Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 30.04.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
“ShAXSIY YORDAMChI VA DEHQON XOʻJALIKLARINI DAVLAT YOʻLI BILAN QOʻLLAB-QUVVATLASh HAMDA MAMLAKATNI OZIQ-OVQAT BILAN TAʼMINLAShDA ULARNING ROLINI KUChAYTIRISh BORASIDAGI ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA” OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 1997-YIL 18 MARTDAGI PF-1737-SON FARMONIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”, “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining Qonunlariga muvofiq hamda qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer soligʻi joriy etilishi munosabati bilan:
1. “Shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarini davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash hamda mamlakatni oziq-ovqat bilan taʼminlashda ularning rolini kuchaytirish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 18-martdagi PF-1737-son Farmoni 4-bandining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“dehqon xoʻjaliklaridan undirib olinadigan yer soligʻi summasi mablagʻlarining 5 foizi hamda fermer xoʻjaliklaridan undirib olinadigan yagona yer soligʻi summasi mablagʻlarining 2,5 foizi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 18-martdagi PF-1737-son Farmonining sarlavhasi va matniga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 7-sentabr,
PF-2933-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2001-yil 7-sentabrdagi PF-2933-son Farmoniga
ILOVA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 1997-YIL 18 MARTDAGI PF-1737-SON FARMONIGA KIRITILADIGAN OʻZGARTIRIShLAR
1. Farmonning sarlavhasi va matnidagi “shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklari” degan soʻzlar oʻrniga “dehqon va fermer xoʻjaliklari” soʻzlari yozilsin.
2. Farmonning 3, 4, 5 va 6-bandlaridagi “Shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklari uyushmasi” soʻzlari almashtirilib, “Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi” deb yozilsin.
3. 4 va 7-bandlaridagi “Shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari oʻzgartirilib, “Dehqon va fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” deb yozilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 197-modda)