Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 11.01.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “XOʻJALIK YuRITUVChI SUBYEKTLARNI TEKShIRIShNI TAShKIL QILIShNI TARTIBGA SOLISh TOʻGʻRISIDA” 1998 YIL 19 NOYABRDAGI PF-2114-SON FARMONIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5620-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 8-yanvardagi PQ-1257-son qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1998-yil 19-noyabrdagi PF-2114-son Farmoniga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 20-may,
PF-4219-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 20-maydagi PF-4219-son Farmoniga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1998-yil 19-noyabrdagi PF-2114-son Farmoniga kiritiladigan oʻzgartishlar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1998-yil 19-noyabrdagi PF-2114-son Farmonining 1-bandiga:
quyidagi mazmundagi oltinchi-yettinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“bozorlar, savdo komplekslarini, ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarini, shuningdek ularning hududida faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlarini tekshirish huquqi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan vakolatlar doirasida faqat davlat soliq xizmati organlariga beriladi;
davlat soliq xizmati organlari bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlarining tushumi toʻliqligi va hisobga olinishini, nazorat-kassa mashinalaridan, hisob-kitob terminallaridan foydalanishni, savdo va xizmat koʻrsatish qoidalariga rioya etilishini bozorlarda, savdo komplekslarida va ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi hamda ularning hududiy boʻlimlari boshliqlarining buyruqlari asosida, keyinchalik qisqa muddatli tekshiruv boshlangan kundan bir ish kuni mobaynida Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish respublika kengashi yoki uning tegishli hududiy komissiyasini xabardor qilgan holda qisqa muddatli tekshirishlarni oʻtkazish huquqiga ega”;
oltinchi xatboshi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 20-son, 150-modda)