

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1561591" id="onLBC-1561591">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC9113"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.32.00 (Кучини йукотган) Malaka oshirish. Qayta tayyorlash;</span></div><div id="LBC7373"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.04 Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-1561591" id="onLS-1561591">[<b>TSZ:</b><div id="LS3700"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]</span></div></div></div><div class="OFFICIAL_SOUR_TEXT"><label id="s9496"></label><div name="-1561610" id="-1561610"><a href="/files/-1565956.pdf">PDF-faylidagi rasmiy manba</a></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-1561605" id="-1561605">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1561606" id="-1561606">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-1561608" id="-1561608">TIBBIYOT XODIMLARI MALAKASINI OShIRISh VA ULARNI QAYTA TAYYORLASh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1561615" id="-1561615"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561617" id="-1561617">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 2-oktabrdagi PQ-700-son <a href="/acts/-1255112">qarorini</a> bajarish yuzasidan, diagnostika va bemorlarni davolashning yuqori texnologik usullarini oʻzlashtirishga, tibbiyot xodimlarining kasb darajasini doimiy oshirib borishga yoʻnaltirilgan tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561631" id="-1561631">1. Quyidagilar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561634" id="-1561634">Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom <a href="/acts/-1561591#-1561665">1-ilovaga </a>muvofiq;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561639" id="-1561639">Klinik ordinatura toʻgʻrisidagi Nizom <a href="/acts/-1561591#-1561955">2-ilovaga </a>muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561636" id="-1561636">2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561642" id="-1561642">ikki hafta muddatda Tibbiyot taʼlim muassasalarining klinik bazalari toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlasin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561644" id="-1561644">oliy taʼlim muassasalari, ixtisoslashtirilgan va ilmiy-amaliy markazlar, ilmiy-tadqiqot institutlarining kadrlar salohiyatidan va moddiy-texnika bazasidan foydalanishni hisobga olgan holda tibbiyot xodimlari malakasini oshirishni, shuningdek vrachlarning kasb darajasini takomillashtirishni taʼminlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561648" id="-1561648">3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ushbu qarorda belgilangan tadbirlarni bajarish bilan bogʻliq xarajatlarni Davlat budjetining har yilgi parametrlarida ushbu maqsadlar uchun nazarda tutiladigan mablagʻlar, shuningdek budjetdan tashqari mablagʻlar, shu jumladan pulli-kontrakt asosida tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashdan tushadigan mablagʻlar, homiylarning mablagʻlari va xorijiy grantlar doirasida amalga oshirsinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561651" id="-1561651">4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. </div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1561654" id="-1561654">Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1561657" id="-1561657">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1561660" id="-1561660">2009-yil 18-dekabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-1561661" id="-1561661">319-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1561665" id="-1561665"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-1561669" id="-1561669">Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-dekabrdagi 319-son <a href="/acts/-1561591">qaroriga<br /></a> 1-ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-1561670" id="-1561670">Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1561673" id="-1561673"><strong>NIZOM</strong></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1561952" id="-1561952"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1561697" id="-1561697">I. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561699" id="-1561699">1. Ushbu Nizom tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibini belgilaydi hamda ularning uzluksiz kasbiy taʼlimini taʼminlashga yoʻnaltirilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561701" id="-1561701">2. Fuqarolarning malakali tibbiy yordam olishga boʻlgan konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlash, shuningdek mijozning ehtiyojlarini yanada toʻliq qondirish maqsadida tibbiyot xodimlari (vrachlar, farmatsevtika xodimlari, oʻrta tibbiyot va oʻrta farmatsevtika kadrlari) oʻz malakasi va kasbiy darajasini muntazam ravishda oshirib borishlari shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561714" id="-1561714">3. Tibbiyot xodimlari oʻzlarining asosiy mutaxassisligi bazasida malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab qiladigan ikkinchi va undan ortiq (noixtisosli), yoxud qoʻshimcha tor mutaxassislikka ega boʻlishlari mumkin. Malaka oshirish va qayta tayyorlash amalga oshiriladigan vrachlar (asosiy va qoʻshimcha), farmatsevtika, oʻrta tibbiyot va oʻrta farmatsevtika mutaxassisliklari nomenklaturasi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561720" id="-1561720">4. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan va boshqa davlatlarda oliy tibbiyot taʼlim muassasalarini tamomlagan tibbiyot xodimlari bazaviy oliy yoxud oʻrta maxsus, kasb-hunar tibbiyot taʼlimi toʻgʻrisidagi hujjatini belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan oʻtkazgandan soʻng malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida oʻqishga qoʻyiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561731" id="-1561731">5. Xorijiy fuqarolarning tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimida oʻqishi toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561748" id="-1561748">6. Davolash-profilaktika muassasalariga ega boʻlgan boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tibbiyot xodimlarining oʻqishi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561750" id="-1561750">7. Taʼlim jarayonini metodik taʼminlash, tibbiyot xodimlarining, shu jumladan davolash-profilaktika muassasalari rahbarlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash muddatlari, shuningdek mavjud mutaxassislikka bogʻliq ravishda qayta tayyorlashga qoʻyiladigan mutaxassisliklar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1561751" id="-1561751">II. Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimining tuzilmasi va uni boshqarish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561752" id="-1561752">8. Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimining tuzilmasi va uni boshqarish:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561753" id="-1561753">tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash sifati, oʻquv jarayoniga yangi texnologiyalarni (taʼlim, tibbiy, axborot texnologiyalari va boshqa texnologiyalarni) joriy etish darajasi monitoringini olib borish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561754" id="-1561754">tibbiyot va farmatsevtika oliy taʼlim muassasalari, yetakchi davolash-profilaktika muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari (keyingi oʻrinlarda ITI deb ataladi), ixtisoslashtirilgan va ilmiy-amaliy markazlar (keyingi oʻrinlarda markazlar deb ataladi) va boshqa tashkilotlarning kadrlar salohiyatidan va moddiy-texnika bazasidan foydalanish yoʻli bilan amaliy sogʻliqni saqlash uchun mutaxassislarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash imkoniyatlarini kengaytirish tamoyillariga asoslanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561755" id="-1561755">9. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, tibbiyot xodimlarining malakasini oshiradigan va ularni qayta tayyorlaydigan sogʻliqni saqlash muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini koʻradi, tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish mexanizmi va uslublarini belgilaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561756" id="-1561756">10. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, sogʻliqni saqlashni boshqarish hududiy organlari, tasarrufida davolash-profilaktika muassasalari mavjud boʻlgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar, sogʻliqni saqlashning xususiy tizimida ishlayotgan yuridik va jismoniy shaxslar malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida tibbiyot xodimlarini oʻqitishning buyurtmachisi hisoblanadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561757" id="-1561757">11. Sogʻliqni saqlashni boshqarish hududiy organlari idoraviy mansub muassasalar barcha nomenklaturasining tibbiyot xodimlari malakasini oshirish bilan toʻliq qamrab olinishi va oʻz vaqtida malaka oshirishi uchun masʼuldirlar, ular oʻqishi kerak boʻlgan tibbiyot xodimlari kontingentini shakllantiradilar va mavjud ehtiyojni belgilaydilar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561758" id="-1561758">12. Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti (keyingi oʻrinlarda ToshVMOI deb ataladi) vrach kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimining bazaviy uslubiy markazi hisoblanadi, u ilmiy-uslubiy asoslarni, oʻquv-uslubiy hujjatlarni va vrach kadrlar malakasini oshiradigan va ularni qayta tayyorlaydigan sogʻliqni saqlash muassasalarida taʼlim jarayonini yagonalashtirish mexanizmlarini ishlab chiqadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561760" id="-1561760">ToshVMOI Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, sogʻliqni saqlashni boshqarish hududiy organlari, respublika davolash-profilaktika muassasalari, tasarrufida davolash-profilaktika muassasalari mavjud boʻlgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning, sogʻliqni saqlashning xususiy sektorida ishlayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning buyurtmanomalari asosida kontingentning istiqbolli rejasini belgilaydi, kurslarni oʻtkazish rejasini tuzadi, ularni oʻtkazish joyi, malaka oshirish va qayta tayyorlash turi va shakllarini aniqlaydi, vrach kadrlarni hamkorlikda oʻqitish uchun oliy tibbiyot taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlari bilan shartnomalar tuzadi, oʻquv rejalari va taʼlim dasturlarining mazmuni boʻyicha tavsiyalar tayyorlaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561761" id="-1561761">13. Toshkent Farmatsevtika tibbiyot instituti (keyingi oʻrinlarda ToshFarTI deb ataladi) farmatsevtika kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimining bazaviy uslubiy markazi hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561763" id="-1561763">ToshFarTI sogʻliqni saqlashni boshqarish hududiy organlari, respublika davolash-profilaktika muassasalari, xususiy dorixona muassasalari, farmatsevtika ishlab chiqarishlarining buyurtmanomalari asosida kontingentning istiqbolli rejasini belgilaydi, kurslarni oʻtkazish rejasini tuzadi, ularni oʻtkazish joyi, malaka oshirish va qayta tayyorlash turi va shakllarini aniqlaydi, oʻquv rejalari va taʼlim dasturlarining mazmuni boʻyicha tavsiyalar tayyorlaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561764" id="-1561764">14. Respublika oʻrta tibbiyot va dorishunos xodimlar malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi oʻrta tibbiyot va oʻrta farmatsevtika kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimining tayanch uslubiy markazi hisoblanadi, u hududiy boʻlinmalarga uslubiy rahbarlik qiladi, ilmiy-uslubiy asoslarni, oʻquv-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561765" id="-1561765">Respublika oʻrta tibbiyot va dorishunos xodimlar malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi oʻzining hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda sogʻliqni saqlashni boshqarish hududiy organlari buyurtmanomalari asosida kontingentning istiqbolli rejasini belgilaydi, kurslarni oʻtkazish rejasini tuzadi, ularni oʻtkazish joyi, malaka oshirish va qayta tayyorlashning turi va shakllarini aniqlaydi, oʻquv rejalari va taʼlim dasturlari mazmuni boʻyicha tavsiyalar tayyorlaydi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5492887" id="edi-5492887"><a href="/acts/-1561591?ONDATE=18.12.2009 00#-1561766">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5492887" id="-5492887"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5492888" id="-5492888">15. Malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida tibbiyot xodimlarini, shu jumladan xususiy tibbiyot muassasalari va xalqaro tashkilotlar ishtirokida oʻqitish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan davlat taʼlim talablariga muvofiq tibbiyot taʼlim dasturlari asosida amalga oshiriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5492889" id="-5492889">(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli <a href="/acts/-5443524?ONDATE=04.06.2021 00#-5446379">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561768" id="-1561768">16. Malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimi uchun tibbiyot taʼlim dasturlarini tasdiqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561769" id="-1561769">17. Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni amalga oshiradigan tibbiyot oliy taʼlim muassasalari, yetakchi davolash-profilaktika muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561771" id="-1561771">ilm-fanning tibbiy amaliyot bilan aloqasini taʼminlaydilar, ilgʻor tibbiyot texnologiyalari sohasidagi ilmiy tadqiqotlar natijalarining malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimi taʼlim jarayoniga oʻz vaqtida joriy etilishi mexanizmini amalga oshiradilar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561806" id="-1561806">tegishli ravishda ToshVMOI, ToshFarTI, Respublika oʻrta tibbiyot va dorishunos xodimlar malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi bilan birgalikda tabaqalashtirilgan oʻquv rejalari va taʼlim dasturlarini (shu jumladan masofadan turib oʻqitish uchun), shuningdek tanqidiy va ijodiy tafakkurni rivojlantirishga hamda oʻz bilimini mustaqil oshirishni ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilgan oʻqitishning ilgʻor uslublaridan va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda profil mutaxassisliklar boʻyicha malaka oshirish va qayta tayyorlash jarayonini amalga oshirish uchun tarqatma materialni ishlab chiqadilar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561807" id="-1561807">zamonaviy davolash-diagnostika yondashuvlari, yuqori tibbiyot va farmatsevtika texnologiyalarini qoʻllash sohasidagi xorijiy tajribani umumlashtiradilar va joriy etadilar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561808" id="-1561808">tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashning zarur darajada tashkil etilishi va amalga oshirilishi uchun javob beradilar. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1561809" id="-1561809">III. Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash turlari va shakllari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561810" id="-1561810">18. Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish asosiy yoki turdosh mutaxassisliklar boʻyicha oʻqitish yoʻli bilan amalga oshiriladi va mutaxassisning kasb darajasi va kasb layoqatini muntazam ravishda oshirishga, kasbiy bilim va koʻnikmalarini chuqurlashtirish va yangilashga, yangi tibbiyot texnologiyalarini oʻzlashtirishga yoʻnaltirilgan. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561811" id="-1561811">19. Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish bevosita (taʼlim dasturlari boʻyicha oʻqitish) va bilvosita (qoidaga koʻra, taʼlim dasturlarisiz oʻqitish) shakllari boʻyicha oʻtkaziladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561812" id="-1561812">Bevosita shakllar malakani umumiy va mavzuli oshirishni (takomillashtirishni) oʻz ichiga oladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561813" id="-1561813">Bilvosita shakllar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561814" id="-1561814">stajirovka (ish joyiga xizmat safariga yuborish);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561815" id="-1561815">masofadan turib amalga oshiriladigan taʼlim;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561816" id="-1561816">oʻz bilimini mustaqil oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561817" id="-1561817">tajriba almashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561818" id="-1561818">mutaxassislarning seminar, syezd va konferensiyalarda qatnashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561819" id="-1561819">axborot texnologiyalarini oʻzlashtirish kurslarida oʻqish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561829" id="-1561829">20. Malakani umumiy oshirish tibbiyot xodimlari sogʻliqni saqlash muassasalarida lavozimni egallab turgan mutaxassislikka muvofiq amalga oshiriladi. Ishlab turgan mutaxassislarni asosiy ishidan ajralgan holda umumiy malaka oshirishga jalb etish quyidagi maqsadlarni koʻzlaydi: nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalarni chuqurlashtirish va yangilash, zamonaviy tibbiyotning dolzarb muammolari, sogʻliqni saqlashni tashkil etishning yangi tamoyillari, diagnostika va kasalliklar profilaktikasining zamonaviy uslublari, dalillarga asoslangan tibbiyot tamoyillariga asoslangan kasalliklarni davolash standartlari va protokollari bilan tanishish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561835" id="-1561835">Oʻqitish bir yoki bir necha davolash muassasalari bazasida muayyan mutaxassislik boʻyicha turkum mashgʻulotlar shaklida (kun mobaynida boshqa fanlarni oʻrganishga chalgʻitmasdan) amalga oshiriladi. Umumiy malaka oshirish sikllarida oʻqishga oliy tibbiy yoki oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlim muassasalarini tamomlagan va tegishli mutaxassisliklar boʻyicha tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassislar qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561836" id="-1561836">Umumiy malaka oshirish sikllarida shuningdek notibbiyot taʼlimiga ega boʻlgan, biroq tibbiyot mutaxassisliklari boʻyicha ishlashga qoʻyilgan mutaxassislar ham malaka oshirishlari mumkin. Umumiy malaka oshirish sikllari, qoidaga koʻra, mutaxassislik boʻyicha ish staji kamida 3 — 5 yil boʻlgan tibbiyot xodimlari uchun tashkil etiladi (lavozimda boʻlishining birinchi yilida sogʻliqni saqlashni tashkil etish boʻyicha malaka oshirishdan oʻtishi shart boʻlgan rahbar tibbiyot xodimlari bundan mustasno). </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561837" id="-1561837">21. Mavzuli malaka oshirish mutaxassislikning muayyan boʻlimini qamrab oladigan dastur boʻyicha amalga oshiriladi va quyidagi maqsadlarni koʻzlaydi: tibbiyot xodimlarining tor, shu jumladan ularning kasb faoliyatining turdosh sohasidagi malakasini oshirish (aniq mavzu boʻyicha); kasbiy bilim va koʻnikmalarini chuqurlashtirish; yangi davolash-tashxis usullarini oʻzlashtirish; tibbiy dunyoqarashni kengaytirish. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561838" id="-1561838">Mavzuli malaka oshirish davolash yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi bazasida ham bazaviy yoki ixtisosli (tor) mutaxassislar uchun, ham turdosh yoki noixtisosli (mos taʼlim yoʻnalishi boʻyicha) tibbiyot mutaxassisligi uchun amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561839" id="-1561839">72 — 144 soat (0,5 — 1,0 oy) davom etadigan mavzuli malaka oshirishga boshqa noixtisosli mutaxassisliklarning tibbiyot xodimlariga ruxsat beriladi, chunki uzluksiz taʼlim talablariga javob beradi, amaliy sogʻliqni saqlashda koʻrsatiladigan yordamning sifati yaxshilanishiga koʻmaklashadi, biroq ushbu mutaxassislik boʻyicha davolash-profilaktika muassasalarida boʻsh lavozimlarni egallash uchun asos hisoblanmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561841" id="-1561841">22. Qisqa muddatli (18 — 72 soat) kurslar mutaxassislikning muayyan boʻlimini qamrab oladigan mavzuli malaka oshirish turi hisoblanadi va ishlovchi mutaxassislarni zamonaviy tibbiyotning dolzarb muammolaridan, u yoki bu sohadagi tibbiyot fani yutuqlaridan xabardor qilish, shuningdek rahbar tibbiyot xodimlarini sogʻliqni saqlashni boshqarish va tashkil etishning yangi tamoyillariga oʻqitish maqsadlarida oʻtkaziladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561842" id="-1561842">23. Sayyor sikllar — mutaxassislarni asosiy ishidan ajralgan holda joylarda oʻqitish. Sayyor sikllar umumiy va mavzuli malaka oshirish dasturlari boʻyicha oʻtkaziladi va ToshVMOI, ToshFarTI, Respublika oʻrta tibbiyot va dorishunos xodimlar malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazining ixtisosli kafedralari, tibbiyot institutlarining vrachlar malakasini oshirish fakultetlari tomonidan sogʻliqni saqlashni boshqarishning hududiy organlari, respublika davolash-profilaktika muassasalari, shuningdek tasarrufida davolash-profilaktika muassasalari mavjud boʻlgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq boshqa oliy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlarning mutaxassislari jalb etilgan holda tashkil etiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561844" id="-1561844">Sayyor sikllar quyidagi maqsadlarni koʻzlaydi: kasbiy faoliyatda tibbiyot xodimlari malakasini oshirish; ularning kasbiy bilimlari va koʻnikmalarini chuqurlashtirish; yangi davolash-diagnostika usullarini oʻzlashtirish; tibbiy dunyoqarashni kengaytirish; joylarda maslahat berish va davolash-tashxis yordami koʻrsatish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561843" id="-1561843">24. Tibbiyot xodimlari malakasini oshirishning bevosita shakllari davriyligi va davomiyligi uni tashkil etish shakllariga va mutaxassisning malakasi darajasini va individual professional ehtiyojini hisobga olgan holda kadrlarning buyurtmachisi tomonidan belgilanadigan talablarga bogʻliq boʻladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561845" id="-1561845">25. Asosiy ishdan ajralgan holda oʻqishda tibbiyot xodimlari malakasini oshirish bevosita shakllarining jami davomiyligi har 5 yil uchun quyidagi hajmda belgilanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561846" id="-1561846">vrach kadrlar uchun — kamida 4 hafta (144 soat);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561847" id="-1561847">farmatsevtika, oʻrta tibbiyot kadrlari va dorishunos kadrlar uchun — kamida 2 hafta (72 soat). </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561848" id="-1561848">26. Malaka oshirishning bevosita shakllaridan muvaffaqiyatli oʻtgan mutaxassislarga oʻtilgan oʻqish soatlari koʻrsatilgan holda belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561849" id="-1561849">27. Stajirovka (ish joyiga xizmat safariga yuborish) ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlarida, yetakchi davolash-profilaktika muassasalarida, aniq ilgʻor davolash-tashxis usullarini, ilmiy uslublarni oʻzlashtirish, shuningdek tibbiyot xodimlari tibbiyot amaliyotining fan bilan integratsiyasini taʼminlash maqsadiga ega boʻlgan sogʻliqni saqlash sohalarida tegishli mutaxassisliklarning eng yangi yutuqlari va texnologiyalari bilan tanishtirish maqsadida respublikada va chet elda oʻtkaziladi. Stajirovka tamom boʻlgandan keyin mutaxassislarga oʻzlashtirilgan uslub, stajirovka muddati koʻrsatilgan holda uning stajirovkadan oʻtganligi toʻgʻrisida muassasaning rahbari imzosi va muhri bilan tasdiqlangan maʼlumotnoma beriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561850" id="-1561850">28. Masofadan turib amalga oshiriladigan taʼlim asosiy ishdan ajralmagan holda amalga oshiriladigan va bir qancha turlarga ega boʻlgan (keys-texnologiya, asinxron va sinxron on-layn va boshqalar) axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan malaka oshirishning bilvosita shakllaridan biri hisoblanadi. Masofadan turib amalga oshiriladigan taʼlim oʻquv dasturiga muvofiq amalga oshiriladi, malaka oshirishning mustaqil shakli sifatida, yoxud kunduzgi taʼlimning masofaviy shaklining tarkibiy qismi sifatida amalga oshirilishi mumkin. Masofadan turib amalga oshiriladigan taʼlim kursining davomiyligi kunduzgi oʻqishning tegishli kursi akademik soatlarida belgilanadi, bunda kalendar muddatlar akademik muddatlardan ortiq boʻladi. Yangi bilimlarni oʻzlashtirish darajasi tegishli ravishda ToshVMOI, ToshFarTI, Respublika oʻrta tibbiyot va dorishunos xodimlar malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi tomonidan nazorat qilinadi hamda masofadan turib amalga oshiriladigan taʼlim muvaffaqiyatli yakunlangan taqdirda belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561851" id="-1561851">29. Mustaqil ravishda bilim olish tibbiyot xodimlari tomonidan kasb darajasini oshirishga, kasbiy layoqatini va tibbiy dunyoqarashni kengaytirishga yoʻnaltirilgan oʻzining mutaxassisligi va turdosh mutaxassisliklar boʻyicha yangi bilimlar, malaka va koʻnikmalarni uzluksiz ravishda mustaqil oʻzlashtirishini nazarda tutadi. Mustaqil ravishda bilim olish tibbiy kasbning ajralmas tarkibiy qismidir, u axborot texnologiyalarining egallanishini ragʻbatlantiradi, tibbiy xizmatlarning raqobat bozorini rivojlantiradi va pirovard natijada ularning sifatini oshiradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561852" id="-1561852">30. Qoidaga koʻra 36 — 72 soat davom etadigan tajriba almashish tibbiyot xodimlarining oʻz mutaxassisligi yoki turdosh mutaxassislik boʻyicha oliy tibbiyot taʼlim muassasalarida, ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlarda, shuningdek yetakchi davolash-profilaktika muassasalarida tajribasini oshirish maqsadida oʻtkaziladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561853" id="-1561853">31. Mutaxassislarning seminar, syezd va konferensiyalarda maʼruzalar bilan qatnashishi tibbiyot xodimlarining tibbiyot fani va amaliyotining dolzarb masalalari boʻyicha ilmiy va ilmiy-uslubiy maʼruzalar (xabarlar, posterlar) bilan chiqishlari orqali taʼminlanadi. Oldindan maʼlum boʻlgan mavzu boʻyicha maʼruza tayyorlash tegishli tadqiqotlar olib borishni va belgilangan tartibda chop etish uchun maʼruza tezislari tayyorlashni nazarda tutadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561855" id="-1561855">Tibbiyot xodimlarining seminar, konferensiya va syezdlarda ishtirok etishi axborot va ish tajribasi almashish, davolash-tashxis jarayonini tashkil etishda zamonaviy tendensiyalar bilan tanishish imkoniyatini yaratishga yoʻnaltirilgan va ularning kasbiy layoqati darajasi oʻsishiga koʻmaklashadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561856" id="-1561856">5 yilda malaka oshirishning jami soatlarini hisoblashda tegishli sertifikat mavjud boʻlgan taqdirda seminar, syezd, konferensiya ishida qatnashishning 1 kuni 8 soat sifatida, maʼruza bilan qatnashish 16 soat sifatida hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561854" id="-1561854">32. Taʼlim dasturlari asosida tuzilgan axborot texnologiyalarini oʻzlashtirish kurslaridan oʻtish ham tibbiyot xodimlari malakasini oshirishning bilvosita shakllariga kiradi. Ushbu kurslar majburiy boʻlmagani holda tibbiyot xodimlarining kasbiy oʻsishiga hamda axborot texnologiyalari va maʼlumotlar bazalaridan foydalanish taʼminlanishi yoʻli bilan rivojlanishiga koʻmaklashadi. Kurslarni tamomlagandan keyin berilgan sertifikatlarda koʻrsatilgan oʻqish soatlari soni 5 yilda malaka oshirish boʻyicha zarur soatlarning jami soniga kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561857" id="-1561857">33. Asosiy ishdan ajralgan va asosiy ishdan ajralmagan holda oʻqishda malaka toifasini olish uchun tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish barcha shakllarining jami majburiy davomiyligi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561858" id="-1561858">vrach kadrlar uchun — kamida 8 hafta (288 soat);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561859" id="-1561859">farmatsevtika, oʻrta tibbiyot va dorishunos xodimlar uchun — kamida 4 hafta (144 soat) hajmida belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561860" id="-1561860">34. Kurslarni rejalashtirish, malaka oshirish kurslariga yoʻllanmalarni taqsimlash, mutaxassislarni tanlash tartibi va tibbiyot xodimlarining oʻqitish kurslarida oʻqishi uchun zarur boʻlgan hujjatlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561861" id="-1561861">35. Tibbiyot xodimlarini qayta tayyorlash muayyan tanlangan mutaxassislik boʻyicha yangi kasbiy bilimlar, malaka va koʻnikmalar, ushbu mutaxassisning malaka tasnifiga muvofiq va koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatida mijozni qoniqtiradigan darajada tibbiy faoliyatni amalga oshirishi uchun zarur va yetarli hajmda oʻzlashtirilishini nazarda tutadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561862" id="-1561862">36. Quyidagilar vrach kadrlarni qayta tayyorlashning asosiy turlari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561863" id="-1561863">birlamchi ixtisoslashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561864" id="-1561864">qoʻshimcha ixtisoslashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561865" id="-1561865">klinik ordinatura.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561866" id="-1561866">37. Birlamchi ixtisoslashtirish vrachlarni qayta tayyorlash turi boʻlib, qoidaga koʻra, turdosh vrachlik mutaxassisligini olish va keyinchalik tegishli kasbiy faoliyatni bajarish maqsadida kasbiy bilimlar, malaka va koʻnikmalarni oʻzlashtirishga yoʻnaltiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561867" id="-1561867">Shaxs vrachlik mutaxassislaridan birini olganligini tasdiqlovchi hujjatlarga ega boʻlganda, mutaxassislik boʻyicha kamida 2 yil ish staji mavjud boʻlganda birlamchi ixtisoslashtirishdan oʻtish huquqiga ega boʻladi hamda mutaxassislarga boʻlgan mavjud ehtiyojga muvofiq ham sogʻliqni saqlashni boshqarish hududiy organlari, vazirliklar, idoralar va tasarrufida davolash-profilaktika muassasalari mavjud boʻlgan tashkilotlarning yoʻllanmasi boʻyicha, ham vrachning arizasiga koʻra amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561868" id="-1561868">Roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan ayrim tibbiyot mutaxassisliklari boʻyicha tegishli birlamchi ixtisoslashuvdan bazaviy oliy tibbiy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom mavjud boʻlgan taqdirda vrachlik stajini hisobga olmagan holda oʻtishga yoʻl qoʻyiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561869" id="-1561869">Qayta tayyorlashning ushbu turi asosiy ishdan ajralgan holda, tegishli taʼlim dasturlari, kadrlar salohiyati va moddiy-texnika bazasi mavjud boʻlgan taqdirda ToshVMOI, tibbiyot oliy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlar bazasida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561870" id="-1561870">38. Birlamchi ixtisoslashtirish muvaffaqiyatli yakunlangan taqdirda vrachlarga oʻtilgan soatlar soni koʻrsatilgan holda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561871" id="-1561871">faqat bazaviy oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomga ega boʻlgan shaxslar uchun — sogʻliqni saqlashning ambulator boʻgʻinida klinik ixtisoslikdagi mutaxassisning boʻsh lavozimini egallash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561885" id="-1561885">magistratura, klinik ordinatura yoki boshqa klinik mutaxassisliklar boʻyicha internaturani tamomlagan shaxslar uchun — ham sogʻliqni saqlashning ambulator, ham statsionar boʻgʻinlarida qoʻshimcha egallangan mutaxassislik boʻyicha mutaxassisning boʻsh lavozimini egallash huquqini beradigan belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561886" id="-1561886">39. Qoʻshimcha ixtisoslashtirish qoʻshimcha (mavjud asosiy ixtisosga qoʻshimcha) vrach mutaxassisligini egallash maqsadida yangi kasbiy bilimlar, malaka va koʻnikmalarni oʻzlashtirishga yoʻnaltirilgan vrachlarni qayta tayyorlash turi hisoblanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561889" id="-1561889">Magistratura, klinik ordinatura yoki internatura orqali asosiy mutaxassislikka ega boʻlgan vrachlar qoʻshimcha ixtisoslashtirishdan oʻtishga qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561890" id="-1561890">Qoʻshimcha ixtisoslashtirish muvaffaqiyatli yakunlangan taqdirda vrachlarga oʻtilgan oʻquv soatlari soni koʻrsatilgan holda sogʻliqni saqlashning ambulator va statsionar boʻgʻinlarida tegishli mutaxassisning boʻsh lavozimni egallash huquqini beradigan belgilangan namunadagi sertifikat beriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561891" id="-1561891">40. Vrachlarning birlamchi va qoʻshimcha ixtisoslashuvi asosiy ishdan ajralgan holda toʻlov-kontrakt asosida oʻqish sharti bilan, guruhlarda va yakka tartibda amalga oshiriladi. Yakka tartibda oʻqish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda qayta tayyorlashni tashkil etadigan muassasa tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561892" id="-1561892">Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan ixtisosliklar roʻyxati boʻyicha:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561893" id="-1561893">a) oʻqishning kunduzgi — masofadan turib oʻqitiladigan shakliga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561894" id="-1561894">b) ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida tibbiyot xodimlari malakasini oshirishga oʻqitishga yoʻl qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561895" id="-1561895">41. Vrachlarni kasbiy qayta tayyorlash (ixtisoslashtirish) Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan asosiy va qoʻshimcha vrach mutaxassisliklari nomenklaturasiga muvofiq oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561896" id="-1561896">42. Vrachlarning birlamchi va qoʻshimcha ixtisoslashuvining davomiyligi, qoidaga koʻra, 1 oydan 12 oygachani (144 — 1728 soat) tashkil etadi va vrach-mutaxassisning malaka tavsifiga muvofiq tuzilgan taʼlim dasturi bilan belgilanadi, oldingi oliy tibbiy maʼlumot darajasiga, mavjud va oʻzlashtiriladigan ixtisoslikka, qayta tayyorlash turi va mehnat sarfiga, oʻqitish shakliga bogʻliq boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561897" id="-1561897">43. Taʼlimning olingan yoʻnalishiga, mavjud asosiy vrachlik ixtisosligiga, oʻzlashtirilishi kerak boʻlgan bilimlar va koʻnikmalar hajmiga muvofiq birlamchi va qoʻshimcha ixtisoslashtirish kurslariga qabul qilish tartibi va oʻqish muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561898" id="-1561898">44. Taʼlim turi sifatida klinik ordinatura kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimiga tegishli boʻladi hamda vrachlarning uzluksiz kasbiy taʼlimi koʻp pogʻonali tuzilmasining tarkibiy qismi hisoblanadi. Klinik ordinaturada oʻqish vrach klinik mutaxassisliklarining biri sifatida amaliy sogʻliqni saqlash uchun yuqori professional kadrlar tayyorlashga yoʻnaltirilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561899" id="-1561899">45. Oʻrta tibbiyot kadrlari va dorishunos kadrlarning ixtisoslashuvi qayta tayyorlash turi hisoblanadi, keyingi darajadagi boʻsh lavozimlarni, yoxud oʻsha darajadagi lavozimni, biroq boshqa ixtisoslikdagi lavozimni egallash va mutaxassisning malaka tasnifiga muvofiq keyinchalik tibbiy professional faoliyatning yangi turini bajarish maqsadida yangi kasbiy bilimlar, malaka va koʻnikmalarni oʻzlashtirishga yoʻnaltiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561901" id="-1561901">Oʻrta tibbiyot kadrlari 1-darajali lavozimlarda kamida 4 oy ish stajiga ega boʻlganlarida ixtisoslashtirish kurslarida oʻqish huquqiga ega boʻladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561900" id="-1561900">46. Ixtisoslashish asosiy ishdan ajralgan holda va oʻqitishning toʻlov-kontrakt shartlarida, guruhlarda va yakka tartibda amalga oshiriladi. Yakka tartibda oʻqish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda Respublika oʻrta tibbiyot va dorishunos xodimlar malakasini oshirish va ixtisoslashtirish markazi tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561902" id="-1561902">Roʻyxati kadrlarga boʻlgan ehtiyojga qarab Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan bir qancha mutaxassisliklar boʻyicha ixtisoslashish oʻrta tibbiyot va dorishunos xodimlarning malakasini oshirishga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561904" id="-1561904">47. Qayta tayyorlash kurslarida oʻqitish muddatlari bazaviy taʼlimning yoʻnalishi, mutaxassisning malaka tasnifida funksional vazifalari hisobga olingan holda tuzilgan oʻquv dasturlari mazmuni bilan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561905" id="-1561905">Ixtisoslashishni muvaffaqiyatli tugallagan oʻrta tibbiyot xodimlariga va dorishunos xodimlarga oʻqilgan soatlar soni koʻrsatilgan holda belgilangan namunadagi sertifikat beriladi. Ushbu sertifikat 2 va 3-darajalardagi oʻrta tibbiyot kadrlarining boʻsh lavozimlarini egallash huquqini beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561906" id="-1561906">48. Vrachning ish stajida 3 yil va undan ortiq tanaffuslar boʻlgan taqdirda (ijtimoiy taʼtillar, tibbiyot mutaxassisligi uchun ixtisosli boʻlmagan ish, uzoq vaqt kasal boʻlish, nogironlik va hokazolar) vrach oʻzining kasbiy faoliyati tiklanishidan oldin bazaviy (umumiy amaliyot vrachi, umumiy amaliyot vrachi-pedagogi, umumiy pediatr, umumiy stomatolog, umumiy gigiyenist-epidemiolog), oldingi yillarda uni egallaganlik toʻgʻrisidagi hujjat bilan tasdiqlanadigan asosiy yoki qoʻshimcha ixtisoslikka muvofiq ixtisoslashish kurslaridan oʻtishi shart. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561907" id="-1561907">49. Ixtisoslashish kurslariga qabul qilish tartibi va uni oʻtash muddatlari, sertifikatlar namunalari, ixtisosliklar turlari, lavozimlarni egallash tartibi, oʻrta tibbiyot kadrlarining lavozim darajalari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561908" id="-1561908">50. Malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida oʻquv yuklamasining eng koʻp hajmi haftasiga 36 soat etib belgilanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561909" id="-1561909">51. Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimi professor-oʻqituvchilar tarkibining ish vaqti normalari jami ish vaqtini hisobga olish doirasida 1540 soat hajmida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1561910" id="-1561910">IV. Sogʻliqni saqlash muassasalari rahbar xodimlarining malakasini oshirish tartibi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561911" id="-1561911">52. Direktor, bosh vrach, boshqarma (departament) boshligʻi, ularning davolash, ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari yoki iqtisodiy masalalar, umumiy masalalar boʻyicha shunga oʻxshash lavozimlarni egallab turgan shaxslar sogʻliqni saqlash muassasalarining rahbar xodimlari doirasiga kiradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561912" id="-1561912">53. Sogʻliqni saqlash muassasalari rahbarlari lavozimini egallab turgan barcha shaxslar belgilangan tartibda tasdiqlangan taʼlim dasturlariga muvofiq tibbiyot muassasalari menejmenti masalalari boʻyicha muntazamlilik asosida malaka oshirish kurslarida oʻqishlari kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561913" id="-1561913">54. Tibbiyot muassasalari menejmenti masalalari boʻyicha sogʻliqni saqlash muassasalari rahbar xodimlari malakasini oshirishga umumiy rahbarlikni Sogʻliqni saqlash vazirligi amalga oshiradi, Vazirlik buyurtmachi hisoblanadi, taʼlimning ushbu turini takomillashtirish yoʻllari, mexanizmlari va usullarini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561914" id="-1561914">55. Sogʻliqni saqlashni boshqarish hududiy organlari tibbiyot muassasalari menejmenti masalalari boʻyicha sogʻliqni saqlash muassasalari rahbar xodimlari lavozimini egallab turgan barcha shaxslarning malaka oshirishida oʻz vaqtida va toʻliq qamrab olinishi uchun masʼuldir, ular ehtiyojni belgilaydilar va oʻqishi kerak boʻlgan kontingentlarni shakllantiradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561915" id="-1561915">56. Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti tibbiyot muassasalari menejmenti masalalari boʻyicha sogʻliqni saqlash muassasalari rahbar xodimlari malakasini oshirish tizimining bazaviy uslubiy va tashkiliy markazi hisoblanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561916" id="-1561916">57. Tibbiyot muassasalari menejmenti masalalari boʻyicha rahbar xodimlar malakasini oshirish zamonaviy menejmentning tizimli asoslari, strategik menejment va biznes-rejalashtirish, sogʻliqni saqlash muassasalari va tibbiyot xodimlari faoliyatining normativ-huquqiy va moliyaviy-iqtisodiy jihatlari, tashkilot xodimlarini boshqarish asoslari, tibbiy xizmatlar marketingi, tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish, sogʻliqni saqlash muassasalari faoliyatini boshqarishning boshqa dolzarb masalalari kabi boʻlimlar boʻyicha bilimlarning chuqurlashtirilishi, kengaytirilishi va yangilanishini nazarda tutadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561917" id="-1561917">58. Tibbiyot muassasalari menejmenti masalalari boʻyicha sogʻliqni saqlash muassasalari rahbar xodimlari malakasini oshirish mavzuli malaka oshirishi maxsus kurslari shaklida oʻtkaziladi. Har 5 yilda ushbu kurslarda oʻqishning jami davomiyligi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561918" id="-1561918">tibbiy maʼlumotli rahbarlar va ularning oʻrinbosarlari uchun — kamida 216 akademik soatni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561919" id="-1561919">rahbarlarning moliyaviy-iqtisodiy ixtisoslikdagi oʻrinbosarlari uchun — kamida 108 akademik soatni tashkil etishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561920" id="-1561920">59. Malaka oshirish jarayonining uzluksizligi, maqbulligi va tezkorligini taʼminlash maqsadida rahbar xodimlarni tibbiyot muassasalari menejmenti masalalariga oʻqitish asosiy ishdan ajralgan holda 18 akademik soatdan 72 akademik soatgacha davom etadigan qisqa muddatli kurslar shaklida oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561921" id="-1561921">60. Tibbiyot muassasalari menejmenti masalalari boʻyicha sogʻliqni saqlash muassasalari rahbar xodimlari malakasini oshirish 2 yilda kamida 1-marta oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561922" id="-1561922">61. Tibbiyot muassasalari menejmenti masalalari boʻyicha malaka oshirish kurslaridan muvaffaqiyatli oʻtganlik toʻgʻrisidagi sertifikatlarning mavjudligi rahbar xodimlarni egallab turgan lavozimiga muvofiqlikka attestatsiyadan oʻtishi va malaka toifasiga attestatsiyadan oʻtishining majburiy sharti hisoblanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1561923" id="-1561923">V. Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash sifatini nazorat qilish va baholash</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561924" id="-1561924">62. Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashning sifatini nazorat qilish va baholash quyidagilarni oʻz ichiga oladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561925" id="-1561925">a) ichki nazorat, u quyidagilardan iborat boʻladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561926" id="-1561926">bazaviy bilimlarni baholash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561927" id="-1561927">yangi bilimlar, malaka va koʻnikmalarni egallash darajasini joriy nazorat qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561928" id="-1561928">oʻqish tugallangandan keyin mutaxassislik boʻyicha attestatsiyani oʻz ichiga oladigan yakuniy nazorat;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561929" id="-1561929">b) ham oʻz kafedralarida, ham tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashning qoʻshma shartnomalari boʻyicha jalb etilgan muassasalarda taʼlim jarayonini amalga oshirish muqobilligi boʻyicha tegishli ravishda ToshVMOI, ToshFarTI, Respublika oʻrta tibbiyot xodimlari va dorishunos xodimlar malakasini oshirish va ixtisoslashtirish markazi tomonidan amalga oshiriladigan maʼmuriy nazorat;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4551949" id="edi-4551949"><a href="/acts/-1561591?ONDATE=18.12.2009 00#-1561930">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4551949" id="-4551949"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4551951" id="-4551951">v) Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, kadrlarning boshqa buyurtmachilari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladigan tashqi nazorat.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4551952" id="-4551952">(62-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 821-sonli <a href="/acts/-4533267#-4536177">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/821/3833-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561931" id="-1561931">63. Yakuniy nazoratni amalga oshirish boʻyicha attestatsiya komissiyasi tarkibi malaka oshirish va qayta tayyorlashni amalga oshiradigan muassasaning rektori (direktori)ning buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561932" id="-1561932">64. Malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida egallangan bilimlar va koʻnikmalarni baholash mezonlari, yakuniy attestatsiyani oʻtkazish tartibi, taʼlim jarayoni sifatini baholash monitoringi mexanizmlari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561933" id="-1561933">65. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561934" id="-1561934">taʼlimning ushbu turida jalb etilgan muassasalarda malaka oshirish va qayta tayyorlash sifati monitoringini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561935" id="-1561935">malaka toifalarini berishda — malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida oʻqigan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malaka darajasi monitoringini baholashni amalga oshiradi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4551957" id="edi-4551957"><a href="/acts/-1561591?ONDATE=18.12.2009 00#-1561936">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4551957" id="-4551957"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4551961" id="-4551961">66. Chet elda malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida berilgan hujjatlar (sertifikatlar, guvohnomalar) Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan ekspertiza asosida tasdiqlanishi kerak. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi ularning haqiqiyligi, dasturlarga va mutaxassis malaka tasnifining u oʻqigan muddatlarga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa beradi. Ekspertizani oʻtkazish tartibi va chet elda malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida berilgan hujjatlar (sertifikatlar, guvohnomalar) boʻyicha xulosalar berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan kelishgan holda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4551962" id="-4551962">(66-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 821-sonli <a href="/acts/-4533267#-4536177">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/821/3833-son)</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1561938" id="-1561938">VI. Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimida taʼlim jarayonining mazmuni va sifatiga davlat tomonidan qoʻyiladigan talablar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561939" id="-1561939">67. Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimida taʼlim jarayonining mazmuni va sifatiga davlat tomonidan qoʻyiladigan talablar “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/acts/-16188">Qonuniga</a>, Kadrlar tayyorlash <a href="/acts/-48401">milliy dasturiga</a> muvofiq belgilanadi va ular tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimida taʼlim jarayonini tashkil etishni, uning mazmunini, uslubiy taʼminlashni, sifat va samaradorligini oshirishni takomillashtirishga yoʻnaltirilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561940" id="-1561940">68. Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimida mutaxassisliklar boʻyicha oʻquv rejasi va oʻquv dasturi yetakchi olimlar, mutaxassislar, professor-oʻqituvchilar tarkibi tomonidan tuziladi va taʼlim jarayonini uslubiy taʼminlashning ajralmas qismi, uslubiy-normativ hujjatlar hisoblanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561941" id="-1561941">69. Mutaxassisliklar boʻyicha oʻquv dasturi mutaxassisning malaka tasnifiga muvofiq tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimining bazaviy uslubiy markazlari tomonidan ishlab chiqiladi va quyidagilardan iborat boʻladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561942" id="-1561942">annotatsiya;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561943" id="-1561943">kirish (oʻquv dasturining maqsadi va vazifalari, kutilayotgan natijalar);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561944" id="-1561944">asosiy qism (maʼruzalar, seminarlar va amaliy mashgʻulotlar mavzulari, ularni oʻtkazish boʻyicha uslubiy tavsiyalar, oʻzlashtirilishi kerak boʻlgan malaka va koʻnikmalar roʻyxati, oʻquv yuklamasi hajmi, oʻquv adabiyotlari va monografiyalar roʻyxati).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561945" id="-1561945">Ushbu oʻquv dasturi asosida muassasaning moddiy-texnika bazasi holatidan va oliy tibbiyot taʼlim muassasalari kafedralari oʻqituvchilari, ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlarning xodimlari tomonidan xizmat koʻrsatiladigan bemorlar kontingentidan kelib chiqib maʼruzalar, seminarlar va amaliy mashgʻulotlar mavzulari boʻyicha ajratilgan soatlarga 20 foizgacha hajmda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Bunda mashgʻulotlarni olib borish, shu jumladan oʻqitish texnologiyasi, amaliy koʻnikmalarni oʻzlashtirish uslubi, tarqatma materiallar, test savollari va kurs mavzulari boʻyicha vaziyatli topshiriqlar boʻyicha zarur uslubiy tavsiyalar ishlab chiqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561946" id="-1561946">70. Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimida oʻquv dasturi mazmuniga qoʻyiladigan talablar mutaxassislik boʻyicha zarur hamda yetarlicha bilim va koʻnikmalarni oʻzlashtirish hisobga olingan holda mutaxassisning malaka tavsifnomasiga qatʼiy muvofiqlik tamoyillari asosida belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561947" id="-1561947">Oʻquv dasturi fan, texnika, texnologiyaning eng soʻnggi yutuqlariga muvofiq tashkil etilishi hamda tibbiy taʼlim tizimida uzviylik va izchillikni taʼminlash talablariga javob berishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561948" id="-1561948">Oʻquv dasturida taʼlim oluvchilar tomonidan bilimlarni mustaqil izlash va ularni oʻzlashtirish nazarda tutilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561949" id="-1561949">Taʼlim jarayoni anʼanaviy didaktik va interaktiv pedagogik metodlardan foydalangan holda, shuningdek mutaxassislik boʻlimlarini har tomonlama qamrab olish va toʻlaqonli amaliy tayyorgarlikka ega boʻlish maqsadida taʼlim olayotganlarning davolash-tashxis va ishlab chiqarish jarayonlarida bevosita ishtirok etishi orqali tashkil etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561951" id="-1561951">71. Oʻquv rejalari va dasturlarini tuzish, ekspertizadan oʻtkazish, tasdiqlash, tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini taʼlim jarayoniga joriy etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1561955" id="-1561955"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-1561957" id="-1561957">Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-dekabrdagi 319-son <a href="/acts/-1561591">qaroriga</a><br /> 2-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-1561958" id="-1561958">Klinik ordinatura toʻgʻrisida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1561959" id="-1561959"><strong>NIZOM</strong></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1561960" id="-1561960"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1561962" id="-1561962">I. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561964" id="-1561964">1. Ushbu Nizom tibbiy klinik mutaxassisliklar boʻyicha klinik ordinaturaga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561965" id="-1561965">2. Klinik ordinatura — kadrlarni qayta tayyorlash tizimiga kiradigan taʼlim turi boʻlib vrachlarning uzluksiz kasbiy taʼlimi koʻp pogʻonali tuzilmasining bir qismi hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561966" id="-1561966">3. Vrachlarni klinik ordinaturada oʻqitish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan vrachlik mutaxassisliklari nomenklaturasi boʻyicha, mutaxassisga qoʻyiladigan ixtisoslik talablari asosida tuzilgan har qaysi mutaxassislik boʻyicha oʻquv rejasi va oʻquv dasturiga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561967" id="-1561967">4. Vrachlarni klinik ordinaturada oʻqitishni amalga oshiradigan tibbiyot muassasalari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan quyidagilardan kelib chiqqan holda belgilanadi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561968" id="-1561968">ilmiy maktablarni shakllantiradigan tegishli yuqori malakali ilmiy-amaliy kadrlar potensialining mavjudligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561969" id="-1561969">yuqori texnologiyali va malakali tibbiy yordamni amalga oshirish imkonini beradigan moddiy-texnik bazaning holati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561970" id="-1561970">Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan klinik ordinatorlarni oʻqitish boʻyicha taʼlim dasturining mavjudligi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561971" id="-1561971">5. Klinik ordinatura bitiruvchilariga oʻqish jarayonida olingan mutaxassislik boʻyicha amaliy faoliyat bilan shugʻullanish huquqi beriladi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1561972" id="-1561972">II. Klinik ordinaturaga qabul qilish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561973" id="-1561973">6. Klinik ordinaturaga tayanch oliy tibbiy maʼlumot asosida roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan mutaxassisliklar boʻyicha vrachlar, shuningdek ilgari klinik ordinaturani yoki magistraturani tamomlagan hamda ixtisosidan tashqari ikkinchi mutaxassislikni olishni xohlagan mutaxassislar qabul qilinadi. Vrachlarni ikkinchi tor mutaxassislik boʻyicha klinik ordinaturaga qabul qilish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561974" id="-1561974">7. Klinik ordinaturaga qabul qilish tanlov asosida amalga oshiriladi. Tanlov sinovlari yiliga bir marta, qoidaga koʻra, avgustning oxirgi oʻn kunligida oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561975" id="-1561975">8. Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari hisoblanadigan, boshqa davlatlarda tibbiyot oliy taʼlim muassasalarini tugatgan vrachlar oliy tibbiy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjati belgilangan tartibda nostrifikatsiya qilingandan keyin kirish imtihonlariga qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561976" id="-1561976">9. Klinik ordinaturaga tasarrufida davolash-profilaktika muassasalari boʻlgan boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning yoʻllanmasi boʻyicha oʻqishga kiradigan vrachlar tanlov sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgandan keyin pulli-kontrakt asosida oʻqishga qoʻshimcha oʻrinlar boʻyicha (taʼlim/ilmiy muassasalar kafedralari/boʻlimlarining tegishli kadrlar potensiali va moddiy-texnik bazasi mavjud boʻlgan taqdirda) qabul qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561977" id="-1561977">10. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi davolash-profilaktika muassasalarining mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojidan kelib chiqqan holda, taʼlim va ilmiy muassasalar, mintaqalar boʻyicha klinik ordinaturada oʻqitish uchun oʻrinlar sonini, qabul muddatini, zarur hujjatlar roʻyxatini, tanlov sinovlarini oʻtkazish soni va shaklini, baholash mezonlarini, qabul boʻyicha hisobot shakllarini belgilaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561978" id="-1561978">Budjet mablagʻlari hisobidan vrachlarni klinik ordinaturada oʻqitish oʻrinlari soni tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash uchun davlat budjetining har yilgi nazarda tutiladigan moliyalashtirish hajmi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561979" id="-1561979">11. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi klinik ordinaturaga qabulni oʻtkazish uchun respublika ommaviy axborot vositalarida tanlov eʼlon qiladi, arizalar berish muddati eʼlon chop etilgan kundan boshlab kamida 30 kundan iborat qilib belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561980" id="-1561980">12. Taʼlim muassasasining rahbari tibbiy oliy taʼlim muassasasining rektori (prorektori) yoki tibbiy ilmiy muassasasining direktori (oʻrinbosari) raisligida qabul komissiyasini tashkil etadi va uning tarkibini tasdiqlaydi. Qabul komissiyasi tarkibiga turli klinik mutaxassisliklar boʻyicha yetakchi olimlar kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561981" id="-1561981">13. Klinik ordinaturaga qabul qilish komissiyasining masʼul kotibi lavozimiga nomzodlar har yili muqobil asosda tasdiqlash uchun muassasalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga may oyining birinchi oʻn kunligidan kechikmay kiritiladi. Komissiyaning masʼul kotibi yangi muddatga, lekin koʻpi bilan qatorasiga ikki yil tayinlanishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561982" id="-1561982">14. Klinik ordinatorlarni tayyorlovchi muassasalar klinik ordinaturaga kirish istagini bildirgan tanlovda ishtirok etuvchi vrachlarning roʻyxatini hujjatlar qabuli tugallangandan soʻng, tanlov sinovlari boshlangunga qadar, belgilangan shakl boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga taqdim etishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561983" id="-1561983">15. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan klinik ordinaturaga kirish uchun maqsadli (ish beruvchi — hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmalari yoki boshqa muassasalar, taʼlim beruvchi muassasa klinik ordinator bilan tanlovdan oʻtgandan keyin uch tomonlama shartnoma tuziladi) va umumiy tanlov asosida erkin oʻrinlar (shartnoma tuzmasdan) ajratiladi. Maqsadli oʻqitishga tanlov asosida olish mutaxassisliklar boʻyicha ajratilgan oʻrinlarga muvofiq, keyin hududiy prinsipdan kelib chiqqan holda — respublikaning bitta mintaqasida yashaydigan (yoki keyinchalik ishga joylashtirilishini xohlovchi) talabgorlar oʻrtasida amalga oshiriladi. Tanlov yakunlariga koʻra toʻlmagan bitta mutaxassisliklar boʻyicha maqsadli oʻrinlar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan, kadrlarga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda, boshqa mintaqalar uchun qayta taqsimlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561984" id="-1561984">16. Klinik ordinaturaga kirish uchun bir vaqtning oʻzida bir nechta muassasada tanlovda qatnashish taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561985" id="-1561985">17. Toʻplangan ballar reytingi boʻyicha tanlovdan oʻtgan (bunda shaxs mumkin boʻlgan eng yuqori ballarning kamida 30 foizini toʻplashi kerak) va oʻqish pulini toʻlagan (toʻlov-kontrakt shakl uchun) shaxslar klinik ordinaturaga qabul qilinish huquqiga egadirlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561994" id="-1561994">Maqsadli oʻrinlar boʻyicha, shu jumladan tasarrufida davolash-profilaktika muassasalari mavjud boʻlgan boshqa vazirliklar, idoralar, tashkilotlar yoʻllanmasi boʻyicha qoʻshimcha oʻrinlarga oʻqishga qabul qilish, koʻrsatib oʻtilgan shartlardan tashqari, oʻqish tugagach ishga joylashtirish va keyinchalik uch yil ishlab berish yuzasidan uch tomonlama (oʻqitadigan muassasa, klinik ordinator — hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmasi /vazirlik/idora/tashkilot) shartnoma tuzilgandan keyin amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561995" id="-1561995">18. Qoraqalpogʻiston Respublikasida va viloyatlarda doimiy yashaydigan, Toshkent shahri muassasalaridagi klinik ordinaturaga kirish uchun tanlovda ishtirok etgan va sinovlar natijasida yuqori ball toʻplagan vrachlar oʻz xohishiga koʻra va qabul qiluvchi taʼlim muassasasida tegishli kadrlar potensiali hamda zamonaviy moddiy-texnik uskunalar mavjud boʻlgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan oʻqish uchun boshqa mintaqaning tegishli tibbiyot oliy taʼlim muassasalariga oʻtkazilishi mumkin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5967081" id="edi-5967081"><a href="/acts/-1561591?ONDATE=18.12.2009 00#-1561996">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5967081" id="-5967081"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5967083" id="-5967083">19. Klinik ordinaturada oʻqishga talabgorlarning, tanlovda qatnashgan va sinovlar natijalariga rozi boʻlmaganlarning arizalari (arizalarni berish muddatlari — natijalar eʼlon qilingandan keyin uch kun mobaynida) apellatsiya komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi (koʻrib chiqish muddati — ariza berilgandan keyin 24 soat mobaynida). Apellatsiya komissiyasi muassasa rahbarining buyrugʻi asosida tashkil etiladi. Apellatsiya komissiyasi tarkibiga soha yoʻnalishi boʻyicha yetakchi mutaxassislar jalb etiladi. Talabgor apellatsiya komissiyasi qaroriga rozi boʻlmagan taqdirda ushbu qaror yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5967087" id="-5967087">(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/acts/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5938643">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561997" id="-1561997">20. Tanlov komissiyasining xulosasi asosida klinik ordinaturaga qabul qilish muassasa rahbarining buyrugʻi bilan har yili 10-sentabrgacha amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561998" id="-1561998">Mintaqalarning u yoki bu mutaxassis vrachlarga boʻlgan ehtiyojiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, oʻqitadigan muassasaning kadrlar potensialini va moddiy-texnik bazasini hisobga olgan holda, klinik ordinaturaga toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish uchun qoʻshimcha oʻrinlar ajratishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1561999" id="-1561999">Qabul qilish tugallangach muassasa rahbarlari 10-sentabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga klinik ordinaturaga vrachlar qabuli toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan shakl boʻyicha hisobot taqdim etadilar.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1562000" id="-1562000">III. Oʻqitish uchun toʻlovni amalga oshirish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1562001" id="-1562001">21. Toʻlov-kontrakt shakli boʻyicha oʻqitish toʻlovining miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi. Har bir oʻquv yili uchun toʻlov taʼlim mutaxassisligi boʻyicha alohida, bir nafar oʻquvchi hisobiga xarajatlarni toʻliq qoplash miqdorida belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1562002" id="-1562002">Oʻqitish toʻlovini unga har oyda toʻlanadigan stipendiyani qoʻshmasdan va har oylik stipendiya miqdorini toʻlamasdan toʻlashga yoʻl qoʻyiladi, bunda ushbu oʻqitish shartlari kontraktda koʻrsatiladi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4705668" id="edi-4705668"><a href="/acts/-1561591?ONDATE=18.12.2009 00#-1562003">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4705668" id="-4705668"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4705670" id="-4705670">Bazaviy hisoblash miqdori oʻzgargan taqdirda tegishli ravishda qolgan oʻqitish vaqti uchun toʻlov summasi ham oʻzgaradi. Bunda kontraktlarga tegishli qoʻshimchalar kiritiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4705673" id="-4705673">(21-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli <a href="/acts/-4671960?ONDATE=29.12.2019 00#-4683086">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1562004" id="-1562004">22. Oʻqitish uchun toʻlov jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan toʻliq yoki qisman boʻlib-boʻlib (belgilangan summaning kamida 50 foizi miqdorida), lekin kontraktda belgilangan muddatlarda yiliga koʻpi bilan 2-marta toʻlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1562005" id="-1562005">Toʻlov-kontrakt boʻyicha oʻqitish qiymatini budjet mablagʻlari hisobiga toʻlashga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1562006" id="-1562006">Klinik ordinaturada oʻqiyotgan vrachlarga muassasa tomonidan tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha tarif setkasining 6- razryadi boʻyicha, toifasiz mutaxassis vrachning tarif stavkasi miqdorida stipendiya toʻlanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1562007" id="-1562007">IV. Klinik ordinaturada oʻquv jarayonini tashkil etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1562008" id="-1562008">23. Klinik ordinaturada oʻqitish kunduzgi shaklda, asosiy ish joyidan ajralgan holda amalga oshiriladi. Oʻqitish muddati, qoidaga koʻra, kamida ikki yilni tashkil qiladi va mutaxassisning malaka tavsifnomasini hisobga olgan holda tuzilgan oʻquv dasturi bilan belgilanadi. Klinik ordinaturadagi oʻqish muddati mutaxassislik boʻyicha vrachlik mehnat stajiga qoʻshiladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1562009" id="-1562009"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5967098" id="edi-5967098"><a href="/acts/-1561591?ONDATE=18.12.2009 00#-5967093">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5967098" id="-5967098"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5967101" id="-5967101">24. Klinik ordinaturada oʻqitish muddati klinik ordinatorlarni tayyorlashni amalga oshiruvchi muassasa rahbarining buyrugʻi bilan qonunchilikka muvofiq, homiladorlik, tugʻruq va chaqaloqni parvarish qilish boʻyicha taʼtil vaqtiga, zaxiradagi harbiy xizmatchining harbiy xizmatga chaqirilishi munosabati bilan, shuningdek tibbiyot muassasalarining tegishli xulosalari mavjud boʻlgan taqdirda ordinatorning kasallik davriga uzaytirilishi mumkin. Koʻrsatib oʻtilgan holatlar boʻycha rektor (direktor)ning buyrugʻi bilan, belgilangan tartibda akademik taʼtil rasmiylashtiriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5967102" id="-5967102">(24-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/acts/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5938643">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5967104" id="edi-5967104"><a href="/acts/-1561591?ONDATE=18.12.2009 00#-1562010">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5967104" id="-5967104"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5967105" id="-5967105">Bunda akademik taʼtil vaqti uchun stipendiyalar toʻlash, klinik ordinatorga rahbarlik qilganlik uchun toʻlov, oʻqitish boʻyicha boshqa xarajatlar toʻxtatib turiladi. Ijtimoiy nafaqalar toʻlash qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5967108" id="-5967108">(24-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/acts/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5938643">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1562011" id="-1562011">Oʻqishga tiklangandan keyin klinik ordinatorlar taʼlim dasturining oʻzlashtirilmagan boʻlimlari boʻyicha oʻqishni davom ettiradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1562012" id="-1562012">25. Boshqa mintaqalardan kelgan hamda oliy taʼlim muassasalari va Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining klinik ordinaturasiga kirgan vrachlar belgilangan tartibda yashash joylari bilan taʼminlanadilar. Tibbiyot ilmiy-tadqiqot institutlari, ixtisoslashtirilgan va ilmiy-amaliy markazlar talabalar va tinglovchilar uchun yotoqxonalarga ega boʻlgan oliy taʼlim muassasasi yoki Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti bilan tuzilgan shartnoma asosida oʻzlarida oʻqiyotgan klinik ordinatorlarni yashash joylari bilan taʼminlaydilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1562013" id="-1562013">26. Oʻqishga qabul qilingandan keyin 1 oy mobaynida mashgʻulotlarga kirmagan yoki mashgʻulotlarga 1 oydan ortiq qatnashmagan, yarim yillik yoki yillik attestatsiyadan oʻtmagan, kontrakt pulini oʻz vaqtida toʻlamagan, shuningdek yakka tartibda tayyorlanish rejalarini belgilangan muddatlarda bajarmagan shaxslar kafedra (boʻlim, laboratoriya va shu kabilar) mudirining taqdimnomasiga asosan muassasa rahbarining buyrugʻi bilan klinik ordinaturadan oʻqishdan chiqariladi. Oʻqitishning birinchi yilida koʻrsatib oʻtilgan sabablar boʻyicha klinik ordinaturadan chetlatilgan shaxslar oʻqishga qayta tiklanmaydi. Oʻqitishning ikkinchi yilida oʻqishdan chetlatilgan klinik ordinatorlar yangi oʻquv yilidan boshlab toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tiklanadilar.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5967111" id="edi-5967111"><a href="/acts/-1561591?ONDATE=18.12.2009 00#-1562014">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5967111" id="-5967111"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5967113" id="-5967113">27. Klinik ordinaturada oʻqiyotgan shaxslar muassasaning ichki tartib-qoidalarini buzgan, attestatsiyada oʻrganilayotgan mutaxassislikka nomuvofiq deb eʼtirof etilgan (kasbi boʻyicha layoqatsiz boʻlgan), shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda mashgʻulotlardan chetlashtirilishi mumkin. Koʻrsatib oʻtilgan sabablarga koʻra klinik ordinaturadan chetlashtirilgan shaxslar oʻqishga qayta tiklanmaydi, lekin klinik ordinaturaga kirish uchun tanlovda takroran qatnashish huquqiga egadirlar, kasbi boʻyicha layoqatsizligi sababli chetlashtirilgan hollarda esa — faqat boshqa mutaxassisliklar boʻyicha qatnashish huquqiga ega.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5967116" id="-5967116">(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/acts/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5938643">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1562016" id="-1562016">28. Klinik ordinatorlarni bir muassasadan boshqasiga oʻtkazishga aynan shu mutaxassislik boʻyicha, yarim yillik yoki yillik attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtgandan keyin va oʻqitish uchun oʻrinlar boʻlgan taqdirda muassasalarning rahbarlari roziligi asosida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining ruxsati boʻyicha yoʻl qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1562017" id="-1562017">Oʻzbekiston Respublikasidagi oliy tibbiyot taʼlim muassasasini tamomlagan, boshqa mamlakatlar muassasasidagi klinik ordinaturaga oʻqishga kirgan va oʻqishni Oʻzbekiston Respublikasining tibbiyot muassasalarida davom ettirish istagini bildirgan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tasdiqlovchi hujjatlar (oʻqishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi buyruqning va oʻqish yuzasidan shartnomaning nusxalari, nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalarni oʻzlashtirish darajasiga doir ijobiy baholar, boshqa mamlakatdagi taʼlim olinayotgan muassasaning iltimosnomasi) asosida oʻtishga ruxsat beradi. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hisoblanadigan, boshqa mamlakatlarning tibbiyot oliy taʼlim muassasalarini tugatgan va ushbu mamlakatlarning klinik ordinaturasiga kirgan vrachlar Oʻzbekiston Respublikasining tibbiyot muassasalariga oʻtkazilishda, yuqorida sanab oʻtilgan tasdiqlovchi hujjatlardan tashqari, oliy tibbiy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning nostrifikatsiyasi toʻgʻrisidagi guvohnomani ham taqdim etishlari kerak. </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5967118" id="edi-5967118"><a href="/acts/-1561591?ONDATE=18.12.2009 00#-1562018">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5967118" id="-5967118"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5967121" id="-5967121">29. Klinik ordinatorlar oʻqitish vaqtida vrachlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarni bajarishga jalb etilishi mumkin emas, qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5967124" id="-5967124">(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/acts/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5938643">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1562019" id="-1562019">30. Oʻqitishning ikkinchi yilidagi klinik ordinatorlar soha mutaxassisligi boʻyicha kasbiy faoliyatni bajarish uchun mintaqalarga 30 kungacha muddat bilan xizmat safariga yuborilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1562020" id="-1562020">31. Klinik ordinatorlarni tayyorlash muassasaning Ilmiy kengashi tayinlaydigan malakali mutaxassislar (professor, dotsent va ilmiy muassasalarning ularga tenglashtirilgan lavozimi) rahbarligida yakka tartibdagi reja boʻyicha amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1562022" id="-1562022">32. Klinik ordinatorni tayyorlashning yakka tartibdagi rejasi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1562023" id="-1562023">taʼlim dasturiga va mutaxassisning malaka tavsifnomasiga muvofiq bilimlar va koʻnikmalarni oʻzlashtirishga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1562024" id="-1562024">davolash-profilaktika muassasalarining soha boʻyicha boʻlimlarida mutaxassislikning asosiy va yondosh boʻlimlarini bosqichma-bosqich oʻzlashtirishni (rotatsiya) hisobga olgan holda tuzilishi lozim;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1562028" id="-1562028">kadrlar buyurtmachisining va oʻqitilayotganning xohishiga koʻra mutaxassislikning u yoki bu boʻlimlari chuqur oʻrganilishini hisobga olgan holda tuzilishi mumkin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1562029" id="-1562029">mutaxassislikning boʻlimlari boʻyicha nazariy tayyorlanishning muddatlarini, mavzularini va nazorat qilish turini, oʻzlashtirilishi kerak boʻlgan amaliy koʻnikmalar va malakalar roʻyxatini, turlari va sonini hamda mutaxassislik boʻlimlari boʻyicha amalda bajarilgan mustaqil ishlarni (referatlar, sharhlar, prezentatsiyalar va shu kabilarni) aks ettiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1562030" id="-1562030">kafedra (boʻlim, laboratoriya va shu kabilar) majlisida muhokama qilinadi va tuzatishlar kiritilgandan keyin kafedra (boʻlim, laboratoriya va shu kabilar) rahbari tomonidan vrach klinik ordinaturaga qabul qilingan kundan boshlab 1 oydan kechikmay tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1562031" id="-1562031">Klinik ordinatorni tayyorlashning yakka tartibdagi rejasida shuningdek professor va dotsentlar tomonidan bemorlarni koʻzdan kechirishdagi ishtirok etish, ularning leksiyalarida qatnashish, poliklinika, statsionar, davolash, tashxis xonalari, boʻlimlar va shu kabilarda mustaqil ravishda bajarilgan amaliy ishlar hajmining bajarilishi ham aks etgan boʻlishi kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1562032" id="-1562032">Klinik ordinatorni tayyorlashning yakka tartibdagi rejasida asosiy va yondosh mutaxassisliklar boʻlimlari va yondosh fanlar boʻyicha sinov imtihonlarini topshirish nazarda tutiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1562033" id="-1562033">Klinik ordinatorni tayyorlashning yakka tartibdagi rejasi shakli Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1562034" id="-1562034">33. Klinik ordinatorlarning bilimlari va koʻnikmalari hajmini kengaytirish maqsadida ular klinik ordinatorni tayyorlashning yakka tartibdagi rejasidan tashqari amalga oshiriladigan ilmiy ishlarni bajarishga (referatlar, mavzuli tahlillar va adabiyotlar sharhini tuzish, tibbiy amaliyotdagi baʼzi qoidalarni yoritish, konferensiyalarda maʼruzalar qilish, yangi dori-darmonlarni klinik sinovdan oʻtkazish va shu kabilarga) jalb etilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1562035" id="-1562035">34. Klinik ordinatorning eng yuqori yuklamasi tegishli mutaxassislik vrachi oylik yuklamasidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Bundan tashqari, klinik ordinator mustaqil ishlarni bajaradi. Mustaqil ishlarni bajarish vaqtining hajmiga uning rahbari tomonidan belgilanadigan boʻlimlardagi jadval boʻyicha bir oydagi bepul majburiy ikkita tungi (kechki) navbatchilik kiritiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1562036" id="-1562036">35. Oʻquv yuklamasining umumiy hajmi quyidagi tarzda taqsimlanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1562037" id="-1562037">tayyorlash vaqtining 80 foizgachasi — asosiy va yondosh mutaxassisliklarni oʻrganishga ajratiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1562038" id="-1562038">20 foizgachasi — yondosh fanlarni (patanatomiya, patofiziologiya, klinik farmakologiya va boshqalarni) oʻrganishga ajratiladi. Klinik ordinator tomonidan oʻrganish uchun majburiy boʻlgan yondosh mutaxassisliklar va fanlar roʻyxati ularni tayyorlashning oʻquv dasturlarida nazarda tutiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1562039" id="-1562039">Qoʻshimcha fanlar (xorijiy tillar, kompyuter kurslari va boshqalar) mustaqil tayyorlanish soatlari hajmiga fakultativ mashgʻulotlar tarzida klinik ordinatorlarni tayyorlash oʻquv dasturiga kiritilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1562040" id="-1562040">36. Bir nafar klinik ordinatorga rahbarlik qilganlik uchun ilmiy rahbarga ilmiy muassasalar xarajatlarining budjet smetalarida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida, shuningdek klinik ordinatorlarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar hisobiga har yili 25 soat hisobidan soatbay haq toʻlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1562041" id="-1562041">Oliy taʼlim muassasalarida va malaka oshirish institutlarida ilmiy rahbarning klinik ordinatorlar bilan olib boradigan ishlari ularning oʻquv yuklamasiga hisoblanadi va bir nafar klinik ordinator uchun yiliga 25 soat hisobidan haq toʻlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1562043" id="-1562043">Klinik ordinatorlarning ilmiy rahbarlarini ragʻbatlantirish muassasaning Ilmiy kengashi qaroriga koʻra klinik ordinatorlarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1562044" id="-1562044">37. Oʻquv yili mobaynida yarim yillik, yillik (oʻqitishning birinchi yili tugagach) va yakuniy attestatsiya oʻtkazish nazarda tutiladi. Yetakchi olimlardan (yarim yillik, yillik va yakuniy attestatsiya) hamda kadrlar buyurtmachisi vakillaridan (yakuniy attestatsiya) iborat boʻladigan attestatsiya komissiyasi tarkibi muassasa rahbarining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi, komissiya raisi etib ilmiy ishlar boʻyicha prorektor (direktor oʻrinbosari) tayinlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1562045" id="-1562045">38. Oʻqitish jarayonida klinik ordinatorlar bilimlari va malakasini baholashda 100 balli baholash tizimi qoʻllanadi. Bunda nazorat qilishning quyidagi turlari nazarda tutiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1562046" id="-1562046">ichki nazorat (mutaxassislik va yondosh fanlar boʻlimlari boʻyicha bilimlar va koʻnikmalarni baholash);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1562047" id="-1562047">yarim yillik, yillik (oʻqitishning har bir semestri oxirida) va yakuniy attestatsiya;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4551954" id="edi-4551954"><a href="/acts/-1561591?ONDATE=18.12.2009 00#-1562048">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4551954" id="-4551954"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4551955" id="-4551955">Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladigan tashqi nazorat (nazorat tadbirlari rejasi boʻyicha va rejadan tashqari taʼlim faoliyatini monitoring va nazorat qilish) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladigan tashqi nazorat (muassasalarni belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazish va akkreditatsiya qilish).</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4551956" id="-4551956">(38-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 821-sonli <a href="/acts/-4533267#-4536177">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/821/3833-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1562049" id="-1562049">39. Klinik ordinator, uning amalga oshirgan ishlari toʻgʻrisidagi hisoboti kafedra majlisida maʼqullangandan keyin, yarim yillik, yillik va yakuniy attestatsiyaga qoʻyiladi. Hisobot kafedra (boʻlim, laboratoriya va shu kabilar) rahbari tomonidan tasdiqlanadi va attestatsiya komissiyasiga taqdim etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1562050" id="-1562050">Attestatsiyani oʻtkazish tartibi (hisobot hujjatlari roʻyxati, oʻtkazish shakli va muddatlari, olingan bilimlar va koʻnikmalarni nazorat qilish turlari) Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1562051" id="-1562051">40. Joriy oʻquv yilidagi oʻqitish dasturi tugallangandan keyin, attestatsiya natijalariga muvofiq, bilimlar va koʻnikmalarning reyting nazoratini hisobga olgan holda, attestatsiya komissiyasi tomonidan klinik ordinatorlarni navbatdagi kursga oʻtkazish, oʻqishdan chetlashtirish yoki klinik ordinaturani tugatganlik toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1562052" id="-1562052">Klinik ordinatorning tayyorgarlik darajasini baholash va yakuniy attestatsiya komissiyasining qarori muassasaning Ilmiy kengashida oʻqib eshittiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1562053" id="-1562053">41. Klinik ordinaturada mutaxassislar tayyorlash sifati, ularning amaliy sogʻliqni saqlash barcha boʻgʻinlarida mustaqil ravishda ishlashga tayyorligi uchun javobgarlik muassasalar va kafedralar (boʻlimlar, laboratoriyalar va shu kabilar) rahbarlari zimmasiga yuklanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1562056" id="-1562056">42. Klinik ordinaturani muvaffaqiyatli tugatgan shaxslarga ushbu Nizomga <a href="/acts/-1561591#-1562068">ilovaga</a> muvofiq guvohnoma belgilangan tartibda beriladi, u olingan vrachlik mutaxassisligi boʻyicha kasbiy faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beradi. Guvohnomada mutaxassislikni oʻzlashtirish darajasining oʻrtacha umumiy bahosi koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1562060" id="-1562060">43. Oʻqitishning ikkinchi yilidagi taʼlim dasturini muvaffaqiyatli oʻzlashtirgan klinik ordinatorlar rahbarlarining yozma tavsiyanomasi asosida mehnat shartnomasi boʻyicha soha boʻlimlarida tungi navbatchilik qilish yoki oʻqishdan tashqari vaqtda mutaxassisligi boʻyicha ishlash huquqiga egadirlar. Bunda oʻrindoshlik boʻyicha ishlash klinik ordinatorning yakka tartibdagi rejasini bajarishga salbiy taʼsir koʻrsatmasligi kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1562061" id="-1562061">V. Klinik ordinatura bitiruvchilarini ishga joylashtirish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1562062" id="-1562062">44. Maqsadli klinik ordinaturaga qabul qilingan vrachlar oʻqish tugagach hududiy sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari (tasarrufida davolash-profilaktika muassasalari mavjud boʻlgan vazirliklar, idoralar, tashkilotlar) ixtiyoriga uch yil ishlab berish shartnoma shartlarini bajarish uchun qaytib kelishlari shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1562063" id="-1562063">45. Maqsadli klinik ordinaturaga kirishda vrachlar bilan kontrakt tuzgan hududiy sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari (tasarrufida davolash-profilaktika muassasalari mavjud boʻlgan vazirliklar, idoralar, tashkilotlar) oʻqitish muddati tugagach ularni olingan mutaxassislikka muvofiq boʻlgan lavozimga doimiy ishga joylashtirishi va tayyorlangan mutaxassis ishga joylashgan muassasaning joyi toʻgʻrisida yozma tarzda maʼlum qilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1562064" id="-1562064">Davlat granti asosida oliy taʼlim muassasasini tugatgan bitiruvchilar ham erkin umumiy tanlov boʻyicha (uch tomonlama shartnoma tuzmasdan) klinik ordinaturaga kirgan taqdirda oʻqishni tugatgandan keyin, olingan mutaxassislik boʻyicha taqsimotga muvofiq, oliy taʼlim muassasasi yoʻllanmasi boʻyicha uch yil ishlab berishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1562065" id="-1562065">46. Erkin tanlov boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida klinik ordinaturaga kirgan va bakalavriatda oʻqishni tugatgandan keyin taqsimot boʻyicha davlat oldida majburiyatga ega boʻlmagan vrachlar klinik ordinaturada oʻqishni tugatgach mustaqil ravishda, shu jumladan sogʻliqni saqlash xususiy sektori yuridik shaxslari bilan mehnat shartnomasi boʻyicha ishga joylashish huquqiga egadirlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1562067" id="-1562067">47. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi mutaxassislarga boʻlgan ehtiyoj boʻyicha maʼlumotlar bazasini shakllantiradi va klinik ordinatura bitiruvchilarini ishga joylashtirish monitoringini olib boradi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1562068" id="-1562068"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-1562070" id="-1562070">Klinik ordinatura toʻgʻrisidagi <a href="/acts/-1561591#-1561955">Nizomga<br /></a> ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-1562071" id="-1562071">Klinik ordinaturani tugatganlik toʻgʻrisida guvohnoma</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1562072" id="-1562072"></div></div><div class="TABLE_STD" id="theDefCssID"><div name="-1562074" id="-1562074" class="tabBox"><table id="theTableID" style="TABLE-LAYOUT: fixed; PADDING-RIGHT: 0px; ; PADDING-LEFT: 0px; LEFT: 0px; PADDING-BOTTOM: 0px; WIDTH: 540px; BORDER-TOP-STYLE: none; PADDING-TOP: 0px; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; TOP: 0px; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" cellspacing="1" cols="1" border="1">
<colgroup>
<col /></colgroup>
<tbody>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">
<p align="center"><img src="/files/1176532" />‎</p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">
<p align="center">OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI<br />‎‎SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGI‎</p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">
<p align="center">____________________________________</p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">
<p align="center"><sup>(muassasaning nomi)‎</sup></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">
<p align="center">GUVOHNOMA‎</p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">
<p align="center">№ AA 000000‎</p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">Vrach______________________________________________________________ ga‎</td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">____________________________________________________________klinik‎</td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">ordinaturada 20____ yil ______dan 20_____ yil_____gacha_______________</td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">_____________________________________________________mutaxassisligi</td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">boʻyicha toʻliq oʻquv kursini tugatib,_______________ball baho bilan ‎yakuniy attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida berildi.‎</td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none"><br />‎Rahbar‎</td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none"><br />‎Kotib‎</td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">____________shahri ‎</td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">
<p align="center">M.Oʻ.‎</p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">Roʻyxatdan oʻtkazilgan tartib raqami_____________________</td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">Berilga sanasi___________________</td></tr></tbody></table></div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-1561612" id="-1561612">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 565-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/821/3833-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
