Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Toshkent shahri “Islom madaniyati poytaxti” deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan belgilangan tadbirlarni yuksak saviyada oʻtkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 15-martdagi 51-son qarori bilan tasdiqlangan Toshkent shahri 2007-yilda “Islom madaniyati poytaxti” deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan amalga oshiriladigan tadbirlar dasturida belgilangan sarf-xarajatlarni qoplash maqsadida Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hisobidan
ilovaga muvofiq mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 15-martdagi 51-son qarorining
8-bandi va
3-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R. Azimov zimmasiga yuklansin.