

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 17.03.2006
                            </div>
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-180179" id="onLBC-180179">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6054"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.04.00 Milliy xavfsizlik kengashi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi boʻlinmalar hamda kengash va maslahat organlar;</span></div><div id="LBC7593"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">17.00.00.00 Odil sudlov / 17.01.00.00 Sudga oid umumiy masalalar va sud tuzilishi.  Sud islohoti]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-180179" id="onLS-180179">[<b>TSZ:</b><div id="LS3800"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Sud tuzilishi]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-180181" id="-180181">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-180182" id="-180182">Farmoni</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-180183" id="-180183">OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI SUDYaLARNI TANLASh VA LAVOZIMLARGA TAVSIYA ETISh BOʻYIChA OLIY MALAKA KOMISSIYASI TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-990916" id="-990916">Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 17-martdagi PF-3725-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi <a href="/acts/-973787?ONDATE=17.03.2006 00#-990176">Farmoni </a>bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-180186" id="-180186"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180187" id="-180187">Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining <a href="/acts/-68532?ONDATE=24.02.2001 00#-1233228">11</a>, <a href="/acts/-68532?ONDATE=24.02.2001 00#-71161">63-moddalariga</a> asosan:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180188" id="-180188">1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha Oliy malaka komissiyasining yangi tahrirdagi <a href="/acts/-180179#-180195">Nizomi </a>ilovaga muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180189" id="-180189">2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 19-martdagi PF-2817-son <a href="/acts/-174717">Farmoni </a>bilan tasdiqlangan 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180190" id="-180190">3. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.Xudaybergenov zimmasiga yuklatilsin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-180191" id="-180191">Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-180192" id="-180192">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-180193" id="-180193">2001-yil 24-sentabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-180194" id="-180194">PF-2943-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-180195" id="-180195"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-180196" id="-180196">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining <br />2001-yil 24-sentabrdagi PF-2943-son <a href="/acts/-180179#-180181">Farmoniga </a><br />ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-180197" id="-180197">OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI SUDYaLARNI TANLASh VA LAVOZIMLARGA TAVSIYA ETISh BOʻYIChA OLIY MALAKA KOMISSIYASI TOʻGʻRISIDA </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-180198" id="-180198">NIZOM </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-180199" id="-180199"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-180200" id="-180200">I. UMUMIY QOIDALAR</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180201" id="-180201">1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha Oliy malaka komissiyasi (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) faoliyatini tartibga soladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180202" id="-180202">2. Komissiya sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlash siyosatini, sud kadrlarini tanlash va joy-joyiga qoʻyish tamoyillarini yanada demokratlashtirishni amalga oshiradigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi doimiy ishlovchi organ hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180203" id="-180203">3. Komissiya zimmasiga sudlar faoliyatini tashkiliy jihatdan taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlari, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlari sudyalarini tanlash va lavozimlarga tavsiya etish, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari va harbiy sudlarning sudyalarini lavozimlarga taqdim etish vazifalari yuklatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180204" id="-180204">4. Komissiya oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/acts/-20596">Konstitutsiyasi</a> va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosatini roʻyobga chiqarishga qaratilgan farmon va farmoyishlari hamda mazkur Nizom asosida sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga boʻysunishi tamoyillariga qatʼiy rioya etgan holda amalga oshiradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-180205" id="-180205">II. KOMISSIYANING ASOSIY VAZIFALARI</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180206" id="-180206">5. Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180207" id="-180207">sudyalarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishning demokratik asoslarini takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180208" id="-180208">sudya kadrlarni tanlash va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tasdigʻiga taqdim etishda qonuniylikni taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180209" id="-180209">sudyalar mustaqilligi va ularning ijtimoiy muhofazasini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180210" id="-180210">sudyalik lavozimlariga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish borasidagi ishlarni yaxshilash hamda sudya kadrlarni tarbiyalash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180211" id="-180211">sudyalikka nomzodlarni tanlab olishning huquqiy negizini takomillashtirish, ularning kasb mahoratini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180212" id="-180212">sudya kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha ishlarning ochiq-oydinligi va oshkoraligini, bu ishning vertikal boʻyicha hisobot berilishini taʼminlash, shuningdek bu sohada xizmat mavqeini suiisteʼmol qilish hollarining oldini olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180213" id="-180213">sudlar faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatdan taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180214" id="-180214">sudyalarni tanlash va tayinlash borasida ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish va Komissiyaning ish amaliyotiga tadbiq etish.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-180215" id="-180215">III. KOMISSIYANING VAKOLATLARI</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180216" id="-180216">6. Qoʻyilgan vazifalarni bajarish uchun Komissiyaga quyidagi vakolatlar beriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180217" id="-180217">taqdim etilgan nomzodlarning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi oliy sudlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xoʻjalik sudi, viloyat sudlari, Toshkent shahar sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, harbiy sudlar, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlarining sudyasi lavozimlariga munosibligini aniqlaydi hamda mazkur masalalar boʻyicha xulosalar beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180218" id="-180218">viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, harbiy sudlarning sudyalari lavozimlariga tavsiya etiladigan nomzodlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180219" id="-180219">viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, harbiy sudlar sudyalarining vakolatlarini muddatidan oldin tugatish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180220" id="-180220">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlari, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlari sudyalarining vakolatlarini muddatidan oldin tugatish toʻgʻrisidagi taqdimnomalarni (materiallarni) koʻrib chiqadi va ular yuzasidan xulosalar beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180221" id="-180221">sudya kadrlarning zaxirasini shakllantirish va undan samarali foydalanish borasidagi ishlarning tashkil etilishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180222" id="-180222">nomzodlarni oʻrganishning turli usullaridan foydalanadi (suhbatlashish, mustaqil ekspertlar tomonidan sinab koʻrish, topshirilgan muammo boʻyicha mavzuga oid referatlar tayyorlash, tezkor savol-javoblar oʻtkazish va hokazolar);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180223" id="-180223">sudya kadrlar bilan ishlashdagi kamchiliklar xususida taqdimnomalar, uni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180224" id="-180224">sudyalar malaka hayʼatlarining faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tavsiyanomalar beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180225" id="-180225">Komissiya zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi, Sudyalar uyushmasi, mamlakat huquqni muhofaza qiluvchi organlari, boshqa muassasalar va tashkilotlar, jamoat birlashmalari bilan hamkorlik qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180226" id="-180226">7. Komissiya oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish chogʻida sudyalarning malaka hayʼatlari bilan hamkorlik qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180227" id="-180227">sudyalarning malaka hayʼatlari tomonidan taqdim etilgan kadrlar zaxirasini shakllantirish, ularni tanlab olish va sudyalik lavozimiga tavsiya etish masalasini hal qilish uchun zarur boʻlgan materiallarni (arizalar, bildirilgan fikrlar, xulosalar, maʼlumotnomalar va boshqa hujjatlarni) koʻrib chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180228" id="-180228">sudya kadrlar bilan ishlash toʻgʻrisida sudyalar malaka hayʼatlari raislarining axborotini yilning har choragida tinglab boradi va sudyalarning tegishli malaka hayʼatlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180229" id="-180229">sudyalarning malaka hayʼatlaridan sudyalik lavozimlariga boʻsh oʻrinlar mavjudligi haqidagi, sudya kadrlarning zaxirasi qanday shakllantirilayotgani toʻgʻrisidagi axborotni, Komissiya oldida turgan vazifalarni hal etish uchun zarur boʻlgan boshqa axborotni talab qilib oladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180230" id="-180230">sudyalarning malaka hayʼatlariga sudya kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ushbu sohada xalqaro tajribani oʻrganish va undan foydalanish borasidagi ishlarni tashkil qilish bilan bogʻliq boshqa topshiriqlarni beradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-180231" id="-180231">IV. ZAXIRANI ShAKLLANTIRISh VA SUDYaLIK LAVOZIMIGA NOMZODLARNI TANLASh TARTIBI </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180232" id="-180232">8. Zaxirani shakllantirish va sudyalik lavozimlariga tavsiya etish uchun nomzodlarni tanlash boʻyicha ishlar Komissiya hamda sudyalarning malaka hayʼatlari tomonidan amalga oshiriladi. Malaka hayʼatlariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi oliy sudlarining, viloyat sudlarining, Toshkent shahar sudlarining raislari rahbarlik qiladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180233" id="-180233">9. Tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining sudyaligiga nomzodlarning zaxirasini shakllantirish uchun sudyalarning tegishli malaka hayʼatlari oʻzlarini zaxiraga kiritish yoki sudyalarning aniq boʻsh lavozimlarini egallash istagini bildirgan shaxslardan arizalarni qabul qiladilar. Arizaga kadrlarni hisobga olish shaxsiy varagʻi, tarjimai hol, oliy yuridik maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom nusxasi, mehnat daftarchasidan koʻchirma, oxirgi ish joyidan taʼrifnoma ilova qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180234" id="-180234">Oʻzbekiston Respublikasining yigirma besh yoshdan kichik boʻlmagan, oliy yuridik maʼlumotli, mutaxassisligi boʻyicha ish staji kamida uch yil boʻlgan fuqarolari sudyalikka nomzodlar zaxirasiga kiritilishlari mumkin. Sudlangan shaxslar sudyalikka nomzodlar zaxirasiga qabul qilinishlari mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180235" id="-180235">10. Ushbu Nizomning <a href="/acts/-180179#-180233">9-bandi </a>talablariga rioya etilgan taqdirda arizalar qabul qilinishini rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180236" id="-180236">Arizani qabul qilishni rad etish xususida Komissiyaga shikoyat qilinishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180237" id="-180237">11. Arizalarni qabul qilish va roʻyxatga olish, hujjatlarning toʻliqligi va toʻgʻriligini tekshirish ishlarini sudyalar malaka hayʼatining masʼul kotibi amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180238" id="-180238">12. Sudyalarning malaka hayʼatlari nomzodlarning kasbiy, axloqiy va ishchanlik fazilatlarini oʻrganib chiqishni tashkil etadilar hamda hujjatlar kelib tushgan paytdan boshlab kechi bilan ikki oy muddatda malaka imtihonlarini oʻtkazadilar, shu imtihonlarning natijalari boʻyicha ularni sudyalikka nomzodlar zaxirasiga kiritish yoki kiritishni rad etish toʻgʻrisida qaror chiqaradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180239" id="-180239">Sudyalarning malaka hayʼatlari nomzodlarni eng yaxshi tayyorgarlik koʻrgan, yuqori malakali yuristlar sudlarning, huquqni muhofaza qilish organlari, muassasalari va tashkilotlarining xodimlari orasidan tanlab oladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180240" id="-180240">Malaka hayʼatlarining majlislarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi oliy sudlarining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining sudyalari ishtirok etishlari mumkin, ular sudyalik lavozimiga har bir nomzod boʻyicha oʻz fikrini bildirish, malaka hayʼatining qaroriga qoʻshilmagan taqdirda esa oʻz fikrini yozma ravishda Komissiyaga yuborishga haqlidirlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180241" id="-180241">Zaxiraga kiritilgan shaxslar xususidagi maʼlumotlar sudyalarning tegishli malaka hayʼatlari tomonidan Komissiyaga yoʻllanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180242" id="-180242">13. Sudyalik lavozimi boʻshab qolgan taqdirda sudyalarning tegishli malaka hayʼati sudyalik lavozimiga zaxirada turgan shaxslarni xabardor qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180243" id="-180243">Boʻshab qolgan sudyalik lavozimini egallash uchun tanlab olishda ishtirok etish istagini bildirgan shaxslar malaka imtihonini topshiradilar, ana shu imtihon natijalari boʻyicha sudyalarning malaka hayʼati ularning sudyalik lavozimiga munosib yoki munosib emasligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180244" id="-180244">14. Sudyalarning malaka hayʼati aniq sudyalik lavozimiga tavsiya etilgan kamida ikki nomzodga doir hujjatlarni Komissiyaga yoʻllaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180245" id="-180245">Sudyalarning malaka hayʼatlari nomzodlarga oid hujjatlar bilan bir qatorda boʻsh qolgan sudyalik lavozimlarining mavjudligi haqida va vakolat muddatlari tugagan sudyalar toʻgʻrisida Komissiyaga maʼlumotlar taqdim etadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180246" id="-180246">15. Tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi oliy sudlarining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, harbiy sudlarning vakolat muddatlari tugayotgan sudyalariga nisbatan ularni yangi muddatga tayinlash toʻgʻrisidagi masala sudyalarning tegishli malaka hayʼatlari tomonidan koʻrib chiqiladi. Sudyalar malaka hayʼatining mazkur shaxslarning lavozimga munosibligi yoki munosib emasligi toʻgʻrisidagi hamda ularni yangi muddatga tayinlash mumkinligi haqidagi qarori Komissiyaga yoʻllanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180247" id="-180247">16. Sudyalar malaka hayʼatlarining raislari Qoraqalpogʻiston Respublikasi oliy sudlarining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari Komissiyaga taqdim etiladigan sudya kadrlarga oid hujjatlarning toʻliqligi va sifati uchun shaxsan javobgar boʻladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180248" id="-180248">Sudyalar malaka hayʼatlarining raislari sudya kadrlar bilan ishlashning ahvoli toʻgʻrisida Komissiyaga muntazam hisobot berib boradilar. Sudya kadrlarni tanlash chogʻida malaka hayʼatlarining faoliyatida tanish-bilishchilik, mahalliychilik, xizmat mavqeini suiisteʼmol qilish kabi hamda boshqa qonunbuzarlik hollari aniqlangan taqdirda Komissiya tegishli malaka hayʼatining raisini intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi masalani qoʻyishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-180249" id="-180249">V. KOMISSIYA IShINI TAShKIL QILISh</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180250" id="-180250">17. Komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan besh yil muddatga oʻn yetti kishidan iborat tarkibda tuziladi hamda Komissiya raisi, rais oʻrinbosari va aʼzolardan tashkil topadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180251" id="-180251">18. Komissiya raisi Komissiyaning faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi va Komissiya zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javobgardir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180252" id="-180252">Komissiya raisi boʻlmagan paytlarda uning vazifasini oʻrinbosari amalga oshiradi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-596224" id="edi-596224"><a href="/acts/-180179?ONDATE=24.09.2001 00#-180253">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-596224" id="-596224">19. Komissiya sudyalardan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari va Senati aʼzolaridan, sudyalar malaka hayʼatlari, jamoat birlashmalarining vakillaridan va huquq sohasidagi yuqori malakali mutaxassislardan tuziladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-596225" id="-596225">(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 25-martdagi PF-3587-son <a href="/acts/-529809?ONDATE=25.03.2005 00#-530042">Farmoni </a>tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 12-13-son, 89-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180254" id="-180254">20. Komissiya faoliyati Komissiya aʼzolarining teng huquqliligi, masalalarni hal etish va xulosalarni qabul qilishda kollegiallik, Komissiya vakolatiga kiruvchi masalalarning har tomonlama, toʻliq va xolisona hal etilishini taʼminlash tamoyillariga asoslanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180255" id="-180255">21. Komissiya qonunga asosan kadrlarni sudyalik lavozimlariga tayinlashga tavsiyanoma tayyorlovchi oxirgi bosqich hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180256" id="-180256">22. Komissiya sudya kadrlar zaxirasini shakllantirish va undan samarali foydalanish borasida sudyalar malaka hayʼatlarining faoliyati nazorat qilinishi va muvofiqlashtirilishini taʼminlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180257" id="-180257">Komissiya vaqti-vaqti bilan joylarga chiqib sudyalar malaka hayʼatlari tomonidan kadrlar zaxirasini shakllantirish va tanlash boʻyicha ishlarning ahvolini tekshirib turadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180258" id="-180258">23. Komissiya majlislari uning vakolatiga kiruvchi masalalarning tayyorlanishiga qarab oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180259" id="-180259">Komissiya aʼzolarining koʻpchiligi ishtirok etgan taqdirda komissiyaning majlisi vakolatli deb hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180260" id="-180260">Komissiya majlisining bayonnomasi Komissiyaning texnik kotibi tomonidan yuritiladi va Komissiya raisi tomonidan imzolanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180261" id="-180261">24. Sudyalik lavozimlariga kadrlar boʻyicha takliflar Komissiya tomonidan koʻrib chiqish uchun sudyalik boʻsh lavozimiga kamida 2-3 nomzoddan iborat holda muqobillik asosida kiritiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180262" id="-180262">Komissiya sudya kadrlar boʻyicha taqdim etilgan materiallarni oʻrganish va suhbatlashish yoʻli bilan sudyalikka nomzodlarni tanlab oladi, ularning kasb mahorati darajasini, maʼnaviy fazilatlarini (halolligi va vijdonini sotmasligini), qobiliyatini, shuningdek huquq sohasidagi tegishli tayyorgarligi va malakasini aniqlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180263" id="-180263">Sudyalik lavozimlariga kadrlarni tanlash va tavsiya etish masalalarini xolisona koʻrib chiqish maqsadida Komissiya zarur hollarda oʻz majlislariga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi, Sudyalar uyushmasi vakillarini taklif qilish hamda koʻrib chiqilayotgan masala boʻyicha ularning fikrini eshitishga haqlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180264" id="-180264">Sudya kadrlarni tanlash va tavsiya etish boʻyicha Komissiya faoliyatini tashkil qilish Reglament bilan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180265" id="-180265">25. Qaror majlisda ishtirok etayotgan Komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Muhokama etish va qaror qabul qilish chogʻida Komissiya aʼzolaridan boshqa shaxslarning hozir boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180266" id="-180266">Komissiyaning qarori nomzodlarning sudyalik lavozimiga munosibligi yoki nomunosibligi toʻgʻrisidagi xulosa tarzida rasmiylashtiriladi. Xulosa Komissiyaning barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180267" id="-180267">Ovoz berish vaqtida ozchilikni tashkil qilgan Komissiya aʼzolari xulosani imzolaydilar, ularning alohida fikri majlis bayonnomasiga kiritiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180268" id="-180268">26. Nomzodlarning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, xoʻjalik sudlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlarining sudyalari lavozimlariga munosibligi toʻgʻrisida Komissiyaning xulosasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga koʻrib chiqish uchun kiritiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180269" id="-180269">Viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari va harbiy sudlarning sudyalari lavozimiga nomzodlar xususida Komissiya oʻz xulosasiga asoslanib, ularni tayinlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnoma kiritadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180270" id="-180270">27. Agar Komissiya nomzodni sudyalik lavozimida ishlashga yetarlicha tayyor emas, degan xulosaga kelgan hollarda bir yil muddat oʻtgandan keyin ushbu masalaning takroran koʻrib chiqilishiga yoʻl qoʻyiladi. Bu haqda xulosaga tegishli yozuvlar kiritiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180271" id="-180271">28. Komissiyaning xulosasida Komissiyaning nomi, tarkibi va majlisning vaqti, masalasi koʻrib chiqilayotgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi hamda uni taʼriflovchi boshqa maʼlumotlar, taqdimnomani (materiallarni) kiritgan organning nomi, shuningdek Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180272" id="-180272">29. Materiallar toʻliq boʻlmagan hollarda, masalani xolisona echish maqsadida Komissiya uni koʻrib chiqishni keyinga qoldirish huquqiga egadir.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-180273" id="-180273">VI. KOMISSIYA KOTIBIYATI</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180274" id="-180274">30. Komissiyaning faoliyatini tashkiliy-texnikaviy jihatdan taʼminlash maqsadida yetti nafar yetakchi inspektordan iborat Komissiya Kotibiyati tuziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180275" id="-180275">Kotibiyat yuridik shaxs hisoblanadi, bankda mustaqil hisobvaraq va muhrga ega boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180276" id="-180276">Kotibiyat xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish belgilangan tartibda Komissiya qaroriga asosan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180277" id="-180277">Komissiya oʻz qarori bilan Kotibiyatning yetakchi inspektorlaridan birining zimmasiga mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish toʻgʻrisidagi buyruqlarni chiqarish vazifasini yuklaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180278" id="-180278">31. Komissiya Kotibiyati:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180279" id="-180279">sudyalarning malaka hayʼatlari tomonidan kelib tushadigan takliflarni hamda sudya kadrlar zaxirasiga kiritilgan, shuningdek aniq lavozimga tavsiya etilgan har bir nomzodga oid hujjatlarni yigʻish, umumlashtirish va tahlil qilish ishlarini amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180280" id="-180280">sudya kadrlarning statistik va shaxsiy hisobini yuritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180281" id="-180281">kelib tushgan hujjatlarning toʻliqligi va toʻgʻriligini tekshiradi hamda ularni koʻrib chiqish uchun Komissiyaga topshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180282" id="-180282">Komissiyani zarur axborot-tahliliy hujjatlar bilan taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180283" id="-180283">Komissiyaning boshqa topshiriqlarini bajaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180284" id="-180284">32. Komissiya Kotibiyati oʻz ishini mintaqaviy mutasaddilik tamoyili boʻyicha tashkil etib, sudya kadrlarga oid hujjatlarning toʻgʻri va oʻz vaqtida rasmiylashtirilishi borasida sudyalar malaka hayʼatlarining faoliyatini nazorat qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-180285" id="-180285">33. Komissiya Kotibiyatining faoliyati Komissiya tomonidan tasdiqlanadigan Kotibiyat Reglamenti bilan tartibga solinadi.</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-180185" id="-180185">(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 204-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 12-13-son, 89-modda)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
