Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.02.2007
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XALQARO YaRMARKA SAVDOSI RESPUBLIKA MARKAZINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
[Ko‘chirma]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-fevraldagi 35-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Mulkchilikning barcha shakllaridagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashqi iqtisodiy faoliyatini faollashtirish, yarmarka savdosini xalqaro standartlar darajasida yanada rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, xorijiy hamkorlarni O‘zbekiston Respublikasiga jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimligi va “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasining ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklidagi “O‘zsavdomarkaz” Xalqaro yarmarka savdosi respublika markazini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:
a) “O‘zsavdomarkaz” aksiyadorlik jamiyatining dastlabki ustav fondi 2000 mln so‘m miqdorida shakllantiriladi, ulushlar quyidagicha taqsimlanadi:
Toshkent shahar hokimligi‏
investitsiyalar bosh boshqarmasi‎
—‎‏
10 foiz (200 mln so‘m);‎‏
“O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi‎ —‎ 5 foiz (100 mln so‘m);‎
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi‎ —‎ 36 foiz (“Alpomish” sport majmui qiymati — 720 mln so‘m va pul mablag‘lari);‎
Investorlar, shu jumladan xorijiy investorlar‎ —‎ 49 foiz (980 mln so‘m);‎
b) O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi “O‘zsavdomarkaz” aksiyadorlik jamiyati ustav fondiga ulush uchun va “Alpomish” sport majmuini Xalqaro yarmarka savdosi respublika markaziga rekonstruksiya qilish uchun Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-dekabrdagi 541-son qarorining 16-bandiga muvofiq pul mablag‘lari ajratadi.
2. Quyidagilar “O‘zsavdomarkaz” aksiyadorlik jamiyatining asosiy vazifalari etib belgilansin:
— xalqaro, milliy, mintaqaviy va mavzuli ko‘rgazma-yarmarkalar o‘tkazishni tashkil etish;
— mamlakatimiz firmalari va xorijiy firmalarga hamkorlar izlashda hamda amaliy munosabatlar va aloqalar o‘rnatishda ko‘maklashish;
— import-eksport kontraktlari tuzish va ularni bajarish bo‘yicha tashqi savdo, axborot, konsalting, marketing xizmatlari va boshqa xizmatlar ko‘rsatish;
— mamlakatimiz texnologiyasi, fani va ishlab chiqarishining eng yaxshi yutuqlarini reklama qilish va axborot bilan ta’minlash;
— mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilarining xalqaro ko‘rgazmalar va yarmarkalarda qatnashishini tashkil etish.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi Davlat sport qo‘mitasi bilan birgalikda:
— ikki hafta muddatda Beruniy ko‘chasida joylashgan “Alpomish” sport majmui qiymatini baholasin;
— “Alpomish” sport majmuini “O‘zsavdomarkaz” aksiyadorlik jamiyatining ustav fondiga Davlat mulki qo‘mitasining ulushi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Davlat sport qo‘mitasi balansidan “O‘zsavdomarkaz” aksiyadorlik jamiyati balansiga o‘tkazsin.
4. Toshkent shahar hokimligi tashkil etilayotgan Xalqaro yarmarka savdosi respublika markazi uchun yer uchastkasi ajratilishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi “Alpomish” sport majmuini “O‘zsavdomarkaz” aksiyadorlik jamiyati ustav fondi mablag‘lari, shuningdek mazkur qarorning 1b-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan ajratiladigan mablag‘lar hisobiga moliyalanadigan Xalqaro yarmarka savdosi respublika markaziga rekonstruksiya qilishni 1999-yilgi va keyingi yillardagi respublika investitsiya dasturiga belgilangan tartibda kiritsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi:
bir oy muddatda “O‘zsavdomarkaz” aksiyadorlik markazi ta’sis yig‘ilishi o‘tkazilishini tashkil etsin, boshqaruv organlarini shakllantirsin va ta’sis hujjatlarini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishga taqdim etsin;
muassislar bilan birgalikda qonun hujjatlariga muvofiq “O‘zsavdomarkaz” aksiyadorlik jamiyati aksiyalari chiqarilishini va e’lon qilingan aksiyalarning tarqatilishini ta’minlasin.
7. “Alpomish” sport majmui Xalqaro yarmarka savdosi respublika markazi sifatida o‘z vaqtida rekonstruksiya qilinishini ta’minlash maqsadida:
— Xalqaro yarmarka savdosi respublika markazi xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilayotgan yangidan qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan korxonalar toifasiga kiritilsin;
— “O‘zsavdomarkaz” aksiyadorlik jamiyati “Alpomish” sport majmuini Xalqaro yarmarka savdosi respublika markaziga rekonstruksiya qilish bo‘yicha Bosh buyurtmachi etib belgilansin;
— “Toshshaharloyiha” aksiyadorlik jamiyati bir oy muddatda “Alpomish” sport majmuini Xalqaro yarmarka savdosi respublika markaziga rekonstruksiya qilishning texnik-iqtisodiy hisob-kitobini tayyorlasin. “O‘zsavdomarkaz” aksiyadorlik jamiyati texnik-iqtisodiy hisob-kitobni belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazsin va tasdiqlasin, 3 oy muddatda loyiha-smeta va tender hujjatlarini ishlab chiqsin hamda “O‘zdavarxitektqurilish” qo‘mitasi bilan birgalikda pudratchini hamda materiallar va butlovchi materiallar yetkazib beruvchilarni aniqlash bo‘yicha tender o‘tkazsin;
— “O‘zsavdomarkaz” aksiyadorlik jamiyatiga, istisno tariqasida, loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda tasdiqlangungacha bo‘lgan davrda loyihalashtirishni va “Alpomish” sport majmuini ishchi chizmalar bo‘yicha Xalqaro yarmarka savdosi respublika markaziga rekonstruksiya qilishni bir paytda amalga oshirishga ruxsat berilsin.
9. O‘zbekiston Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi mahalliy va xalqaro aloqani tashkil etish uchun zarur miqdorda telefon raqamlari ajratilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari A.N. Isayev va V.A. Chjen zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 4-mart,
97-son