Norasmiy tarjima
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik temir yo‘l kompaniyasining harbiy qo‘riqlash nizomini hamda harbiy qo‘riqlash xodimlari tomonidan qo‘riqlanadigan va kuzatib boriladigan yuklar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida
Temir yo‘l transportida tashiladigan yuklarni qo‘riqlashni tashkil etish va ta’minlash, temir yo‘l transporti obyektlarini muhofaza qilish, yong‘inga qarshi profilaktika ishlarini olib borish, yong‘in nazoratini amalga oshirish va temir yo‘l transportidagi yong‘inlarni bartaraf etish maqsadida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi Qonunining 22-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
“O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining harbiy qo‘riqlash xodimlari tomonidan qo‘riqlanishi va kuzatib borilishi lozim bo‘lgan yuklar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
* 1-ilova berilmaydi.
2. “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bir oy muddatda “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining harbiy qo‘riqlash xodimlari tomonidan qo‘riqlanishi va kuzatib borilishi kerak bo‘lgan yuklar ro‘yxatini belgilangan tartibda manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A. Xo‘jayevga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 12-avgust,
177-son
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 12-avgustdagi 177-son qaroriga
2-ILOVA
“O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmalari tomonidan qo‘riqlanishi va kuzatib borilishi lozim bo‘lgan yuklar
RO‘YXATI

T/r

Yuk nomi

GNG bo‘yicha yuk kodi

1.

Un-yorma sanoati mahsulotlari

11010000 — 11030000, 11050000 (barcha nomlari)

2.

Don mahsulotlari

10010000 — 10080000

3.

Soya loviyasi

12010000

4.

Hayvon va o‘simlik yog‘lari

15000000 — 15121991, 15122100, 20081110, 15170000

5.

Gaz kondensati

27111900

6.

Shakar va shakardan tayyorlangan qandolat mahsulotlari

17010000, 17040000

7.

Alkogolli ichimliklar, sirka

22030000 — 22090000

8.

Tamaki va tamaki mahsulotlari

24010000 — 24030000

9.

Neftni qayta ishlash mahsulotlari (tranzit, import, eksport)

27090000, 27220000 27230000, 27240000, 27250000 — 27260000, 27320000 — 27410000

10.

Metanol

29051100

11.

Spirtlar va fenollar, fenol hosilalari, efirlar

270779980, 29050000 — 29090000, 29321300, 38200000, 39053000

12.

Dori vositalari va kimyo-farmasevtika mahsulotlari

29360000 — 29370000, 29410000, 34070000

13.

Bo‘yoqlar va loklar

32080000 — 32100000

14.

Atir-upa, kosmetika va pardoz vositalari

33030000 — 33070000

15.

Kauchuk, rezina va ulardan tayyorlangan buyumlar

40010000 — 40030000, 40080000, 40090000, 40110000 — 40140000, 40160000, 40170000

16.

Xom teri, oshlangan teri

41010000 — 41070000, 41120000

17.

Mo‘yna va undan tayyorlangan buyumlar

43010000 — 43040000

18.

Ipak, ipak qurti pillasi

50010000, 50020000, 50040000 — 50070000

19.

Hayvon junidan tayyorlangan ip va mato

51060000 — 51130000

20.

O‘simlik tolalari va qog‘oz iplaridan tayyorlangan ip va matolar

53060000 — 53110000

21.

Kimyoviy iplar va tolalar. Sintetik ip va matolar

54010000 — 54080000, 55010000 — 55040000, 55060000 — 55160000

22.

Zargarlik va boshqa buyumlar

71130000 — 71180000

23.

Metall prokati va undan tayyorlangan mahsulotlar

72010000, 72060000 — 72240000, 72260000 — 72290000, 73010000 — 73260000. (barcha nomlar)

24.

Rangli metallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar

74020000, 74030000, 74090000, 74180000, 74190000, 75060000 — 75080000, 76160000, 78050000, 7806000, 7905000, 79070000, 80070000

25.

Qozonlar, mashinalar, uskunalar va mexanizmlar. Kabellar, simlar

84070000, 84080000, 84110000 — 84150000, 84180000, 84220000, 84240000, 84250000, 84270000, 84290000 — 84390000, 84560000 — 84710000, 85010000 — 85040000, 85070000, 85190000, 85430000

26.

Quruqlik transport vositalari va transportga oid qurilmalar hamda uskunalar

86080000, 87010000 — 87080000, 87084000, 87090000, 87110000 — 87140000, 87160000

27.

Optik, fotografik, kinematografik, o‘lchov, nazorat, aniq, tibbiy va jarrohlik asboblari hamda uskunalari

90010000, 90050000 — 90080000, 90100000 — 90120000, 90150000, 90180000 — 90200000, 90220000, 90280000, 90290000

28.

Qurol-yarog‘, o‘q-dorilar, belgilangan tartibda harbiy qorovullar, maxsus militsiya, yuk jo‘natuvchi (yuk qabul qiluvchi)ning harbiylashtirilgan qo‘riqchilari mutaxassislari yoki soqchilari kuzatib borishi lozim bo‘lganlari bundan mustasno

93030000 — 93050000

29.

San’at asarlari, kolleksiya buyumlari va qadimiy noyob ashyolar

97010000 — 97060000

30.

Chet davlatlarning elchixonalari va doimiy vakolatxonalari manzillariga jo‘natiladigan hamda ular tomonidan yuborilayotgan yuklar

31.

Insonparvarlik yordami yuklari

32.

Sement

25232900, 25239000, 25239080

33.

Qora metallar lomi va chiqindilari

72040000 — 72045000

Izohlar:
1. Yuk jo‘natuvchilar (yuk oluvchilar) bilan kelishilgan holda “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAJKning Harbiylashtirilgan qo‘riqlash boshqarmasi bo‘linmalari tomonidan shartnoma asosida boshqa yuklar ham qo‘riqlanishi va kuzatib borilishi mumkin.
2. Ro‘yxatda ko‘rsatilgan ayrim turdagi yuklarni qo‘riqlash va kuzatib borishni yuk jo‘natuvchilar (yuk oluvchilar) o‘z kuzatuvchilari yoki belgilangan tartibda yuklarni kuzatib borish va qo‘riqlash faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan korxonalar va tashkilotlarning vakillari orqali amalga oshirishlari mumkin.
3. Yukning GNG (Yuklarning garmonlashtirilgan nomenklaturasi) va ETSNG (Yuklarning yagona tarif-statistik nomenklaturasi) bo‘yicha kod muvofiqligini “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAJK belgilaydi.