|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.01.1998
|
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
“TRANSPORT VOSITALARI HAMDA BOShQA OʻZIYuRAR MAShINA VA MEXANIZMLAR EGALARIDAN OLINADIGAN SOLIQ TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Tranpsort vositalari hamda boshqa oʻziyurar mashina va mexanizmlar egalaridan olinadigan soliq toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 1993-yil 1-fevraldan boshlab amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1-fevralgacha boʻlgan muddatda:
— transport vositalari hamda boshqa oʻziyurar mashina va mexanizmlar egalaridan olinadigan soliq miqdorini belgilasin;
— Hukumatning, vazirliklar va davlat idoralarining meʼyoriy hujjatlarini mazkur Qonunga muvofiq holga keltirsin;
— Qonunning qoʻllanilishini taʼminlovchi zarur hujjatlar chiqarilishini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1992-yil 9-dekabr,
745-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y.,1-son, 28-modda)