Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 26.11.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM HUJJATLARIGA OʻZGARTISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Budjetdan tashqari Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2010-yil 10-noyabrdagi PQ-1432-son qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 11-fevral,
PF-4275-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 11-fevraldagi PF-4275-son Farmoniga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-yanvardagi PF-5306-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-son Farmoni 7-bandidagi “Maktab taʼlimi jamgʻarmasi” soʻzlari “Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etish toʻgʻrisida” 2008-yil 2-dekabrdagi PF-4059-son Farmoni 3-bandi birinchi xatboshidagi “Respublika maktab taʼlimini rivojlantirish jamgʻarmasiga” soʻzlari “Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “1991-yilgacha qurilgan koʻp xonadonli turar joy binolarining umumfoydalanadigan joylari va muhandislik kommunikatsiyalari kapital taʼmirlanishini yakunlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 25-iyuldagi PQ-425-son qarori 6-bandi birinchi xatboshidagi “Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga” soʻzlari “Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻqimachilik sohasining iqtisodiy nochor korxonalarini sotib olgan yoki ishonchli boshqaruvga qabul qilgan investorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 21-sentabrdagi PQ-474-son qarori 1-bandi ikkinchi xatboshidagi “Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga” soʻzlari “Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi PF-5739-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2019-y., 06/19/5739/3249-son)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-son qarori 31-ilovasining 18-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarda umumiy oʻrta taʼlimni rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 28-fevraldagi PQ-803-son qarori 7-bandi birinchi xatboshidagi “Maktab taʼlimi fondiga” soʻzlari “Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Mintaqaviy avtomobil yoʻllarini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 28-fevraldagi PQ-804-son qarori 12-bandi birinchi xatboshidagi “Maktab taʼlimi fondiga” soʻzlari “Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida chorva mollar koʻpaytirishni ragʻbatlantirishni kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2008-yil 21-apreldagi PQ-842-son qarori 8-bandi ikkinchi va beshinchi xatboshidagi “Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga” soʻzlari “Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Germaniya Federativ Respublikasining imtiyozli kreditidan foydalangan holda “Qurilish va uy-joy-kommunal xoʻjaligi sohasida kasb-hunar taʼlimini rivojlantirishga koʻmaklashish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 30-apreldagi PQ-852-son qarori 7-bandi uchinchi xatboshidagi “Maktab taʼlimi jamgʻarmasi” soʻzlari “Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “XXR Eksimbanki ishtirokida “Fargʻona, Margʻilon shaharlari va suv yoʻlidagi aholi punktlarini suv bilan taʼminlashni tubdan yaxshilash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 2-maydagi PQ-855-son qarorining 7-bandida “maktab taʼlimi jamgʻarmasiga” soʻzlari “Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koreya Respublikasi Hukumatining Iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish fondi (YEDSF) imtiyozli krediti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish loyihasini amalga oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2008-yil 31-iyuldagi PQ-934-son qarori 3-bandining ikkinchi xatboshidagi “maktab taʼlimi fondiga” soʻzlari “Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son qarorida:
9-bandi birinchi xatboshidagi “Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga” soʻzlari “Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
29-ilovaning 5-bandidagi “Maktab taʼlimi jamgʻarmasi” soʻzlari “Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “XXR Eksimbanki ishtirokida “Toshkent shahrini tashqi elektr bilan taʼminlash obyektlarini qurish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 21-maydagi PQ-1115-son qarorining 8-bandi uchinchi xatboshidagi “Maktab taʼlimi jamgʻarmasi” soʻzlari “Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq joylarda uy-joy qurilishi koʻlamini kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 3-avgustdagi PQ-1167-son qarori 8-bandidagi “Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga” soʻzlari “Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Fargʻona va Zarafshon vodiylarida suv resurslarini boshqarish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 10-avgustdagi PQ-1172-son qarori 8-bandining birinchi xatboshidagi “Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga” soʻzlari “Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻmon Sultonligi bilan investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 29-sentabrdagi PQ-1197-son qarori 4-bandi uchinchi xatboshidagi “Maktab taʼlimi jamgʻarmasi” soʻzlari “Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Islom taraqqiyot banki, Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi va OPEK xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida “Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida irrigatsiya-drenaj tarmoqlarini tiklash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 29-oktabrdagi PQ-1215-son qarori 10-bandidagi “Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga” soʻzlari “Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Buxoro va Samarqand shaharlarida tozalash inshootlari va kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 29-oktabrdagi PQ-1216-son qarori 9-bandi birinchi xatboshidagi “Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga” soʻzlari “Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son qarori 31-ilovasining 23-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
26. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Barkamol avlod yili” davlat dasturi toʻgʻrisida” 2010-yil 27-yanvardagi PQ-1271-son qarori ilovasi 31-bandining “Tadbirlar nomi” va “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Maktab taʼlimini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari “Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
27. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent IEM” OAJda kogeneratsion gaz turbinasi texnologiyasini joriy etish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 4-fevraldagi PQ-1277-son qarori 6-bandi yettinchi xatboshidagi “Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga” soʻzlari “Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
28. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazining kardioxirurgiya boʻlimini jihozlash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 24-martdagi PQ-1309-son qarori 9-bandining ikkinchi xatboshidagi “Maktab taʼlimi jamgʻarmasi” soʻzlari “Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
29. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Navoiy va Buxoro viloyatlari tuman markazlarini ulagan holda Damxoʻja mintaqalararo vodoprovodini modernizatsiyalash. Termiz shahri kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 16-apreldagi PQ-1324-son qarori 11-bandi ikkinchi xatboshidagi “Maktab taʼlimi jamgʻarmasi” soʻzlari “Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
30. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Mintaqaviy avtomobil yoʻllarini rivojlantirish. 2-faza” loyihasini koʻp transhli moliyalashtirish Dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 3-maydagi PQ-1331-son qarori 9-bandining birinchi xatboshidagi “Maktab taʼlimi jamgʻarmasi” soʻzlari “Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 9-son, 84-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2019-y., 06/19/5739/3249-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)