Norasmiy tarjima
OʻZBEKISTON SOVET SOTSIALISTIK JUMHURIYATI PREZIDENTINING
Farmoni
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTINI TASHKIL QILISH TOʻGʻRISIDA
Moliyaviy kadrlar tayyorlashni takomillashtirish, respublikaning moliya, bank, hisob-kredit muassasalari, boshqa korxonalari va tashkilotlarining ularga boʻlgan ehtiyojini yanada toʻlaroq taʼminlash maqsadida:
1. 1991-yil 1-iyundan boshlab SSSR Davlat bankining Toshkent hisob-kredit texnikumi, Toshkent xalq xoʻjaligi institutining “Moliya-kredit” va “Hisob-iqtisodiyot” fakultetlari negizida OʻzSSJ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Moliya instituti tashkil etilsin.
2. Oʻzbekiston SSJ Vazirlar Kengashi (oʻrtoq B.S. Xamidov) ushbu Farmonni amalga oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan tegishli qaror loyihasini tayyorlasin.
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Jumhuriyatining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 13-may,
PF-207-son