Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 14.03.2011
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANKLARIDAGI DEPOZITLAR TOʻGʻRISIDA NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 3-noyabrda 534-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 31-dekabrdagi 42/1-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2205, 04.03.2011-y.) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 43-son, 451-modda) qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1.Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1997-yil 15-martda 319-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi banklaridagi depozitlar toʻgʻrisida nizomga (roʻyxat raqami 534, 1998-yil 16-noyabr) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2009-yil 17-oktabr,
29/6-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 45-son, 489-modda)