Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 10.03.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANKLARIDA ELEKTRON ARXIV IShLARINI YURITISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 9-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1685-1]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2020-yil 25-yanvardagi 2/4-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari avtomatlashtirilgan bank tizimlarida axborotni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3224, 10.03.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 24-25-son, 192-modda) muvofiq Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2007-yil 14-apreldagi 11/3-son qarori (roʻyxat raqami 1685, 2007-yil 2-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 23-son, 243-modda) bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi banklarida elektron arxiv ishlarini yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Rais F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2010-yil 13-noyabr,
37/2-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 13-noyabrdagi 37/2-sonli qaroriga
ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi banklarida elektron arxiv ishlarini yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda), “Arxiv ishi toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 24-25-son, 192-modda), “Axborotlashtirish toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2004-y., 6-son, 67-modda), “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazalarining huquqiy himoyasi toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 136-modda), “Bank siri toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2003-y., 19-son, 174-modda), “Elektron toʻlovlar toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2005-y., 51-son, 373-modda), “Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2006-y., 14-son, 112-modda) va “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2004-y., 20-son, 230-modda) qonunlariga muvofiq tijorat banklarda hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Axborotlashtirish Bosh markazida (keyingi oʻrinlarda ABM deb yuritiladi) elektron arxiv ishlarini yuritish, arxiv hujjatlarini saqlash va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi”.
2. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Tijorat banklarida quyidagi elektron maʼlumotlar arxivga olinishi lozim:
Elektron toʻlov maʼlumotlarining bazalari mavjud boʻlgan Bosh banklarda (filiallarda):
a) bank amaliyoti kuni elektron maʼlumotlarining toʻliq bazasi;
b) muddati tugagan shifrlash va elektron raqamli imzo kalitlari;
v) bank amaliyot kuni dasturlari va boshqa alohida foydalanilayotgan dasturlar majmuasi;
g) elektron toʻlov hujjatlarini qabul qilish-uzatish jarayoni boʻyicha elektron jurnal-bayonnomalari;
d) elektron pochta orqali qabul qilingan va uzatilgan barcha hujjatlar;
e) bank filiallari tomonidan shifrlangan va shifrlanmagan koʻrinishdagi barcha kiruvchi va chiquvchi elektron toʻlov hujjatlari;
j) tijorat banklarining kredit va boshqa bank operatsiyalari borasidagi maʼlumotlari.
Tijorat banklarining boshqaruv tizimiga oid maʼlumotlari ham elektron arxivga olinishi shart.
Elektron toʻlov maʼlumotlarining bazalari mavjud boʻlmagan bank filiallarida:
a) muddati tugagan shifrlash va elektron raqamli imzo kalitlari;
b) bank amaliyot kuni dasturlari va boshqa alohida foydalanilayotgan dasturlar majmuasi;
v) elektron toʻlov hujjatlarini qabul qilish-uzatish jarayoni boʻyicha elektron jurnal-bayonnomalari;
g) bank filiallari tomonidan shifrlangan va shifrlanmagan koʻrinishdagi barcha kiruvchi va chiquvchi elektron toʻlov hujjatlari;
d) elektron pochta orqali qabul qilingan va uzatilgan barcha hujjatlar.”.
3. Nizomning 9, 12, 14 va 18-bandlaridan “Elektron toʻlov maʼlumotlarining bazalari joylashgan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
4. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” Agentligi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” Agentligi Bosh direktori A. ABDULLAYEV
2010-yil 15-noyabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 49-son, 465-modda)