Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XALQ TAʼLIMI HUDUDIY ORGANLARI TUZILMASINI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2011-yil uchun asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-son qaroriga muvofiq hamda umumtaʼlim muassasalari faoliyatini metodik va tashkiliy jihatdan taʼminlashni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari xodimlarining lavozim maoshlari miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Quyidagilar tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)
idoraviy mansubligidan va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va ular tomonidan davlat taʼlim standartlariga rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish;
maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim, taʼlim muassasalarida oʻquv-tarbiya ishlarini metodik taʼminlashni tashkil etish, oʻquv-tarbiya jarayoniga oʻqitishning zamonaviy va ilgʻor shakllarini, eng yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini, maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakl va metodlarini joriy etish;
taʼlim muassasalari tomonidan ular huzurida tashkil etilgan zamonaviy moddiy-texnika bazasidan, shu jumladan oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, mebellar va jihozlardan samarali foydalanilishini taʼminlash;
oʻquvchilarning kasbga yoʻnaltirilishini va psixologik-pedagogik diagnostikasini, vasiylikni, bolalar va oʻsmirlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishni, ular bilan, shu jumladan ijtimoiy nochor bolalar bilan doimiy ish olib borishni tashkil etish.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 1-mart,
52-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3180-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 32-son, 801-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-martdagi 52-son qaroriga
ILOVA
Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari lavozim maoshlari
MIQDORLARI

(soʻm)‎

T/r

Lavozimlar nomi

Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari xodimlarining lavozim maoshlari miqdorlari

shaharlar-viloyatlar markazlari, Nukus shahri va qishloq tumanlari

shahar tumanlari

viloyatga boʻysunuvchi shaharlar‎

I guruh‎

II guruh‎

I guruh‎

II guruh‎

1.‎

Boʻlim mudiri‎

485 140

456 195‎

456 195‎

427 696‎

456 195‎

2.‎

Mudir oʻrinbosari — guruh rahbari‎

372 789‎

346 155‎

372 789‎

346 155‎

346 155‎

3.‎

Shoʻba mudiri‎

372 789‎

346 155‎

372 789‎‎

346 155‎

346 155‎

4.‎

Taʼlim muassasalari faoliyatini va oʻquvchilarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashni tashkil etish boʻyicha mutaxassislar‎

354 150‎

328 848‎

354 150‎

328 848‎

328 848‎

5.‎

Taʼlim muassasalari binolarining texnik holati, infratuzilmasi va jihozlanganligi masalalari boʻyicha mutaxassis (muhandis) ‎

346 155‎

319 598‎

346 155‎

319 598‎

319 598‎

6.‎

Buxgalter‎

248 526‎

230 770‎

248 526‎

230 770‎

230 770‎

7.‎

Iqtisodchi‎

230 770‎

213 065‎

230 770‎

213 065‎

213 065‎

8.‎

Kadrlar boʻyicha inspektor‎

230 770‎‎

213 065

230 770‎‎

213 065‎‎

213 065‎‎

Izoh: metodik taʼminlash, oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish va davlat taʼlim standartlariga rioya etish monitoringi guruhlari xodimlarining bazaviy tarif stavkalari miqdorlari Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga muvofiq belgilanadi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 9-son, 91-modda; 2017-y., 32-son, 801-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)