Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 29.05.2017
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
“PIShGAN GʻIShT IShLAB ChIQARUVChI KORXONALAR TOMONIDAN SOLIQ IMTIYOZLARI VA PREFERENSIYALARNI QOʻLLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDA”GI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 16-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1985-1]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 16-maydagi 48, 2017-20-sonli “Pishgan gʻisht ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan soliq imtiyozlari va preferensiyalarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1985-2, 23.05.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232- modda) 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 22-iyuldagi 73 va 2009-23-sonli qarori (roʻyxat raqami 1985, 2009-yil 24-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 30-31-son, 350-modda) bilan tasdiqlangan “Pishgan gʻisht ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan soliq imtiyozlari va preferensiyalarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 31-yanvar,
4-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 31-yanvar,
2011-1-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 31-yanvardagi 4 , 2011-1-son qaroriga
ILOVA
“Pishgan gʻisht ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan soliq imtiyozlari va preferensiyalarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 1-bandning “i” kichik bandida “budjetdan tashqari Maktab taʼlimini rivojlantirish jamgʻarmasiga” degan soʻzlar “Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash boʻyicha budjetdan tashqari jamgʻarmasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 4 va 5-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Ushbu Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan imtiyozlar asosiy faoliyat turi — zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalar asosida pishgan gʻisht ishlab chiqarishga:
gazda ishlaydigan korxonalarga — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining tegishli hududiy organining xulosasiga asosan ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklda;
koʻmirda ishlaydigan korxonalarga — Oʻzbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining xulosasiga asosan ushbu Nizomning 1a - ilovasida keltirilgan shaklda taqdim etiladi.
5. Korxonalar davlat soliq xizmati organlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 19-iyundagi PQ-1134-son “Devorbop materiallar ishlab chiqarishni koʻpaytirishni ragʻbatlantirish va sifatini yaxshilash borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan soliqlar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga va Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash boʻyicha budjetdan tashqari jamgʻarmasiga majburiy ajratmalarni toʻlashdan ozod etilganligi toʻgʻrisidagi yozma xabarnomani ushbu Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shaklda taqdim etadilar. Xabarnomaga maxsus pechlardan foydalangan holda zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalar asosida pishgan gʻisht ishlab chiqaruvchi korxona ekanligini tasdiqlovchi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining tegishli hududiy organining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining xulosasi ilova qilinadi”.
3. 7-bandning birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Ushbu Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan preferensiyalardan foydalanishda mikrofirmalar va kichik korxonalar yagona soliq toʻlovini toʻlashga oʻtish toʻgʻrisidagi xabarnomaga korxona maxsus pechlardan foydalangan holda zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalar asosida pishgan gʻisht ishlab chiqaruvchi ekanligini tasdiqlovchi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining tegishli hududiy organining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining xulosasini ilova qiladilar.
4. Ushbu oʻzgartirishlar va qoʻshimchaning 1-ilovasiga muvofiq 1a-ilova bilan toʻldirilsin.
5. 2-ilova ushbu oʻzgartirishlar va qoʻshimchaning 2-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
6. Ushbu oʻzgartirishlar va qoʻshimcha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining boshligʻi Sh. MAXMUDOV
2011-yil 31-yanvar
Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining boshligʻi A. NIMATULLAYEV
2011-yil 31-yanvar
Pishgan gʻisht ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan soliq imtiyozlari va preferensiyalarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchaga
1-ILOVA
Pishgan gʻisht ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan soliq imtiyozlari va preferensiyalarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1a-ILOVA

XULOSA

Ushbu bilan _____________________________________ manzil boʻyicha joylashgan
‎_______________________________________________ _____ yil “__” ______ dan‎

‎(korxonaning toʻliq nomi)

boshlab, koʻmirda ishlaydigan maxsus pechlardan
‎_______________________________________________________________________

(pechning nomi va turi)

‎foydalangan holda zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalar asosida pishgan gʻisht ishlab chiqarishni amalga oshirayotganligini tasdiqlaymiz.

‎Oʻzbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining boshligʻi‎


‎_______________________‎

(imzo, F.I.Sh.)

M.Oʻ.
Pishgan gʻisht ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan soliq imtiyozlari va preferensiyalarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchaga
2-ILOVA
Pishgan gʻisht ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan soliq imtiyozlari va preferensiyalarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 7-8-son, 69-modda)