Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 19.10.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TIBBIYoT AMALIYoTIDA QOʻLLAShGA RUXSAT ETILGAN TIBBIY BUYuMLARNING ROʻYXATINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 13-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2094]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2016-yil 29-iyundagi 59-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi tibbiyot amaliyotida qoʻllashga ruxsat etilgan tibbiy buyumlarning roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2094-1, 12.07.2016-y.) asosan 2016-yil 19-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 120-modda) 3-moddasiga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi tibbiyot amaliyotida qoʻllashga ruxsat etilgan tibbiy buyumlarning roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. IKROMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 22-mart,
81-son
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2010-yil 22-martdagi 81-son buyrugʻiga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi tibbiyot amaliyotida qoʻllashga ruxsat etilgan tibbiy buyumlarning
ROʻYXATI
I. Bogʻlov materiallari:
1. Tibbiy bintlar;
2. Tibbiy paxta;
3. Gipsli bintlar;
4. Gips-dokali bogʻlamlar;
5. Tibbiy doka;
6. Birinchi yordam bogʻlov xaltalari;
7. Tibbiy bogʻlagichlar;
8. Dokali tibbiy salfetkalar va qirqimlar;
9. Tibbiy niqoblar;
10. Turli tibbiy plastirlar;
11. Tibbiy yelimlar.
II. Tibbiyotda qoʻllaniladigan tikuv materiallari:
12. Soʻriladigan jarrohlik iplari (tabiiy va sintetik);
13. Soʻrilmaydigan jarrohlik iplari (ipakli, lavsanli, kapronli, polimerli, metall simli);
14. Jarrohlik iplari ignalari bilan.
III. Teshish, inyeksiya, transfuziya va soʻrib olish uchun ishlatiladigan buyumlar:
15. Bir marotaba qoʻllaniladigan inyeksion shpritslar;
16. Atravmatik, insulinli, inyeksion, ligaturali, epidural anesteziya uchun, spinalli, fistulali jarrohlik ignalar;
17. Infuzion, transfuzion sistemalar;
18. Infuzion eritmalarni saqlash uchun konteynerlar, qonni olish va saqlash uchun qopchalar;
19. Shprits-ruchkalar;
20. Periferik vena ichiga qoʻyiladigan, tomir ichiga qoʻyiladigan, kichik venalarga qoʻyish, qon quyish uchun moʻljallangan kateterlar;
21. Vena ichiga, kindikka, miya qorinchasini teshish uchun qoʻyiladigan kanyulalar;
22. Polimerli, rezinali zondlar;
23. Trubkalar, oʻtkazgichlar, liniyalar, transfuziya uchun steril filtrlar, uychalar, transdyuserlar, introdyuserlar;
24. Skarifikatorlar.
IV. Angiografiyada, angioplastikada, sunʼiy qon aylanishida ishlatiladigan buyumlar:
25. Oksigenatorlar, gemokonsentratorlar, stentlar, magistrallar, oʻtkazgichlar.
V. Stomatologiya va ortodontiya uchun buyumlar:
26. Qolip olish materiallari;
27. Stomatologiya plastmassalari, metallokeramika asosida plastmassa;
28. Metallsiz va metallkeramikali tish protezlari uchun farfor massalar;
29. Sunʼiy tishlar (plastmassali va farforli);
30. Borlar (olmosli, poʻlatli va qattiq qotishmali turbinali toʻgʻri va burchakli uchliklari uchun);
31. Stomatologiya toʻplamlari;
32. Stomatologiya yordamchi materiallari: mumlar, loklar, silliqlovchi materiallar, yongʻinga chidamli va ularni oʻrnini bosuvchi materiallar, protezlarni fiksatsiyasi uchun ishlatiladigan materiallar;
33. Metallokeramika, sementlar.
34. Abraziv buyumlar: disklar, toshlar, aylanalar, shtiftlar, matritsalar;
35. Plombalash materiallari;
36. Stomatologik qotishmalar;
37. Tibbiy gips.
VI. Oftalmologiya buyumlari:
38. Tashxis uchun oftalmologik shisha toʻplamlari;
39. Kontaktli, intraokulyarli linzalar;
40. Koʻzoynak gardishlari, linzalar, optik shishalar, linza toʻplamlari, koʻzoynaklar va oʻxshash optik buyumlar, koʻrish qobiliyatini toʻgʻrilash uchun buyumlar;
41. Yumshoq, qattiq linzalarni tozalash hamda saqlash uchun eritmalar va vositalar;
42. Koʻz qobiliyatini tekshirish uchun ishlatiladigan jadval, belgilar, skiasopik chizgichlar.
VII. Akusherlik va ginekologiya, urologiya uchun buyumlar:
43. Bir marotaba ishlatiladigan polimer qin koʻzgulari;
44. Bachadon halqalari;
45. Sitoshetkalar;
46. Urologik va siydik yoʻli uchun kateterlar;
47. Siydik haydash uchun kanyulalar;
48. Tugʻriqda ishlatiladigan bir marotabalik toʻplamlar;
49. Ginekologiya va ekstrakorporal urugʻlantirish uchun sarflanadigan materiallar.
VIII. Otorinolaringologiya uchun buyumlar:
50. Shaxsiy ingalyatorlar;
51. Quloq tiqinlari. Quloq bekitgichlari;
52. Burun aspiratorlari.
IX. Anesteziologiya va reanimatsiya uchun buyumlar:
53. Traxeal, endotraxeal, nafas yoʻli uchun, laringial, traxeotomik naylar;
54. Drenajlar, drenaj kateterlar;
55. Havo oʻtkazgichlar;
56. Stiletlar,oʻtkazgichlar;
57. Narkoz, nafas yoʻli uchun niqoblar (rezinali, lateksli va polimer materiallardan);
58. Sunʼiy nafas oldirish va sunʼiy nafas oldirish apparati uchun qopchalar;
59. Orqa miya, peridural, oʻtkazuvchi, mahalliy va boshqa turdagi anesteziya toʻplamlari;
60. Nafas yoʻli filtrlari;
61. Peridural, kindik, orqa miya va soʻrib olish uchun kateterlar.
X. Protezlar, implantantlar va qayta tiklash vositalari:
62. Ortopediya oyoq kiyimlari, davolash pataklari;
63. Ortopediya moslamalari: korsetlar, fiksatorlar, reklinatorlar, obturatorlar va boshqa buyumlar (qoʻltiqtayoqlar, tibbiyot hassalari);
64. Suyak osteosintezi uchun tashqi mahkamlash moslamalari, suyak usti kortikal va intramedullyar osteosintezi uchun metall mahkamlagichlar;
65. Suyak sinishini davolash uchun ishlatiladigan shinalar va moslamalar (immobilayzerlar, boʻyin yoqasi)
66. Elektrostimulyatorlar;
67. Tomirlar sunʼiy protezi va yamoqlar, yurak klapanlar, endoprotezlar, sut bezi protezi, qoʻl-oyoq aʼzo protezlari, jamlangan davolovchi-kosmetik vositalar;
68. Protezlash va implantantologiyada ishlatish uchun asbob-anjomlar va sarflanadigan materiallar.
XI. Sarflanadigan materiallar:
69. Dializ, plazmaferez, gemodializ, angiografiya uchun (dializatorlar, magistrallar, fistulalar, gemodializ kateterlar, naylar, oʻtkazgichlar, plazmofiltrlar, konsentratlar, gemokonsentratlar, dezinfektantlar).
XII. Tashhis qoʻyish uchun vositalar:
70. Auskultatsiya va perkussiya uchun qurilmalar (stetoskoplar, fonendoskoplar, perkussion bolgʻalar);
71. Peshona reflektorlari;
72. Tibbiy termometrlar;
73. Rentgenografiya va flyuorografiya plyonkalari;
74. Tibbiy plyonkalarni yorituvchi va mustahkamlovchi;
75. Biopsiya va punksiya uchun ignalar va moslamalar;
76. Ultratovush tekshiruvlar uchun gel.
XIII. Rezina, rezina matoli, lateksli, polimerli va boshqa tibbiy buyumlar:
77. Qoʻlqoplar;
78. Soʻrgʻich;
79. Boʻsh rezinali buyumlar (gryelkalar, muz uchun pufakchalar, sprinsovkalar);
80. Jgutlar;
81. Belbogʻlar, bandajlar;
82. Korrektorlar, fiksatorlar;
83. Tomirlar varikoz kengayishida ishlatiladigan kolgotkalar, paypoqlar;
84. Elastik bintlar.
XIV. Kontratseptivlar:
85. Spirallar, prezervativlar;
86. Homiladorlikdan saqlovchi qalpoqchalar.
XV. Tibbiy yordam koʻrsatish uchun buyumlar:
87. Dori qutilari, sanitar sumkalar (ichidagilar Oʻzbekiston Respublikasida qayd etilgan boʻlishi kerak);
88. Kislorod uchun ballonchalar va yostiqlar;
89. Resuskitatorlar;
90. Mexanik soʻrgʻichlar.
XVI. Kasallarni parvarishlash uchun buyumlar:
91. Taglik kleyonkalar;
92. Uchliklar;
93. Siydik qabul qilgichlar;
94. Tuvaklar;
95. Buyraksimon tibbiyot lotoklari;
96. Tibbiy pipetkalar;
97. Tibbiy bankalar;
98. Sut soʻrgʻichlar;
99. Najas qabul qilgichlar.
XVII. in vitro tashhis buyumlari:
Tashhis qoʻyish toʻplamlari, reagentlar va boshqa laboratoriya tashhis vositalari
100. Immunologik tashhis uchun reagentlar toʻplami;
101. Serologik tashhis uchun reagentlar toʻplami;
102. Biokimyoviy tashhis uchun reagentlar toʻplami;
103. Gemostoz sistemasini baholash uchun reagentlar toʻplami;
104. Polimeraz-zanjirli reaksiya tahlil tashhisi uchun reagentlar toʻplami;
105. Ekspress-testlar, indikatorli sistemalar;
106. Yopiq turdagi analizatorlarga reagentlar;
107. Referens-materiallar;
108. Ozuqa muhitlari, hujayralarni ekishda ishlatiladigan eritmalar va oʻstiruvchi omillar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 14-15-son, 118-modda)