Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.12.2025
O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston SSJ Prezidentining “Toshkent moliya institutini tashkil etish to‘g‘risida” 1991-yil 13-maydagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent xalq xo‘jaligi institutining moliya fakulteti talabalari hozirgi vaqtda o‘qiyotgan Toshkent shahar, Uritskiy ko‘chasidagi bino moliya institutiga birkitilsin;
O‘zSSJ Iqtisodiyot qo‘mitasi Toshkent xalq xo‘jaligi institutining reja-iqtisodiyot fakulteti foydalanayotgan binoni vaqtinchalik foydalanish uchun olib bersin.
2. O‘zbekiston davlat banki SSJI davlat banki bilan SSJI davlat bankining Toshkent hisob-kredit texnikumini O‘zSSJ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga berish masalasini hal qilsin.
SSJI davlat bankining Toshkent hisob-kredit texnikumining 1991-yilgi qabul rejasi va sirtqi bo‘limida o‘qiyotganlar belgilangan tartibda SSJI davlat bankining Marg‘ilon hisob-kredit texnikumiga o‘tkazilsin. 1991-yilning 1-avgustigacha texnikum binosi yangi tashkil etilgan institut uchun to‘liq bo‘shatib berilsin.
3. O‘zbekiston SSJ Moliya vazirligi Butunittifoq moliya va bank xodimlari malakasini oshirish tarmoqlararo institutining O‘rta Osiyo bo‘limini Toshkent moliya institutiga berish masalasini belgilangan tartibda hal qilsin.
Shu bo‘limning negizida Toshkent hisob-kredit texnikumi 2-kursi o‘quvchilariga (185 kishi) tahsil olishni tugallashga, tugatilgan texnikumning zarur miqdordagi o‘qituvchilarini shu maqsadda jalb etishga ruxsat berilsin.
4. O‘zSSJ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bir oy muddat ichida Toshkent moliya institutining tuzilishini, Ustavini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, uni kerakli professor-o‘qituvchi kadrlar bilan to‘ldirsin, yillik rejalarda uning o‘quv-moddiy negizini rivojlantirishni nazarda tutsin.
5. O‘zSSJ Moliya vazirligi 1991-yilda Toshkent moliya institutini ta’minlash uchun O‘zSSJ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga qo‘shimcha mablag‘lar ajratsin.
6. Moliya instituti uchun yangi o‘quv kompleksini qurish maqsadida:
— Toshkent shahar ijroiya qo‘mitasi shu yilning 1-iyuligacha yer uchastkasi ajratsin;
— O‘zSSJ Iqtisodiyot qo‘mitasi, O‘zSSJ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “Toshkentboshqurilish” ishlarni 1991-yilda boshlab, kompleksni loyihalashtirish va qurishni amalga oshirsinlar.
Vazirlar Mahkamasi Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 3-iyun,
154-son