Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 05.01.2019
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING
buyrug‘i
NOTARIUSLAR TOMONIDAN NOTARIAL HARAKATLARNI AMALGA OShIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 20-mayda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2090-1]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-sonli “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3113, 04.01.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 5-maydagi PF-4216-sonli “O‘zbekiston Respublikasida notariat institutini yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 18-19-son, 137-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-avgustdagi 370-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 15-16-son, 138-modda) muvofiq buyuraman:
1. Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 2090, 2010-yil 30-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 13-son, 99-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) va Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni o‘n kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin.
4. Mazkur buyruq 2010-yil 1-iyundan boshlab kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Vazir R. MUHITDINOV
Toshkent sh.,
2010-yil 20-may,
92-mh-son
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘iga
ILOVA
Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Muqaddimadan “va xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
2. 1-bandning birinchi xatboshisi, 29-bandning birinchi xatboshisi, 178-bandning ikkinchi xatboshisi, 225—231-bandlar, 239-band, 241-bandning uchinchi xatboshisi, 252-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 254 va 256-bandlar, 275-bandning uchinchi xatboshisi, 280-band, 336 va 365-bandlardagi “davlat notariusi” va “Davlat notariusi” degan so‘zlar tegishlicha “notarius” va “Notarius” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. 2-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. 4-bandning beshinchi xatboshisidagi “Notarial idoradan” degan so‘zlar “Davlat notarial idorasidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5. 9-banddagi “notarial idora” va “notarial idoraga” degan so‘zlar tegishlicha “davlat notarial idorasi” va “davlat notarial idorasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
birinchi xatboshidan “yoki xususiy notariusning idorasida ishlovchi shaxslar” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidagi “notarial idorada” degan so‘zlar “davlat notarial idorasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
birinchi xatboshidagi “(tarif bo‘yicha haq)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin hamda “notarial idoraning” degan so‘zlar “davlat notarial idorasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “(tarif bo‘yicha haq)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
8. 27-bandning birinchi xatboshisidagi “notarial idoralarda” degan so‘zlar “davlat notarial idoralarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
9. 31-bandning birinchi xatboshisi, 94 va 130-bandlar, 153-bandning ikkinchi xatboshisi, 316-bandning ikkinchi xatboshisi va 347-banddagi “notarial idorada” va “Notarial idorada” degan so‘zlar tegishlicha “davlat notarial idorasida” va “Davlat notarial idorasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
birinchi xatboshidagi “Davlat notariusi” degan so‘zlar “Notarius” degan so‘z bilan almashtirilsin;
ikkinchi va uchinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
11. 42 va 43-bandlar, 45-bandning yigirma ikkinchi xatboshisi, 95-bandning yigirma birinchi xatboshisi, 107-bandning o‘ninchi xatboshisi, 112-bandning to‘rtinchi va oltinchi xatboshilari, 117-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi, 125-bandning o‘n beshinchi xatboshisi, 126, 303 va 313-bandlar, 316-bandning ikkinchi xatboshisi, 331 va 334-bandlardan “(tarif bo‘yicha haq)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
12. 46-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
birinchi xatboshidagi “davlat notariusi” degan so‘zlar “notarius” degan so‘z bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
14. 163-banddagi “notarial idora” degan so‘zlar “davlat notarial idorasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
15. 205-bandning ikkinchi xatboshisidagi “davlat notariusiga” degan so‘zlar “notariusga” degan so‘z bilan almashtirilsin.
16. 206-banddagi “davlat notariusiga” va “davlat notariusi” degan so‘zlar tegishlicha “notariusga” va “notarius” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
17. 228-bandning birinchi xatboshisi, 284 va 366-bandlar, 372-bandning birinchi xatboshisidagi “Davlat notariuslari” va “davlat notariuslari” degan so‘zlar tegishlicha “Notariuslar” va “notariuslar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
18. 229-bandning birinchi xatboshisi, 242-bandning birinchi xatboshisi va 334-banddagi “notarial idoraga” degan so‘zlar “davlat notarial idorasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
19. 282-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
birinchi xatboshidagi “Davlat notariuslari” degan so‘zlar “Notariuslar” degan so‘z bilan almashtirilsin hamda “shuningdek xususiy notariuslarning tegishli xabarnomalarini” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “Davlat notariusi” degan so‘zlar “Notarius” degan so‘z bilan almashtirilsin.
birinchi xatboshidagi “Davlat notariuslari” degan so‘zlar “Notariuslar” degan so‘z bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
22. 337-banddagi “davlat notariusining” degan so‘zlar “notariusning” degan so‘z bilan almashtirilsin.
23. 339-banddan “va xususiy notariusning” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
24. 367-banddagi “notarial idoraga” va “davlat notariusi” degan so‘zlar tegishlicha “davlat notarial idorasiga” va “notarius” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
25. 369-bandning birinchi xatboshisidagi va 370-banddagi “davlat notariuslari va xususiy notariuslar” degan so‘zlar “notariuslari” degan so‘z bilan almashtirilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 20-son, 160-modda)