Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
AHOLI OʻRTASIDA MIKRONUTRIYENT YETISHMASLIGI PROFILAKTIKASI TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 25-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2010-yil 7-mayda maʼqullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi toʻgʻrisidagi qonunchilik
Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-noyabrdagi 260-sonli ““Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qarori.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
mikronutriyentlar — inson organizmining normal oʻsishi va rivojlanishi uchun zarur boʻlgan, oʻrnini boshqa narsa bosa olmaydigan oziq-ovqat moddalari (vitaminlar va mineral moddalar);
mikronutriyent yetishmasligi — inson organizmining oziq-ovqat bilan tushadigan mikronutriyentlar yetarli emasligi sababli kasalliklarning rivojlanishiga olib keladigan holati;
boyitilgan oziq-ovqat mahsuloti — ishlab chiqarilishi jarayonida mikronutriyentlar bilan boyitilgan (fortifikatsiya qilingan) oziq-ovqat mahsuloti;
mikronutriyentlar saplementatsiyasi — aholining muayyan guruhlari oʻrtasida mikronutriyentlarning dori vositalari tarzida profilaktik dozalarda qoʻllanilishi;
aholining muayyan guruhlari — mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi chora-tadbirlari amalga oshirilayotgan aholi guruhlari.
2-bob. Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi sohasining davlat tomonidan tartibga solinishi
4-modda. Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari
Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
aholini boyitilgan oziq-ovqat mahsuloti bilan taʼminlashga qaratilgan ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish;
boyitilgan oziq-ovqat mahsulotining va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun moʻljallangan vitamin-mineral aralashmalarning sifati hamda xavfsizligi ustidan davlat nazoratini taʼminlash;
boyitilgan oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqarilishini rivojlantirish;
oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun moʻljallangan vitamin-mineral aralashmalar ishlab chiqarilishini qoʻllab-quvvatlash;
mikronutriyentlar saplementatsiyasi;
aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasiga qaratilgan dasturlar amalga oshirilishini monitoring qilish va baholash;
mikronutriyent yetishmasligini aniqlovchi zamonaviy texnologiyalarni va uning profilaktikasi usullarini rivojlantirishda ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash;
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
5-modda. Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi sohasidagi davlat boshqaruvi
Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi sohasidagi davlat boshqaruvini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari amalga oshiradi.
Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi sohasidagi davlat boshqaruvi:
davlat boshqaruvi organlarining, shuningdek boyitilgan oziq-ovqat mahsuloti va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun moʻljallangan vitamin-mineral aralashmalar ishlab chiqaruvchilarning faoliyatini muvofiqlashtirib borishni;
boyitilgan oziq-ovqat mahsulotining va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun moʻljallangan vitamin-mineral aralashmalarning sifati hamda xavfsizligi ustidan davlat nazoratini amalga oshirishni;
boyitilgan oziq-ovqat mahsulotining va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun moʻljallangan vitamin-mineral aralashmalarning xavfsizligiga doir majburiy talablarga taalluqli texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar ishlab chiqishni, ishlarni tashkil etishni va ularni bajarishni taʼminlashni;
profilaktika va sanitariya-epidemiologiya tadbirlari oʻtkazilishini tashkil etishni oʻz ichiga oladi.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi sohasidagi davlat dasturlarining ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va amalga oshirilishini taʼminlaydi;
aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi masalalari boʻyicha davlat boshqaruvi organlarining faoliyatini muvofiqlashtirishni hamda unga rahbarlikni amalga oshiradi;
mikronutriyentlar bilan boyitilishi lozim boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari roʻyxatini tasdiqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(6-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Qonunning 12-moddasi.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi sohasida davlat sanitariya nazoratini amalga oshiradi;
aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
mikronutriyentlar bilan boyitilishi lozim boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari roʻyxatini aniqlaydi;
boyitilgan oziq-ovqat mahsulotining va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun moʻljallangan vitamin-mineral aralashmalarning xavfsizligiga doir majburiy talablarga taalluqli texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ishlarni tashkil etadi va ularning bajarilishini taʼminlaydi;
aholining mikronutriyentlar saplementatsiyasi oʻtkazilishi lozim boʻlgan muayyan guruhlarini aniqlaydi;
oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun mikronutriyentlarning normalari va tavsiya etiladigan darajalarini ishlab chiqadi;
mikronutriyentlar saplementatsiyasini tashkil etadi;
aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi boʻyicha sanitariya-gigiyena va tushuntirish ishlarini olib boradi;
aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasiga qaratilgan dasturlarning amalga oshirilishini monitoring qiladi va baholaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(7-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 714-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi toʻgʻrisida nizom.
8-modda. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi:
boyitilgan oziq-ovqat mahsulotini va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun moʻljallangan vitamin-mineral aralashmalarni ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning majburiy talablariga yuridik shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
boyitilgan oziq-ovqat mahsulotini va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun moʻljallangan vitamin-mineral aralashmalarni majburiy sertifikatlashtirish boʻyicha ishni tashkil etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(8-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida davlat nazorati departamenti toʻgʻrisidagi” nizom.
9-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi sohasidagi vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
(9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuniga asosan birinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
(9-modda ikkinchi qismning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organiga tasdiqlash uchun kiritadi hamda amalga oshiradi;
(9-modda ikkinchi qismning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi maqsadida tegishli davlat boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalarining hamda boyitilgan oziq-ovqat mahsuloti va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun moʻljallangan vitamin-mineral aralashmalar ishlab chiqaruvchilarning faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
boyitilgan oziq-ovqat mahsulotining va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun moʻljallangan vitamin-mineral aralashmalarning sifati hamda xavfsizligini va ularni saqlash sharoitlarini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar koʻradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(9-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni.
3-bob. Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi chora-tadbirlari
10-modda. Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasining turlari
Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasining quyidagi turlari amalga oshiriladi:
boyitilgan oziq-ovqat mahsulotiga boʻlgan ehtiyojni aniqlash va uni isteʼmol qilishni taʼminlash;
mikronutriyentlar saplementatsiyasi;
sanitariya-gigiyena va tushuntirish ishlari.
11-modda. Boyitilgan oziq-ovqat mahsulotini va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun moʻljallangan vitamin-mineral aralashmalarni ishlab chiqarish
Boyitilgan oziq-ovqat mahsulotini va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun moʻljallangan vitamin-mineral aralashmalarni ishlab chiqarish yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
12-modda. Boyitilgan oziq-ovqat mahsulotini va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun moʻljallangan vitamin-mineral aralashmalarni sertifikatlashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Boyitilgan oziq-ovqat mahsuloti va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun moʻljallangan vitamin-mineral aralashmalar qonunchilikda belgilangan tartibda majburiy sertifikatlashtirilishi lozim.
(12-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-sonli “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-apreldagi 122-sonli “Sertifikatlashtirish tartibotlarini va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori.
13-modda. Boyitilgan oziq-ovqat mahsulotini va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun moʻljallangan vitamin-mineral aralashmalarni oʻrash, tamgʻalash, tashish, saqlash, realizatsiya qilish va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish
Oldingi tahrirga qarang.
Boyitilgan oziq-ovqat mahsulotini va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun moʻljallangan vitamin-mineral aralashmalarni oʻrash, tamgʻalash, tashish, saqlash, realizatsiya qilish va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(13-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12, 13 va 15-moddalari.
14-modda. Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi sohasidagi reklama
Oldingi tahrirga qarang.
Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasiga qaratilgan notijorat yoʻsindagi reklama ijtimoiy reklama axborotidir. Ijtimoiy reklama axborotini tekinga tayyorlovchilar va tarqatuvchilar qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyozlardan foydalanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunining 20-moddasi.
Boyitilgan oziq-ovqat mahsulotining reklamasi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(14-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
15-modda. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(15-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16-modda. Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(16-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining VI-bobi.
Oldingi tahrirga qarang.
17-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(17-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
18-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2010-yil 8-iyundagi 112 (5027) - sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 7-iyun,
№ OʻRQ-251
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 23-son, 181-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)