|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 08.08.2024
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA” 2004-YIL 20-IYULDAGI 341-SON QARORIGA O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-avgustdagi 489-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatini tartibga solish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash tug‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi faoliyatini takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq kadrlarni sifatli o‘qitish va tarbiyalashni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2004-yil 20-iyuldagi 341-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 69-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 26-yanvar,
18-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-yanvardagi 18-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2004-yil 20-iyuldagi 341-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 5-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Belgilab qo‘yilsinki, Jamg‘arma daromadlari xayriya beruvchilar mablag‘lari, xalqaro tashkilotlarning grantlari, shuningdek oliy ta’lim muassasalarining to‘lov-kontrakt shaklida o‘qitishdan tushadigan mablag‘larining 5 foizi miqdoridagi ajratmalari hisobiga shakllantiriladi hamda yangi avlod darsliklari va o‘quv qo‘llanmalarini yaratishga, o‘quv binolari va talabalar yashash joylarining moddiy holatini yaxshilashga, shu jumladan ularni joriy va mukammal ta’mirlashni amalga oshirishga, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga, oliy ta’lim muassasalarida ijtimoiy, tarbiyaviy, psixologik va boshqa o‘quv-uslubiy, ilmiy loyihalar hamda tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazishga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga ko‘ra o‘tkaziladigan sport-sog‘lomlashtirish va boshqa tadbirlarga sarflanadi”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi Nizomda (3-ilova):
a) 8-bandga quyidagi mazmundagi yigirma beshinchi va yigirma oltinchi xatboshi qo‘shilsin:
“mutasaddilik qilinadigan oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning ilmiy-texnika dasturlarini shakllantiradi va amalga oshiradi;
talabalar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiatlarini aniqlaydi”;
yigirma beshinchi — o‘ttiz ikkinchi xatboshi tegishli ravishda yigirma yettinchi—o‘ttiz to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 10-bandning o‘ninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“yangi avlod darsliklari va o‘quv qo‘llanmalarini yaratish, o‘quv binolari va talabalar yashash joylarining moddiy holatini yaxshilash, shu jumladan ularni joriy va mukammal ta’mirlashni amalga oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, oliy ta’lim muassasalarida ijtimoiy, tarbiyaviy, psixologik va boshqa o‘quv-uslubiy, ilmiy loyihalar va tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga ko‘ra o‘tkaziladigan sport-sog‘lomlashtirish va boshqa tadbirlarni o‘tkazish maqsadida xayriya beruvchilar mablag‘lari, xalqaro tashkilotlarning grantlari, shuningdek oliy ta’lim muassasalarining to‘lov-kontrakt shaklida o‘qitishdan tushadigan mablag‘larining 5 foizi miqdoridagi ajratmalari hisobiga shakllantiriladigan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 4-5-son, 33-modda)