|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.09.2020
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
VAKOLATLI BANKLAR TOMONIDAN NOREZIDENTLARNING O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY VALYUTASIDAGI HISOBVARAQLARINI YURITISh TARTIBIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChA KIRITISh TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 4-fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 510-2]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 29-avgustdagi 18/5-sonli “O‘zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3281, 31.08.2020-y.) asosan 2020-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 12-son, 247-modda), “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi (yangi tahrirda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, 1-2-son, 6-modda) qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1998-yil 5-sentabrda 231-son bilan tasdiqlangan “Vakolatli banklar tomonidan norezidentlarning O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi hisobvaraqlarini yuritish tartibi”ga (ro‘yxat raqami 510, 1998-yil 22-oktabr) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi v.v.b. Q. ROFIYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 26-dekabr,
38/11-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 5-son, 47-modda)