O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining
buyrug‘i
Pochta aloqasida frankirlash mashinasidan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 19-sentabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2008]
Umumjahon pochta ittifoqi hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-yil, 17-son, 209-modda) muvofiq buyuraman:
1. Pochta aloqasida frankirlash mashinasidan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Bosh direktor A. ARIPOV
Toshkent sh.
2009-yil 25-avgust,
266-son
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktorining 2009-yil 25-avgustdagi 266-son buyrug‘iga
ILOVA
Pochta aloqasida frankirlash mashinasidan foydalanish tartibi to‘g‘risida
Ushbu Nizom Umumjahon pochta ittifoqi hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasining “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq pochta aloqasida frankirlash mashinalaridan foydalanishning yagona tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Frankirlash mashinasi oddiy va buyurtma xatlar, oddiy va buyurtma banderollar, oddiy va buyurtma varaqchalarga (bundan keyin — yozma xat-xabarlar) pochta aloqasi xizmatlari uchun haq to‘langanligini, shuningdek yozma xat-xabarlar qabul qilingan sana va joyi, pochta manzilini tasdiqlaydigan rasman qabul qilingan izlarni tushirish uchun mo‘ljallangan.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Frankirlash mashinalaridan pochta aloqasi milliy operatorining (bundan buyon matnda milliy operator deb yuritiladi) filiallari, pochta aloqasi obyektlari yozma-xat-xabarlarni qabul qilishda, shuningdek pochta aloqasi foydalanuvchilari (bundan buyon matnda foydalanuvchilar deb yuritiladi) (faqat yuridik shaxslar) shartnoma asosida milliy operatorning filiallari, pochta aloqasi obyektlari (pochta aloqasi bog‘lamalari, pochtamtlar)ning bevosita nazorati ostida foydalanishi mumkin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2025-yil 4-yanvardagi 276-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2008-3, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/2008-3/0043-son)
3. Frankirlash mashinasi quyidagilarga ega bo‘lishi kerak:
a) pochta aloqasi xizmatlari uchun to‘lov summasini qayd etish uchun maxsus qurilma (hisoblagich)
b) foydalanuvchi pochta manzilining tamg‘asi;
Oldingi tahrirga qarang.
v) yozma xat-xabarlarni qabul qilishni amalga oshiradigan milliy operatorning filiali (bundan buyon matnda filial deb yuritiladi) yoki pochta aloqasi obyektining nomi va qabul qilish sanasi bo‘lgan taqvim shtempel tamg‘asi;
(3-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2025-yil 4-yanvardagi 276-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2008-3, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/2008-3/0043-son)
g) pochta aloqasi xizmatlari to‘langanligini tasdiqlaydigan tamg‘a (bundan keyin — to‘lov izi), frankirlash mashinasining ro‘yxatga olish raqami.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Foydalanuvchilar tomonidan sotib olingan frankirlash mashinalari va pochta manzilining tamg‘asi ularning mulki, taqvim shtempeli va to‘lov izining tamg‘asi milliy operatorning nomli buyumlari hisoblanadi.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2025-yil 4-yanvardagi 276-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2008-3, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/2008-3/0043-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Frankirlash mashinalari, shuningdek milliy operator mulki bo‘lishi va foydalanuvchilarga ijaraga berilishi mumkin.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2025-yil 4-yanvardagi 276-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2008-3, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/2008-3/0043-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Pochta aloqasi xizmatlarini to‘lash uchun milliy operator nomli buyumlarisiz frankirlash mashinalaridan foydalanish taqiqlanadi. Frankirlash mashinalarining tamg‘asi standartlashtirishga doir normativ hujjatlar talablariga muvofiq kelishi kerak.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2025-yil 4-yanvardagi 276-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2008-3, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/2008-3/0043-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Yozma xat-xabarlarni qabul qilish uchun filiallar, pochta aloqasi obyektlari tomonidan foydalaniladigan frankirlash mashinalari manzil tamg‘asi o‘rniga milliy operator logotipiga ega bo‘lishi mumkin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2025-yil 4-yanvardagi 276-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2008-3, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/2008-3/0043-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Filial yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqasi bog‘lamasi, pochtamt) tomonidan foydalanuvchilar, frankirlash mashinasida rasmiylashtirilgan yozma xat-xabarlarni qabul qilishni amalga oshiradigan, pochta aloqasi obyektiga biriktiriladi.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2025-yil 4-yanvardagi 276-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2008-3, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/2008-3/0043-son)
Frankirlash mashinasi tamg‘asining iziga ega yozma xat-xabarlarni jo‘natish faqat foydalanuvchilar biriktirilgan pochta aloqasi obyekti orqali amalga oshiriladi.
8. Pochta qutisiga tushirilgan frankirlash mashinasi tamg‘asining izi bo‘lgan yozma xat-xabarlar belgilangan joyi bo‘yicha jo‘natilmaydi, uni jo‘natuvchiga belgilangan tartibda topshirish uchun qaytariladi.
II. Frankirlash mashinalarini ro‘yxatga olish va ulardan foydalanish
Oldingi tahrirga qarang.
9. Frankirlash mashinalaridan foydalanishga, ular ro‘yxatga olinganidan hamda filial yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqasi bog‘lamasi, pochtamt) bilan shartnoma tuzilganidan keyin yo‘l qo‘yiladi. Frankirlash mashinalarining mulkdori hisoblangan filiallar va pochta aloqasi obyektlari (pochta aloqasi bog‘lamalari, pochtamtlar) uchun shartnoma tuzish talab etilmaydi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2025-yil 4-yanvardagi 276-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2008-3, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/2008-3/0043-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Frankirlash mashinalari va ularga nomli buyumlar tamg‘asini ro‘yxatga olish filiallar va pochta aloqasi obyektlarida (pochta aloqasi bog‘lamalari, pochtamtlarda) olib boriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2025-yil 4-yanvardagi 276-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2008-3, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/2008-3/0043-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Frankirlash mashinalarini ro‘yxatga olish ro‘yxatga olish varaqchalari (1-ilova) bilan amalga oshiriladi, unda frankirlash mashinasining ro‘yxatga olish raqami, tipi, tayyorlovchi-zavod, zavod (seriya, hisobga olish) raqami, chiqarilgan sana, muvofiqlik sertifikati raqami, frankirlash mashinasi foydalanuvchisining rekvizitlari yoziladi. Filial yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqasi bog‘lamasi, pochtamt)da frankirlash mashinasidan foydalanilganda ro‘yxatga olish varaqchasida ularning nomi, pochta manzili yoziladi va mashinadan foydalanish uchun mas’ul pochta aloqasi obyekti xodimi ko‘rsatiladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2025-yil 4-yanvardagi 276-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2008-3, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/2008-3/0043-son)
Ro‘yxatga olish varaqchasining orqa tomoniga frankirlash mashinasining barcha tamg‘alarining izi tushiriladi.
12. Frankirlash mashinasi foydalanuvchisining pochta manzili yoki nomi yoxud ro‘yxatga olish varaqchasiga kiritilgan rekvizitlar o‘zgargan taqdirda foydalanuvchi frankirlash mashinasini qayta ro‘yxatdan o‘tkazishga majburdir.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Foydalanishda bo‘lgan frankirlash mashinasi sotilgan taqdirda yangi foydalanuvchi mashinani ro‘yxatdan o‘tkazishi va undan foydalanish uchun hududiy tegishliligi bo‘yicha filial yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqasi bog‘lamasi, pochtamt) bilan belgilangan tartibda shartnoma tuzishi kerak.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2025-yil 4-yanvardagi 276-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2008-3, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/2008-3/0043-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 26-bobi.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Milliy operator tomonidan frankirlash mashinalari ijaraga berilgan taqdirda, mashinadan foydalanish uchun shartnoma filial yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqasi bog‘lamasi, pochtamt) va ijarachi (foydalanuvchi) o‘rtasida tuziladi. Bunda foydalanuvchi, uning pochta manzili tamg‘asini tayyorlash uchun buyurtma berishi kerak.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2025-yil 4-yanvardagi 276-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2008-3, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/2008-3/0043-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Filial yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqasi bog‘lamasi, pochtamt) vakili tomonidan foydalanuvchining vakili ishtirokida milliy operator taqvim shtempeli va tamg‘asi frankirlash mashinasiga qo‘yiladi. Bunda, frankirlash mashinasi hisoblagichining ko‘rsatkichlari qayd etiladi.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2025-yil 4-yanvardagi 276-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2008-3, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/2008-3/0043-son)
Zarur bo‘lganda, pochta aloqasi xizmatlarini taqdim etish uchun avans summasi kiritilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Frankirlash mashinasi filial yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqasi bog‘lamasi, pochtamt) vakili tomonidan muhrlanadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2025-yil 4-yanvardagi 276-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2008-3, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/2008-3/0043-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Frankirlash mashinasidan foydalanishni joriy etishda filial yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqasi bog‘lamasi, pochtamt) vakili tomonidan, kiritish vaqtidagi hisoblagichning ko‘rsatkichlari belgilanadigan dalolatnoma uch nusxada tuziladi. Birinchi nusxasi foydalanuvchida qoladi, ikkinchisi frankirlash mashinasi ro‘yxatga olingan joy bo‘yicha filial yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqasi bog‘lamasi, pochtamt)ga, uchinchisi xizmat ko‘rsatuvchi pochta aloqasi obyektiga yuboriladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2025-yil 4-yanvardagi 276-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2008-3, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/2008-3/0043-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Frankirlash mashinasining mulkdori bo‘lib filial yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqasi bog‘lamasi, pochtamt) hisoblansa, mashinadan foydalanishga kiritish dalolatnomasi ikki nusxada tuziladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2025-yil 4-yanvardagi 276-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2008-3, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/2008-3/0043-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Frankirlash mashinasidan foydalanganligi uchun shartnoma to‘xtatilgan yoki frankirlash mashinasining foydalanuvchisi o‘zgargan taqdirda nomli buyumlar tamg‘asi mashina ro‘yxatga olingan filial yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqasi bog‘lamasi, pochtamt)ga beriladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2025-yil 4-yanvardagi 276-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2008-3, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/2008-3/0043-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Taqvim shtempeli tamg‘asi yo‘q qilinadi, buning uchun filial yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqasi bog‘lamasi, pochtamt) rahbari tomonidan komissiya tuziladi. Yo‘q qilish mexanik shikastlash yo‘li bilan amalga oshiriladi, bu haqda dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaga taqvim shtempeli tamg‘asining izi tushiriladi.
Pochta aloqasi xizmatlari to‘lovi izining tamg‘asi frankirlash mashinasidan foydalanish uchun yangi shartnoma tuzilgunga qadar, foydalanish imkoniyatini istisno qiluvchi tartibni ta’minlagan holda, filial yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqasi bog‘lamasi, pochtamt)da saqlanadi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2025-yil 4-yanvardagi 276-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2008-3, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/2008-3/0043-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Yozma xat-xabarlarni qabul qilish amalga oshiriladigan filial yoki pochta aloqasi obyektining xodimi frankirlash mashinasi hisoblagichining ko‘rsatkichini oyda bir marta, hisobot davrining oxirida oladi, bu haqda foydalanuvchi bilan birga bajarilgan ishlar dalolatnomasi tuziladi (2-ilova), u asosida hisob-kitoblar amalga oshiriladi. Dalolatnoma filial yoki pochta aloqasi obyekti va foydalanuvchining rahbarlari tomonidan imzolanadi.
(21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2025-yil 4-yanvardagi 276-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2008-3, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/2008-3/0043-son)
Foydalanuvchilar tomonidan xizmatlar to‘lovi hisobot oyining 30 (31) sanasidan kechiktirmasdan har oyda tuziladigan bajarilgan ishlar dalolatnomasi asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bajarilgan ishlar dalolatnomalari har bir foydalanuvchi bo‘yicha, pochta aloqasi obyekti xodimi va foydalanuvchining vakili tomonidan imzolanadigan, jo‘natilgan yozma xat-xabarlar uchun ro‘yxat ilova qilinib, ikki nusxada tuziladi. Dalolatnomaning birinchi nusxasi tilxat bilan to‘lash uchun foydalanuvchiga beriladi, ikkinchisi filial yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqasi bog‘lamasi, pochtamt) buxgalteriyasiga beriladi.
(21-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2025-yil 4-yanvardagi 276-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2008-3, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/2008-3/0043-son)
III. Yakuniy qoida
22. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan.
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi raisi v.b. B. ULASHOV
Toshkent sh.,
2009-yil 20-avgust
Oldingi tahrirga qarang.
Pochta aloqasida frankirlash mashinasidan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA

Ro‘yxatga olish varaqchasining namunasi

___________________________________________________________________________

____-son Ro‘yxatga olish varaqchasi

____________________________________________________________________________

(mashina tipi, tayyorlovchi-zavod)

Zavod (seriya, hisobga olish) nomeri _________ Chiqarilgan sana _______________________

Muvofiqlik sertifikati ________________________________________________________

(sertifikat raqami)

1. Frankirlash mashinasi foydalanuvchisining rekvizitlari

Foydalanuvchining nomi ________________________________________________________

Pochta manzili _________________________________________________________________

_____________________________________ Telefon _________________________________

Bank rekvizitlari ______________________________________________________________

Frankirlash mashinasidan foydalanish uchun mas’ul xodim

_______________________________________________________________________________

_______________________________________________________________________________

Rahbar imzosi

___________________________________

2. Filial yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqasi bog‘lamasi, pochtamt) rekvizitlari

Filial yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqasi bog‘lamasi, pochtamt) nomi ____________

_______________________________________________________________________________

Pochta manzili _________________________________________________________________

_______________________________________________________________________________

Frankirlash mashinasidan foydalanish uchun filial yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqasi bog‘lamasi, pochtamt) mas’ul xodimi ________________________________________

Foydalanish uchun shartnoma 20___ yil “____” __________ dagi ______-son

Foydalanishga kiritish sanasi ___________________________________________________

Filial yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqasi bog‘lamasi, pochtamt) rahbarining imzosi

______________________________________________________________________________

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2025-yil 4-yanvardagi 276-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2008-3, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/2008-3/0043-son)
Pochta aloqasida frankirlash mashinasidan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

TASDIQLAYMAN‎

___________________________________‎
___________________________________‎


‎‎‎Bajarilgan ishlar

‎‎DALOLATNOMASI

_______________________
‎‎

20__ yil “___” ______________‎

‎‎20__ yil “___” _________dagi ____-son Shartnomaga asosan ___________________
‎_______________________________________________________________________

‎‎(filial yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqasi bog‘lamasi, pochtamt)

‎‎_______________________________________________________________________

‎nomi (familiyasi, ismi, sharifi)

‎‎______________________________________________________ vakili ishtirokida

‎‎(foydalanuvchi nomi va familiyasi, ismi, sharifi)

‎‎_______________________________________________________________________
frankirlash mashinasi hisoblagichining ko‘rsatkichi:‎‎
20__ yil “___” _________________da‎

_____________________so‘mni‎

oldingi ko‘rsatkich‎

_____________________ so‘mni‎

‎‎tashkil qilishi, yozma xat-xabarlar ________________________ so‘m summaga markalanganligi to‘g‘risida dalolatnoma tuzilgan, taqdim etilgan pochta aloqasi xizmatlari to‘lovi uchun mashina foydalanuvchisi tomonidan oldin kiritilgan avansdan _______________________________________________________________

‎(summa so‘zlar bilan yoziladi)

chiqarib tashlanishi kerak.
‎‎
Imzolar:
‎‎
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2025-yil 4-yanvardagi 276-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2008-3, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/2008-3/0043-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 39-son, 426-modda; 2014-y., 20-son, 239-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 10/19/2008-2/2740-son; 17.01.2025-y., 10/25/2008-3/0043-son)