foyda olib kelishi mumkin bo‘lsa, ularning boshlang‘ich qiymatiga qo‘shilishi mumkin. Barcha boshqa xarajatlar, ular qaysi davrda yuzaga kelgan bo‘lsa, o‘sha davrning joriy xarajatlari sifatida aks ettiriladi.
137. Nomoddiy aktivlarning tahliliy hisobi nomoddiy aktivlarning har bir turi bo‘yicha ochiladigan tegishli shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
138. Kredit uyushmasi ichida yaratilgan nomoddiy aktiv balansda boshlang‘ich qiymati bo‘yicha aks ettiriladi.
139. Tekinga olingan nomoddiy aktivlar dastlab balansda haqqoniy qiymati bo‘yicha aks ettiriladi. Tekinga olingan nomoddiy aktivlarning qiymati baholovchi tashkilotlar tomonidan yoki aktivlarni qabul qilish-topshirish hujjatlaridagi ma’lumotlar asosida belgilanadi.
140. Nomoddiy aktivlar sotib olinganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi beriladi:
1) nomoddiy aktivlarning qiymati oldindan to‘liq yoki qisman to‘langanda:
Dt 19909 “Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to‘langan mablag‘lar”
Kt 10503 “Banklarda joylashtirilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar”;
2) nomoddiy aktivlar kredit uyushmasiga kelib tushganda:
Dt 16601 “Nomoddiy aktivlar”
Kt 19909 “Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to‘langan mablag‘lar”.
141. Kredit uyushmasi nomoddiy aktivlar kelib tushgandan keyin to‘lovni amalga oshirsa, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi beriladi:
1) nomoddiy aktivlar kelib tushganda ularni balansda aks ettirish:
Dt 16601 “Nomoddiy aktivlar”
Kt 29802 “Tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘lar”;
2) nomoddiy aktivlar qiymati to‘langanda:
Dt 29802 “Tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘lar”
Kt 10503 “Banklarda joylashtirilgan talab qilib olinguncha depozitlar”.
142. Nomoddiy aktivlar tekinga olinganda, tekinga olingan nomoddiy aktivlarning haqqoniy qiymatiga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi beriladi:
Dt 16601 “Nomoddiy aktivlar”
Kt 45994 “Boshqa foizsiz daromadlar”.
143. Nomoddiy aktiv balansda dastlabki qiymati bo‘yicha hisobga olingandan keyin qayta baholash sanasida, agar uning bozor bahosini aniqlash mumkin bo‘lsa, nomoddiy aktiv qayta baholanadi va qayta baholangan (tiklanish) qiymati bo‘yicha hisobga olinadi.
144. Nomoddiy aktivni qayta baholash chog‘ida ushbu qayta baholanayotgan aktivga taalluqli bo‘lgan bir turdagi nomoddiy aktivlarning barcha guruhi qayta baholanishi kerak, bunday aktivlar uchun faol bozor mavjud bo‘lmagan holatlar bundan mustasno.
145. Nomoddiy aktiv qayta baholanganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi beriladi:
qayta baholangan qiymat uning balans qiymatidan ortiq bo‘lsa:
Dt 16601 “Nomoddiy aktivlar”
Kt 30907 “Boshlang‘ich qiymatga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi”;
qayta baholashgacha bo‘lgan va qayta baholangandan keyingi yig‘ilgan eskirish summalari o‘rtasidagi farq summasiga:
Dt 30907 “Boshlang‘ich qiymatga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi”
Kt 16605 “Nomoddiy aktivlarning yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)”;
qayta baholash natijasida asosiy vositaning oshgan qiymati, ushbu aktiv bo‘yicha oldingi qayta baholash natijasiga ko‘ra xarajat sifatida hisobga olingan qismi miqdoridagina daromad sifatida hisobga olinishi lozim.
146. Aktivning qayta baholangandagi qiymati uning balans qiymatidan kam bo‘lsa, unda aktivning summasi kamayadi va bu kamayish quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi bilan rasmiylashtiriladi:
qayta baholashgacha bo‘lgan va qayta baholangandan keyingi yig‘ilgan eskirish o‘rtasidagi farq summasiga:
Dt 16605 “Nomoddiy aktivlarning yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)”
Kt 30907 “Boshlang‘ich qiymatga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi”;
qayta baholash natijasida aniqlangan aktiv qiymatining kamayish summasiga:
Dt 30907 “Boshlang‘ich qiymatga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” (qayta baholashdan oldingi ko‘payish doirasida)
Kt 16601 “Nomoddiy aktivlar”;
30907 — “Boshlang‘ich qiymatga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” hisobvarag‘idagi qoldiq (nomoddiy aktivlarning aynan shu toifasiga taalluqli qismi) yetarli bo‘lmasa, unda qayta baholangan aktivning qo‘shimcha kamaygan qiymati quyidagicha hisobga olinadi:
Dt 55995 “Boshqa foizsiz xarajatlar”
Kt 16601 “Nomoddiy aktivlar”;
qayta baholashning 30907 — “Boshlang‘ich qiymatga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” hisobvarag‘iga qo‘shilgan ijobiy natija foydali xizmat muddati davomida teng qismlarda 31203 — “Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkazib boriladi.
147. Nomoddiy aktiv hisobdan chiqarilayotganda 30907 — “Boshlang‘ich qiymatga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” hisobvarag‘idagi ushbu nomoddiy aktivga tegishli qayta baholash natijasi to‘liq 31203 — “Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
148. Nomoddiy aktivlarga eskirish hisoblash nomoddiy aktivlar tarkibiga qabul qilingan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab hisoblab boriladi. Nomoddiy aktivlarning eskirish summasi ularning foydali xizmat qilish muddati davomida muntazam ravishda kredit uyushmasi xarajatlariga o‘tkazib boriladi.
149. Nomoddiy aktivlarga ushbu Yo‘riqnomaning 118—120-bandlarida belgilangan tartibda eskirish hisoblanadi.
150. Eskirishni hisoblashning tanlangan usuli kredit uyushmasining hisob siyosatida aniqlanishi va hisobot yili davomida o‘zgarmasligi kerak.
151. Hisobdan chiqarilayotgan nomoddiy aktiv sotilayotganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
nomoddiy aktiv jo‘natilgandan keyin xaridor tomonidan to‘lov amalga oshirilgan holda:
Dt 19909 “Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to‘langan mablag‘lar”
Kt 16601 “Nomoddiy aktivlar”;
to‘lov kelib tushgandan keyingi buxgalteriya o‘tkazmalari:
Dt 10503 “Banklarda joylashtirilgan talab qilib olinguncha depozitlar”
Kt 19909 “Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to‘langan mablag‘lar”.
152. Nomoddiy aktivning qiymati fors-major holatlar bilan bog‘liq bo‘lganda, bepul berilganda, belgilangan tartibda zarar sifatida qoldiq (likvidatsiya) qiymati summasiga hisobdan chiqariladi va quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi bilan rasmiylashtiriladi:
Dt 55910 “Boshqa mulk va/yoki aktivlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar”
Kt 16601 “Nomoddiy aktivlar”.
9-§. Kredit hisob-kitoblaridan undirilgan mulk hisobi
153. Kredit uyushmasi tomonidan kredit yoki lizingni so‘ndirish hisobidan olingan ko‘chmas mulk va boshqa mulklar 16700 — “Kredit uyushmasining boshqa o‘z xususiy mulklari” hisobvarag‘ida hisobga olinadi.
154. Mulkning egalik huquqi olinganda, kredit yoki lizingni balans qiymati (asosiy qarz summasining to‘lanmagan qiymati va olinishi lozim bo‘lgan foizlar yig‘indisidan ehtimoliy yo‘qotishlarga qarshi zaxirani chiqarish) yoki garovning bozor qiymatining qaysi biri kichik bo‘lsa, o‘sha qiymatda hisobga olinadi.
155. Garovning haqqoniy qiymati kredit yoki lizingning balans qiymatidan kam bo‘lsa, ularning farqi kredit yoki lizinglar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarga qarshi zaxiralar hisobvarag‘i orqali hisobdan chiqariladi va quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi beriladi:
Dt 167xx “Kredit uyushmasining boshqa o‘z xususiy mulklari” tegishli hisobvarag‘i
Dt 1xx99 Kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobvarag‘i — garovning bozor qiymati hamda balans qiymati o‘rtasidagi farq summaga
Kt 1xxxx Tegishli kredit hisobvarag‘i.
156. Boshqa xususiy mulk qiymatining har qanday o‘zgarishi quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi bilan aks ettirilishi lozim.
Dt 56830 “Boshqa xususiy mulklar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash”
Kt 16799 “Ko‘chmas mulk va boshqa o‘z xususiy mulki bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)”.
157. Boshqa xususiy mulkning qiymatini nazorat qilish va hisobga olish uni sotishdan avval amalga oshiriladi. Boshqa xususiy mulkni sotishda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari beriladi:
1) boshqa xususiy mulk balans qiymatida sotilganda:
Dt 10503 “Banklarda joylashtirilgan talab qilib olinguncha depozitlar”
Kt 167xx “Kredit uyushmasining boshqa o‘z xususiy mulklari” tegishli hisobvarag‘i;
Dt 16799 “Ko‘chmas mulk va boshqa o‘z xususiy mulki bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)”
Kt 56830 “Boshqa xususiy mulklar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash” (zaxira joriy yilda shakllantirilgan bo‘lsa) yoki
Kt 45921 “Hisobdan chiqarilgan mablag‘larning qaytarilishi” (zaxira o‘tgan yillarda shakllantirilgan bo‘lsa);
2) boshqa xususiy mulk balans qiymatidan past bahoda sotilganda:
Dt 10503 “Banklarda joylashtirilgan talab qilib olinguncha depozitlar”
Dt 55910 “Boshqa mulk va/yoki aktivlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar” (farq summasiga)
Kt 167xx “Kredit uyushmasining boshqa o‘z xususiy mulklari” tegishli hisobvarag‘i;
Dt 16799 “Ko‘chmas mulk va boshqa o‘z xususiy mulki bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)”
Kt 56830 “Boshqa xususiy mulklar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash” (zaxira joriy yilda shakllantirilgan bo‘lsa) yoki
Kt 45921 “Hisobdan chiqarilgan mablag‘larning qaytarilishi” (zaxira o‘tgan yillarda shakllantirilgan bo‘lsa);
3) boshqa xususiy mulk balans qiymatidan yuqori bahoda sotilsa, balans qiymatidan ortiqcha summa mulk egasiga qaytarilishi lozim.
10-§. Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hisobi
158. Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar (keyingi o‘rinlarda KBTEB deb yuritiladi) — bu kredit uyushmalari faoliyatida foydalaniladigan va quyidagi mezonlardan biriga javob beradigan moddiy aktivlardir:
a) xizmat muddati bir yildan oshmaydigan;
b) xizmat muddatidan qat’i nazar (sotib olingan vaqtiga), bir komplekt uchun qiymati O‘zbekiston Respublikasida eng kam ish haqining ellik baravarigacha belgilangan buyumlar.
KBTEBga devonxona va idora buyumlari, blanklar, pochta va hujjat markalari va boshqalar kiradi.
159. KBTEB sotib olinganda boshlang‘ich qiymatiga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari beriladi:
1) KBTEB qiymati to‘liq yoki qisman oldindan to‘langanda:
Dt 19909 “Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to‘langan mablag‘lar”
Kt 10503 “Banklarda joylashtirilgan talab qilib olinguncha depozitlar”;
2) KBTEB kredit uyushmasi omboriga kelib tushganda:
Dt 19915 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”
Kt 19909 “Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to‘langan mablag‘lar”;
3) KBTEB ombordan foydalanishga berilganda:
Dt 56406 “Devonxona, ofis, xo‘jalik va boshqa buyumlar xarajatlari”
Kt 19915 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”.
160. Kredit uyushmasiga kelayotgan moddiy boyliklar ularning saqlanishiga javobgar bo‘lgan kredit uyushmasining rahbari buyrug‘iga asosan tayinlangan xodim tomonidan tizimdan tashqari jurnallarda yuritiladi. Mazkur jurnalda KBTEBning harakati aks ettiriladi.
11-§. Olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar, oldindan to‘langan va muddati uzaytirilgan xarajatlar hisobi
161. Olinishi lozim bo‘lgan hisobvaraqlarda kredit uyushmasining xodimlaridan, a’zolaridan va boshqa debitorlardan olinishi lozim bo‘lgan turli xil summalar hisobi yuritiladi.
162. Kredit uyushmalarida tovar moddiy boyliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘langan mablag‘lar hisobi 19900 — “Boshqa aktivlar”ning tegishli hisobvaraqlarida olib boriladi.
Ushbu hisobvaraqlardagi mablag‘lar davriy ravishda inventarizatsiya qilinishi, shuningdek to‘lab berilgan mablag‘lar bo‘yicha debitor qarzdorliklar hisobi yuritilishi lozim.
163. Balans hisobotida olinishi lozim bo‘lgan hisobvaraqlarining haqqoniy qiymatini aks ettirish uchun 19911 — “Olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar hisobvaraqlari bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi” (kontr-aktiv) hisobvarag‘idan foydalaniladi.
164. Kelgusi hisobot davrlariga tegishli bo‘lgan xarajatlar 19925 — “Oldindan to‘langan xarajatlar”, 19929 — “Boshqa muddati uzaytirilgan xarajatlar” va 19931 — “Muddati uzaytirilgan daromad solig‘i” hisobvaraqlarida aktiv sifatida aks ettirilishi hamda ular tegishli bo‘lgan hisobot davri davomida amortizatsiya (xarajatga o‘tkaziladi) qilinishi lozim. Bunday xarajatlarga davriy nashrga obuna bo‘lish bo‘yicha, binoni ijarasi uchun oldindan to‘lov, oldindan sug‘urta badali, oldindan auditorlik xizmatlari uchun to‘lovlar, oldindan to‘langan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hamda faoliyat ko‘rsatish bilan bog‘liq tashkiliy xarajatlar misol bo‘lishi mumkin.
165. Kelgusi hisobot davriga tegishli bo‘lgan oldindan to‘langan va muddati uzaytirilgan xarajatlar hisobi quyidagi tarzda amalga oshiriladi: (masalan, davriy nashrga obuna bo‘lish uchun to‘lanadigan summa)
Dt 19925 “Oldindan to‘langan xarajatlar”
Kt 10503 “Banklarda joylashtirilgan talab qilib olinguncha depozitlar”.
Bunda, obuna bo‘yicha har oyda oldindan to‘langan xarajatlarning bir qismi hisobot davrining xarajatlariga kiritiladi:
Dt 56418 “Kitob, ro‘znoma va boshqa davriy nashriyotlar bo‘yicha xarajatlar”
Kt 19925 “Oldindan to‘langan xarajatlar”.
12-§. To‘lanishi lozim bo‘lgan kreditlar va lizing
166. To‘lanishi lozim bo‘lgan kreditlar (lizing) hisobvarag‘ida, kredit uyushmasi banklardan va boshqa kreditorlardan olingan mablag‘lar summasi hisobga olinadi.
167. Har bir olingan kredit (lizing) bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda tahliliy hisob yuritiladi.
168. Tuzilgan kredit shartnomasiga muvofiq, bankdan yoki boshqa kreditorlardan mablag‘lar olish quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi beriladi:
Dt 10503 “Banklarda joylashtirilgan talab qilib olinguncha depozitlar” yoki
Dt 10597 “Banklarda joylashtirilgan boshqa mablag‘lar” (bankdagi kredit hisobvarag‘i)
Kt 216xx — 220xx To‘lanishi lozim bo‘lgan kreditlar bo‘yicha tegishli hisobvaraq.
169. To‘lanishi lozim bo‘lgan kreditlar bo‘yicha foizlar shartnoma shartlariga muvofiq kunlik hisoblanadi.
170. Kredit uyushmalari lizing shartnomasi bo‘yicha lizing oluvchi sifatida ishtirok etganda lizingga olingan aktivlar hisobi 16515 — “Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish” hisobvarag‘ining debetida, lizing bo‘yicha yuzaga kelgan majburiyatlar esa 22100 — “Lizing bo‘yicha majburiyatlar”ning tegishli hisobvaraqlarining kreditida yuritiladi. Lizing bo‘yicha majburiyatni aktiv summasidan chegirib tashlagan holda (kontr-aktiv hisobvaraq sifatida) ko‘rsatishga ruxsat etilmaydi.
171. Kredit uyushmasining (lizingga oluvchining) buxgalteriya hisobida moliyaviy ijara aktiv va majburiyat sifatida moliyaviy ijara muddati boshlanishidagi moliyaviy ijara obyektining sof investitsiya qiymati yoki uning haqqoniy qiymatining qaysi biri kichik bo‘lsa, o‘sha summada aks ettiradi.
172. Lizing oluvchi kredit uyushmasi tomonidan lizing dastlabki tan olingandan so‘ng keyingi hisob majburiyat bo‘yicha asosiy qarz summasini (dastlabki tan olingan summani) va lizing bo‘yicha foizlar to‘lash hisobini yuritishdan iborat.
Keyingi hisob lizing bilan bog‘liq barcha xavf-xatarlar lizing oluvchiga o‘tganligi sababli lizing oluvchi kredit uyushmasi tomonidan lizing obyektini qayta baholash, eskirishni hisoblash va shartnomada ko‘zda tutilgan boshqa xarajatlarni amalga oshirish ishlarini ham o‘z ichiga oladi.
173. Dastlabki tan olishda yoki obyektni lizingga olish vaqtida lizing oluvchi kredit uyushmasining lizing foizi bo‘yicha xarajatlari buxgalteriya hisobida aks ettirilmaydi.
174. Lizing oluvchi kredit uyushmasi tomonidan lizing to‘lovlari jadvaliga muvofiq lizing bo‘yicha foizli xarajatlar kunlik hisoblanadi.
175. Lizing oluvchi kredit uyushmasi tomonidan lizing obyekti bo‘yicha eskirishni hisoblash lizing shartnomasi shartlariga muvofiq ushbu Yo‘riqnomaning 118—120-bandlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
176. Aniq bir davrdagi lizing oluvchi kredit uyushmasining lizing obyekti bo‘yicha eskirish va moliyaviy xarajatlari (lizing bo‘yicha foizlari) summasi mazkur davrda to‘lanishi kerak bo‘lgan lizing to‘lovlari summasiga teng bo‘lmasligi mumkin.
177. Lizing obyektini qayta baholash lizing oluvchi kredit uyushmasi tomonidan mazkur Yo‘riqnomaning 121—125-bandlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
178. Lizing oluvchi kredit uyushmasi tomonidan oxirgi to‘lovlar amalga oshirilganidan keyin 16515, 16519, 22100 va 22408-balans hisobvaraqlarida mazkur lizing operatsiyalari bo‘yicha ochilgan shaxsiy hisobvaraqlar (tahliliy hisob) qoldig‘i nolga teng bo‘ladi.
179. Lizing shartnomasi muddati oxirida lizing oluvchi kredit uyushmasiga lizing obyektining sotish sanasidagi haqqoniy qiymatidan past narxda sotib olish huquqi berilganda, 22100 — “Lizing bo‘yicha majburiyatlar” hisobvarag‘i yopilganidan so‘ng, lizing obyektiga bo‘lgan mulk huquqi lizing oluvchiga o‘tadi.
Lizing obyektining lizing oluvchi kredit uyushmasiga o‘tkazishda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi beriladi:
Dt 165xx “Kredit uyushmasi faoliyatida foydalaniladigan asosiy vositalar” tegishli hisobvarag‘i
Kt 16515 “Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish”;
Dt 16519 “Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish bo‘yicha yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)”
Kt 165xx “Kredit uyushmasi faoliyatida foydalaniladigan asosiy vositalar”ning tegishli yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv) hisobvarag‘i.
180. Lizing shartnomasi uning amal qilish muddatidan oldin to‘xtatilib, lizing beruvchi tomonidan lizing obyekti shartnoma shartlarida belgilangan tartibda olib qo‘yilganda, lizing obyektini lizing beruvchiga qaytarish lizing shartnomasining amal qilish muddati to‘xtatilgan sanadagi lizing obyektining qoplanmagan qiymati summasida amalga oshiriladi va quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi beriladi:
Dt 16519 “Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish bo‘yicha yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)”
Dt 22100 “Lizing bo‘yicha majburiyatlar” tegishli hisobvarag‘i
Kt 16515 “Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish”.
181. Lizing obyektini hisobdan chiqarish bo‘yicha moliyaviy natija (foyda yoki zarar) lizing obyektining qoldiq (balans) qiymati va lizing to‘lovlari jadvali bo‘yicha qolgan qarz o‘rtasidagi farq sifatida lizing obyektini hisobdan chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar summasini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Lizing obyektini hisobdan chiqarish bo‘yicha moliyaviy natija (foyda yoki zarar) aniqlanganida, oldingi qayta baholashlardagi lizing obyekti qiymatining ko‘paygan summasi, ya’ni oldingi baholashlar natijasida 30907 — “Boshlang‘ich qiymatga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” hisobvarag‘ining kredit qoldig‘i lizing obyektining chiqib ketishidan ko‘rilgan daromad tarkibiga qo‘shiladi va bir vaqtning o‘zida ushbu hisobvaraq bo‘yicha zaxira kapitali kamaytiriladi.
13-§. Kapital hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalar hisobi
182. Kredit uyushmasi a’zolaridan pay badallariga pul mablag‘larining kirim qilinishida quyidagi o‘tkazma beriladi:
Dt 10101 “Kassadagi naqd pullar” yoki
Dt 10503 “Banklarda joylashtirilgan talab qilib olinguncha depozitlar”
Kt 30301 “Pay badallari”.
183. Moliya yilining yakunida barcha daromad va xarajatlar hisobvaraqlari sof foyda (zarar) hisobvarag‘ida yopilishi lozim. Bunda:
daromad hisobvaraqlarini yopish:
Dt 4xxxx Daromad hisobvaraqlari (foyda va zararlar hisobotidan)
Kt 31206 “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)”;
xarajat hisobvarag‘ini yopish:
Dt 31206 “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)”
Kt 5xxxx Barcha xarajat hisobvaraqlari (foyda va zararlar hisobotidan);
so‘ngra sof foyda (zarar) hisobvarag‘idagi qoldiq taqsimlanmagan foyda hisobvarag‘iga o‘tkaziladi:
Dt 31206 “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)”
Kt 31203 “Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)”.
184. Taqsimlanmagan foyda kapitalning zarur ajratmalari yoki zaxiralar (fondlar) tuzish, dividendlar e’lon qilinishi summasiga debetlanadi (kamayadi) yoki kreditlanadi (ko‘payadi). Boshqa hollarda taqsimlanmagan foyda oldingi hisobot davriga tegishli bo‘lgan muhim tuzatishlar kiritilganda kamaytiriladi yoki ko‘paytiriladi.
185. Zaxira fondiga ajratma har yili sof foydaning 5 foizdan kam bo‘lmagan hajmda, kredit uyushmasining ustavida belgilangan summaga yetguniga qadar o‘tkaziladi.
Dt 31203 “Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)”
Kt 30903 “Zaxira fondi”.
186. Yil yakuni bo‘yicha kredit uyushmasi a’zolarining umumiy yig‘ilishi qaroriga muvofiq dividendlar hisoblanganida quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi beriladi:
Dt 31203 “Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)”
Kt 29822 “To‘lanishi lozim bo‘lgan dividendlar”.
V-bob. Kredit uyushmalarining xo‘jalik operatsiyalari hisobi
1-§. Kredit uyushmalarida operatsion xarajatlar hisobi
187. Kredit uyushmalari operatsion xarajatlarini kengash tomonidan hisobot yili uchun tasdiqlangan smeta doirasida amalga oshiradi.
188. Kredit uyushmaning operatsion xarajatlari smetasi bo‘yicha mablag‘larni kredit uyushmasi rahbari tasarruf etadi.
189. Kredit uyushmaning operatsion xarajatlari uchun ajratilgan smeta doirasida moliyalashtirish hisobot yilining 31-dekabrigacha amal qiladi. Tugagan yilda amalda qilingan barcha xarajatlar 31-dekabrgacha o‘tkazilishi lozim.
190. Kredit uyushmasi operatsion xarajatlari bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish vazifasi yuklatilgan xodim bu xarajatlar bo‘yicha hujjatlarni buxgalteriya o‘tkazmalari uchun qabul qilayotganda quyidagilarni tekshiradi:
puli to‘lanayotgan hujjatda kredit uyushmasi mansabdor shaxslarning ruxsat imzosi mavjudligini (agar bo‘nak hisoboti kabi jamlama hujjat puli to‘lanayotgan bo‘lsa, imzo faqat jamlama hujjatda bo‘lishi talab qilinadi);
puli to‘lanayotgan hujjatdagi alohida summalar va yakunlarning to‘g‘riligini;
hujjat to‘g‘ri rasmiylashtirilganini, xususan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun tuzilgan to‘lov hujjatlariga kredit uyushmalarining tegishli mansabdor shaxslari bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar qabul qilinganini tasdiqlab qo‘ygan imzolarning mavjudligini;
sotib olingan moddiy qimmatliklar uchun yozilgan to‘lov hujjatlarda bu qimmatliklarni ular but saqlanishi uchun javobgar shaxslar qabul qilib olganligi to‘g‘risidagi tilxatlarning mavjudligini;
hujjat puli hisoboti topshiriladigan summalardan to‘langanda, pul olingani to‘g‘risidagi hujjatga imzo chekilganini.
191. Hisob-kitoblar naqd pulsiz tartibda amalga oshirilganda memorial ordyer tuziladi.
192. Memorial va kassa orderlari kredit uyushmalari ichki hisobvaraqlari bo‘yicha hisob yuritadigan buxgalter hamda bosh buxgalter yoki uning o‘rinbosari tomonidan imzolanadi.
193. Kelgusi hisobot davriga tegishli bo‘lgan xarajatlar tegishli hisobot davri davomida amortizatsiya (xarajatga o‘tkaziladi) qilinishi lozim. Bunday xarajatlarga yil oxirida mehnat ta’tiliga ketayotgan xodimlarga to‘langan ish haqi, xususan kelgusi yilga taalluqli to‘lovlar, davriy nashrga obuna bo‘lish bo‘yicha to‘lov, kelgusi yillar smetalari hisobidan o‘rni qoplanishi kerak bo‘lgan ijaraga olingan binolarni kapital ta’mirlash xarajatlari summasi, binoning ijarasi uchun oldindan to‘lov, oldindan sug‘urta badali, oldindan auditorlik xizmatlari uchun to‘lovlar, faoliyat ko‘rsatish bilan bog‘liq tashkiliy xarajatlar hamda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar misol bo‘lishi mumkin.
194. Avtotransportdan foydalanish va uni joriy ta’mirlash xarajatlari, foydalanilgan yonilg‘i qiymati hisobi xarajat hisobvaraqlarining tegishli hisobvarag‘ida yuritiladi.
195. Kredit uyushmalari reklama va xabar berish, kanselyariya anjomlari va ofis buyumlarini sotib olishga qiladigan xarajatlar, pochta, telefon hamda faks xarajatlari, davriy nashrlar, kitoblar, gazetalar uchun qiladigan xarajatlar hisobi 56400 — “Ma’muriy xarajatlar” hisobvarag‘ining tegishli tarzda ikkinchi tartib hisobvaraqlarida yuritiladi.
196. Kredit uyushmalari xodimlarining ish haqi va ularga to‘lanadigan boshqa to‘lovlar qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
2-§. Moddiy qimmatliklarni inventarizatsiyadan o‘tkazish hamda aniqlangan ortiqcha va kamomadlarni rasmiylashtirish
197. Kredit uyushmalarida moddiy qimmatliklar, ularning amalda mavjudligi va saqlanishini nazorat qilish uchun kredit uyushmalari tomonidan davriy ravishda, lekin bir yilda kamida bir marta inventarizatsiyadan o‘tkaziladi. Kredit uyushmasining rahbari tomonidan inventarizatsiya komissiyasi tuziladi va inventarizatsiyadan o‘tkazish tartibi belgilanadi. Inventarizatsiya komissiyasi tarkibi inventarizatsiya komissiyasi raisi va uning a’zolaridan iborat bo‘lib, ularning soni toq bo‘lishi lozim.
198. Kredit uyushmalarida moddiy javobgar shaxs o‘zgarganda yangi tayinlangan moddiy javobgar shaxs bilan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuziladi va barcha moddiy boyliklar yangi tayinlangan moddiy javobgar shaxs ishtirokida inventarizatsiya qilinadi.
199. Moddiy qimmatliklarni inventarizatsiyasi natijasida aniqlangan ortiqcha yoki kamomad yuzasidan belgilangan tartibda dalolatnoma tuziladi va buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
200. Kredit uyushmalarida o‘tkazilgan inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha moddiy qimmatliklar kredit uyushmalari daromadi hisoblanadi va balansga haqqoniy qiymati bo‘yicha kirim qilinadi.
201. Kredit uyushmalari xodimlarining aybi bilan foydalanishga yaroqsiz holga kelgan moddiy qimmatliklar yoki kamomad, ushbu moddiy qimmatliklarning haqqoniy yoki balans qiymati bo‘yicha (ulardan qaysi biri ko‘p bo‘lsa) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aybdor shaxslardan undirib olinadi. Bunda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi beriladi:
1) yig‘ilgan eskirish summasiga (asosiy vosita bo‘yicha):
Dt 165xx “Kredit uyushmasi faoliyatida foydalaniladigan asosiy vositalar”ning tegishli yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv) hisobvarag‘i
Kt 165xx “Kredit uyushmasi faoliyatida foydalaniladigan asosiy vositalar” tegishli hisobvarag‘i;
2) undirilishi lozim bo‘lgan summa aktivning qoldiq qiymatidan katta bo‘lganda:
Dt 19908 “Kredit uyushmasi xodimlari bilan hisob-kitoblarda undirib olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar” — aybdor shaxslardan undirilishi lozim bo‘lgan qiymatga
Kt 165xx “Kredit uyushmasi faoliyatida foydalaniladigan asosiy vositalar” tegishli hisobvarag‘i — qoldiq qiymati yoki
Kt 19915 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”
Kt 45994 “Boshqa foizsiz daromadlar” — aktivning undirilishi lozim bo‘lgan va qoldiq qiymati o‘rtasidagi farq summasiga;
3) undirilishi lozim bo‘lgan summa aktivning qoldiq qiymatidan kichik bo‘lganda:
Dt 19908 “Kredit uyushmasi xodimlari bilan hisob-kitoblarda undirib olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar” — undirilishi lozim bo‘lgan summa
Dt 55995 “Boshqa foizsiz xarajatlar” — aktivning qoldiq qiymati va undirilishi lozim bo‘lgan summa o‘rtasidagi farq
Kt 165xx “Kredit uyushmasi faoliyatida foydalaniladigan asosiy vositalar” tegishli hisobvarag‘i — qoldiq qiymati yoki
Kt 19915 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”;
4) mablag‘lar undirilganda:
Dt 10101 “Kassadagi naqd pullar” va/yoki
Dt 29803 “Xodimlar bilan hisob-kitoblardagi to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar” — xodimning ish haqidan ushlab qolinganda
Kt 19908 “Kredit uyushmasi xodimlari bilan hisob-kitoblarda undirib olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar”.
3-§. Moddiy qimmatliklarni olish, berish va ulardan foydalanish hisobini yuritish
202. Moddiy qimmatliklarni olish va ularni kredit uyushmasidan berish ishonchnomalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
203. Ishonchnomalardan foydalanish hamda ularni tegishli daftarlarda ro‘yxatga olish “Tovar-moddiy boyliklarni olishga ishonchnomalar berish va ularni ishonchnomalar bo‘yicha berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 1245, 2003-yil 27-may) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-yil, 9-10-son) talablari asosida amalga oshiriladi.
204. 16561 — “Ombordagi asosiy vositalar” va 19915 — “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar” hisobvaraqlaridan moddiy qimmatliklarni hisobdan chiqarish moddiy javobgar shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Kredit uyushmasining rahbari tomonidan ombordan moddiy qimmatliklarni berishga ruxsat etish huquqi berilgan shaxslar ro‘yxati tasdiqlanadi va uning nusxasi mazkur shaxslar imzo namunalari bilan moddiy boyliklar hisobi hisobvarag‘ini yuritadigan buxgalteriya xodimiga topshiriladi.
205. Kredit uyushmasining xodimlari tomonidan ombordan moddiy qimmatliklarni olish uchun yoziladigan talabnoma uch nusxada tuziladi. Ularda talab qilinayotgan moddiy qimmatliklarning nomenklatura bo‘yicha raqamlari, nomi (turi), soni va maqsadi ko‘rsatiladi.
Talabnomalarning dastlabki ikki nusxasiga moddiy qimmatliklarni oluvchi shaxs ularni olganligi haqidagi imzosini qo‘yadi. Ombordan moddiy qimmatliklarni berishga ruxsat etish huquqi berilgan shaxs tomonidan moddiy qimmatliklar berilganligi haqida yozuv kiritiladi va imzolanadi.
Berilgan moddiy qimmatliklar ombor hisob yuritish qaydnomalarida chiqim qilinganidan so‘ng ombordan moddiy qimmatliklarni berishga ruxsat etish huquqi berilgan shaxs talabnomaning ikkinchi nusxasini xronologik tartibda chiqim hujjatlari yig‘majildiga tikib qo‘yadi. Talabnomaning birinchi nusxasi buxgalteriyaga, uchinchi nusxasi moddiy qimmatliklarni oluvchiga beriladi.
Talabnomalar umumiy summasiga moddiy qimmatliklar sarfini hisob hujjatlarida aks ettirish uchun memorial order rasmiylashtiriladi.
206. 16561 — “Ombordagi asosiy vositalar” hisobvarag‘idan moddiy boyliklar berilganda ishga tushirilganligi to‘g‘risida dalolatnoma rasmiylashtirilishi lozim.
19915 — “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar” hisobvarag‘idan moddiy boyliklar berilgan sanada qabul qilish-topshirish dalolatnomasi hamda hisobdan chiqarish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.
4-§. Hisobdorlik asosida mablag‘larni berish va ular hisobini yuritish
207. Hisobdorlik asosidagi mablag‘lar amaldagi ehtiyojga qarab beriladi va ular faqat bevosita ko‘zlangan maqsadlarga, ya’ni xizmat safarlari, xo‘jalik xarajatlari va boshqalarga sarflanishi lozim. Xizmat safari xarajatlariga ish haqi hisobidan bo‘naklar berish taqiqlanadi.
Xizmat safari xarajatlari uchun bo‘naklar xizmat safariga jo‘natilayotgan xodimning shaxsan o‘ziga beriladi.
208. Hisobdorlik asosida pul olgan kredit uyushmasining har bir xodimi o‘zi olgan bo‘nakni qanday sarflagani to‘g‘risida bo‘nak hisoboti topshirishi, unga xo‘jalik xarajatlari bo‘yicha tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilishi shart. Bu hisobot bo‘nak olinganidan keyin 3 ish kuni ichida, xizmat safari xarajatlari bo‘yicha esa safardan qaytilganidan so‘ng 3 ish kuni ichida topshirilishi lozim.
Hisobdorlik asosida berilgan mablag‘larning sarflanmagan qoldiqlari topshiriq bajarilganidan yoki xizmat safaridan qaytilganidan keyin kredit uyushmasi kassasiga topshiriladi. Agar topshiriq bekor qilinsa, uni bajarish uchun hisobdorlik asosida berilgan bo‘nak summasi darhol qaytariladi.
209. Yangi bo‘nak berilishi uchun avval olingan bo‘nak bo‘yicha to‘la hisob-kitob qilingan bo‘linishi shart.
210. Tasdiqlangan bo‘nak hisobotlari bo‘yicha tegishli hisobvaraqlarga kiritiladigan xarajatlar to‘la summada (berilgan bo‘nakdan ortiq bo‘lganda ham) hisobdor shaxslar uchun ochilgan shaxsiy hisobvaraqlar kreditida qayd etiladi.
O‘tgan yili tugallangan xizmat safarlari bo‘yicha sarflangan bo‘naklar to‘g‘risidagi hisobotlar o‘sha yilning o‘zida qayd etilishi lozim.
O‘tgan yili boshlanib, yangi yilda tugallangan xizmat safarlari bo‘yicha sarflangan bo‘naklar to‘g‘risidagi hisobotlar yangi yil aylanmalarida qayd etiladi.
Sarflanganligi to‘g‘risidagi hisobot berilmagan summalar ham 1-yanvar holatidagi hisobdor shaxslar hisobvaraqlari qoldiqlarida aks ettirilishi lozim.
5-§. Buxgalteriya hujjatlarini saqlash va qat’iy hisobda turuvchi blanklardan foydalanish nazorati
211. Kredit uyushmasida buxgalteriya hujjatlarining qat’iy saqlanishi ta’minlashi shart.
212. Buxgalteriya hujjatlarining saqlanishi tashkil etilishi bo‘yicha javobgarlik kredit uyushmasining rahbari zimmasiga yuklatiladi. Buxgalteriya hujjatlarining belgilangan tartibiga rioya etilishi bo‘yicha javobgarlik bosh buxgalter zimmasiga yuklatiladi.
213. Arxiv hujjatlarini saqlash uchun qonun hujjatlarda belgilangan talablarga javob beradigan ma’lum joylar ajratilishi lozim.
214. Kredit uyushmasining faoliyatiga tegishli bo‘lgan elektron shakllantirilgan barcha kunlik birlamchi hujjatlar, kirim va chiqim kassa orderlarini qayd etish jurnallari, yordamchi va bosh kitob ma’lumotlari har kuni dasturiy ravishda arxivlanib, ikki nusxada elektron axborot tashuvchi vositalarga yoziladi. Ularning birinchi nusxasi — kredit uyushmasi binosida, ikkinchi nusxasi — kredit uyushmasi binosidan tashqaridagi binolarda saqlanishi lozim.
215. Elektron arxiv ma’lumotlarining to‘liqligi, to‘g‘ri arxivlashtirilishi hamda ishonchliligi uchun kredit uyushmasining rahbari, bosh buxgalteri va arxivlashtirishni amalga oshiradigan mas’ul xodim shaxsan javobgar hisoblanadi.
216. Birlamchi hujjatlar va hisobga olish kitoblari, moliyaviy ko‘rsatkichlarning qog‘ozdagi hamda dasturiy hisobi qonun hujjatlarida belgilangan muddat davomida saqlanishi lozim.
217. Birlamchi hisob hujjatlaridagi yozuvlar arxivda belgilangan saqlash davri mobaynida ushbu yozuvlarni saqlanishini ta’minlovchi bir xil rangli siyohli yoki sharikli ruchkada, dasturiy ta’minot yordamida va boshqa vositalar yordamida amalga oshirilishi lozim. Birlamchi hujjatlarning to‘ldirilmagan satrlariga chiziq (procherk) tortilishi lozim.
218. Hisobga olish kitobiga (kassa, bank, kredit, depozit, asosiy vositalar va boshqalar) tegishli bo‘lgan hujjatlar xronologik tartibda hisobvaraqlarning tartib raqamlari o‘sib borishi bo‘yicha taxlanib tikiladi. Bir xil tartib raqamli hisobvaraqlar esa kreditlanayotgan hisobvaraqlarning tartib raqamlari o‘sib borishi bo‘yicha taxlanib tikiladi.
219. Buxgalteriya hujjatlari har bir ish kuni uchun tikilgan holda saqlanadi.
Kunlik yig‘majildga quyidagi hujjatlar tikiladi:
kredit uyushmasi a’zolari bilan shartnomada belgilangan hisob-kitoblar bo‘yicha amalga oshirilgan to‘lovlar uchun qo‘llanilgan memorial orderlarning nusxalari;
kredit uyushmasining ichki hisobvaraqlari bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiyalari uchun asos bo‘lgan memorial orderlar ro‘yxati;
ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiyalar uchun asos bo‘lgan memorial orderlar ro‘yxati;
kunlik balans hisoboti, hisobvaraqlar bo‘yicha aylanma va qoldiq summalar;
kunlik buxgalteriya operatsiyalari ro‘yxati.
Hujjatlar ro‘yxati dasturiy yo‘l bilan olinishi mumkin.
Kunlik buxgalteriya yig‘majildiga kirim va chiqim kassa orderlarini qayd etish jurnallari belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan holda tikiladi.
Kassa hujjatlari alohida yig‘majildlarda joylashtiriladi. Kassaning kirim va chiqim hujjatlari alohida-alohida taxlanadi hamda avval kirim va so‘ngra chiqim operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar to‘plamlari ketma-ket joylashtirilgan holda birlashtirilib tikiladi.
220. Yakunlangan ish kuni uchun hujjatlar keyingi ish kunidan kechiktirilmay shakllantirilishi zarur. Keyingi ish kuniga qadar hujjatlar qulflanadigan temir shkafda saqlanishi lozim.
221. Uzoq saqlash muddatiga ega bo‘lgan, shuningdek, kredit uyushmasining ichki operatsiyalariga taalluqli quyidagi hujjatlar alohida yig‘majildlarda saqlanishi lozim:
kredit uyushmasi a’zolarining depozitlari bo‘yicha;
kredit uyushmasining asosiy vositalar, daromad hamda xarajatlar va boshqa xo‘jalik operatsiyalari bo‘yicha;
kredit uyushmasi a’zolarining kredit va lizinglari bo‘yicha;
qimmatbaho metallar bo‘yicha.
222. Shakllantirilgan yig‘majild muqovasida buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan taqqoslangan har bir hisobvaraqning debet va krediti bo‘yicha hujjatlarning umumiy summasi, jami hujjatlar soni, yig‘majild shakllantirilgan sana aks ettiriladi hamda yig‘majildni shakllantirgan xodim tomonidan imzolanadi. Ushbu ma’lumotlar bosh buxgalter tomonidan tekshirilishi, buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan taqqoslanishi va imzosi bilan tasdiqlanishi lozim. Kassaga oid yig‘majildlar kassir tomonidan ham imzolanishi shart.
223. Asosiy vositalar va turli daromad hamda xarajatlar bilan bog‘liq operatsiyalar, kredit uyushmasining boshqa xo‘jalik operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar, kassa hisobvarag‘i orqali o‘tkazilgan operatsiyalar, memorial orderlar hujjatlarni tuzish uchun (ish haqi to‘lash qaydnomalari va boshqalar) asos bo‘lgan asl nusxadagi hujjatlar bilan birga yig‘majildga joylashtiriladi.
224. Taxlanib tikilgan (broshyuralangan) hujjatlar kunlik buxgalteriya operatsiyalari ro‘yxati bilan solishtirilib chiqiladi va ularning summasi aylanmalarining yig‘ma ma’lumotlarini aylanmalar yakunlari bilan taqqoslanadi.
225. Operatsiyalar hajmi kam bo‘lgan taqdirda, kredit uyushmasi rahbarining qaroriga ko‘ra o‘tgan yilga tegishli bo‘lgan uzoq muddat saqlanadigan hujjatlar joriy yil tugaguniga qadar shakllantirilishi mumkin. Bunda hisobot yili tugaguniga qadar bu hujjatlar yig‘majildda tikib borilishi va temir shkafda bosh buxgalter javobgarligi ostida saqlanishi lozim.
Uzoq muddat saqlanadigan hujjatlar shakllantirilayotganda yig‘majildda har bir kun uchun qistirma varaqlar qo‘shilishi, ularda shu kun uchun buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan taqqoslangan har bir hisobvaraq debeti va krediti bo‘yicha summalari ko‘rsatilishi kerak, yig‘majild muqovasida esa buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan taqqoslangan har bir hisobvaraq debeti va krediti bo‘yicha hujjatlarning umumiy summasi qayd etiladi.
226. Temir shkaflarda quyidagi hujjatlar saqlanishi shart:
o‘tgan yil uchun yillik hisobotning tegishli imzolar bilan rasmiylashtirilgan nusxasi hamda joriy yilning oylik balansi uning barcha ilovalari bilan;
oxirgi 12 oy uchun kassa hujjatlari;
joriy oy uchun memorial orderlar;
asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarga bo‘lgan egalik huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxalari;
yordamchi kitoblar, imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchalar, depozit va kredit kartochkalari.
227. Buxgalteriya hisobiga tegishli barcha hujjatlar (o‘tgan oylar uchun memorial orderlar, shaxsiy hisobvaraqlar va boshqalar) ular kredit uyushmasining arxiviga topshirilguniga qadar, buxgalteriyaning qulflanadigan temir shkaflar bilan jihozlangan joriy arxivida saqlanishi kerak. Mazkur joriy arxiv hujjatlar but saqlanishi uchun javob beradigan maxsus ajratilgan xodim javobgarligi ostida bo‘ladi.
Agar kredit uyushmasining arxivida joy yetmasa yoki kredit uyushmasining arxiv xonasi bo‘lmasa, aynan shu xodim buxgalteriyadagi joriy arxivda saqlanadigan hujjatlarning daxlsizligi va but saqlanishi bo‘yicha javob beradi.
228. Buxgalteriyada hamda kredit uyushmasining joriy arxivida saqlanayotgan hujjatlar bosh buxgalter imzolagan talabnomalar asosida arxiv uchun javobgar xodim ishtirokida olinadi. Ma’lumot olish uchun ruxsat berilgan kredit uyushmasi xodimi arxiv uchun javobgar xodim ishtirokida hujjat bilan ishlashi lozim. Ular ma’lumot olishga ruxsat berilgan xodimlar hujjatlarga biror-bir tuzatish yozuvlarini kiritmasligini kuzatib turishlari shart.
229. Kredit uyushmasidan boshqa shaxslar tomonidan hujjatlarni olishga qonun hujjatlari talablari asosida yo‘l qo‘yiladi.
230. Yig‘majildlarni arxiv xonasidan berish, shuningdek, arxiv ma’lumotlari, hujjatlar nusxalari va ko‘chirmalarini berish va rasmiylashtirish tegishli daftarlarda qayd etiladi.
231. Arxiv xonasidan yig‘majildlarni berish quyidagi hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi:
kredit uyushmasi xodimlariga yig‘majildlarni vaqtincha foydalanish uchun berish — talabnomalar bilan;
boshqa tashkilotlarga vaqtincha foydalanish uchun — dalolatnoma yoki bayonnoma bilan.
Yig‘majildlardagi hujjatlarning asl nusxalarini boshqa tashkilotlarga vaqtincha foydalanish uchun berish ikki nusxada tuziladigan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi, dalolatnomaning bir nusxasi arxivda qoladi, ikkinchisi esa yig‘majildni oluvchiga beriladi.
Dalolatnomaga (bayonnomaga) yig‘majildni beruvchi kredit uyushmasining rahbari va uni oluvchi tashkilot rahbari imzo chekadi, imzolar shu tashkilotlarning muhrlari bilan tasdiqlanadi.
Olingan hujjatning asl nusxasi o‘rniga bosh buxgalter tasdiqlagan nusxa, dalolatnoma yoki bayonnomaning birinchi nusxasi va hujjatni olish xususidagi talabnoma qo‘yiladi. Bu talabnomada asl hujjatni olgan shaxs imzosi ham bo‘lishi zarur. Hujjat olinganligi to‘g‘risida bosh buxgalter shu hujjat turgan yig‘majildning muqovasiga yozib, imzo chekadi.
232. Bir yilning turli sanalariga tegishli hujjatlar bir vaqtning o‘zida olingan hollarda, bu hujjatlarning barchasi uchun bitta dalolatnoma yoki bayonnoma tuzilib, unga shu hujjatlar ro‘yxati kiritiladi. Ushbu hujjatlarning biri o‘rniga uning nusxasi, hujjatni olish to‘g‘risidagi talabnoma, dalolatnoma yoki bayonnomaning birinchi nusxasi qo‘yiladi, boshqalarining o‘rniga esa, shu hujjatlar nusxalari qo‘yilib, ularda hujjatni olish to‘g‘risidagi talabnoma qayerda saqlanayotganligi yoziladi.
233. To‘liq shakllantirilmagan yig‘majildlar (tikilmagan, raqamlanmagan va boshqalar) talab qilayotgan tashkilot vakili guvohligida to‘liq shakllantiriladi (hujjatlar ro‘yxati tuziladi, varaqlar raqamlanadi, imzolanadi, muhrlanadi) yoki olinayotgan har bir hujjatning betlar soni keltirilgan ro‘yxat tuziladi. Mazkur ro‘yxatga kredit uyushmasining rahbari va talab qilgan tashkilot vakili imzo chekadi.
234. Qaytarilgan yig‘majildlar yoki undagi ayrim varaqlar yo‘qligi yoki shikastlanganligi aniqlansa, kredit uyushmasi rahbarining buyrug‘iga ko‘ra mazkur holat sabablarini aniqlash bo‘yicha komissiya tuzilishi mumkin. Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi va dalolatnoma kredit uyushmasining rahbari tomonidan imzolanadi. Birlamchi hujjatlar yo‘qolishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
235. Hisob-kitob daftarchalari hamda kredit uyushmasiga a’zolik to‘g‘risidagi sertifikatlar kredit uyushmalari bilan qat’iy hisobda turuvchi blanklarni ishlab chiqarish huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida tayyorlanadi.
236. Hisob-kitob daftarchalari hamda kredit uyushmasiga a’zolik to‘g‘risidagi sertifikatlar seriyasi va raqami o‘sib borish tartibida raqamlanishi lozim.
237. Kredit uyushmasi tomonidan qat’iy hisobda turuvchi blanklarning qiymati memorial order bilan rasmiylashtirilib, hisob-kitob daftarchalari va sertifikat blanklari har biri “1 so‘m” shartli bahoda kredit uyushmasining kassasiga kirim qilinadi va quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi beriladi:
Dt 93609 “Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar”
Kt 96379 “Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar bo‘yicha kontr-hisobvaraq”.
238. Kredit uyushmasi kassasida qat’iy hisobda turuvchi blanklarni har bir turi bo‘yicha alohida ro‘yxatga olish daftari yuritiladi. Ushbu daftarlar belgilangan tartibda raqamlanadi, tikiladi va bosh buxgalter hamda kredit uyushmasining rahbari tomonidan imzolanib, kredit uyushmasi muhri bilan tasdiqlanadi.
239. Qat’iy hisobda turuvchi blanklarni ro‘yxatga olish daftarida quyidagi ustunlar bo‘lishi lozim: tartib raqami, sana, blanklar raqamini qayd etish, topshiruvchi (xodim)ning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, imzosi, qabul qiluvchi shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, imzosi va izoh.
240. Qat’iy hisobda turuvchi blanklarning saqlanishi, tarqatilishi va ishlatilishi bo‘yicha nazorat kredit uyushmasi rahbarining buyrug‘i bilan kredit uyushmasi kassiriga yuklatiladi.
241. Qat’iy hisobda turuvchi blanklarning har kuni pay yoki depozitlar bo‘yicha shaxsiy hisobvaraqni yurituvchi buxgalterning yozma talabiga ko‘ra bosh buxgalter yoki uning o‘rinbosari ushbu talabnomaga qo‘yilgan imzosi bilan kassadan beriladi.
242. Kredit uyushmasi kassiri tomonidan qat’iy hisobda turuvchi blanklar harakatini qayd etish daftari yuritiladi. Daftarda sana, berilgan hisob-kitob daftarchalar va sertifikat blanklari soni, ularning seriyalari va raqamlari hamda olgan kredit uyushmasi xodimining familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi va imzosi ustunlari bo‘lishi lozim.
243. Kredit uyushmasining bosh buxgalteri tomonidan tayinlangan buxgalteriya mas’ul xodimi qat’iy hisobda turuvchi blanklarning har bir turi bo‘yicha alohida ro‘yxatga olish daftarini yuritadi. Ushbu daftarda tartib raqami, sana, kredit uyushmasi a’zosining familiyasi, ismi, otasining ismi, a’zolik kodi, ochilgan hisobvaraq raqami, kredit uyushmasi a’zosining imzosi, kredit uyushmasi a’zosining a’zolikdan chiqqan sanasi va sababi kabi ustunlar bo‘lishi lozim.
Bunday nazorat blanklar to‘g‘ri sarflanishini, shuningdek, ular harakatining buxgalteriya hisobida o‘z vaqtida va to‘liq aks ettirilishini ta’minlashi lozim.
244. Qat’iy hisobda turuvchi blanklarning buxgalteriya hisobining to‘g‘ri yuritilishi bo‘yicha javobgarlik buxgalteriya mas’ul xodimi va bosh buxgalter zimmasiga yuklatiladi.
245. Kredit uyushmasi a’zolariga berilgan sertifikat hamda Hisob-kitob daftarchalari memorial order asosida kunlik xarajatlarga olib boriladi. Ushbu memorial order bosh buxgalter tomonidan kun davomida kredit uyushmasi a’zoligiga kirgan hamda ochilgan shaxsiy hisobvaraqlar soni bilan tekshiriladi va imzolanadi.
246. Foydalanilmagan sertifikat va Hisob-kitob daftarchalari kassaga topshiriladi, kassir esa buxgalterga talabnomani qaytaradi.
247. Foydalanishga yaroqsiz, to‘ldirish jarayonida buzilgan, jismonan eskirgan hamda almashtirilgan qat’iy hisobda turuvchi blanklar buxgalteriyaga topshiriladi hamda bu haqda dalolatnoma tuziladi. Foydalanishga yaroqsiz, to‘ldirish jarayonida buzilgan, jismonan eskirgan hamda almashtirilgan qat’iy hisobda turuvchi blanklar maxsus tuzilgan komissiya tomonidan ushbu blanklar zarur hollarda, lekin bir yilda kamida bir marta yo‘q qilinadi.
6-§. Yakuniy qoida
248. Mazkur Yo‘riqnoma talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Kredit uyushmalarida buxgalteriya hisobini yuritish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga
1-ILOVA
Kredit uyushmasining bosh buxgalteri to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi kredit uyushmalarining bosh buxgalterlariga taalluqlidir.
Buxgalteriya hisobini tashkil etish uchun kredit uyushmasi ijro etuvchi organi rahbari javobgar hisoblanadi. Rahbar buxgalteriya hisobi to‘g‘ri yuritilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi, bosh buxgalterning hujjatlar va ma’lumotlarni rasmiylashtirish hamda hisobini yuritish uchun taqdim etish tartibi borasidagi talablari kredit uyushmasining bo‘linmalari, xizmatlari va hisobni yuritishga aloqador xodimlari tomonidan og‘ishmay bajarilishini ta’minlashi shart.
2. Bosh buxgalter kredit uyushmasida buxgalteriya hisobi tashkil etilishini hamda moddiy va moliyaviy resurslardan oqilona, tejamkorlik bilan foydalanilishi hamda mulkning but saqlanishi ustidan nazorat olib borilishini ta’minlaydi.
Kredit uyushmasi bosh buxgalteri lavozimga tashkilot ijro etuvchi organi rahbari tomonidan tayinlanadi va ozod qilinadi. Agar kredit uyushmasining filiallari mavjud bo‘lsa, unda bosh buxgalterni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish yuqori turgan kredit uyushmasi ijro etuvchi organi rahbari hamda bosh buxgalteri bilan kelishilgan holda tayinlanadi. Bunda, u bevosita kredit uyushmasi rahbariga, buxgalteriya hisobini tashkil etish, hisobotlar tuzish, nazorat qilish tartibi va metodikasi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha esa, bevosita yuqori tashkilot bosh buxgalteriga bo‘ysunadi.
3. Kredit uyushmasining bosh buxgalteri boshchilik qiladigan buxgalteriya hisobi bo‘limi mustaqil tarkibiy bo‘linma hisoblanadi va boshqa biron-bir bo‘linma tarkibiga kirmasligi lozim.
4. Kredit uyushmasining bosh buxgalteri lavozimiga oliy iqtisodiy yoki iqtisodiy o‘rta maxsus ma’lumotga va shu mutaxassislik bo‘yicha kamida 3 yil ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar tayinlanadi.
5. Bosh buxgalter lavozimga tayinlanayotganda va lavozimidan ozod qilinayotganda buxgalteriya hisobi va hisobotining ahvoli tekshirilib, kredit uyushmasi rahbari tomonidan tasdiqlanganidan keyin bo‘linmani qabul qilish-topshirish jarayoni dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Kredit uyushmasining filialining bosh buxgalteri almashganda, ushbu dalolatnomaning nusxasi kredit uyushmasining bosh organiga yuboriladi. Zarur hollarda filial bosh buxgalteri tomonidan ishlarni qabul qilish-topshirish jarayonida bosh organning vakili qatnashadi.
6. Qabul qilish va topshirish kredit uyushmasining bosh organi rahbari yoki filial rahbari buyrug‘i bilan amalga oshiriladi. Buyruqda qabul qilish va topshirish muddatlari ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Yangi ishga qabul qilingan bosh buxgalter tomonidan uning vakolatiga kiruvchi pul hisob-kitob hujjatlarini imzolash huquqi rasmiylashtiriladi. Imzolash huquqi rasmiylashtirilgunga qadar ushbu hujjatlar topshiruvchi bosh buxgalter tomonidan yangi qabul qiluvchi bosh buxgalter nazoratida imzolanadi.
Shundan so‘ng, qabul qiluvchi bosh buxgalter buxgalteriyaning joriy ishlariga rahbarlik qiladi, buxgalteriya ishlarini tasdiqlangan hisob siyosatiga mos yuritilishi, hujjatlar rasmiylashtirilishi va aylanishi, moliyaviy hisobotlarni tuzish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash holati ustidan o‘z nazoratini o‘rnatadi.
7. Bosh buxgalter zimmasiga pul mablag‘lari va moddiy boyliklar uchun bevosita moddiy javobgarlik bilan bog‘liq vazifalar, shuningdek kredit uyushmasi rahbari vaqtincha ishda bo‘lmagan paytda uning vazifalarini bajarib turish yuklatilishi mumkin emas. Bosh buxgalterga bevosita kredit uyushmasining mablag‘ va tovar-moddiy boyliklarni qabul qilish taqiqlanadi.
8. Bosh buxgalter vaqtincha ishda bo‘lmagan vaqt mobaynida (xizmat safari, ta’til, kasallik va shu kabilar) bosh buxgalterning huquq va majburiyatlari uning o‘rinbosariga o‘tadi va bu haqda kredit uyushmasining buyrug‘i chiqariladi.
II. Bosh buxgalterning vazifalari
9. Bosh buxgalter buxgalteriya hisobining yuritilishi yuzasidan belgilangan qoidalar asosida uni tashkil etib, quyidagilarni ta’minlashi shart:
buxgalteriya hisobining zamonaviy texnik vositalari va axborot texnologiyasidan foydalangan holda to‘g‘ri tashkil etilishi, buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida operatsiyalarning to‘g‘ri va haqqoniy aks ettirilishi hamda foydalanuvchilar uchun ishonchli moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida taqdim qilishni;
kredit uyushmasiga kelib tushgan pul hisob-kitob hujjatlarini ularga ishlov beriladigan uchastkalardan o‘tishining aniq muddatlariga rioya etilib, kredit uyushmasining tegishli hisobvaraqlarida aks ettirilib, hujjatlar aylanishini, kunlik balans tuzilishini tashkil etishni;
a’zolarga hisobvaraqlar ochish, ular bilan bog‘liq hujjatlarni qabul qilish, mijoz hisobvaraqlarini yuritish, hisobvaraqlarni yopishni;
kredit uyushmasi a’zolarining kelib tushadigan pul hisob-kitob to‘g‘ri rasmiylashtirilishini, shuningdek ularning qonuniy tarzda bajarilishini hamda mablag‘ va boyliklar but saqlanishini;
qat’iy hisobdagi blanklarning but saqlanishi va ularning hisobining to‘g‘ri yuritilishini;
elektron to‘lov hujjatlarining to‘g‘ri rasmiylashtirilishini hujjatlarning asl nusxasi bilan solishtirish orqali tekshirishni;
ish kuni oxirida kunlik balans tuzishni;
buxgalteriya (kirim-chiqim) hujjatlarini o‘z vaqtida jamlanishi hamda rasmiylashtirilishi, shuningdek ular o‘rnatilgan tartibda arxivga topshirilishini;
kelib tushgan pul mablag‘lari, tovar-moddiy boyliklar va asosiy vositalar hisobining to‘liq yuritilishi, shuningdek ular harakati bilan bog‘liq operatsiyalarning barchasi buxgalteriya hisobida o‘z vaqtida aks ettirilishini;
daromadlar va xarajatlarni hisoblash usulini qo‘llagan holda Bosh kitob va hisobotlarda to‘g‘ri aks ettirilishi hamda davlat budjetiga va budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblanishi hamda o‘z vaqtida o‘tkazilishini;
a’zolarning kredit va depozit hisobvaraqlari bo‘yicha foizlarning to‘g‘ri va belgilangan muddatlarda hisoblanishini;
kamomad hamda pul mablag‘lari va tovar-moddiy boyliklarning talon-toroj qilinishi bo‘yicha taftish o‘tkazish yuzasidan kredit uyushmasi rahbari bilan tekshiruvlar o‘tkazish, tegishli hollarda bu materiallarning sud va tergov organlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etilishini;
buxgalteriya hisobi va hisobotining to‘g‘ri tashkil etilishini, buxgalteriya hisobi, hisoboti, nazorat va iqtisodiy tahlil masalalari yuzasidan xodimlarga o‘z vaqtida yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatib borishni;
birlamchi hujjatlar hamda buxgalteriya yozuvlari asosida haqiqiy holatni aks ettiruvchi buxgalteriya hisobotlarini tuzishni, bu hisobotlarni belgilangan muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga, shuningdek tegishli organlarga taqdim etilishini;
kredit uyushmasi filiallari buxgalteriya ko‘rsatkichlari bo‘yicha belgilangan tartibda yillik jamlangan moliyaviy hisobot tuzilishini;
boshqa bo‘linmalar bilan hamkorlikda buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlari asosida kredit uyushmasi moliyaviy faoliyatining iqtisodiy tahlil qilinishini;
buxgalteriya hujjatlarining but saqlanishi, ularning belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi va arxivga topshirilishini.
10. Bosh buxgalter tegishli bo‘linma va xizmatlar xodimlari bilan birgalikda quyidagilarni sinchiklab nazorat qilishi shart:
tovar-moddiy boyliklarning qabul qilinishi va topshirilishini rasmiylashtirishda belgilangan qoidalarga rioya etilishini;
ish haqi fondining to‘g‘ri sarflanishi, mansab maoshlarining to‘g‘ri belgilanishi, shtatlar, moliya va kassa intizomiga qat’iy rioya etilishini;
pul mablag‘lari, tovar-moddiy boyliklar, asosiy fondlarni inventarizatsiya qilish, hisob-kitoblar va to‘lov majburiyatlarini bajarishning belgilangan qoidalariga rioya etilishini;
belgilangan muddatlarda debitorlik qarzini undirib olinishi va kreditorlik qarzining qaytarilishi, to‘lov intizomiga rioya etilishini;
kamomadlar, debitorlik qarzi va boshqa yo‘qotishlarni buxgalteriya hisobining balans hisobotlaridan qonuniy tarzda chiqarilishini.
11. Bosh buxgalter kamomadlar yuzaga kelishi, pul mablag‘lari va tovar-moddiy boyliklarning g‘ayriqonuniy tarzda sarflanishi, moliya hamda xo‘jalik faoliyatiga oid qonun hujjatlari buzilishining oldini olishda qatnashishi shart. Mansabdor shaxslar tomonidan g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar qilinayotgani, ya’ni oshirib yozish, mablag‘lardan noto‘g‘ri foydalanish hamda boshqa qoidabuzarlik va mansabni suiiste’mol qilish hollari ma’lum bo‘lgan hollarda bosh buxgalter chora ko‘rish uchun bu haqda kredit uyushmasi ijro etuvchi organi rahbariga axborot beradi.
12. Pul mablag‘lari va tovar-moddiy boyliklarni qabul qilish hamda berish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan hujjatlar, shuningdek kredit va hisob-kitob majburiyatnomalari rahbar va bosh buxgalter yoki ular shunday vakolat berilgan boshqa shaxslar tomonidan imzolanadi. Bu vakolatli shaxslarga hujjatlarni imzolash huquqining berilishi kredit uyushmasi bo‘yicha chiqariladigan buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
Yuqorida qayd etilgan hujjatlarga bosh buxgalter yoki shunday vakolat berilgan boshqa shaxslar tomonidan imzo chekilmasa, ular haqiqiy hisoblanmaydi va mazkur kredit uyushmasi mas’ul shaxslari tomonidan ijroga qabul qilinmaydi.
13. Bosh buxgalter pul mablag‘lari, tovar-moddiy va boshqa boyliklarni qabul qilish, saqlash va sarflash bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibga zid bo‘lgan operatsiyalar bilan bog‘liq hujjatlarni ijroga qabul qilishi hamda rasmiylashtirishi taqiqlanadi.
III. Bosh buxgalterning huquqlari
14. Bosh buxgalter o‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlar uchun xizmat vazifalarini belgilab beradi. Bunda har bir xodim o‘z majburiyatlarini bilishi hamda ular bajarilishi uchun javobgar bo‘lishi zarur.
15. Bosh buxgalterning bajarilgan operatsiyalarni rasmiylashtirish hamda ma’lumotlarni elektron to‘lov tizimi orqali jo‘natish zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni buxgalteriyaga taqdim etish borasidagi talablari kredit uyushmasi bo‘linma va xizmatlari uchun majburiydir.
Birlamchi hujjatlarni tuzish vazifasi yuklatilgan hamda bu hujjatlarni imzolash huquqi berilgan mansabdor shaxslar ro‘yxati bosh buxgalter bilan kelishiladi.
16. Moddiy javobgar shaxslar (kassir, ombor mudirlari va boshqalar)ni lavozimga tayinlash, ozod etish va boshqa lavozimga o‘tkazishda bosh buxgalterning fikri olinadi.
17. Xodimlarga mansab maoshlari, ish haqi ustamalari hamda mukofotlarni belgilash to‘g‘risidagi buyruqlar va farmoyishlarni dastlab bosh buxgalter ko‘rib chiqadi va ularga imzo chekadi.
18. Bosh buxgalter quyidagi huquqlarga ega:
buxgalteriya hisobi va nazorat ishlari to‘g‘ri tashkil etilishini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rishni kredit uyushmasi rahbaridan talab qilish;
tarkibiy bo‘linmalarda pul mablag‘lari, tovar-moddiy va boshqa boyliklarni qabul qilish, kirimga yozish, saqlash hamda sarflash yuzasidan belgilangan tartibda amal qilinishini tekshirib turish.
19. Kredit uyushmasi ijro etuvchi organi rahbari bosh buxgalterga ushbu Nizomda ko‘zda tutilgan o‘z majburiyatlarini bajarishi hamda huquqlaridan foydalanishida atroflicha yordam berishga majbur.
Bosh buxgalter ana shu majburiyatlarni bajargani hamda o‘z huquqlaridan foydalangani uchun unga tazyiq o‘tkazish borasida qilinadigan har qanday urinishlarga qat’iyan barham berilishi, bunga aybdor bo‘lgan shaxslar esa qat’iy javobgarlikka tortilishi lozim.
IV. Bosh buxgalterning javobgarligi
20. Bosh buxgalter quyidagi hollarda javobgar bo‘ladi:
buxgalteriya hisobi noto‘g‘ri yuritilib, oqibatda buxgalteriya hisobi pala-partish holatga kelgan va buxgalteriya hisoboti buzilganda;
pul mablag‘lari, tovar-moddiy va boshqa boyliklarni qabul qilish, kirimga yozish, saqlash va sarflash yuzasidan belgilangan tartibga zid operatsiyalar bo‘yicha hujjatlar ijroga qabul qilingan hamda rasmiylashtirilgan hollarda;
kredit uyushmasi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalar, shuningdek debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar kechikib hamda noto‘g‘ri amalga oshirilganda;
kamomadlar, debitorlik qarzlari va boshqa yo‘qotishlarni buxgalteriya balans hisobotlaridan chiqarish tartibi buzilganda;
buxgalteriya aybi bilan noto‘g‘ri buxgalteriya hisoboti tuzilganda;
buxgalteriya hisobini tashkil etishga doir boshqa qonun hujjatlari buzilganda.
21. Bosh buxgalter quyidagi holatlar uchun kredit uyushmasi ijro etuvchi organi rahbari bilan teng ravishda javob beradi:
a) moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tartibga soluvchi qoidalar va nizomlar buzilishi;
b) mansabdor shaxslardan ular yetkazgan zarar summasini o‘z vaqtida undirib olmaslik;
v) kunlik, oylik, choraklik va yillik balans hisoboti va boshqa buxgalteriya hisobotlarini tegishli organlarga taqdim etish muddatlari buzilishi;
g) kredit uyushmasi balans hisobotida aks ettirilgan ma’lumotlar hamda elektron to‘lovlar tizimi orqali o‘tkazilgan to‘lov hujjatlarining qonuniylik va but saqlanish hamda kunlik arxivlash tartibi uchun.
22. Bosh buxgalterning moddiy va jinoiy javobgarligi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Kredit uyushmalarida buxgalteriya hisobini yuritish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga
2-ILOVA

‎‎Bet raqami _____________________________


‎‎‎Hisobvaraq raqami
_____________________________
‎‎_____________________________________kredit uyushmasi ‎‎Hisobvaraq nomi ______________________________


‎Bosh kitob

Sana‎‏ Izoh‎ Debet‎‏ Kredit‎‏ Kun oxiriga qoldiq‎‎
debet‎ kredit‎
Kredit uyushmalarida buxgalteriya hisobini yuritish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga
3-ILOVA
‎‎‎‎_______________________________ kredit uyushmasi ‎‎‎Bet raqami______

‎‎Kirim kassa orderlarini qayd etish jurnali

‎‎“___” ____________ 20___ y.
Sana‎‏ Kirim kassa orderi raqami‎‏ Uyushma a’zosi kodi‎‏ To‘lovchining F.I.O. ‎‏ Izoh‎‏ Bosh kitobdagi korrespondent hisobvaraq raqami‎‏ Kassadagi naqd pul‎ Omonatlar‎ Pay badallari‎ Kredit va lizing bo‘yicha asosiy qarz qoplanishi‎ Kredit va lizing bo‘yicha foizlar qoplanishi‎ Muddat o‘tganligi uchun penya‎ Olingan vositachilik haqi‎ Boshqa tushumlar‎
DEBET‎ KREDIT‎ KREDIT‎ KREDIT‎ KREDIT‎ KREDIT‎ KREDIT‎ KREDIT‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎ 11‎ 12‎ 13‎ 14‎
��

Kunlik jami‎‎

‎‎
Mas’ul xodim_______________
‎‎‎‎
‎Kassir________________
‎‎
Bosh buxgalter________________
Kredit uyushmalarida buxgalteriya hisobini yuritish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga
4-ILOVA
‎‎‎‎_______________________________ kredit uyushmasi

‎‎Bet raqami______

‎‎Chiqim kassa orderlarini qayd etish jurnali

‎‎‎‎“___” ____________ 20___ y.
Sana‎‏ Chiqim kassa orderi raqami‎‏ Uyushma a’zosi kodi‎‏ Oluvchining F.I.O. ‎‏ Izoh‎‏ Bosh kitobdagi korrespondent hisobvaraq raqami‎‏ Kassadagi naqd pul Omonatlar‎ Omonatlar bo‘yicha foizlar‎ Pay badallari‎ Berilgan kreditlar va lizing‎ Dividend‎ Boshqa xarajatlar‎
KREDIT‎ DEBET‎ DEBET‎ DEBET‎ DEBET‎ DEBET‎‎ DEBET‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎ 11‎ 12‎ 13‎

Kunlik jami


‎Mas’ul xodim____________‎‎

‎‎‎‎‎Kassir_____________

‎Bosh buxgalter_____________
Kredit uyushmalarida buxgalteriya hisobini yuritish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga
5-ILOVA

‎________________________________________________kredit uyushmasi

‎‎
‎Hisobvaraq __________________


‎‎‎DEPOZIT KARTOChKASI

‎‎Depozit hisobvarag‘i raqami___________________ ‎‎Omonat turi ________________

‎______________

_______________________

‎‎
‎Depozit shartnomasi raqami___________________

‎‎Uyushma a’zosi imzosi

‎‎Bosh buxgalter imzosi

F.I.O. (Yuridik shaxs nomi) __________________
Tug‘ilgan yili (ro‘yxatdan o‘tish sanasi) ‎‎Telefoni ________________________
‎‎Shaxsni tasdiqlovchi hujjat
‎(ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi
‎guvohnoma) ma’lumotlari
____________________


Manzili ________________________
Sana Hujjat raqami OMONATLAR‎ FOIZLAR‎‎ Sana‎‏ Hujjat raqami‎‏ OMONATLAR‎‎ FOIZLAR‎‎ Qo‘shimcha ma’lumotlar‎‏
kirim‎ chiqim‎ qoldiq‎ hisoblandi‎ to‘landi‎ kirim‎ chiqim‎ qoldiq‎ hisoblandi‎ to‘landi‎
Kredit uyushmalarida buxgalteriya hisobini yuritish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga
6-ILOVA
‎‎Kredit uyushmasi ___________________________________________________


‎KREDIT KARTOChKASI

Qarz oluvchining kodi ______________

‎‎Kredit hisobvaraq raqami ____________‎

Manzili

____________‎
‎‎F.I.O. (yuridik shaxs nomi) ____________‎

Faoliyat turi‎

____________‎
‎Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma) ma’lumotlari


‎____________‎




‎INN‎




‎____________‎



‎__________________________‎

‎Bosh buxgalter imzosi

‎Tug‘ilgan sana (ro‘yxatdan o‘tgan sana)
‎____________‎

‎‎Ta’minot turi:
‎‎Telefon raqami ____________‎ ‎‎Ko‘char mulk _______________

‎‎Ko‘chmas mulk______________

Kafolat _________________

‎Ta’minotsiz______________

Boshqa ____________________
Kafillar F.I.O. (yuridik shaxs nomi)
‎____________‎


‎Manzili‎


‎__________________‎‎________

‎Ta’minot qiymati: _____________________

Telefon raqami‎‎____________________

Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma) ma’lumotlari


‎____________‎




‎INN‎




‎__________________________‎



‎Kredit maqsadi ________________________‎‎

F.I.O. (yuridik shaxs nomi)

‎____________‎


‎Manzili‎


‎‎‎__________________________
‎Hisob-kitob turi
‎(naqd, benaqd, aralash)
___________________
Yashash (joylashgan joy) manzili

‎__________________________‎
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma) ma’lumotlari


‎____________‎



‎Telefon raqami‎‎____________‎_____________
Kredit (lizing) shartnoma shartlari Qaytarish grafigi Qarzdorning boshqa a’zolarning kreditlari bo‘yicha kafilligi
Kredit shartnomasi raqami‎ Kreditni tasdiqlash sanasi‎ Shartnoma bo‘yicha ajratilgan kredit summasi‎ Kredit ajratilgan sana‎ Ajratilgan kredit summasi‎ Yillik foiz stavkasi‎ Kreditni to‘liq qaytarish sanasi‎ To‘lov sanasi‎ Asosiy qarz‎ Foiz‎ Sana‎ To‘lov sanasi‎ Kredit shartnomasi raqami‎ Summa‎ Kreditni to‘liq qaytarish sanasi‎
Kredit bo‘yicha to‘lovlar‎ Ajratilgan summa‎ Asosiy qarz qoplanishi‎ Asosiy qarz qoldig‘i Olingan foizlar‎ Olingan komission to‘lovlar‎ Undirilgan penya‎ Muddat kechiktirilishining nazorati
To‘lov sanasi‎ DEBET‎ KREDIT‎ KREDIT‎ KREDIT‎ KREDIT‎ Sana‎ ‎‏ Muddati o‘tgan asosiy qismi Muddati o‘tgan foizlar
Kredit uyushmalarida buxgalteriya hisobini yuritish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga
7-ILOVA
____________________kredit uyushmasi‎‎‎

Inventar №________‎


‎ASOSIY VOSITALAR HISOBI KARTOChKASI

Hisobvaraq raqami‎
Eskirish hisobvarag‘i‎

‎Aktivlar ro‘yxati‎

‎Eskirishni hisoblash usuli‎
Tugatish qiymati‎
Foydali xizmat muddati‎
Ishga tushirilgan sana‎
Sotib olingan sana‎ Sotib olish qiymati**‎
Aktivlarni joylashtirilishi: ‎‎Kengash tomonidan sotib olish tasdiqlangan sana

‎Sotilgan sana: ‎

‎Chiqib ketgan sana:‎

‎Sotish qiymati:‎

‎Chiqib ketish uslubi:

‎Kengash tomonidan chiqib ketish tasdiqlangan sana: ______________________‎‎
Sana‎ Ta’rif‎ Debet‎ Kredit‎ Balans qiymati‎
** Barcha soliqlar hisobga olingan holda, yuklash, tashish va o‘rnatish bo‘yicha xarajatlar va boshqalar
Kredit uyushmalarida buxgalteriya hisobini yuritish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga
8-ILOVA
Kredit uyushmalarida buxgalteriya hisobini yuritish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga
9-ILOVA
Kredit uyushmalarida buxgalteriya hisobini yuritish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga
10-ILOVA
Kredit uyushmalarida buxgalteriya hisobini yuritish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga
11-ILOVA

‎‎‎_____________________ kredit uyushmasi

‎Bet raqami _______‎


‎Shaxsiy hisobvaraq №

Hisobvaraq raqami: ‎
Sub hisobvaraq nomi:
‎‎
Sana‎ Hujjat raqami Operatsiya mazmuni‎ Bosh kitob bo‘yicha korrespondent hisobvaraq ‎ Debet‎ Kredit‎ Qoldiq‎
Kredit uyushmalarida buxgalteriya hisobini yuritish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga
12-ILOVA

Bet raqami______‎


‎KASSA DAFTARI

Kredit uyushmasi:___________________‎‎

‎Sana______________________‎

Kun boshiga qoldiq‎

Hujjat raqami‎ Kimdan qabul qilindi yoki kimga berildi‎ Bosh kitob bo‘yicha korrespondent hisobvaraq‎ Kirim‎ Chiqim‎
Kun bo‘yicha jami‎
Kun oxiriga qoldiq*‎
O‘rnatilgan kassa limiti‎
* Kun oxirida kassadagi naqd pul qoldig‘iga teng bo‘lishi lozim‎‎‎
Chiqim kassa order jami (miqdori):‎‎‎
Kirim kassa order jami (miqdori):‎‎‎

‎Tayyorladi kassir: (F.I.O., imzo)‎
‎Sana:‎‎
Qabul qildi: buxgalter (F.I.O., imzo)‎‎‎ Sana:‎‎
Kredit uyushmalarida buxgalteriya hisobini yuritish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga
13-ILOVA

Imzolar namunalari va muhr izi quyilgan

VARAQChA

_____________________________________‎ Hisobvaraq № __________‎

(hisobvaraq egasining nomi)

‎Manzili________________________________________________________________________________________________________________________________________________
‎_______________________________________ kredit uyushmasiga hisobvaraq bo‘yicha operatsiyalar bajarilayotganda ma’lum qilinayotgan imzolar va muhr namunalarini shart deb hisoblashingizni so‘raymiz.
Familiyasi, ismi, otasining ismi‎ Lavozimi‎ Imzo namunasi‎ Muhr izi namunasi‎

‎Xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbari ___________________________________ M.O‘.

(imzo)‎

Notariusning tasdiq imzosi __________________‎‎‎

KREDIT UYuShMASI BELGISI

‎‎Imzolar namunalarini qabul qilishga ruxsat
‎Bosh buxgalter _____________________
‎(imzo)
‎Sana: 20___ yil “___” _____________
‎Boshqa belgilar _______________________ _______________________________________________ _______________________________________________

‎______________________________ notarial idoraning notariusi

(nomi)‎

‎M.O‘.
‎___________________________________________________________________________‎

‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎Fuqarolar _____________________________ning shaxsini va ularning imzolari haqiqiyligini tasdiqlayman‎
________ shahri/ tumani‎
Sana 20___ yil “___” __________________‎
Ro‘yxat bo‘yicha № _____ Notarius __________‎‎‎

(imzo)‎‎

Kredit uyushmalarida buxgalteriya hisobini yuritish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga
14-ILOVA
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 22-23-son, 245-modda)