|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.04.2013
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI RAYoSATINING
Qarori
EKSPERT KENGAShI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 20-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 263-2]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2013-yil 31-yanvardagi 195/5-sonli “Ekspert kengashi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2443, 25.03.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-sentabrdagi 421-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1992-y., 9-son, 28-modda) asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi:
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Rais v.b. K. SULTONOV
Toshkent sh.,
2009-yil 24-dekabr,
160/14-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2009-yil 24-dekabrdagi 160/14-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Ekspert kengashi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-bandning ikkinchi va uchinchi jumlalari chiqarib tashlansin.
2. 2-bandning “b” kichik bandidagi va 3-bandning “e” kichik bandidagi “ilmiy xodimlar ixtisosliklari nomenklaturasini” degan soʻzlar “oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari roʻyxatini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 4-bandda:
“v” kichik bandi “ilmiy daraja talabgorlarini” degan soʻzlardan oldin “zarur boʻlganda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
“g” kichik bandi “oʻz majlislarida” degan soʻzlardan keyin “vazirlik va idoralarning vakillarini taklif qilgan holda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
“j” kichik bandi “fan sohalari boʻyicha” degan soʻzlardan keyin “OAK xodimlari bilan birgalikda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
4. 5-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ekspert kengashlari raislari va aʼzolari oliy oʻquv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlari va muassasalari, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar koʻrsatgan nomzodlarni inobatga olgan holda OAK rahbariyati tavsiyasiga asosan OAK Rayosati tomonidan tasdiqlanadi”.
5. 8-bandning toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ekspert kengashida koʻrib chiqilgan attestatsiya ishlari va ular yuzasidan ekspert kengashining qarorlari OAK Rayosati majlisida Bosh ilmiy kotib va ekspert kengashi raisi (rais oʻrinbosari) tomonidan taqdim etiladi”.
6. 15-band “Oʻzbekiston” degan soʻzdan keyin “Respublikasi” degan soʻz bilan toʻldirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 3-4-son, 22-modda)