

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.02.2021
                            </div>
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1580246" id="onLBC-1580246">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC9390"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.10.00 Iqtisodiy islohotlar  sohasida davlat boshqaruvi]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-1580246" id="onLS-1580246">[<b>TSZ:</b><div id="LS3730"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Umumiy masalalar]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-1580281" id="-1580281">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1580282" id="-1580282">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-1580284" id="-1580284">1998 YIL I ChORAGIDA IQTISODIY ISLOHOTLAR USTUVOR YOʻNALIShLARINING AMALGA OShIRILIShI VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRILIShI TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1580285" id="-1580285"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-5351261" id="-5351261">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi <a href="/acts/-5300195?ONDATE=22.02.2021 00#-5301495">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1580290" id="-1580290">Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, 1998-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy ustuvor yoʻnalishlarini hamda Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini bajarishga doir amalga oshirilgan ishlar makroiqtisodiy barqarorlikka va iqtisodiy oʻsishga yordam berdi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1580292" id="-1580292">Yalpi ichki mahsulot oʻtgan yilning tegishli davridagiga nisbatan 103,3 foizga, sanoat mahsulotlari — 104,3 foizga, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari — 103,4 foizga, chakana tovar oboroti — 117,1 foizga, xizmatlar koʻrsatish — 113,2 foizga koʻpaydi. Iqtisodiyotga jalb qilingan investitsiyalar hajmi 3,5 foizga oʻsdi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1580293" id="-1580293">Inflatsiyaning oʻrtacha oylik surʼatlari oʻtgan yilning I choragidagi 5,7 foizdan 2,4 foizgacha pasaydi. Aholining oʻrtacha jon boshi hisobiga real pul daromadlari koʻpaydi. Umumiy xarajatlarning 2,3 foizi miqdoridagi ortiqcha naqd pullarning muomaladan chiqarilishi taʼminlandi. Davlat budjeti daromad qismining bajarilishi prognozga nisbatan 101,5 foizni tashkil qildi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1580295" id="-1580295">Biroq, shartnoma va toʻlov intizomini mustahkamlash, korxonalarni tarkibiy oʻzgartirish, ularni sanatsiya qilish va zarar koʻrib ishlayotgan korxonalarni tugatish boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlarga qaramay, zarar koʻrib ishlayotgan korxonalar soni Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzsuvqurilish” davlat konserni, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi tizimida koʻpaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1580296" id="-1580296">Omborlarda tayyor mahsulotlar qoldiqlari miqdorining koʻpligi, toʻlov muddati oʻtib ketgan debitorlik va kreditorlik qarzlarining koʻpayishi korxonalarning moliyaviy ahvolini qiyinlashtirmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1580297" id="-1580297">Pudratchi qurilish tashkilotlarida islohotlarning sust borayotganligi, loyiha-smeta hujjatlarining va mablagʻ bilan taʼminlashning aniq manbalari yoʻqligi tufayli investitsiya dasturi qoloqlik bilan amalga oshirilmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1580298" id="-1580298">Iqtisodiyotni rivojlantirishning tasdiqlangan ustuvorliklarini soʻzsiz bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1580300" id="-1580300">1. Qayd etilsinki, vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, korporatsiyalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan korxonalarni moliyaviy barqarorlashtirish, zarar koʻrib ishlayotgan va istiqbolsiz korxonalarni tugatish, qimmatli qogʻozlar bozori imkoniyatlarini ishga solish, xalq xoʻjaligining eng muhim obyektlari qurilishi surʼatlarini jadallashtirish yuzasidan keng koʻlamli chora-tadbirlar koʻrilmadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1580303" id="-1580303">Ular zimmasiga oʻn kun muddatda omborlardagi tayyor mahsulotlar qoldiqlari koʻpayayotganligi sabablarini oʻz joyida har qaysi korxona boʻyicha aniqlab chiqish yuklansin. Ichki va tashqi bozorlarda xaridorlar, sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish hisobiga ishlab chiqarish imkoniyatlari samaradorligini oshirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1580310" id="-1580310">2. Bosh vazir oʻrinbosari V.A.Chjenning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 31-martdagi <a href="/acts/-168948">PF-1740-son</a>, 1998-yil 4-martdagi <a href="/acts/-210990">PF-1939-son</a> farmonlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq. koʻpgina vazirliklar va idoralarda xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalari paketlarini “Vaqt” milliy depozitariysida roʻyxatdan oʻtkazgan holda qayta taqsimlash ishlari tugallanganligi, erkin sotuvga hamda xorijiy investorlarga sotish uchun aksiyalar paketlarini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratilganligi toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1580312" id="-1580312">Jizzax (Mirziyoyev) va Toshkent (Roʻziyev) viloyatlari hokimlari, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi (Olimjonov) va “Oʻzagrokimyotaʼminot” birlashmasi (Hoshimov) raislari aksiyalar paketlari tarkibini oʻzgartirishni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 5-martdagi 96-son <a href="/acts/-761444">qarorida </a>belgilangan muddatlarda oʻtkazish yuzasidan shaxsan javobgar ekanliklari toʻgʻrisida ogohlantirilsinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1580315" id="-1580315">3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi uyushmalar, kompaniyalar, konsernlar va korporatsiyalar bilan birgalikda xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarini dastlabki sotishni jadallashtirish maqsadida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1580317" id="-1580317">aksiyalari tender asosida sotilishi kerak boʻlgan korxonalar roʻyxatini bir oy muddatda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin va Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 18-avgustdagi 404-son <a href="/acts/-563515">qarori </a>bilan belgilangan tartibga muvofiq, tendyerlarning muntazam ravishda oʻtkazilishini tashkil etsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1580323" id="-1580323">tasdiqlangan emissiya prospektlariga muvofiq aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalari paketlarining 1998-yil oxirigacha joylashtirilishni taʼminlash boʻyicha tarmoq dasturlarini ikki hafta muddatda ishlab chiqsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1580325" id="-1580325">4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Oliy xoʻjalik sudi tomonidan 126 ta iqtisodiy nochor korxonalarni tugatish jadvali ishlab chiqilganligi va tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1580326" id="-1580326">Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Iqtisodiy nochor korxonalarni qayta roʻyxatdan oʻtkazish respublika komissiyasiga zarar koʻrib ishlayotgan va istiqbolsiz har bir korxona boʻyicha ularni qayta ixtisoslashtirish, tarkibiy oʻzgartirish, sanatsiya qilish yoki tugatish chora-tadbirlari dasturini bir oy muddatda taqdim etsinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1580328" id="-1580328">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Oliy xoʻjalik sudi vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qayta roʻyxatdan oʻtkazish yakunlari boʻyicha yangidan aniqlangan nochor korxonalarni tugatish jadvalini oʻn kun muddatda ishlab chiqsinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1580329" id="-1580329">5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va mahalliy hokimiyat organlarining eʼtibori tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning soliq solish bilan toʻliq qamrab olinishini taʼminlash boʻyicha ishlarning yetarli emasligiga qaratilsin, mahalliy hokimiyat organlari rahbarlarining Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslardan soliqlar va yigʻimlarni undirishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1997-yil 23-oktabrdagi 483-son <a href="/acts/-582649">qarorining </a>bajarilishi uchun shaxsan javobgarliklari belgilab qoʻyilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1580330" id="-1580330">6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi, Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi hamda Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan birgalikda “Bankrotlik toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/acts/-955375">Qonunining </a>yangi tahrirdagi loyihasini ikki oy muddatda ishlab chiqsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1580331" id="-1580331">7. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi vazirliklar, korporatsiyalar, uyushmalar, boshqa birlashmalar va hokimliklar bilan birgalikda loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilmagan, mablagʻ bilan taʼminlash manbalari mutlaqo yoʻq yoki yetarli boʻlmagan obyektlarni 1 yarim yillik yakunlari boʻyicha koʻrib chiqsin va ularni 1998-yilgi investitsiya dasturidan chiqarish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1580332" id="-1580332">8. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi, “Oʻzfarmsanoat” davlat konserni, “Qorakoʻl” uyushmasi, “Koʻmir” aksiyadorlik jamiyati rahbarlariga mahsulotni eksport qilish prognozini bajarishga kirishmaganliklari, shuningdek “Oʻzkimyosanoat”, “Oʻzavtosanoat”, “Yogʻmoytamakisanoat” uyushmalari, “Oʻzikkilamchiranglimetall” aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzmetkombinat” aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasi, “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi, “Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyati rahbarlariga eksportga mahsulot yetkazib berishda qoloqlikka yoʻl qoʻyilganligi koʻrsatib oʻtilsin. Ularga Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda mahsulotni eksportga joʻnatish va valyuta tushumlarining bir qismini majburiy sotish yuzasidan topshiriqlarni bajarishning oylar boʻyicha jadvalini I chorakda yoʻl qoʻyilgan qoloqlik oʻrnini toʻldirishni hisobga olgan holda bir hafta muddatda ishlab chiqish yuklatilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1580333" id="-1580333">9. Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari, Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish dasturida nazarda tutilgan obyektlarni qurish va foydalanishga topshirish uchun yetarli chora-tadbirlar koʻrmayotganliklari qayd etilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1580334" id="-1580334">Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda Dasturda belgilangan topshiriqlarning, shu jumladan, korxonalar mablagʻlari hisobiga ijtimoiy obyektlarni qurish topshiriqlarining bajarilishi yuzasidan amaliy chora-tadbirlar koʻrsinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1580335" id="-1580335">10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining eʼtibori “Mahalliy sanoat” hududiy ishlab chiqarish-savdo aksiyadorlik kompaniyalarining va aholiga maishiy xizmat koʻrsatish uyushmalarining mahalliy mehnat va moddiy resurslardan eng koʻp foydalanishni hisobga olgan holda ularni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha faoliyatlari yetarli darajada muvofiqlashtirib borilmayotganligiga qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1580336" id="-1580336">Vazirlar Mahkamasining Isteʼmol bozori kompleksi (Usmonov M.Z.) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 1998 — 2000-yillarda mahalliy sanoatni rivojlantirishning hududiy dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1580337" id="-1580337">11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1580510" id="-1580510">Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1580511" id="-1580511">Toshkent sh., </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1580512" id="-1580512">1998-yil 4-may,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-1580513" id="-1580513">190-son</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
