Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 30.04.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA ISTEʼMOL TOVARLARI OLIB KELINIShINI TARTIBGA SOLISh TOʻGʻRISIDA” OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2002 YIL 11 IYuLDAGI PF–3105-SON FARMONIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasiga insonparvarlik yordami sifatida va begʻaraz texnikaviy yordam koʻrsatish uchun olib kelinayotgan tovarlarni bojxona orqali tezkor rasmiylashtirish maqsadida:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga isteʼmol tovarlari olib kelinishini tartibga solish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 11-iyuldagi PF-3105-son Farmoni ilovasining 2-bandiga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi oʻn kun muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birga:
amaldagi qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin;
idoralar oʻz normativ hujjatlarini mazkur Farmon qoidalariga muvofiq holga keltirishlarini taʼminlasin.
3. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 5-noyabr,
PF-3158-son
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining 2002-yil 5-noyabrdagi
PF-3158-son Farmoniga
ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi hududiga isteʼmol tovarlari olib kelinishini tartibga solish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 11-iyuldagi PF-3105-son Farmoni ilovasiga kiritiladigan qoʻshimchalar
“Oʻzbekiston Respublikasi hududiga isteʼmol tovarlari olib kelinishini tartibga solish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 11-iyuldagi PF-3105-son Farmoni ilovasining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2.‎ Insonparvarlik yordami sifatada va begʻaraz texnikaviy yordam koʻrsatish maqsadida olib kelinadigan tovarlar‎ Qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksiz soligʻi, bojxona poshlinasi, bojxonada rasmiylashtirish uchun yigʻim‎
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 10-11-son, 201-modda)