|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.10.2020
|
OʻZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
buyrugʻi
JAMOAT FOYDALANISh JOYLARIDA INTERNET TARMOGʻIDAN AXBOROT OLISh IMKONINI BERISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 13-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1393-1]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2020-yil 30-iyundagi 208-mh-sonli “Telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3275, 30.06.2020-y.) asosan 2020-yil 1-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 27-yanvardagi “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-1271-son qaroriga (“Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, 2010-yil, 5-son, 37-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2004-yil 23-iyuldagi 216-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1393, 2004-yil 30-iyul) (“Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, 2004-y., 30-son, 350-modda) bilan tasdiqlangan “Jamoat foydalanish joylarida Internet tarmogʻidan axborot olish imkonini berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Bosh direktor X. MUHITDINOV
Toshkent sh.,
2010-yil 1-dekabr,
410-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 50-son, 477-modda)