Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
“FUQAROLARNING DAVLAT PENSIYA TAʼMINOTI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA HAMDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING MEHNAT KODEKSIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2010-yil 26-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2010-yil 3-dekabrda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi 938-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 338-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 112-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2002-yil, № 4-5, 74-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda; 2007-yil, № 12, 590, 608-moddalar; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2010-yil, № 5, 178-modda, № 9, 334-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 8-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Pensiya tayinlash uchun (7-modda) yetarlicha ish stajiga ega boʻlmagan shaxslarga yoshga doir pensiyalar ushbu Qonun 37-moddasi birinchi qismining “a”, “b”, “v” va “g” bandlarida nazarda tutilgan kamida 5 yil ish staji mavjud boʻlgan taqdirda, bor stajga mutanosib miqdorda (29-modda) tayinlanadi”;
2) 9-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga urush nogironlari, bolalikdan nogiron farzandlarning onalari, liliputlar va pakanalar ham ega”;
“v”, “g”, “d”, “e” va “j” bandlari chiqarib tashlansin;
“z” bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“z) bolalikdan nogiron farzandlarning onalari ularni sakkiz yoshgacha tarbiyalagan boʻlsa — ish staji kamida 20 yil boʻlgan taqdirda. Basharti, ayol oʻgay oʻgʻil va oʻgay qizni ular 8 yoshga toʻlguniga qadar kamida 5 yil tarbiyalagan boʻlsa, pensiya tayinlashda ular haqiqiy farzandlar bilan teng ravishda hisobga olinadi”;
“i” bandi chiqarib tashlansin;
“k” va “l” bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“k) nogiron bolalar uchun ixtisoslashgan taʼlim muassasalari, “Mehribonlik” uylari, harbiy akademik litseylar, tarbiya koloniyalari oʻqituvchilari — maxsus ish staji kamida 25 yil boʻlgan taqdirda (3-sonli roʻyxat, VII qism);
l) ixtisoslashgan tibbiy muassasalarning shifokorlari va oʻrta tibbiy xodimlari — maxsus ish staji qishloq joyda kamida 25 yil va shaharlarda kamida 30 yil boʻlgan taqdirda (3-sonli roʻyxat, VIII qism)”;
4) 15-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nogironlik pensiyalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda I va II guruh nogironlari deb topilgan shaxslarga tayinlanadi”;
5) 18-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18-modda. Ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi pensiya
Pensiya tayinlash uchun yetarlicha ish stajiga ega boʻlmagan (17-modda) umumiy kasallik oqibatidagi I va II guruh nogironlariga nogironlik pensiyasi bor stajga mutanosib miqdorda (29-modda) tayinlanadi”;
6) 22-moddaning matnidagi “toʻliq” degan soʻz chiqarib tashlansin;
“a” bandidagi “toʻliq” degan soʻz chiqarib tashlansin;
“v” bandi chiqarib tashlansin;
8) 27-modda birinchi qismining:
birinchi xatboshisidagi “Toʻliq pensiya” degan soʻzlar “Pensiya” degan soʻz bilan almashtirilsin;
“v” bandi chiqarib tashlansin;
9) 28-moddaning “v” bandi chiqarib tashlansin;
10) 29-modda ikkinchi qismining:
beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
oltinchi va yettinchi xatboshilari tegishincha beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
11) 30-moddaning ikkinchi qismidagi “a”, “b” yoki “v” bandlarida” degan soʻzlar “a” yoki “b” bandlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“e” va “j” bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“e) oliy taʼlim muassasalarida, aspiranturada, doktoranturada va klinik ordinaturada kunduzgi oʻqish, shu jumladan chet elda oʻqish;
j) bola 3 yoshga toʻlguncha bolani parvarishlash taʼtillarida boʻlish vaqti, lekin hammasini jamlaganda koʻpi bilan 3 yil”;
“i” va “k” bandlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi va uchinchi qismlaridagi “e” — “k” bandlarda” degan soʻzlar “e” — “z” bandlarda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13) 49-modda birinchi qismining:
oltinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
yettinchi xatboshisi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
14) 50-modda chiqarib tashlansin;
15) 66-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlar:
boquvchisini yoʻqotganlik uchun, shuningdek xodimning mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda mehnatda mayiblanganligi yoki kasb kasalligiga uchraganligi oqibatidagi nogironlik uchun;
xodim ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshiga toʻlguniga qadar mazkur Qonun 12-moddasining “b” bandiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni toʻlash xarajatlarining oʻrnini qoplovchi pulni ish haqi toʻlashga moʻljallangan mablagʻlar hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazadi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrdagi OʻRQ-798-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 30-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son)
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
4-modda. Ushbu Qonun 2011-yilning 1-yanvaridan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun 1-moddasi 15-bandining qoidalari 2016-yil 1-yanvardan eʼtiboran amalga kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 22-dekabr,
OʻRQ-272-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 51-son, 483-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son)