Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.02.2018
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
PAXTA TOLASINI SOTIShNING IChKI VA AMALDAGI NARXLARI O‘RTASIDAGI IJOBIY TAFOVUTDAN TUShADIGAN MABLAG‘LARNING BIR QISMINI JAMLASh VA ULARDAN FERMER XO‘JALIKLARINING FOYDALANIShI TARTIBI TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 121-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2017-yil 17-oktabrdagi PF-5206-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxtachilik tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 28-noyabrdagi PQ-3408-son qarori)” qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosi yetishtiradigan fermer xo‘jaliklarini rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi;
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-fevraldagi 56-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 8-9-son, 85-modda)
1. Paxta tolasini sotishning ichki va amaldagi narxlari o‘rtasidagi ijobiy tafovutdan tushadigan mablag‘larning bir qismini jamlash va ulardan fermer xo‘jaliklari foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va “O‘zpaxtasanoat” uyushmasining paxta tolasini sotishning ichki va amaldagi narxlari o‘rtasidagi ijobiy tafovutdan tushadigan mablag‘larning bir qismini (keyingi o‘rinlarda ijobiy tafovut deb ataladi) jamlash va keyinchalik fermer xo‘jaliklariga yo‘naltirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasining maxsus hisob raqamini ochish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
3. Quyidagilarga:
“O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi rahbarlari zimmasiga — ijobiy tafovut to‘g‘ri hisoblab chiqilishi uchun;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
“O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati hududiy filiallari va paxta tozalash korxonalari rahbarlari zimmasiga — ijobiy tafovut fermer xo‘jaliklariga o‘z vaqtida to‘lanishi uchun;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
“O‘zkimyosanoat” AJ, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘zneftmahsulot” AK va “O‘zagroservis” AJ, “Agrotexservis” MChJ, “O‘zagrolizing” AJ, “O‘zmashlizing” MChJ rahbarlari zimmasiga — fermer xo‘jaliklaridan tushgan ijobiy tafovut mablag‘larining tarmoq korxonalarining Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalar oldidagi qarzlarini qoplashga maqsadli yo‘naltirilishi uchun mas’uliyat yuklansin;
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-iyundagi 442-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 26-son, 593-modda)
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 4-fevral,
30-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-fevraldagi 30-son qaroriga
ILOVA
Paxta tolasini sotishning ichki va amaldagi narxlari o‘rtasidagi ijobiy tafovutdan tushadigan mablag‘larning bir qismini jamlash va ulardan fermer xo‘jaliklarining foydalanishi tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-son qaroriga muvofiq paxta tolasini sotishning ichki (sotish bo‘yicha xarajatlarni hisobga olgan holda) va amaldagi narxlari o‘rtasidagi ijobiy tafovutning (keyingi o‘rinlarda ijobiy tafovut deb ataladi) 50 foizini jamlash va ulardan paxta xomashyosi yetishtirayotgan fermer xo‘jaliklarining foydalanishi tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-fevraldagi 56-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 8-9-son, 85-modda)
2. Ijobiy tafovut qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda aniqlanadi.
3. Ijobiy tafovutning 50 foizi miqdoridagi mablag‘larni jamlash va ulardan maqsadli foydalanish uchun xizmat ko‘rsatuvchi bankda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat xaridi uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg‘armasiga (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi), “O‘zpaxtasanoat” AJ hududiy filiallariga, “O‘zkimyosanoat” AJ paxta tozalash korxonalari va tashkilotlariga, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘zneftmahsulot” AK, “O‘zagroservis” AJ, “Agrotexservis” MChJ, “O‘zagrolizing” AJ, “O‘zmashlizing” MChJ (keyingi o‘rinlarda xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar deb ataladi), shuningdek fermer xo‘jaliklariga 23226-son maxsus hisob raqami ochiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-iyundagi 442-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 26-son, 593-modda)
4. 23226-maxsus hisob raqamlarining ochilishiga qonun hujjatlarining xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisob raqamlaridagi pul mablag‘lari yetishmaganda ularning bank hisob raqamlaridan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi talabi tatbiq etilmaydi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
II. Ijobiy tafovut summasini jamlash va undan foydalanish tartibi
5. “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining hududiy filiallari hosil olingan yilning 5-dekabrigacha (2010-yil hosili bo‘yicha 2011-yil 5-fevralgacha) ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha Jamg‘armaga tayyorlangan paxta xomashyosi hajmining amaldagi qiymati to‘g‘risida axborot taqdim etadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
6. “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining hududiy filiallari paxta tolasini sotishdan mablag‘lar tushishiga qarab bir ish kuni mobaynida ijobiy tafovut summasining 50 foizini to‘lov topshirig‘i bilan Jamg‘armaning 23226-son maxsus hisob raqamiga o‘tkazadilar.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
7. Jamg‘arma tomonidan har oyda oyning 5-kunidan kechikmay 23226-maxsus hisob raqamida jamlangan mablag‘lar ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ijobiy tafovut summasini “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining hududiy filiali bo‘yicha taqsimlash hisob-kitobiga muvofiq “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining hududiy filialining 23226-son maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi.
“O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining hududiy filiali bir ish kuni mobaynida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ijobiy tafovut summasini paxta tozalash korxonalari bo‘yicha taqsimlash hisob-kitobiga muvofiq paxta tozalash korxonalarining 23226-son maxsus hisob raqamiga o‘tkazadilar.
Paxta tozalash korxonalari uch ish kuni mobaynida mablag‘larni ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ijobiy tafovutni fermer xo‘jaliklari bo‘yicha taqsimlash hisob-kitobiga muvofiq fermer xo‘jaliklarining 23226-son maxsus hisob raqamiga o‘tkazadilar.
Yangi hosil bo‘yicha ijobiy tafovutning jamlangan mablag‘lari fermer xo‘jaliklariga faqat ushbu Nizomning 5-bandiga muvofiq “O‘zpaxtasanoat” AJ tomonidan ma’lumotlar taqdim etilgandan keyin ushbu bandda belgilangan izchillikda yuboriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
8. Fermer xo‘jaliklarining 23226-son maxsus hisob raqamiga tushgan mablag‘lar ikki ish kuni mobaynida to‘lov talablariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan kelishilgan yo‘nalishlar bo‘yicha fermer xo‘jaliklarining Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalar oldidagi, shuningdek yetkazib berilgan moddiy-texnika resurslari va xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qarzdorlikni qoplash uchun mutanosib ravishda yuboriladi.
9. Fermer xo‘jaliklarida Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalar oldida, shuningdek xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlarning tashkilotlaridan qarzdorlik mavjud bo‘lmagan taqdirda mablag‘lardan moddiy-texnika resurslari va xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar xizmatlariga oldindan haq to‘lash uchun foydalaniladi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer xo‘jaliklari ixtiyoridagi yer uchastkalari hajmini yanada maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 18-oktabrdagi F-3512-son Farmoyishiga muvofiq maqbullashtirish jarayonida tugatilgan fermer xo‘jaliklariga tegishli bo‘lgan summa tugatilgan fermer xo‘jaliklarining majburiyatlarini qabul qilgan fermer xo‘jaliklariga yo‘naltiriladi.
11. Xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar tashkilotlarining 23226-son maxsus hisob raqamiga tushgan mablag‘lar to‘lov topshiriqlari bilan Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalar oldidagi qarzdorlikni qoplashga yo‘naltiriladi.
“O‘zagrolizing” AJ, “O‘zmashlizing” MChJning 23226-maxsus hisob raqamlariga tushadigan mablag‘lar Vazirlar Mahkamasining “Qishloqni lizing shartlarida qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 2-noyabrdagi 424-son qaroriga muvofiq to‘lov topshiriqlari bilan to‘liq hajmda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va budjetdan tashqari fondlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini texnika bilan ta’minlashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi oldidagi qarzlarni to‘lashga yo‘naltiriladi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-iyundagi 442-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 26-son, 593-modda)
Budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalar oldida qarzdorlik mavjud bo‘lmaganda mablag‘lar to‘lov topshirig‘i bilan keyinchalik Davlat budjetiga va budjetdan tashqari jamg‘armalarga yo‘naltirilgan holda kreditorlik qarzlarni, shu jumladan tizim ichki kreditorlik qarzlarini qoplashga yo‘naltiriladi.
12. Ob-havo sharoitlari yoki ekinlarning holati bilan bog‘liq agrotexnika tadbirlarini o‘tkazish zarur bo‘lgan ayrim hollarda fermer xo‘jaliklari mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi ham Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining birgalikdagi yozma ko‘rsatmalariga muvofiq xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar tashkilotlari oldidagi qarzdorlikni qoplashga yoki oldindan haq to‘lashga yo‘naltirilishi mumkin.
13. Ushbu Nizom talablariga qat’iy muvofiq ravishda to‘lovlar va hisob-kitoblar amalga oshirilishi uchun shaxsiy javobgarlik ularni amalga oshirish jarayonida qatnashayotgan “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining hududiy filiallari, tijorat banklari filiallari va tashkilotlarning rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
14. Banklarning xizmat ko‘rsatuvchi filiallari tomonidan mablag‘lar o‘tishining kunlik monitoringi amalga oshiriladi va ularning markaziy apparatlari orqali O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga va Jamg‘armaga axborot taqdim etiladi.
15. Ushbu Nizomga muvofiq barcha hisob-kitoblar to‘g‘ri amalga oshirilishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasiga va Davlat soliq qo‘mitasiga yuklanadi.
Paxta tolasini sotishning ichki va amaldagi narxlari o‘rtasidagi ijobiy tafovutdan tushadigan mablag‘larning bir qismini jamlash va ulardan fermer xo‘jaliklarining foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
1-ILOVA
201_ yil hosilidan tayyorlangan paxta xomashyosining amaldagi qiymati to‘g‘risida
axborot
T/r “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining hududiy filiallari nomi Tayyorlangan paxta xomashyosining umumiy qiymati (mln so‘m) “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining hududiy filiallari ulushi ( %)

1‎

2‎

3‎

4‎

Jami:

Shu jumladan:
1.‎ ____________HAB
2.‎
3.‎ ____________HAB
4.‎ ____________HAB
5.‎ ____________HAB
6.‎ ____________HAB
7.‎ ____________HAB
8.‎ ____________HAB
9.‎ ____________HAB
10.‎ ____________HAB
11.‎ ____________HAB
12.‎ ____________HAB
13.‎ ____________HAB
“O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining bosh direktori ‎________________‎ ‎________________________________

‎imzo

F.I.O.

Bosh buxgalter ‎________________‎‎ ________________________________‎‎

imzo

F.I.O.

M.O‘.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
Paxta tolasini sotishning ichki va amaldagi narxlari o‘rtasidagi ijobiy tafovutdan tushadigan mablag‘larning bir qismini jamlash va ulardan fermer xo‘jaliklarining foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
2-ILOVA
201_ yil ____ oyida jamlangan ______ mln so‘m miqdoridagi ijobiy tafovut summasini “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining hududiy filiallari bo‘yicha taqsimlash
hisob-kitobi
(2-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)

T/r

“O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining hududiy filiallarinomi

“O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining hududiy filiallari ulushi ( %)

Ijobiy tafovutning tegishli bo‘lgan summasi (mln so‘m)

1‎

2‎

3‎

4

1.‎ ______HAB
2.‎ ‎‎
3.‎ ______HAB
4.‎ ______HAB ‎‎
5.‎ ______HAB ‎‎
6.‎ ______HAB
7.‎ ______HAB ‎‎
8.‎ ______HAB ‎‎
9.‎ ______HAB
10.‎ ______HAB
11.‎ ______HAB
12.‎ ______HAB

13.‎

______HAB‎ ‎‎

Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘�aligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi direktori

__________ ___________‎__________

imzo

F.I.O.

M.O‘.

Bosh buxgalter

__________‎ ___________‎__________‎‎

imzo

F.I.O.

“O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining bosh direktori

__________ ___________‎__________‎‎

imzo

F.I.O.

M.O‘.

Bosh buxgalter

__________ ___________‎__________‎‎

imzo

F.I.O.

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
Paxta tolasini sotishning ichki va amaldagi narxlari o‘rtasidagi ijobiy tafovutdan tushadigan mablag‘larning bir qismini jamlash va ulardan fermer xo‘jaliklarining foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
3-ILOVA
201_ yil ____ oyida ______________ viloyati (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) “O‘zpaxtasanoat” hududiy filialiga tegishli bo‘lgan ______ so‘m miqdoridagi ijobiy tafovut summasini paxta tozalash korxonalari bo‘yicha taqsimlash
hisob-kitobi

T/r

Paxta tozalash korxonalari nomi

Tayyorlangan paxta xomashyosining umumiy qiymati (mln so‘m)

Paxta tozalash korxonalari ulushi (%)

Ijobiy tafovutning tegishli bo‘lgan summasi* (mln so‘m)

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

Hammasi:

Shu jumladan paxta tozalash korxonalari bo‘yicha
1.‎
2.‎
3.‎
4.‎
5.‎
6.‎
7.‎
8.‎
9.‎
10.‎
11.‎

“O‘zpaxtasanoat” hududiy filiali direktori

____________ __________________________‎‎

imzo

F.I.O.‎‎

M.O‘.

Bosh buxgalter

____________ __________________________‎‎

imzo

F.I.O.‎‎

*Ijobiy tafovut summasi viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) bo‘yicha tayyorlangan paxta xomashyosi umumiy qiymatida paxta tozalash korxonalarining ulushiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
Paxta tolasini sotishning ichki va amaldagi narxlari o‘rtasidagi ijobiy tafovutdan tushadigan mablag‘larning bir qismini jamlash va ulardan fermer xo‘jaliklari foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
4-ILOVA
201_ yil ____ oyida ______________ paxta tozalash korxonasiga tegishli bo‘lgan ______ mln so‘m miqdoridagi ijobiy tafovut summasini fermer xo‘jaliklari bo‘yicha taqsimlash
hisob-kitobi

T/r

Fermer xo‘jaliklari nomi

Tayyorlan-gan paxta xomashyosining umumiy qiymati (mln so‘m)

Fermer xo‘jaliklari ulushi ( %)

Ijobiy tafovutning tegishli bo‘lgan summasi* (mln so‘m)

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

Jami:

Shu jumladan:
1.‎ _________ f/x‎
2.‎ _________ f/x‎
3.‎ _________ f/x‎
4.‎ _________ f/x‎
5.‎ _________ f/x‎
6.‎ _________ f/x‎
7.‎ _________ f/x‎
8.‎ _________ f/x‎
9.‎ _________ f/x‎
10.‎ _________ f/x‎
11.‎ _________ f/x‎

Paxta tozalash korxonasi rahbari

____________ __________________________ ‎

imzo

F.I.O.

M.O‘

____________ __________________________ ‎‎

Bosh buxgalter‎

imzo ‎ ‎

F.I.O. ‎‎

*Ijobiy tafovut summasi tuman bo‘yicha tayyorlangan paxta xomashyosi umumiy qiymatida fermer xo‘jaliklarining ulushiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 6-son, 48-modda; 2012-y., 8-9-son, 85-modda; 2015-y., 52-son, 647-modda; 2017-y., 26-son, 593-modda)