1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.07.00 Shahar transporti]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Toshkent shahrini yoʻlovchi tashish avtobuslari bilan taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Avtobus parklarining harakatlanuvchi tarkibini zamonaviy, qulay transport vositalari bilan yangilash hisobiga Toshkent shahri aholisini uzluksiz tashishga ortib borayotgan talabni toʻliq qondirish maqsadida:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.01 Umumiy masalalar]
1. “Toshshahartransxizmat” uyushmasi hamda “EvoBus GmbX” firmasi (Germaniya) tomonidan 2009-yilda 200 dona “Mercedes-Benz Conecto Low Floor” rusumli shahar yoʻlovchi tashish avtobuslarini hamda ularning ehtiyot qismlarini ilovaga muvofiq shartlarda yetkazib berish boʻyicha 2009-yil 7-apreldagi umumiy qiymati 26,4 mln yevro boʻlgan 2009/1-sonli oldi-sotdi shartnomasi imzolangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
200 ta avtobus va unga ehtiyot qismlarni yetkazib berish boʻyicha shartnomaning toʻliq qiymatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining 3 yil imtiyozli davrni ham hisobga olgan holda 15 yil muddatga, qayta moliyalashtiruvchi “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning yillik 0,25 foizli marjasi bilan va yillik 0,5 foizli stavkada beriladigan kredit mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi jamgʻarmasining asosiy qarzini uzish, foizlar va kreditga xizmat koʻrsatish boʻyicha komissiyalarni toʻlash “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi mablagʻlari, shuningdek, olinadigan avtobuslar miqdoriga mutanosib ravishda avtobus parklarining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi “Toshshahartransxizmat” uyushmasi hamda “EvoBus GmbX” firmasi (Germaniya) oʻrtasida tuzilgan shartnoma boʻyicha belgilangan tartibda ekspert xulosasini bersin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, “Oʻzsanoatqurilishbank” hamda “Toshshahartransxizmat” uyushmasi, istisno tariqasida, texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni koʻrib chiqish va tasdiqlashdan avval kredit bitimlarini rasmiylashtirsin hamda “EvoBus Gmbx” firmasi bilan tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan muddatlarda moliyalashtirishni ochsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.02.00 Bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish tartibi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.10.00 Tadbirkorlar birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar va b.) / 09.01.10.02 Tadbirkorlarning boshqa birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar, jamgʻarmalar va b.)]
5. “Toshshahartransxizmat” uyushmasi:
ikki oy muddatda 200 dona “Mercedes-Benz Conecto Low Floor” rusumli shahar yoʻlovchi avtobuslarini sotib olishning texnik-iqtisodiy hisob-kitobini ishlab chiqishni va uni tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritishni taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditiga xizmat koʻrsatishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlarni jamlash uchun “Oʻzsanoatqurilishbank”da maxsus jamgʻariluvchi hisob raqam ochsin.
6. Moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining jalb etiladigan krediti boʻyicha “Toshshahartransxizmat” uyushmasining “Oʻzsanoatqurilishbank” oldidagi majburiyatlari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi nomidan kafolat berish vakolati taqdim etilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.01 Investitsiya dasturlari]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi 200 ta “Mersedes-Benz Sonesto Low Floor” rusumli shahar yoʻlovchi avtobuslarini xarid qilish Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi Investitsiya dasturiga belgilagan tartibda kiritilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
8. “EvoBus Gmbx” firmasi bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha olib kelinadigan 200 ta “Mersedes-Benz Sonesto Low Floor” rusumli shahar yoʻlovchi avtobuslari, shuningdek, avtobuslardan foydalanishning kafolat muddati davrida ishdan chiqqan qismlar oʻrniga yetkazib beriladigan ehtiyot qismlar hamda materiallar bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar]
10. Belgilansinki, “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tarkibiy boʻlinmalarga “EvoBus GmbX” (Germaniya) firmasi bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha yetkazib beriladigan “Mercedes-Benz Conecto Low Floor” rusumli 200 ta shahar yoʻlovchi tashish avtobuslari, ularga ehtiyot qismlar, shu jumladan avtobuslardan foydalanishning kafolatli muddati davrida ishdan chiqqan qismlar oʻrniga yetkazib beriladigan ehtiyot qismlar va materiallar qoʻshilgan qiymat soligʻi solish obyekti hisoblanmaydi.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 6-may,
PQ-1109-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 6-maydagi PQ-1109-son qaroriga ILOVA
200 ta “Mercedes-Benz Conecto Low Floor” rusumli shahar yoʻlovchi tashish avtobuslarini hamda ularga ehtiyot qismlarni yetkazib berish boʻyicha 2009-yil 7-apreldagi 2009/1-son oldi-sotdi shartnomasi