|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 25.11.2013
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh PROKURATURASI HUZURIDAGI SOLIQ, VALYUTAGA OID JINOYATLARGA VA JINOIY DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA QARShI KURAShISh DEPARTAMENTINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh PROKURATURASI HUZURIDAGI SOLIQ, VALYUTAGA OID JINOYATLARGA VA JINOIY DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA QARShI KURAShISh DEPARTAMENTINING
Qarori
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 19-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2023-2]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2013-yil 2-oktabrdagi 328-V, 20-sonli “Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2528, 21.11.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda) va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 43-son, 451-modda) qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 23/6-sonli va 32-sonli qarori (roʻyxat raqami 2023, 2009-yil 23-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 44-son, 472-modda) bilan tasdiqlangan “Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari”ga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2010-yil 23-oktabr,
34/17-son
Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi Z. DOʻSANOV
Toshkent sh.,
2010-yil 2-noyabr,
29-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 23-oktabrdagi 34/17-son hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 2-noyabrdagi 29-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 22-bandning “b” xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) bir martalik operatsiyalar amalga oshirilgan quyidagi hollarda:
eng kam ish haqi miqdorining 1000 baravariga teng yoki undan oshgan summada jismoniy shaxslar tomonidan naqd chet el valyutasi va (yoki) yoʻl cheklari sotilishida;
eng kam ish haqi miqdorining 100 baravariga teng yoki undan oshgan summada jismoniy shaxslar tomonidan naqd chet el valyutasini maydalanishida, almashtirilishida va (yoki) konversiyalanishida;
eng kam ish haqi miqdorining 100 baravariga teng yoki undan oshgan summada mijozlardan naqd chet el valyutasi va (yoki) yoʻl cheklarini ekspertiza uchun qabul qilinishida;
mijozlar tomonidan plastik kartochkalar boʻyicha naqd xorijiy valyuta olinishida;
jismoniy shaxslar tomonidan naqd chet el valyutasini va (yoki) chet el banklari va moliya institutlari tomonidan chiqarilgan yoʻl cheklarini sotib olinishida;
bank hisobvaragʻini ochmasdan yoki hisobvaraqdan foydalanmasdan, pul oʻtkazmalarini amalga oshirishda yoki qabul qilishda (kommunal va aloqa xizmati, budjet, budjetdan tashqari jamgʻarmalarga toʻlovlar hamda boshqa majburiy toʻlovlar bundan mustasno);”.
2. 24-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Olingan axborotlarning (hujjatlarning) ishonchliligiga shubhalar mavjud boʻlsa, tijorat banklari ushbu axborotlarni (hujjatlarni) tekshirish (verifikatsiyalash) boʻyicha choralarni koʻrishlari lozim. Bunday holatlarda, tijorat banklari mijozlar haqidagi axborotlarning (hujjatlarning) ishonchliligini (haqiqiyligini) aniqlashtirish uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qilishga haqli”.
3. 25-bandda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Mijoz bankka kelmagan holda operatsiyani amalga oshirish imkonini beruvchi dasturlar yordamida shubhali operatsiyalar oʻtkazish haqidagi gumonlar mavjud boʻlganda, tijorat banki tegishli dasturdan foydalangan holda xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuzilgan, jumladan, bevosita bank xizmat koʻrsatish shartnomasida koʻrsatilgan va lozim darajada tekshirilgan shaxslar tomonidan operatsiyalar amalga oshirilayotganligini mijozning yuridik manzili boʻyicha oʻrganish huquqiga ega.
Yuqoridagilarni oʻrganish jarayonida, tijorat banki mijoz tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 1122, 2002-yil 15-aprel, Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil 7-son) talablariga rioya qilinishini, xususan pul hisob-kitob hujjatlarining rasmiylashtirilishi, vakolatli shaxslar (rahbari, bosh hisobchisi) tomonidan pul hisob-kitob hujjatlarining imzolanib tasdiqlanishi, ushbu hujjatlar boʻyicha oʻtkazmalar aynan elektron imzolash huquqi mavjud boʻlgan shaxs tomonidan elektron imzolash orqali tasdiqlangan holda amalga oshirilishiga, mazkur hujjatlarning saqlanishiga alohida eʼtibor qaratishi lozim”;
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
4. 38-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“38. Mijozni lozim darajada tekshirishni amalga oshirishning imkoni mavjud boʻlmagan taqdirda tijorat banki Departamentga xabar berish masalasini koʻrib chiqishi va ish munosabatlariga kirishishni yoki bunday mijozning pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarini amalga oshirishni rad etishga yoxud u bilan har qanday ish munosabatlarini toʻxtatishga majbur.
Norezident — bank tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha xalqaro standartlar talablari buzilishi holatlari haqida axborot mavjud boʻlgan taqdirda, tijorat banki boshqaruvi ushbu vakil bank bilan hamkorlikni toʻxtatishgacha boʻlgan tegishli choralar koʻrish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqishi kerak”.
5. 44-band quyidagi mazmundagi “z” kichik band bilan toʻldirilsin:
“z) mijozning shaxsan ishtirokisiz operatsiyani amalga oshirish imkonini beruvchi dasturiy komplekslardan foydalanuvchi mijozlar”;
“z” kichik band “i” kichik band deb hisoblansin.
6. 51-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“51. Ichki nazorat xizmati xodimlari mijoz va operatsiya haqidagi maʼlumotlarni oʻrganadi, tegishli maʼlumotlarni Ichki nazorat xizmatining maxsus jurnalida va mijoz soʻrovnomasida qayd etadi, shuningdek, ularni Ichki nazorat xizmati rahbariga yuboradi”.
7. 67-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“67. Soʻrovnomalar maxsus dasturlar yordamida barcha mijozlar boʻyicha elektron shaklda toʻldiriladi. Shubhali operatsiyalarni amalga oshiruvchi va yuqori darajadagi xatar toifasiga kiritilgan mijozlar boʻyicha soʻrovnomalar qogʻoz shaklida ham toʻldiriladi.
Elektron shaklda toʻldirilgan mijoz soʻrovnomasi qogʻoz shaklida chiqarilganda tijorat bankining bosh buxgalteri yoki u boʻlmagan taqdirda, uning muovini yoxud masʼul xodim tomonidan tasdiqlanadi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 47-son, 433-modda)