|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.08.2024
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AVTOMOTOTRANSPORT VOSITALARI UCHUN RO‘YXATDAN O‘TKAZISH DAVLAT RAQAMI BELGILARINING YANGI NAMUNALARINI BOSQICHMA-BOSQICH JORIY ETISH MUDDATLARINI UZAYTIRISH TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini ta’minlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 27-iyundagi 131-son qarorining sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining avtomototransport vositalari va ularning tirkamalari (yarim tirkamalari) uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining yangi namunalarini bosqichma-bosqich joriy etish muddatlarini 2013-yil 1-yanvargacha uzaytirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 27-iyundagi 131-son qarori 2-bandining uchinchi xatboshidagi “2011-yil 1-yanvargacha” so‘zlari “2013-yil 1-yanvargacha” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A. Xo‘jayev va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri B.A. Matlyubov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 3-dekabr,
284-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 49-son, 453-modda)