Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 25.03.2013
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA OLIB KIRIShDA IMPORT BOJXONA BOJI VA QOʻShILGAN QIYMAT SOLIGʻIDAN OZOD QILINADIGAN TEXNOLOGIK JIHOZLAR, BUTLOVChI BUYuM VA EHTIYOT QISMLAR ROʻYXATIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 13-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1802-3]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 15-fevraldagi 21, 16, 3, 01-02/8-44-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik jihozlar roʻyxatini tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2436, 20.03.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2007-yil 14-martdagi PF-3860-sonli Farmonining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 11-son, 96-modda) 5-bandiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2008-yil 2-maydagi 52, 46, EG-01/19-2784, 01-02/8-38-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik jihozlar, butlovchi buyum va ehtiyot qismlar roʻyxatiga (roʻyxat raqami 1802, 2008-yil 3-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 19-son, 163-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Iqtisodiyot vaziri S. BEKENOV
Toshkent sh.,
2010-yil 24-mart,
54-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 24-mart,
25-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 24-mart,
EG-01/10-1463-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2010-yil 24-mart,
01-02/8-6-son
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2010-yil 24-martdagi 54, 25, EG-01/10-1463, 01-02/8-6-sonli qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik jihozlar, butlovchi buyum va ehtiyot qismlar Roʻyxatiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 24-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

24.‎

8426 11 000 0 — 8426 19 000 0,
‎8426 20 000 0 (yuk koʻtarish qobiliyati 8 tn. gacha boʻlgan minorali kranlardan tashqari),
‎8426 30 000 0 — 8426 99 000 0 ‎

Kema derrik-kranlar; koʻtarish kranlari, shu jumladan kabel-kranlar; harakatlanadigan koʻtarma fermalar, portalli yuk ortuvchilar va yuk koʻtarish krani bilan jihozlangan aravachalar‎
2. 81-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

81.‎

8704 10,
‎8704 21 100 0,
‎8704 22 100 0,
‎8704 23 100 0,
‎8704 23 910 1,
‎8704 23 910 2,
‎8704 23 910 4,
‎8704 31 100 0,
‎8704 32 100 0
‎Yevro 3 va undan ortiq standartlarga mos keladigan, 8705 (yuk koʻtarish qobiliyati 25 tn. gacha boʻlgan avtokranlardan tashqari TIF TN kodi 8705 10 009 0)
‎Yevro 2 va undan ortiq standartlarga mos keladigan ‎

Yuk tashish va maxsus maqsadlarga moʻljallangan motorli transport vositalari‎

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 14-15-son, 119-modda)