|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 20.10.2023
|
O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining
buyrug‘i
TOVAR BELGISI VA XIZMAT KO‘RSATISh BELGISINI RO‘YXATDAN O‘TKAZISh UChUN TALABNOMA TUZISh, TOPShIRISh VA KO‘RIB ChIQISh QOIDALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 29-iyulda 1988-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 19-oktabrdagi 13-mh-sonli ““Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruq, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1988-7, 19.10.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 19-sentabrdagi O‘RQ–111-son Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 37-38-son, 379-modda) muvofiq buyuraman:
1. Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2002-yil 11-oktabrdagi 51-sonli “Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1184, 2002-yil 1-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil, 21-son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
Direktor B.A. AMONOV
Toshkent sh.,
2009-yil 24-iyun,
72-son
O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2009-yil 24-iyundagi 72-son buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish
qoidalari
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 7-oktabrdagi 17-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1988-4, 08.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 10/21/1988-4/0941-son)
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi qisqartmalar qo‘llaniladi:
Qonun— O‘zbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonuni;
Vazirlik — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
Davlat muassasasi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi;
(1-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
Tovar belgisi— tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisi;
Talabnoma— tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma;
Parij konvensiyasi — Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amal qilayotgan tahriri;
TXXK — tovar va xizmatlarning xalqaro klassifikatsiyasi;
BIMT XB — Butunjahon intellektual mulk tashkiloti Xalqaro byurosi;
Xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish — Belgilarni xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi Madrid bitimiga doir Bayonnomaga muvofiq amalga oshirilgan tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish;
Xalqaro reyestr — belgilarni xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi ma’lumotlarning BIMT XB olib boradigan rasmiy to‘plami;
Bayonnoma — Belgilarni xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi Madrid bitimiga doir Bayonnoma (Madrid, 1989-yil 27-iyun).
II. Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma tuzish va topshirish.
Talabnoma topshirish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar
Talabnoma topshirish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar
1-§. Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishga talabnoma
2. Qonunning 3-moddasiga muvofiq tovar belgisi — bu bir yuridik va jismoniy shaxslar tovarlari va xizmatlarining boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning shu turdagi tovarlaridan farqlash uchun xizmat qiladigan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan belgidir.
Yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar birlashmasining ular tomonidan ishlab chiqariladigan va (yoki) realizatsiya qilinadigan bir xil sifatga yoki boshqa umumiy tavsiflarga ega bo‘lgan tovarlarini belgilash uchun mo‘ljallangan tovar belgisi jamoaviy belgi hisoblanadi.
3. Qonunning 3-moddasi beshinchi qismiga muvofiq tasvirlar, so‘zlar, muayyan shakl tarzidagi belgilar va boshqa belgilar yoki ularning istalgan bir rangdagi yoki turli rangdagi jamlama ifodasi tovar belgilari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin.
So‘zli belgilarga so‘zlar, so‘z ko‘rinishiga ega bo‘lgan harfiy birikmalar (xususan, har qanday ketma-ketlikdagi unlilar va undosh tovushlarning bo‘g‘in hosil qiluvchi birikmalari), so‘z birikmalari, gaplar, shuningdek ularning birikmalari kiradi.
Tasviriy belgilarga jonli mavjudotlar, predmetlar, tabiiy va boshqa obyektlar tasvirlari, va shuningdek chiziqlar, dog‘lar, har qanday figuralarning tekislikdagi kompozitsiyalari (hajmlilaridan tashqari) kiradi.
Hajmli belgilarga fazoviy joylashgan uch o‘lchamli obyektlar, figuralar va chiziqlar va figuralarning kombinatsiyalari kiradi.
Jamlama belgilarga turli xarakterdagi ya’ni tasviriy, so‘zli, muayyan shakldagi hajmli va boshqa elementlar kombinatsiyasi kiradi.
Boshqa belgilarga tovushli, yorug‘likdan iborat bo‘lgan, golografik, hidli kabi belgilar kiradi.
4. Quyidagilar tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi:
a) davlat gerblari, bayroqlari va davlat mukofotlarining tasviri tushirilgan belgilar;
b) davlatlarning rasmiy nomlari, xalqaro yoki hukumatlararo tashkilotlarning qisqartirilgan yoki to‘liq nomlari;
v) rasmiy nazorat, kafolat tamg‘alari va namuna yo‘sinidagi tamg‘alar, muhrlar;
g) davlat xizmatlarining O‘zbekiston Respublikasida qo‘llaniladigan ajratish va farqlash belgilari tasvirlari.
Yuqoridagi “a”—“g” kichik bandlarda ko‘rsatilgan belgilar, agar bunga tegishli davlat organining yoki belgi egasining roziligi bo‘lsa, tovar belgisiga muhofaza qilinmaydigan qismlar sifatida kiritilishi mumkin.
d) xususan farqlash xususiyatiga ega bo‘lmagan belgilar, xususan:
o‘ziga xos grafik tasvirga ega bo‘lmagan alohida harflar, raqamlardan iborat bo‘lgan belgilar, so‘z ko‘rinishiga ega bo‘lmagan harflar birikmalari;
chiziqlar, oddiy geometrik figuralar va ularning tarkibiga kirgan alohida elementlaridan farqli, sifat jihatdan boshqa qabul qilish darajasini beradigan kompozitsiyalar hosil qilmaydigan birikmalari;
tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishga topshirilgan talabnomadagi tovarlarni belgilash uchun ularning haqiqiy yoki sxematik tasvirlari;
shakli faqat funksional vazifasidan kelib chiqadigan uch o‘lchamli obyektlar;
tovarlarning umum e’tirof etilgan oddiy nomlari shu tovarlarni belgilash uchun;
korxona, tashkilot, muassasa va sohalarning umumqabul qilingan qisqartirilgan nomlari va abbreviaturalari;
e) muayyan turdagi tovarlarning belgisi sifatida umumfoydalanishda bo‘lgan belgilar. Bunday belgilar deb ma’lum bir tovar yoki turli ishlab chiqaruvchilarning shunga o‘xshash tovarlari uchun uzoq vaqt ishlatilganligi tufayli tushuncha bo‘lib qolgan belgilar tushuniladi;
j) umume’tirof etilgan ramzlar va atamalar hisoblangan belgilar.
Umume’tirof etilgan ramzlarga odatda, tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralayotgan tovarlar ro‘yxatidagi tovarlarga oid bo‘lgan xo‘jalik yoki faoliyat sohasini aks ettiruvchi belgilar, shuningdek fan va texnikada qo‘llaniladigan shartli belgilar kiradi. Umum e’tirof etilgan atamalarga fan va texnikaning aniq bir sohasiga xos bo‘lgan so‘z birliklari kiradi;
z) tovarlarni, shu jumladan ularning turi, sifati, soni, xususiyati, qanday maqsadga mo‘ljallanganligi va qiymatini, shuningdek ularning ishlab chiqariladigan yoki o‘tkaziladigan joyi va vaqtini tavsiflash uchun foydalaniladigan belgilar.
Mazkur “z” kichik bandda ko‘rsatilgan belgilarga tovarlarning oddiy nomlari, tovarlar sifat toifasining belgisi, tovarlarning xususiyatini ko‘rsatuvchi (shu jumladan, maqtov xarakteriga ega bo‘lgan) belgilar, xomashyo materialini va tarkibini ko‘rsatuvchi belgilar, tovarlarning og‘irligi, hajmi, narxini, ishlab chiqarilgan sanasini ko‘rsatuvchi belgilar, umumiy nomlar, ishlab chiqarishni yaratish tarixidan ma’lumotlar, korxonalarning nomlari, tovar tayyorlovchilarning va vositachi firmalarning manzilgohlari, qisman yoki to‘liq jug‘rofiy nomdan iborat bo‘lib, tovar tayyorlovchining joylashgan joyi sifatida qabul qilinishi mumkin bo‘lgan belgilar.
Yuqoridagi “d” — “z” kichik bandlarda ko‘rsatilgan belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazishga, basharti bu belgilar amalda ulardan aniq tovarlar uchun foydalanish natijasida farqlanish xususiyatiga ega bo‘lganligi isbotlangan taqdirdagina yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Isbot sifatida talabnoma topshirilgan sanagacha talabnomada ko‘rsatilgan belgidan foydalanilganligi natijasida farqlanish xususiyatiga ega ekanligini tasdiqlaydigan quyidagi ma’lumotlar taqdim etiladi:
talabnomada ko‘rsatilgan belgi bilan belgilangan tovarlarni ishlab chiqarish va sotish hajmi;
talabnomada ko‘rsatilgan belgi bilan belgilangan tovarlarning sotilish hududlari;
talabnomada ko‘rsatilgan tovar(xizmat)larni belgilash uchun berilgan belgidan foydalanish muddati;
talabnomada ko‘rsatilgan belgi bilan belgilangan tovar(xizmat)larning reklamasi uchun sarflanadigan xarajatlar hajmi;
talabnomada ko‘rsatilgan belgi va shu belgi bilan belgilangan tovarlarning ishlab chiqaruvchilari haqida iste’molchilarning xabardorlik darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shu jumladan ijtimoiy so‘rovlarning natijalari;
talabnomada ko‘rsatilgan belgi bilan belgilangan tovarlar haqidagi axborot ochiq matbuotda nashr qilinganligi to‘g‘risida ma’lumotlar;
talabnomada ko‘rsatilgan belgi bilan belgilangan tovarlar O‘zbekiston Respublikasi yoki chet mamlakatlardagi ko‘rgazmalarda namoyish qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshqa ma’lumotlar.
i) tovar yoki uning tayyorlovchisi xususidagi yolg‘on yoki iste’molchini chalg‘itishi mumkin bo‘lgan belgilar, ularga xususan, iste’molchining ongida tovarning haqiqatga to‘g‘ri kelmagan ma’lum bir sifati, uning tayyorlovchisi yoki kelib chiqqan joyi haqida tasavvur hosil qiladigan belgilar kiradi. Belgining kamida bitta elementi yolg‘on yoki iste’molchini chalg‘itishi mumkin bo‘lsa, belgi yolg‘on yoki iste’molchini chalg‘itishi mumkin deb e’tirof etiladi;
k) tovar kelib chiqqan haqiqiy joyni rasman ko‘rsatuvchi, lekin tovar boshqa hududda chiqarilayotganligi haqida yanglish tasavvur beruvchi belgilar;
l) ma’danli suvlar, vino yoki kuchli spirtli ichimliklarning asliyatini aks ettiruvchi jug‘rofiy nomlar bo‘lgan yoki shunday nomlarni ifodalovchi belgilar, mazkur joyda chiqarilmagan tovarlarni belgilash uchun ishlatilgan belgilar, shuningdek basharti ular tarjima qilib yoki “ko‘rinishdagi”, “turdagi”, “usuldagi” va boshqa shunga o‘xshash so‘zlar bilan qo‘shilgan holda qo‘llanilsa;
m) jamiyat manfaatlariga, odamiylik va axloq qoidalariga zid bo‘lgan belgilar, ularga xususan, diniy nishon va ramzlar, axloqsiz mazmundagi so‘z va tasvirlar, inson qadrini, diniy hissiyotlarni haqorat qiladigan insonparvarlikka zid xarakterdagi shiorlar va boshqalar;
n) quyidagi belgilar bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan o‘xshash bo‘lgan belgilar:
ilgari O‘zbekiston Respublikasida boshqa shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki ro‘yxatdan o‘tkazish so‘rab talabnoma berilgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilmay ham muhofaza qilinadigan yoki shu turdagi tovarlarga nisbatan ancha ilgariroq ustuvorlikka ega bo‘lgan tovar belgilari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan o‘xshash bo‘lgan belgilar;
har qanday tovarlarga nisbatan boshqa shaxslarning belgilangan tartibda umum e’tirof etilgan tovar belgilari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan o‘xshash bo‘lgan belgilar;
Qonunga muvofiq muhofaza qilinadigan geografik ko‘rsatkichlar va tovar kelib chiqqan joy nomlari bo‘lgan belgilar bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan o‘xshash bo‘lgan belgilar, bu belgilar har qanday tovarlarga nisbatan shunday ko‘rsatkichdan yoki nomdan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan tovar belgisiga muhofaza qilinmaydigan qism sifatida kiritilgan hollar bundan mustasno;
(4-bandning “n” kichik bandi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 11-apreldagi 10-mh-son bo‘yrug‘i (ro‘yxat raqami 1988-6, 11.04.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.04.2022-y., 10/22/1988-6/0295-son)
belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan sertifikatlash belgilari.
Ushbu “n” kichik bandning ikkinchi, uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan tovar belgilari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan o‘xshash bo‘lgan belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazishga tovar belgisi egasining bu belgini ro‘yxatga olish uchun roziligi bo‘lgan taqdirdagina yo‘l qo‘yilishi mumkin. Bu holda rozilik xatining asli taqdim qilinadi. Rozilik xati “katta” belgi egasi bo‘lgan korxonaning firma blankasida rasmiylashtiriladi va quyidagi bandlardan iborat bo‘ladi:
rozilik bergan tovar belgisi egasining to‘liq nomi va manzilgohi;
rozilik olgan shaxsning to‘liq nomi va manzilgohi;
o‘xshash tovar belgisi egasining imzosi, lavozimi va familiyasi;
egasi rozilik bergan tovar belgisining tasviri;
rozilik olib talabnoma topshirilayotgan belgining tasviri;
rozilik berilgan tovarlar va/yoki xizmatlar ro‘yxati;
rozilik xati berilgan sana, ushbu sanasiz xat haqiqiy emas deb hisoblanadi;
o) quyidagi belgilar:
o‘zga shaxslarga tegishli va O‘zbekiston Respublikasi hududida taniqli bo‘lgan firma nomlarini (yoki ularning bir qismini), agar bu nomga bo‘lgan huquq bir turdagi tovarlarni belgilash uchun tovar belgisiga doir talabnoma kelib tushish sanasidan avvalroq olingan bo‘lsa, takrorlovchi belgilar;
sanoat namunalarini takrorlovchi belgilar, agar ularga bo‘lgan huquq O‘zbekiston Respublikasida o‘zga shaxslarga tegishli bo‘lsa;
O‘zbekiston Respublikasida mashhur bo‘lgan ilmiy asarlar, adabiyot va san’at asarlarining nomlarini, ularning qahramonlarini yoki iboralarini, san’at asarlarini yoki ulardan ko‘rinishlarni mualliflik huquqiga ega bo‘lgan shaxs yoki uning huquqiy vorislari (merosxo‘rlari) roziligini olmagan tarzda takrorlovchi belgilar;
atoqli shaxslarning familiyalari, ismlari, taxalluslari va ulardan yasalgan so‘zlarini, bunday shaxslarning portretlarini hamda dastxatlarini, basharti bular O‘zbekiston Respublikasining tarixiy va madaniy boyligi bo‘lsa, ana shu atoqli shaxslar, ularning merosxo‘rlari yoki davlat organi roziligini olmagan tarzda takrorlovchi belgilar.
Ushbu bandning “o” kichik bandida ko‘rsatilgan ma’lum va mashhurlik tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishga taqdim etilgan belgining ustuvorlik sanasiga nisbatan aniqlanadi.
5. Qonunning 9-moddasi birinchi qismiga muvofiq tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun beriladigan talabnoma bir tovar belgisiga taalluqli bo‘lishi lozim.
6. Talabnomada quyidagilar bo‘lishi kerak:
a) tovar belgisi sifatida belgini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma beruvchining uning joylashgan joyi yoki yashash manzili ko‘rsatilgan arizasi (bundan keyingi o‘rinlarda ariza deb yuritiladi);
b) talabnomada ko‘rsatilgan belgining tasviri;
v) belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tovarlar va (yoki) xizmatlarning xalqaro tasnifiga muvofiq guruhlangan, tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralayotgan tovarlarning ro‘yxati.
7. Talabnomaga talabnomani topshirish uchun belgilangan tartibda patent boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi lozim.
8. Agar talabnoma jamoaviy belgiga oid bo‘lsa, bunday holda talabnomaga huquqiy va (yoki) jismoniy shaxslar birlashmasi qatnashchilarining jamoaviy belgidan foydalanish to‘g‘risidagi kelishuvi (bundan keyingi o‘rinlarda Kelishuv deb yuritiladi) ilova qilinadi.
Kelishuvda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi lozim:
a) jamoaviy belgini o‘zining nomiga ro‘yxatdan o‘tkazishga vakolat berilgan shaxsning nomi;
b) ushbu belgidan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxati (to‘liq rasmiy nomi va manzilgohini ko‘rsatgan holda);
v) jamoaviy belgini ro‘yxatdan o‘tkazish maqsadi;
g) jamoaviy belgi bilan belgilanadigan tovarlarning ro‘yxati va yagona sifat yoki boshqa umumiy ko‘rsatkichlari;
d) jamoaviy belgidan foydalanish shartlari;
e) jamoaviy belgidan foydalanishni nazorat qilish tartibi haqidagi nizom;
j) kelishuvni buzganlik uchun javobgarlik haqidagi nizom.
Kelishuv ushbu belgidan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan imzolanadi (huquqiy shaxslar uchun muhr bilan tasdiqlanadi). Imzo chekkan shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi ko‘rsatiladi.
9. Talabnoma patent vakili orqali berilgan bo‘lsa, qonunchilik hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan va uning vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ishonchnoma talabnoma bilan bir vaqtning o‘zida yoki talabnoma topshirilgan sanadan ikki oydan kechiktirilmay topshiriladi.
10. Konvensiya ustuvorligi so‘rab berilgan talabnomaga (bundan buyon matnda — konvensiya talabnomasi deb yuritiladi) talabnoma beruvchi tomonidan sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasi qatnashchisi bo‘lgan davlatda berilgan birinchi talabnomaning tasdiqlangan nusxasi va uning o‘zbek yoki rus tiliga qilingan tarjimasi ilova qilinadi, ular konvensiya talabnomasi Vazirlikka kelib tushgan sanadan boshlab uch oy muddatdan kechiktirilmay topshiriladi. Birinchi talabnoma nusxasining tarjimasi talabnoma beruvchi yoki patent vakili tomonidan imzolanadi.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
Konvensiya ustuvorligini belgilash to‘g‘risidagi iltimosnoma, talabnoma berish paytida (guvohnoma berish to‘g‘risidagi arizaning tegishli grafasida keltiriladi) yoki Patent idorasiga talabnoma kelib tushgan sanadan boshlab ikki oy muddat davomida topshirilishi mumkin.
11. Ko‘rgazmaga oid ustuvorlik so‘rab berilgan talabnomaga, bunday ustuvorlik so‘rashning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjat ilova etiladi, u Vazirlikka talabnoma kelib tushgan sanadan boshlab uch oydan kechiktirilmay topshiriladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
Talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjat, sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining qatnashchisi bo‘lgan davlatlardan birining hududida tashkil etilgan ko‘rgazmaning maqomini, ya’ni rasmiy xalqaro ko‘rgazma yoki xalqaro deb rasman tan olingan ko‘rgazmaligini tasdiqlashi va tovarlarni namoyish etgan shaxsning nomini, belgini, shu belgi qo‘yilgan tovarlar ro‘yxatini, shuningdek eksponatlarni ochiq namoyish etish boshlangan sanani o‘z ichiga olishi lozim. Hujjat tegishli ko‘rgazma ma’muriyatining vakolatli shaxsi tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
Ko‘rgazmaviy ustuvorlikni belgilash haqidagi iltimosnoma talabnomani topshirishda (arizaning tegishli grafasida keltiriladi) yoki talabnoma Patent idorasiga kelib tushgan sanadan so‘ng ikki oy mobaynida taqdim etilishi mumkin.
12. Talabnomada ko‘rsatilgan belgini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza o‘zbek yoki rus tilida topshiriladi. Talabnomaning boshqa hujjatlari o‘zbek, rus yoki boshqa tilda topshiriladi.
Agar talabnoma hujjatlari boshqa tilda topshirilgan bo‘lsa, talabnomaga ularning o‘zbek yoki rus tiliga talabnoma beruvchi yoki patent vakilining imzosi bilan tasdiqlangan tarjimasi ilova qilinadi.
Boshqa tilda topshirilgan hujjatlar, agar ularning tarjimalari boshqa tilda topshirilgan hujjatlar kelib tushgan sanadan boshlab ikki oy muddat ichida topshirilsa Vazirlikka kelib tushgan sanadan boshlab topshirilgan deb hisoblanadi, aks holda hujjatlar, ularning tarjimalari kelib tushgan sanadan boshlab topshirilgan deb hisoblanadi.
(12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
13. Talabnoma (belgini ro‘yxatdan o‘tkazishga talab etilayotgan tasvirdan tashqari) ikki nusxada topshiriladi.
Belgining ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talab etilayotgan tasviri 5 nusxada topshiriladi.
Talabnomaga ilova etilayotgan hujjatlar bir nusxada topshiriladi.
2-§. Talabnomaning tarkibi
14. Talabnoma Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq shaklda topshiriladi.
Agar ba’zi ma’lumotlarni tegishli grafalarda to‘liq joylashtirish mumkin bo‘lmasa, ular o‘sha shakl bo‘yicha qo‘shimcha varaqda keltiriladi, talabnomaning tegishli grafasida “davomini qo‘shimcha varaqda qarang” deb ko‘rsatiladi.
15. “Yozishmalar uchun manzilgoh” grafasida xat oluvchining pochta indeksi ko‘rsatilgan yozishma olib borish uchun manzilgohi, ismi yoki nomi va telefon, faks raqamlari, elektron pochta manzili (agar ular mavjud bo‘lsa) ko‘rsatiladi.
Yozishma uchun manzilgoh sifatida talabnoma beruvchi yuridik shaxsning O‘zbekiston Respublikasida joylashgan joyi yoki O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan talabnoma beruvchi jismoniy shaxsning manzilgohi yoxud Vazirlikda ro‘yxatdan o‘tkazilgan patent vakilining manzilgohi yoki O‘zbekiston Respublikasi hududidagi boshqa manzilgoh ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
16. “Talabnoma beruvchi” grafasida talabnoma beruvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltiriladi. Yuridik shaxsning rasmiy nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi (agar u mavjud bo‘lsa) ko‘rsatiladi. Talabnoma beruvchining nomi o‘zbek va rus tillarida ko‘rsatiladi. Shuningdek, talabnoma beruvchining pochta indeksi ko‘rsatilgan, mamlakatning rasmiy nomini ham o‘z ichiga olgan, telefon, faks raqamlari va elektron pochta manzili (agar ular mavjud bo‘lsa) ko‘rsatilgan to‘liq pochta manzilgohi keltiriladi.
17. Nomlariga tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralayotgan O‘zbekiston Respublikasi korxonalari, tashkilotlari, muassasalari uchun agar u belgilangan bo‘lsa, KTUT kodi ko‘rsatiladi. Agar KTUT kodi belgilangan bo‘lmasa, tegishli joyda “belgilanmagan” deb ko‘rsatiladi.
Nomlariga tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralayotgan, O‘zbekiston Respublikasining chegarasidan tashqarida yashovchi chet el yuridik yoki jismoniy shaxslari uchun BIMTning ST.3 standarti bo‘yicha mamlakat kodi ko‘rsatiladi (agar u belgilangan bo‘lsa).
18. Ustuvorlikni belgilash to‘g‘risidagi iltimosnoma ko‘rsatilgan grafa, Vazirlikka talabnoma kelib tushgan sanadan oldinroq ustuvorlik so‘ralayotgan holdagina to‘ldiriladi. Bu holda tegishli kataklarga “X” belgisi qo‘yib chiqiladi.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
“Birinchi talabnoma raqami” grafasida konvensiya ustuvorligini so‘rashga asos bo‘layotgan birinchi talabnomaning raqami ko‘rsatiladi.
“Dastlabki talabnoma raqami” grafasida ushbu talabnoma ajratib olingan dastlabki talabnoma raqami ko‘rsatiladi.
“Xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish raqami” grafasida O‘zbekiston Respublikasi hududida avval muhofaza qilingan tovar belgisining xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazilish raqami ko‘rsatiladi.
“So‘ralayotgan ustuvorlik sanasi” grafasida so‘ralayotgan ustuvorlik sanasi ko‘rsatiladi.
“Talabnoma berilgan mamlakatning BIMTning ST.3 standarti bo‘yicha kodi” grafasida talabnoma berilgan mamlakatning BIMTning ST.3 standarti bo‘yicha kodi ko‘rsatiladi.
19. Talabnoma beruvchi tomonidan ish olib borish patent vakili orqali amalga oshirilgan holda to‘ldiriladigan “Patent vakili” grafasida u to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlar keltiriladi: familiyasi, ismi otasining ismi (agar u mavjud bo‘lsa), Vazirlikda ro‘yxatdan o‘tkazilgan raqami, joylashgan joyi, telefon, faks raqami va elektron pochta manzili (agar ular mavjud bo‘lsa).
(19-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
20. “Talabnomada ko‘rsatilgan belgining tasviri” grafasida talabnoma berilgan belgining fotosurati, tipografiya ottiskasi qalin, uzoq muddatga chidamli, formati 8x8 sm bo‘lgan qog‘ozdagi tasviri yopishtirib qo‘yiladi (belgining turiga qarab, uning fotosurati yoki ottiskasining kengligi 8x16 sm ni tashkil etishi mumkin).
Agar ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tovar belgisi sifatida etiketka ko‘rinishidagi belgiga talabnoma berilayotgan bo‘lsa, u holda talabnoma berilayotgan belgining tasviri sifatida etiketkaning o‘zi topshirilishi mumkin. Agar etiketkaning formati 8x16 sm dan ortiq bo‘lsa, u holda talabnoma berilayotgan belgining tasviri kichraytirilgan o‘lchamda topshiriladi.
Agar ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tovar belgisi sifatida muayyan shaklga ega bo‘lgan (uch o‘lchamli) belgiga talabnoma berilayotgan bo‘lsa, u holda “Talabnomada ko‘rsatilgan belgining tasviri” grafasida shu belgining umumiy ko‘rinishining tasviri joylashtiriladi. Shu bilan birga, talabnomada ko‘rsatilgan belgi to‘g‘risida to‘liq tasavvur hosil qiluvchi barcha zarur proyeksiyalarning tasviri ham keltiriladi.
Talabnomada ko‘rsatilgan belgining tasviri tovar belgisini qaysi rang yoki ranglar birikmasida ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralayotgan bo‘lsa, o‘sha rang va ranglar birikmasida topshiriladi.
Belgining tasviri undan istalgan miqdorda nusxa olishga imkon beradigan qilib, grafik jihatdan sifatli bajarilgan bo‘lishi lozim.
21. Agar talabnoma berilayotgan belgining tasvirini “Talabnomada ko‘rsatilgan belgining tasviri” grafasida keltirish imkoni bo‘lmasa, bu holda ushbu grafada “X” belgisi qo‘yilib, talabnoma berilayotgan belgi alohida elektron tashuvchida taqdim etilayotgani aytiladi hamda ushbu tashuvchi turi ko‘rsatiladi (kompyuter diski, disketa, audiotasma, videotasma va h.k.).
22. “Belgining turiga taalluqli ko‘rsatmalar” grafasi tegishli kataklar “X” belgisini qo‘yib chiqish yo‘li bilan to‘ldiriladi.
23. Agar so‘z bilan ifodalangan belgi o‘zbek tilida ham rus tilida ham taqdim etilmagan bo‘lsa, bu holda “Belgi yoki uning qismlarining transliteratsiyasi” grafasida uning o‘zbek yoki rus alifbosi harflaridagi transliteratsiyasi va agar belgi ma’no ifodalasa, uning o‘zbek yoki rus tillariga tarjimasi keltiriladi.
24. “Talabnoma berilayotgan belgining tavsifi” grafasida talabnomada ko‘rsatilgan belgining tavsifi keltiriladi: uning ko‘rinishi (so‘zli, tasviriy, hajmiy, harakatlanuvchi, hidli, tovushli, va/yoki aralash belgi), tarkibiy elementlari, umuman belgining yoki uning ayrim elementlari (qismlari)ning ma’nosi.
Agar so‘zli belgi yoki uning bir qismi ma’noga ega bo‘lmasa, u holda uning vujudga kelish usuli ko‘rsatiladi: bir necha so‘zlarning boshlang‘ich bo‘g‘inlari, abbreviatura, to‘qib chiqarilgan so‘z va boshqalar.
Agar so‘zli belgi o‘zbek yoki rus tillarida kam ishlatiladigan bo‘lsa, (maxsus atama, tarixiy nom, eskirgan so‘z) u holda uning ma’nosi ko‘rsatiladi.
Agar belgi yoki uning bir qismi tasviriy bo‘lsa, u holda unga kiruvchi barcha elementlarning tavsifi keltiriladi va agar uning ma’nosi bor bo‘lsa, u ham ko‘rsatiladi.
Yorug‘lik, tovushli, hidli yoki boshqa belgilar grafik ko‘rinishida topshiriladi.
Agar tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yorug‘lik belgisiga talabnoma topshirilgan bo‘lsa, u holda yorug‘lik ramzlarining (signallarining) xarakteristikasi, ularning ketma-ketligi, yoritish vaqtining uzunligi va boshqa o‘ziga xos xususiyati keltiriladi.
Agar tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tovushli belgiga talabnoma topshirilgan bo‘lsa, bu holda u tarkib topgan tovush (tovushlar) tavsifi, shuningdek nota yozuvi yoki chastotalar diagrammasi keltiriladi.
Agar tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hidli belgiga talabnoma topshirilgan bo‘lsa, kompozitsiya tarkibi va hidni tavsiflovchi kimyoviy birikma formulasi keltiriladi.
25. Agar rangli belgini ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralayotgan bo‘lsa, u holda “Rangi yoki ranglar uyg‘unligi” grafasida uning rangi yoki ranglar birikmasi ko‘rsatiladi.
Ranglarning tavsifi belgida foydalaniladigan va ko‘chirma nusxada mavjud ranglarga mos kelishi lozim. Agar oq-qora rangdagi belgini ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralayotgan bo‘lsa, ko‘rsatilgan grafani to‘ldirish talab etilmaydi.
26. Tovarlar va xizmatlarning ro‘yxati tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralayotgan tovarlar va xizmatlarni aniqlash uchun mo‘ljallanadi.
“Sinfi” va “Tovarlar va (yoki) xizmatlar nomi” grafalarida TXXK sinflarining raqamlari va tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralayotgan tovarlar va (yoki) xizmatlarning nomlari ko‘rsatiladi.
TXXK sinflari bo‘yicha guruhlarga ajratilgan tovarlar va (yoki) xizmatlar, mahsulot (xizmat)ni birxillashtirish imkonini beruvchi amaldagi TXXK tahririga kiritilgan nomlarga mos bo‘lishi lozim.
27. “Ilova qilingan hujjatlar ro‘yxati” grafasi tegishli kataklarga “X” belgisini qo‘yib chiqish va ilova qilinadigan hujjatlarning har bir namunasida nusxalar va varaqlar sonini ko‘rsatish yo‘li bilan to‘ldiriladi. Turi talabnomaning shaklida ko‘zda tutilmagan ilova qilinadigan hujjatlar uchun (“boshqa hujjat”) ularning mo‘ljallanganligi aniq ko‘rsatiladi.
Agar talab qilinayotgan belgi Qonunning 10-moddasi, birinchi qismi 1—4-bandlarida sanab o‘tilgan elementlarga ega bo‘lsa, talabnomaga tegishli vakolatli organning tovar belgisida quyidagi tasvirlardan foydalanishga roziligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi:
a) davlat gerblari, bayroqlari va emblemalar;
b) davlatlarning rasmiy nomlari, xalqaro yoki hukumatlararo tashkilotlarning qisqartirilgan yoki to‘liq nomlari;
v) davlat mukofotlari va boshqa farqlash belgilari;
g) rasmiy nazorat, kafolat yoki namuna tamg‘alari va muhrlar.
28. Agar belgi tarkibida ishlab chiqarishga asos solingan sana, talabnoma beruvchi tomonidan ishlab chiqilayotgan tovarlar yoki ko‘rsatilayotgan xizmatlarga berilgan mukofotlar tasviriga oid ko‘rsatmalar bo‘lsa, talabnomaga asos solingan sana va talabnoma beruvchining mukofotlarga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
29. Talabnomaning oxirgi “Imzo” grafasini imzo qo‘yilgan sanasi ko‘rsatilgan holda to‘ldirish barcha hollarda majburiydir.
Talabnoma talabnoma beruvchi tomonidan imzolanadi. Yuridik shaxs nomidan tashkilot rahbari tomonidan uning lavozimi ko‘rsatilgan holda imzolanadi. Imzo muhr bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlanadi.
(29-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Bosh direktorining 2017-yil 6-noyabrdagi 20-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1988-3 16.11.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.11.2017-y., 10/17/1988-3/0269-son)
Talabnoma patent vakili orqali berilganda, talabnoma patent vakili tomonidan imzolanadi.
Imzo imzo qo‘yuvchi shaxsning familiyasi va ismi, otasi ismining bosh harflari ko‘rsatilgan holda izohlanadi. Talabnomada qo‘shimcha varaqlar mavjud bo‘lsa, ular ham xuddi shu tartibda imzolanadi.
3-§. Hujjatlarni rasmiylashtirish
30. Barcha hujjatlardan istalgan tarzda nusxalar olish uchun qulay rasmiylashtirilishi lozim.
31. Talabnomaning hujjatlari oq, silliq, yaltiramaydigan qog‘ozda amalga oshiriladi.
32. Talabnomaning har bir hujjati alohida varaqdan boshlanadi. 210x297 mm formatga ega bo‘lgan varaqlar hoshiyalarining o‘lchami:
yuqorisi — 20 mm;
o‘ng va pastdagi — 20 mm;
chapdagi — 25 mmdan iborat bo‘lishi lozim.
33. Talabnomani har bir hujjatining ikkinchi va undan keyingi varaqlari arab raqamlari bilan raqamlanadi.
34. Hujjatlar qora rangli shriftlarda bosib chiqariladi. Matn 1,5 interval oralig‘ida bosh harflarining balandligi 2,1 mmdan kam bo‘lmagan holda bosmadan chiqariladi.
4-§. Talabnomani topshirish
35. Qonunning 4-moddasi ikkinchi qismi va 8-moddasi birinchi qismiga muvofiq tovar belgisiga talabnoma topshirish huquqiga yuridik yoki jismoniy shaxs (bundan keyingi o‘rinlarda talabnoma beruvchi deb yuritiladi) egadir.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 7-martdagi 5-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1988-5, 07.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2022-y., 10/22/1988-5/0192-son)
36. Talabnoma Vazirlikka bevosita topshiriladi yoki pochta orqali yuboriladi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
37. Talabnoma bevosita talabnoma beruvchi tomonidan yoki Vazirlikka ro‘yxatdan o‘tgan patent vakili orqali topshirilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy yashovchi jismoniy shaxslar yoki chet el yuridik shaxslari yoxud ularning patent vakillari tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish ishlarini yuritishni Vazirlikka ro‘yxatdan o‘tgan patent vakillari orqali amalga oshiradilar.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
III. Vazirlik va Davlat muassasasi bilan tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishda talabnoma bo‘yicha ishlarni olib borish
(III-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
1-§. Vakil tayinlash
38. Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha ishlarni olib borish va talabnomani ko‘rib chiqish davomida o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun talabnoma beruvchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma berib patent vakili tayinlashi mumkin.
(38-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
O‘zbekiston Respublikasida rasmiylashtiriladigan Vazirlik va Davlat muassasasi oldidagi vakillikka ishonchnoma oddiy yozma shaklda tuziladi va notarial tasdiqlanishi shart emas.
(38-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
39. Vakilning ishonchnomasi talabnomani topshirish vaqtida yoki ish yuritish davomida taqdim etilishi mumkin. Ishonchnoma talabnoma materiallariga qo‘shib qo‘yiladi.
40. O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida istiqomat qiluvchi jismoniy shaxs yoki chet el yuridik shaxsining manfaatlarini himoya qilish uchun patent vakiliga beriladigan ishonchnoma ushbu shaxsning o‘zi tomonidan ham talabnoma beruvchi tomonidan berilgan tegishli ishonchnomaga ega patent vakili tomonidan ham berilishi mumkin.
Agar ishonchnoma Vazirlikda ro‘yxatdan o‘tkazilgan bir nechta patent vakilining nomiga berilgan bo‘lsa, bu holda tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha ishlar to‘g‘ri kelgan patent vakili tomonidan olib boriladi.
(40-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
41. Ishonchnoma topshirilgunga qadar vakilning olib borgan harakatlari haqiqiy emas deb hisoblanadi va ekspertiza tomonidan inobatga olinmaydi. Vakilning unga taqdim etilgan vakolatlari doirasidagi har bir harakati yoki Vazirlik va Davlat muassasasining unga nisbatan har bir harakati talabnoma beruvchining harakati yoki talabnoma beruvchiga nisbatan harakat kabi oqibatlarga olib keladi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
42. Vakillik ishonchnomada ko‘rsatilgan vakolatlar yoki ularning amal qilish muddati tugaguncha amal qiladi. Ishonchnomada ko‘rsatilgan vakolatlarni muddatidan avval to‘xtatish talabnoma beruvchi yoki uning huquqiy vorisi tomonidan Vazirlikka tegishli ariza (ishonchnomani chaqirib olish) berish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
2-§. Vazirlik va Davlat muassasasi bilan yozishmalar olib borish
(2-paragrafning nomi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
43. Yozishmalar talabnoma beruvchi yoki uning patent vakili tomonidan har bir talabnoma uchun alohida olib boriladi. Talabnoma topshirilgandan keyin yuboriladigan materialda talabnoma raqami ko‘rsatilishi va talabnoma beruvchi yoki uning patent vakilining imzosi bo‘lishi shart. Talabnoma raqami ko‘rsatilmagan materiallar ko‘rib chiqilmasdan qaytarib yuboriladi.
44. Vazirlik va Davlat muassasasi bilan yozishmalar o‘zbek yoki rus tillarida olib boriladi. Talabnoma beruvchi tomonidan boshqa tilda berilgan materiallarga ularning o‘zbek yoki rus tillarida talabnoma beruvchi yoki uning patent vakili imzosi bilan tasdiqlangan tarjimasi ilova qilinishi lozim.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
3-§. Muddatlar
45. Yillar bilan hisoblanadigan muddat uning oxirgi yilidagi tegishli oy va kunda tamom bo‘ladi.
46. Oylar bilan hisoblanadigan muddat shu muddatning oxirgi oyidagi tegishli kunda tugaydi.
Agar oylar bilan hisoblanadigan muddatning tamom bo‘lishi tegishli raqam bo‘lmagan oyga to‘g‘ri kelsa, u holda muddat shu oyning oxirgi kunida tugaydi.
47. Haftalar bilan o‘lchanadigan muddat shu muddatning oxirgi haftasidagi tegishli kunda tugaydi.
48. Agar xat yoki patent boji Vazirlik va Davlat muassasasiga kelib tushishi lozim bo‘lgan muddatning oxirgi kuni Vazirlik va Davlat muassasasining dam olish kuniga to‘g‘ri kelsa, ushbu muddat keyingi ish kunigacha uzaytiriladi.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
4-§. Talabnoma hujjatlariga qo‘shimchalar, aniqliklar va tuzatishlar kiritish
49. Qonunning 13-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq talabnoma beruvchi o‘z tashabbusiga ko‘ra talabnoma materiallarini talabnoma mohiyatini o‘zgartirmagan holda tuzatishi, aniqlashtirishi va qo‘shimchalar kiritishi mumkin.
50. Talabnoma beruvchi talabnomaga quyidagi o‘zgartirishlarni kiritishi mumkin:
a) talabnoma beruvchining, patent vakilining nomini, nomlanishini o‘zgartirishi;
b) talabnoma beruvchining, patent vakilining manzilgohini, yozishmalar olib boriladigan manzilni o‘zgartirishi;
v) talabnoma beruvchini o‘zgartirishi;
g) kelishuvga o‘zgartirish kiritishi;
d) xatolarni tuzatishi;
e) tovarlar ro‘yxatini qisqartirishi.
51. Talabnoma materiallarini tuzatish, aniqlik va qo‘shimchalar kiritish talabnoma beruvchi tomonidan Qoidalarning 2, 3-ilovalariga muvofiq ariza topshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ariza Vazirlikka kelib tushganligi va uni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.
(51-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
Arizaga talabnoma materiallariga o‘zgartirishlar kiritishi uchun patent boji to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat ilova qilinadi. Patent boji to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat ilova qilinmasa yoki to‘langan patent bojining miqdori belgilangan miqdordan kam bo‘lsa, qo‘shimcha materiallar ko‘rib chiqishga qabul qilinmaydi va bu haqda talabnoma beruvchiga xabar beriladi.
52. Vazirlik talabnoma hujjatlaridagi xatolarni tuzatish haqidagi arizani qabul qiladi. Arizada talabnoma raqami va tuzatilishi lozim bo‘lgan xato ko‘rsatilgan bo‘lib talabnoma beruvchi yoki uning patent vakili tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak. Ariza Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq to‘ldiriladi.
(52-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
53. Talabnoma beruvchi — yuridik shaxs nomi yoki talabnoma beruvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgarganda, ushbu o‘zgartirishni tasdiqlaydigan hujjat taqdim etiladi.
54. Talabnoma beruvchi talabnomaga bo‘lgan huquqini o‘zga shaxsga o‘tkazsa, Vazirlikka talabnoma beruvchi o‘zgarganligi to‘g‘risidagi qaydni kiritish haqida ariza topshiriladi. Ariza Qoidalarning 4-ilovasiga muvofiq to‘ldiriladi.
(54-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
Arizada huquq o‘zga shaxs ya’ni huquqiy vorisga o‘tkazilishining ko‘rsatilishi, ushbu Qoidalarning 15, 16-bandlarida ko‘zda tutilgan shaxs haqidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak. Ariza talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisi tomonidan ushbu Qoidalarning 29-bandida ko‘zda tutilgan tartibda imzolanadi.
Agar ariza faqat talabnoma beruvchi tomonidan imzolangan bo‘lsa, arizaga talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisi tomonidan imzolangan huquq o‘tkazilganligini tasdiqlaydigan hujjat ilova qilinadi. Ariza Qoidalarning 5-ilovasiga muvofiq to‘ldiriladi.
Belgilangan talablarga rioya qilingan bo‘lsa, talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisiga talabnoma materiallariga talabnoma beruvchining o‘zgartirilganligi to‘g‘risida qayd kiritilganligi haqida xabar beriladi. Keyingi barcha yozishmalar yangi talabnoma beruvchi bilan olib boriladi.
Talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisiga talabnoma materiallariga o‘zgartirish kiritilganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma yuborilgan sana huquq o‘tgan sana deb hisoblanadi.
Belgilangan talablarga rioya qilinmagan holda, talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisi taqdim etilgan hujjatlarga aniqliklar va (yoki) tuzatishlar kiritish zarurligi yoki talabnoma materiallariga talabnoma beruvchining o‘zgartirish haqidagi qaydni kiritish mumkin emasligi to‘g‘risida, tegishli sabablar ko‘rsatilgan holda bildirishnoma yuboriladi.
55. Bir nechta tovar va (yoki) xizmatlar keltirilgan talabnomani talabnoma beruvchining yozma iltimosnomasiga ko‘ra ikkita yoki bir nechta talabnomaga ajratish mumkin (bundan keyingi o‘rinlarda ajratilgan talabnoma deb yuritiladi).
Bunda dastlabki talabnoma ko‘rib chiqishga qabul qilingan va chaqirib olinmagan bo‘lishi kerak, ajratilgan talabnoma talabnoma beruvchi tomonidan birinchi talabnoma bo‘yicha qaror qabul qilingunga qadar topshirilishi lozim, ajratilgan talabnomada ko‘rsatilgan tovarlar va xizmatlar birinchi talabnomada qoldirilgan tovarlar va xizmatlar bilan bir xil bo‘lmasligi kerak.
Iltimosnomaga mazkur Qoidalarning 6—13-bandlariga muvofiq rasmiylashtirilgan hujjatlar va talabnomani ajratish uchun belgilangan miqdorda boj to‘langanligini tasdiqlaydigan hujjat ilova qilinadi.
Ko‘rsatib o‘tilgan shartlarga rioya qilingan taqdirda talabnomani ajratish to‘g‘risidagi iltimosnoma qondiriladi va talabnoma beruvchiga bu haqda xabar qilinadi.
Talabnoma qondirilganda birinchi talabnomada ko‘rsatilgan tovarlar va xizmatlar ro‘yxatiga ajratilgan talabnomaga kiritilgan tovarlar va xizmatlar birinchi talabnomadan chiqarib tashlanganligi haqida o‘zgartishlar kiritiladi.
56. Talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan qo‘shimcha materiallar mazkur Qoidalarning 119, 120-bandlariga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
5-§. Talabnoma materiallari bilan tanishish
57. Talabnoma beruvchi (uning vakili) topshirilgan talabnoma va unga oid hujjatlar bilan oldindan kuni va soatini kelishib bevosita Vazirlik yoki Davlat muassasasid yoki talabnoma hujjatlarining yoxud ularning biror qismining nusxasini so‘rash yo‘li bilan tanishishi mumkin. So‘ralgan hujjatlarning nusxalari tarif bo‘yicha xizmatlarga tegishli haq to‘langan taqdirda talabnoma beruvchiga yuboriladi.
(57-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
Talabnoma beruvchi ekspertiza qarorida ko‘rsatilgan materiallar bilan ushbu materiallarning nusxalarini so‘rab olish yo‘li bilan tanishishga haqlidir.
Materiallarning so‘rab olingan nusxalari tarif bo‘yicha tegishli haq to‘langanlik sharti bilan yuboriladi.
6-§. Talabnoma beruvchi ishtirokida talabnomani ko‘rib chiqish
58. Talabnoma bilan bog‘liq savollarni talabnoma beruvchi (uning vakili) ishtirokida ko‘rib chiqish odatda, ekspertiza tomonidan talabnoma berilgan belgi, tovarlar va xizmatlar ro‘yxati bo‘yicha qo‘shimcha tushuntirishlar olish zaruriyati paydo bo‘lgan holda va belgining ro‘yxatdan o‘tkazish shartlariga muvofiqligi to‘g‘risida ekspertizaning va talabnoma beruvchining pozitsiyasini aniqlash uchun o‘tkaziladi.
Bunday ko‘rib chiqish ikkala tomon ushbu savollar bilan tanishib chiqqandan so‘ng, Davlat muassasasining taklifiga yoki talabnoma beruvchining iltimosiga ko‘ra o‘tkazilishi mumkin. Ekspertizaning savollari qo‘shimcha ravishda uchrashuvning maqsadga muvofiqligi xabar qilingan so‘rovnomada, talabnoma beruvchining savollari bunday ko‘rib chiqishni o‘tkazish haqidagi iltimosnomada bayon etiladi.
(58-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
So‘rovnoma yuborilgan holda talabnoma beruvchi talabnomani ko‘rib chiqishda qatnashish niyatidan qat’iy nazar so‘rovnomaga Qonunda belgilangan muddatda javob berishi lozim.
59. Talabnoma beruvchi ishtirokida talabnomani ko‘rib chiqish sanasi va vaqti oldindan kelishib olinadi. Tomonlardan biri vaziyat o‘zgargan hollarda, belgilangan vaqtda talabnomani ko‘rib chiqishda qatnashish imkoniga ega bo‘lmasa, bu haqda ikkinchi tomonni darhol xabardor qiladi.
Agar Davlat muassasasi yoki talabnoma beruvchi talabnomani birga ko‘rib chiqish vaqti kelmagan yoki maqsadga muvofiq emas deb hisoblasa, Davlat muassasasining taklifi yoki talabnoma beruvchining iltimosi rad etilishi mumkin. Ushbu Qoidalarning 40—43-bandlaridagi shartlar bajarilgan holda ekspert muhokamasida talabnoma beruvchining vakili qatnashishi mumkin.
(59-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
60. Talabnomani ko‘rib chiqishda talabnoma beruvchining patent vakili ushbu Qoidalarning 38—42-bandlaridagi shartlarga rioya qilingan holda ishtirok etishi mumkin.
61. Talabnoma beruvchi ishtirokida talabnomani ko‘rib chiqish muzokaralar yo‘li bilan yoki ekspert kengashida amalga oshiriladi.
Agar savollar bevosita ekspert va talabnoma beruvchi tomonidan hal qilinishi mumkin bo‘lsa, muzokaralar olib boriladi, agar savollarni hal qilish uchun mutaxassislar ekspertizasining ishtiroki talab qilinsa, ekspert kengashi o‘tkaziladi.
Muzokaralar yoki ekspert kengashi natijalari bo‘yicha ikki nusxada belgilangan shakldagi bayonnoma tuziladi va unda qatnashchilar, tomonlar keltirgan dalil va takliflar haqidagi ma’lumotlar hamda keyingi ish yuritish haqida xulosalar keltiriladi.
Bayonnomada tovarlar va xizmatlarning to‘g‘rilangan ro‘yxati, talabnomani chaqirib olish haqida ariza, yozma izohlarni talab qiluvchi ekspertiza savollari va boshqalar keltiriladi.
Talabnomani ko‘rib chiqishda qatnashuvchilarning barchasi bayonnomani imzolaydi. Bayonnomaning bir nusxasi talabnoma materiallariga qo‘shib qo‘yiladi, ikkinchisi talabnoma beruvchiga (yoki patent vakiliga) topshiriladi.
Muhokama qilinayotgan masalalar bo‘yicha bir bitimga kelinmagan bo‘lsa, ko‘rib chiqishda qatnashuvchilarning alohida fikrlari bayonnomada qayd etiladi. Talabnoma beruvchiga (yoki patent vakiliga) topshiriladigan, tegishli xulosalarni o‘z ichiga olgan bayonnoma nusxasi ish yuritish to‘xtatilganligi to‘g‘risidagi xabarnomaning (talabnoma chaqirib olingan taqdirda) yoki ekspertiza so‘rovnomasining o‘rnini bosishi mumkin, bu esa bayonnomada tegishli yozuv bilan rasmiylashtiriladi.
62. Bayonnoma talabnoma beruvchining ekspertiza so‘rovnomasiga javobi o‘rnini bosishi mumkin (agar bunda javob berishning belgilangan muddatlari buzilmagan bo‘lsa). Bunday holda bayonnomaga tegishli yozuv kiritiladi.
7-§. So‘ralgan materiallarni taqdim etish muddatini uzaytirish
63. Qonunning 13-moddasi beshinchi qismiga muvofiq talabnoma beruvchining yozma iltimosiga ko‘ra so‘ralgan materiallarni taqdim etish muddati uzaytirilishi mumkin. Iltimosnoma bilan birgalikda muddatni uzaytirish uchun belgilangan miqdorda boj to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat topshiriladi.
64. Muddatni uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma talabnoma beruvchiga so‘rovnoma yuborilgan sanadan uch oy o‘tmagan muddatda topshiriladi.
65. Talabnoma beruvchiga so‘ralgan materiallarni taqdim etish muddati uzaytirilganligi to‘g‘risida bildirishnoma yuboriladi.
66. Agar iltimosnoma belgilangan muddat o‘tgandan so‘ng berilgan bo‘lsa, shuningdek patent boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmagan bo‘lsa yoki to‘langan boj summasi belgilangan miqdorga to‘g‘ri kelmasa, so‘ralgan materiallarni taqdim etish muddati uzaytirilmaydi. Bu holda talabnoma beruvchiga uning iltimosini rad etilganligi haqida bildirishnoma yuboriladi.
8-§. O‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash
67. Qonunning 13-moddasi oltinchi qismiga muvofiq talabnoma beruvchi tomonidan ekspertiza so‘rovi bo‘yicha qo‘shimcha materiallarni taqdim etishning o‘tkazib yuborilgan muddatlari tiklanishi mumkin.
68. O‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risidagi rasmiy iltimosnoma talabnoma beruvchi tomonidan muddat o‘tib ketgan kundan boshlab ikki oy ichida muddatni o‘tkazib yuborishga uzrli sabablarni ko‘rsatgan holda topshiriladi.
Iltimosnoma talabnoma beruvchi tomonidan ekspertiza so‘ragan qo‘shimcha materiallar bilan yoki ushbu materiallarni yuborish muddatlarini uzaytirish haqidagi iltimosnoma bilan birgalikda taqdim etiladi.
69. Rasmiy iltimosnoma bilan birgalikda tegishli patent boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi. Agar shunday hujjat taqdim etilmagan bo‘lsa, rasmiy iltimosnoma topshirilmagan deb hisoblanadi va bu haqda talabnoma beruvchiga bildirishnoma yuboriladi.
70. O‘tkazib yuborilgan muddat tiklanganligi to‘g‘risida talabnoma beruvchiga bildirishnoma yuboriladi.
71. Qoidalarning 68-bandida ko‘rsatilgan talablar bajarilmagan holda rasmiy iltimosnoma talablari qondirilmaydi va bu haqda talabnoma beruvchiga bildirishnoma yuboriladi.
9-§. Talabnoma beruvchi tomonidan talabnomani chaqirib olish
72. Qonunning 17-moddasiga muvofiq talabnoma beruvchi talabnomani chaqirib olish huquqiga ega.
Talabnomani chaqirib olish to‘g‘risidagi ariza, talabnomani ko‘rib chiqishning istalgan bosqichida, lekin, tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish sanasiga qadar topshirilishi mumkin. Talabnoma beruvchiga talabnomani chaqirib olish to‘g‘risidagi ariza inobatga olinganligi to‘g‘risida bildirishnoma yuborilgan sanadan boshlab talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi.
73. Jamoaviy tovar belgisiga talabnoma ushbu belgidan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan barcha yuridik va jismoniy shaxslarning roziligi bo‘lgan holda chaqirib olinishi mumkin.
74. Chaqirib olingan talabnoma bo‘yicha huquqiy ahamiyatga molik amallar bajarilmaydi (bunday talabnoma ekspertizasi o‘tkazilmaydi, tovar belgisi ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi). Boshqa talabnomalarning ekspertizasini o‘tkazishda chaqirib olingan talabnoma e’tiborga olinmaydi.
IV. Talabnomani ko‘rib chiqish
1-§. Kelib tushgan talabnomani ro‘yxatga olish
75. O‘zbek yoki rus tilida Vazirlikka berilgan talabnomada tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza va talabnomani topshirish uchun patent boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat bo‘lsa, talabnoma kelib tushish sanasi ko‘rsatilgan holda ro‘yxatga olinadi.
(75-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
O‘zbek yoki rus tilidan boshqa tilda topshirilgan talabnoma ro‘yxatga olinmaydi va topshirgan shaxsga qaytarib yuboriladi.
Talabnomaga patent boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinmagan taqdirda, u ro‘yxatga olinmaydi va topshirgan shaxsga qaytarib yuboriladi.
(75-band O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2013-yil 8-avgustdagi 107-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1988-2, 12.09.2013-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 489-modda)
76. Talabnomaga uchta harfli va sakkiz xonali ro‘yxat raqami beriladi, bunda birinchi harf (M) sanoat mulki obyekti — tovar belgisini, keyingi ikki harf (GU) muhofaza hujjati turi — tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomani bildiradi, talabnoma raqamidagi birinchi to‘rtta son (katta razryaddagi to‘rtta son) talabnoma topshirilgan yilni, keyingi to‘rtta son (kichik razryaddagi to‘rtta son) shu yildagi har yili birdan boshlanadigan tartib raqamini bildiradi.
77. Ro‘yxatga olingan talabnoma qaytarilmaydi.
2-§. Rasmiy ekspertiza
78. Rasmiy ekspertizaning vazifasi talabnoma materiallari tarkibini, zarur hujjatlar mavjudligini va ularning belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirishdir. Rasmiy ekspertiza natijalari bo‘yicha talabnoma beruvchiga Davlat muassasasining talabnoma ko‘rib chiqishga qabul qilinganligi yoki qabul qilinmaganligi haqidagi qarori yuboriladi.
(78-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
79. Rasmiy ekspertiza muddati talabnoma Vazirlikka kelib tushgan sanadan boshlab 30 kunni tashkil qiladi.
(79-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
Talabnoma beruvchiga so‘rovnoma yuborilgan holda rasmiy ekspertizani o‘tkazish muddati to‘xtatib turiladi.
(79-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2013-yil 8-avgustdagi 107-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1988-2, 12.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 489-modda)
80. Rasmiy ekspertizaning borishida zarur hujjatlarning mavjudligi, shuningdek ularning belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi.
Tekshirish quyidagi hujjatlar va ma’lumotlarga nisbatan o‘tkaziladi:
a) belgini tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishga ariza;
b) talabnoma beruvchining nomi, manzilgohining ko‘rsatilganligi;
v) patent vakilining familiyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud bo‘lsa).
g) talabnomada ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralayotgan belgining tasviri;
d) ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralayotgan tovarlar va xizmatlar ro‘yxati;
e) konvensiya ustuvorligi so‘ralgan bo‘lsa, birinchi talabnoma nusxasi;
j) ko‘rgazma ustuvorligini so‘rash qonuniyligini tasdiqlaydigan hujjat;
z) tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishda TXXKning bir sinfi uchun patent bojini belgilangan miqdorga muvofiqligi;
(80-bandning “z” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2013-yil 8-avgustdagi 107-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1988-2, 12.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 489-modda)
i) talabnoma jamoaviy belgiga oid bo‘lsa, kelishuv;
k) patent vakiliga berilgan ishonchnoma;
l) talabnomaga ilova qilingan o‘zbek yoki rus tilidan boshqa tilda topshirilgan hujjatlarning tarjimasi;
m) agar ajratilgan talabnoma topshirilgan bo‘lsa, talabnomani tovar belgisiga topshirilgan raqami ko‘rsatilgan dastlabki talabnomadan ajratish to‘g‘risidagi iltimosnoma.
81. Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma berilgan sana mazkur talabnoma Vazirlikka kelib tushgan sanaga qarab belgilanadi.
(81-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(82-band O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2013-yil 8-avgustdagi 107-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1988-2, 12.09.2013-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 489-modda)
83. Talabnoma materiallarida 80-bandning “v”, “e”, “j”, “i” kichik bandlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarning va (yoki) hujjatlarning mavjud emasligi yoki ularning ushbu Qoidalardagi talablarga muvofiq emasligi talabnomani ko‘rib chiqishga qabul qilinganligi haqida qaror chiqarish va talabnoma kelib tushgan sanani belgilash uchun to‘siq bo‘la olmaydi.
84. Ro‘yxatga olingan talabnoma to‘langan patent bojining belgilangan miqdorga mos ekanligi bo‘yicha tekshiriladi.
Agar talabnoma beruvchi tomonidan patent boji davlat ekspertizasini o‘tkazish uchun belgilangan miqdordan kam miqdorda to‘langan taqdirda, davlat ekspertizasini o‘tkazish talabnomada birinchi bo‘lib ko‘rsatilgan va patent boji yetarli miqdorda to‘langan TXXKning sinflariga nisbatan belgini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun amalga oshiriladi.
(84-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2013-yil 8-avgustdagi 107-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1988-2, 12.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 489-modda)
Talabnoma beruvchi Davlat muassasasi tomonidan yetishmayotgan patent bojini qo‘shimcha ravishda to‘lanishi to‘g‘risida bildirishnoma yuborilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida zarur summani to‘lash huquqiga ega.
(84-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
85. Agar rasmiy ekspertiza o‘tkazish jarayonida talabnoma hujjatlari ushbu Qoidalarda belgilangan talablarga rioya qilinmagan holda rasmiylashtirilganligi aniqlansa, talabnoma beruvchiga so‘rovnoma yuboriladi, so‘rovnomada aniqlangan kamchiliklar ko‘rsatiladi va ushbu so‘rovnoma talabnoma beruvchiga jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida yetishmagan yoki tuzatilgan ma’lumotlar yoki hujjatlarni taqdim etish taklif qilinadi.
Bunda patent vakiliga berilgan ishonchnoma yuzasidan yuborilgan so‘rovnomaga javob, talabnoma Vazirlikka kelib tushgan kundan e’tiboran ikki oy muddat ichida taqdim etilishi lozim.
(85-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
86. Taqdim etilgan hujjatlar Qoidalarning 12 — 26 va 29-bandlaridagi talablarni buzgan holda rasmiylashtirilganligi hamda 80-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va ma’lumotlarning mavjud emasligi rasmiy ekspertiza bosqichida so‘rovnoma yuborish uchun asos bo‘ladi.
(86-band O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2013-yil 8-avgustdagi 107-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1988-2, 12.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 489-modda)
87. Agar talabnoma beruvchi taqdim etgan javobda so‘ralgan barcha ma’lumotlar va (yoki) hujjatlar bo‘lmasa yana qayta so‘rovnoma yuboriladi.
88. Rasmiy ekspertiza so‘roviga javob olinmasa, javob berish uchun belgilangan muddat buzilgan bo‘lsa va bu muddat ichida uni uzaytirish haqida iltimosnoma yuborilmasa, talabnoma chaqirib olingan hisoblanadi. Talabnoma bo‘yicha ish yuritish to‘xtatiladi va bu haqda talabnoma beruvchiga xabarnoma yuboriladi.
Talabnoma beruvchining iltimosnomasi bo‘yicha o‘tkazib yuborilgan muddat Davlat muassasasi tomonidan tiklangan holda ish yuritish davom ettirilishi mumkin.
(88-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
89. Talabnoma materiallari belgilangan talablarga muvofiq bo‘lgan, shuningdek so‘ralgan hujjatlar va (yoki) ma’lumotlar talabnoma beruvchi tomonidan o‘z vaqtida taqdim etilgan holda talabnoma topshirilgan sana belgilanadi va talabnoma ko‘rib chiqishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi qaror talabnoma beruvchiga yuboriladi.
90. Agar talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan javobda rasmiy ekspertizaning so‘rovnomasida so‘ralgan ma’lumotlar va (yoki) hujjatlar bo‘lmasa, talabnomani ko‘rib chiqishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi qaror chiqariladi.
Talabnomani ko‘rib chiqishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi qarorda bunday qaror chiqarish uchun asoslar ko‘rsatiladi.
3-§. Talabnomada ko‘rsatilgan belgi ekspertizasi
91. Qonunning 15-moddasiga muvofiq talabnomada ko‘rsatilgan belgi ekspertizasining vazifasi talabnoma berilgan belgining Qonunning 3 va 10-moddalari qoidalariga muvofiqligini tekshirish (Qonunning 10-moddasi birinchi qismining 14-bandi bundan mustasno) va tovar belgisining ustuvorligini belgilashdan iborat.
92. Talabnomada ko‘rsatilgan belgi ekspertizasi davomida quyidagilar amalga oshiriladi:
a) talabnoma materiallarining va unga ilova qilingan hujjatlarning ushbu Qoidalarning 5—29-bandlarida ko‘zda tutilgan talabnoma mazmuni va rasmiylashtirilishiga bo‘lgan talablarga muvofiqligini qayta tekshirish;
b) tovarlar va (yoki) xizmatlar ro‘yxatini va ularning TXXK sinflari bo‘yicha guruhlanishi to‘g‘riligini tekshirish;
v) Qonunning 12-moddasiga ko‘ra tovar belgisi ustuvorligini belgilash;
g) talabnomada ko‘rsatilgan belgining Qonunning 3, 10-moddalariga va ushbu Qoidalarning 4-bandiga muvofiqligini tekshirish (10-modda birinchi qismining 14-bandi bundan mustasno);
921. Talabnoma beruvchining xohishiga ko‘ra talabnomaning ekspertizasi vakolatli organ tomonidan tezkor tartibda, ya’ni talabnoma ko‘rib chiqishga qabul qilinganligi to‘g‘risida qaror chiqarilgan kundan e’tiboran bir oy mobaynida o‘tkaziladi.
Talabnomaning ekspertizasini tezkor tartibda o‘tkazish talabnoma beruvchining bu haqidagi iltimosnomasiga asosan amalga oshiriladi. Bunda ekspertizani tezkor tartibda o‘tkazish haqidagi iltimosnoma vakolatli organga talabnoma bilan bir paytda yoki u topshirilgan sanadan e’tiboran uch oy davomida taqdim qilinishi kerak.
922. Talabnomaning ekspertizasini tezkor tartibda o‘tkazishda axborotni izlash tovar belgisining huquqiy muhofazaga layoqatliligini tekshirishdan oldin amalga oshiriladi.
Axborotni izlash talabnoma beruvchi va vakolatli organ o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida vakolatli organ tomonidan o‘tkaziladi.
923. Axborotni izlash rasmiy ekspertiza yakunlangan kundan boshlab o‘n kun ichida amalga oshiriladi va uning natijalari bo‘yicha hisobot tuziladi.
Axborotni izlash natijalari bo‘yicha hisobotda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
izlash o‘tkazilgan talabnoma raqami;
talabnoma topshirilgan sana;
talabnomada ko‘rsatilgan belgining TXXK bo‘yicha sinflari;
axborotni izlash o‘tkazilgan belgining tasviri;
ma’lumotlar bazalari, lug‘atlar, maxsus adabiyotlar ro‘yxati;
bibliografik ma’lumotlar ko‘rinishidagi axborotni izlashga aloqador hujjatlar, muayyan sinflarga havolalar. Agar talabnoma bo‘yicha ilgariroq ustuvorlik so‘ralayotgan bo‘lsa, talabnoma topshirilgan sanadan avval, lekin ustuvorlik belgilangan sanadan keyin e’lon qilingan belgilar alohida qayd qilinadi;
axborotni izlash yakunlangan sana.
Ommaga ma’lum bo‘lgan har qanday ma’lumotlar axborot izlashning hajmiga kiritilishi mumkin.
(921 — 923-bandlar O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 7-oktabrdagi 17-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1988-4, 08.10.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 10/21/1988-4/0941-son)
93. Tovarlar va (yoki) xizmatlar ro‘yxatini tekshirish davomida quyidagilar aniqlanadi:
a) talabnoma beruvchi tomonidan tovar va xizmatlarni belgilash uchun foydalanilgan atamalarning TXXKning biron bir sinfidagi aniq tovar yoki xizmat bilan bir xil identifikatsiya qilish imkoniyati;
b) talabnoma beruvchi tomonidan tovar va xizmatlarning TXXK sinflari bo‘yicha to‘g‘ri guruhlanganligi.
Talabnomada ko‘rsatilgan tovarlar va xizmatlar ro‘yxatini tuzatish zaruriyati tug‘ilsa, ekspertiza talabnoma beruvchidan tegishli aniqliklar kiritishni so‘rashga haqlidir.
Agar TXXKning talabnoma beruvchi tomonidan sanab o‘tilgan tovarlarga mos sinflari soni talabnomani topshirish uchun patent boji to‘langan sinflar sonidan ortiq bo‘lsa, talabnoma beruvchiga bojning yetishmagan qismini to‘lash yoki huquq hajmini cheklash (talabnomada keltirilgan belgini ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralayotgan TXXK sinflari sonini qisqartirish) to‘g‘risida bildirishnoma yuboriladi.
Talabnoma beruvchi patent bojining yetishmagan qismini to‘lashdan yoki huquq hajmini kamaytirishdan bosh tortsa, talabnomada keltirilgan belgi ekspertizasi TXXKning birinchi bo‘lib keltirilgan sinflariga nisbatan o‘tkaziladi.
94. Ajratilgan talabnoma bo‘yicha tovarlar va xizmatlar ro‘yxatini tekshirish davomida quyidagilar aniqlanadi:
a) ajratilgan talabnomada ko‘rsatilgan tovarlar va (yoki) xizmatlarning tovar belgisiga topshirilgan dastlabki talabnomada mavjudligi;
b) ajratilgan talabnomada ko‘rsatilgan tovarlar va (yoki) xizmatlarning tovar belgisiga topshirilgan dastlabki talabnomada qolganlari bilan bir turda emasligi.
95. Talabnomada ko‘rsatilgan belgining ekspertizasi davomida talabnoma beruvchiga ushbu belgining Qonunning 15-moddasi ikkinchi qismi va ushbu Qoidalarning 92-bandida bayon etilgan qoidalarga muvofiqligini tekshirish natijalari bo‘yicha so‘rovnoma yuborilishi mumkin. So‘rovnomada keltirilgan sabablarga asoslangan javob berish taklif etiladi.
So‘rovnomada talabnomada ko‘rsatilgan belgini tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun Qonun va ushbu Qoidalarga asoslangan sabablar keltiriladi. So‘rovnoma yuborilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida so‘rovnomaga javob yoki javob muddatini uzaytirish haqidagi iltimosnoma taqdim etilishi kerak.
Talabnoma beruvchiga so‘rovnoma yuborilgan holda talabnomada ko‘rsatilgan belgini ekspertizadan o‘tkazish muddati to‘xtatib turiladi.
(95-band O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2013-yil 8-avgustdagi 107-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1988-2, 12.09.2013-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 489-modda)
96. Talabnomada ko‘rsatilgan belgi ekspertizasi so‘roviga javoban olinmagan yoki talabnoma beruvchi javob berish muddatini buzgan va shu muddatni uzaytirish haqida iltimosnoma bermagan holda talabnoma chaqirib olingan hisoblanadi. Talabnoma bo‘yicha ish yuritish to‘xtatiladi.
Talabnoma beruvchining iltimosnomasi bo‘yicha o‘tkazib yuborilgan muddat Davlat muassasasi tomonidan tiklangan holda ish yuritish davom ettirilishi mumkin.
(96-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
4-§. Tovar belgisi ustuvorligini belgilash
97. Tovar belgisining ustuvorligi tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Vazirlikka talabnoma berilgan sanaga qarab belgilanadi.
(97-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(97-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2013-yil 8-avgustdagi 107-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1988-2, 12.09.2013-y.) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 489-modda)
Tovar belgisining ustuvorligi, shuningdek Parij konvensiyasiga a’zo davlatda berilgan birinchi talabnoma sanasi bo‘yicha yoki Parij konvensiyasiga a’zo davlatlardan birining hududida tashkil qilingan rasmiy yoki rasmiy tan olingan xalqaro ko‘rgazmada ushbu belgi bilan belgilangan eksponatlarning ochiq namoyish qilingan sanasi bo‘yicha belgilanishi mumkin, agar Qonunning 12-moddasi ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismida ko‘zda tutilgan talablarga rioya qilingan bo‘lib, talabnoma beruvchi tomonidan so‘ralayotgan ustuvorlikni tasdiqlaydigan zarur hujjatlar taqdim etilgan bo‘lsa.
98. Qonunning 12-moddasi ikkinchi va to‘rtinchi qismiga muvofiq konvensiya ustuvorligi so‘ralgan holda quyidagilar tekshiriladi:
a) talabnoma beruvchi tomonidan Parij konvensiyasiga a’zo davlatda topshirilgan birinchi talabnomaning nusxasi mavjudligi;
Agar ko‘rsatilgan nusxa talabnoma Vazirlikka kelib tushgan sanadan keyin taqdim etilsa, talabnoma nusxasi taqdim etilishi lozim bo‘lgan uch oylik muddatga rioya qilinganligi;
(98-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
b) birinchi talabnoma topshirilgan sanadan hisoblanadigan konvensiya ustuvorligi so‘ralgan talabnoma topshirilishi lozim bo‘lgan olti oylik muddatga talabnoma beruvchi tomonidan rioya qilinganligi;
v) konvensiya ustuvorligini belgilash haqidagi iltimosnoma Vazirlikka talabnoma topshirilgan sanadan boshlab ikki oy ichida berilganligi;
(98-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
g) talabnomada ko‘rsatilgan belgini tovar va xizmatlar ro‘yxatining birinchi talabnomadagi belgi va tovar va xizmatlar ro‘yxatiga muvofiqligi.
Bunda belgi taqdim etilayotgan tovarlar va (yoki) xizmatlar ro‘yxati dastlabki talabnomada ko‘rsatilgan tovarlar va (yoki) xizmatlarning hammasini ham o‘z ichiga olmagan bo‘lishi mumkin.
99. Ko‘rgazma ustuvorligi so‘ralgan holda Qonunning 12-moddasi uchinchi va to‘rtinchi qismiga muvofiq quyidagilar tekshiriladi:
a) ko‘rgazma ustuvorligini tasdiqlaydigan hujjat mavjudligi va ushbu Qoidalarning 11-bandida ko‘zda tutilgan talablarga muvofiqligi;
b) ko‘rgazma ustuvorligi so‘ralgan talabnoma Vazirlikka topshirilishi lozim bo‘lgan eksponat ko‘rgazmasida ochiq ko‘rsata boshlangan sanadan boshlanadigan olti oylik muddatga talabnoma beruvchi tomonidan rioya qilinganligi;
(99-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
v) ko‘rgazma ustuvorligini belgilash to‘g‘risidagi iltimosni Vazirlikka talabnoma kelib tushgan sanadan ikki oydan oshmagan muddatda taqdim etilishi;
(99-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
g) ko‘rgazma ustuvorligini belgilash so‘ralgan belgi bilan belgilangan tovar ko‘rgazmada namoyish qilingan bo‘lsa, talabnomada ko‘rsatilgan belgi namoyish etilgan tovarlardagi belgilarga muvofiqligi.
100. Talabnoma beruvchi tomonidan ushbu Qoidalarning 98 va 99-bandlarida ko‘rsatilgan talablarning birortasi bajarilmasa, tovar belgisining ustuvorligi ushbu Qoidalarning 97-bandining birinchi, ikkinchi xatboshilariga muvofiq belgilanadi va bu haqda talabnoma beruvchiga bildirishnoma yuboriladi.
101. Talabnoma beruvchining xuddi shu belgiga boshqa talabnoma (dastlabki talabnoma) asosida ajratilgan talabnoma bo‘yicha tovar belgisining ustuvorligi Vazirlikka dastlabki talabnoma topshirilgan sana bo‘yicha belgilanadi, dastlabki talabnoma bo‘yicha avvalroq ustuvorlik belgilash huquqi mavjud bo‘lganda, agar ajratilgan talabnoma berilgan sanaga kelib, dastlabki talabnoma chaqirib olinmagan bo‘lsa va ajratilgan talabnoma dastlabki talabnoma bo‘yicha qaror qabul qilinishidan avval topshirilgan bo‘lsa, ustuvorlik ushbu ustuvorlik sanasi bo‘yicha belgilanadi.
(101-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
102. Ajratilgan talabnoma bo‘yicha ustuvorlik belgilashda Qonunning 12-moddasi beshinchi qismiga muvofiq quyidagi shartlarga rioya qilinganlik tekshiriladi:
a) xuddi o‘sha talabnoma beruvchining tovar belgisiga topshirilgan dastlabki talabnomani ajratish to‘g‘risida iltimosnomaning mavjudligi;
b) dastlabki talabnoma chaqirib olinmaganligi;
v) ajratilgan talabnomaning dastlabki talabnoma bo‘yicha qaror qabul qilinmay turib amalga oshirilganligi;
g) talabnoma berilayotgan belgining dastlabki talabnomadagi belgiga muvofiqligi;
d) ajratilgan talabnomada ko‘rsatilgan tovarlar va (yoki) xizmatlar dastlabki talabnomada ko‘rsatilganligi.
5-§. Talabnomada ko‘rsatilgan belgining muhofazaga layoqatliligini tekshirish
103. Talabnomada ko‘rsatilgan belgi Qonunning 3 va 10-moddalarida (10-modda birinchi qismining 14-bandi bundan mustasno) va Qoidalarning 4-bandida belgilangan talablarga muvofiq tekshiriladi.
Agar talabnomada ko‘rsatilgan belgi faqat ushbu Qoidalarning 4-bandi “a”—“z” kichik bandlarida ko‘rsatilgan belgilardan iborat bo‘lsa yoki uning elementlari sifatida Qoidalarning 4-bandi “i”—“m” kichik bandlarida ko‘rsatilgan belgilardan birini o‘z ichiga olsa, shu belgini tovar belgisi sifatida ro‘yxatga olish mumkin emasligi haqida xulosa qilinadi.
Agar talabnomada ko‘rsatilgan belgi faqat Qoidalarning 4-bandi “a”—“z” kichik bandlarida ko‘zda tutilgan muhofazaga layoqatli bo‘lmagan belgilardan iborat bo‘lmasa, lekin ulardan birini o‘z ichiga olgan bo‘lsa, bu holda:
a) Qoidalarning 4-bandi “a”—“g” kichik bandlarida ko‘rsatilgan belgilar mavjud bo‘lgan holda tegishli vakolatli organ yoki ularning egalarining roziligi tasdiqlangan hujjat mavjudligi tekshiriladi. Bunday roziliksiz tovar belgisi ro‘yxatdan o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi;
b) ushbu Qoidalarning 4-bandi “d”, “e”, “j”, “z” kichik bandlarida ko‘rsatilgan belgilar mavjud bo‘lgan holda ular tovar belgisida ustun mavqega egaligi tekshiriladi.
104. Barcha elementlarda belgi boshqa belgi bilan mos tushsa, aynan bir xil deb hisoblanadi.
Agar belgi belgiga umuman olganda o‘xshash bo‘lsa, alohida farqlariga qaramasdan boshqa belgi bilan aralashtirib yuborish darajasida o‘xshash deb hisoblanadi.
Belgilarning o‘xshashligini baholash belgilarning har qanday xususiyatlari, shu jumladan so‘zli yoki grafik elementlar, ularning kompozitsion va rang-grafik yechimi va boshqalar ta’siri ostida shakllanadigan umumiy tasavvur asosida amalga oshiriladi.
Aynan bir xillik va o‘xshashlikni tekshirishda quyidagi amallar bajariladi:
a) aynan bir xil va o‘xshash belgilar qidiruvi o‘tkaziladi.
b) talabnomada ko‘rsatilgan va qidiruvda topilgan belgilarning o‘xshashlik darajasi aniqlanadi.
v) talabnomada ko‘rsatilgan tovarlarning bir xil yoki o‘xshash tovar belgilari avval aniqlanib ro‘yxatdan o‘tkazilgan (talabnoma berilgan) tovarlar belgilari bilan bir xilligi aniqlanadi.
105. Qonunning 10-moddasi o‘n uchinchi bandida sanab o‘tilgan belgilar orasida aynan bir xillik va aralashtirib yuborish darajasida o‘xshashlikka qidiruv o‘tkaziladi.
106. So‘zli belgilarning o‘xshashligini aniqlash uchun ular quyidagilar bilan taqqoslanadi:
a) so‘zli belgilar bilan;
b) tarkibiga so‘zli belgilar kirgan jamlama belgilar bilan.
So‘zli belgilar o‘xshashligi tovushli (fonetik), grafik (ko‘z bilan ko‘radigan) va mazmunan (semantik) bo‘lishi mumkin.
107. Tovushli o‘xshashlik quyidagi alomatlar asosida aniqlanadi:
a) taqqoslanayotgan belgilarda yaqin va mos tushadigan tovushlar mavjudligi;
b) belgilarni tashkil qiluvchi tovushlarning yaqinligi;
v) yaqin tovushlar va tovush birikmalarining bir-biriga nisbatan joylashishi;
g) mos bo‘g‘inlar mavjudligi va ularning joylashishi;
d) belgilardagi bo‘g‘inlar soni;
e) mos tovush birikmalarining belgi tarkibidagi o‘rni;
j) unli tovushlar tarkibining yaqinligi;
z) undosh tovushlar tarkibining yaqinligi;
i) belgilari bir-biriga mos qismlarining xarakteri;
k) bir belgining ikkinchisiga kirishi;
l) urg‘u.
108. Grafik o‘xshashlik quyidagi alomatlar asosida aniqlanadi:
a) umumiy ko‘rish taassuroti;
b) shrift turi;
v) harflar xarakterini hisobga olgan holda grafik yozilishi (bosma yoki yozma, bosh yoki kichik harf);
g) harflarning bir-biriga nisbatan joylashishi;
d) so‘z harflari yozilgan alifbo;
e) rang yoki ranglar uyg‘unligi;
109. Mazmunan o‘xshashlik quyidagi alomatlar asosida aniqlanadi:
a) belgilarda ifodalangan tushunchalar, g‘oyalarning o‘xshashligi xususan, belgi mazmunining turli tillarda mos kelishi;
b) belgining mantiqiy urg‘u berilgan va mustaqil ahamiyatga ega bo‘lgan birorta elementning mos tushishi;
v) belgida ifodalangan tushunchalar, g‘oyalardagi qarama-qarshilik.
110. Ushbu Qoidalarning 107—109-bandlarida sanab o‘tilgan alomatlar har biri alohida va turli birliklarda hisobga olinishi mumkin.
111. Tasviriy va muayyan shakldagi hajmli belgilarning o‘xshashligini aniqlash uchun ular quyidagilar bilan taqqoslanadi:
a) tasviriy belgilar bilan;
b) hajmli belgilar bilan;
v) tarkibiga tasviriy yoki hajmli elementlar kirgan jamlama belgilar bilan.
112. Tasviriy va muayyan shakldagi hajmli belgilarning o‘xshashligi quyidagi alomatlar asosida aniqlanadi:
a) tashqi shakli;
b) simmetriya mavjudligi va mavjud emasligi;
v) mazmuni;
g) tasvir ko‘rinishi va xarakteri (tabiiy, o‘ziga xosligi, hajviy va h.k.);
d) ranglar va tuslar uyg‘unligi.
Sanab o‘tilgan alomatlar har biri alohida va turli birikmalarda hisobga olinishi mumkin.
113. Jamlama belgining o‘xshashligini aniqlash uchun quyidagilar bilan taqqoslanadi:
a) jamlama belgilar bilan;
b) tekshirilayotgan jamlama belgi tarkibiga uning elementi sifatida kiradigan belgilar turi bilan.
Jamlama belgilarning o‘xshashligini aniqlashda ushbu Qoidalarning 106—112-bandlarida keltirilgan alomatlardan foydalaniladi va aynan o‘xshash yoki o‘xshash elementning talabnomada ko‘rsatilgan belgidagi holatining ahamiyati tekshiriladi.
114. Tovarlarning bir xil jinsliligini belgilashda iste’molchida shu tovarlar bitta ishlab chiqaruvchiga qarashli degan qat’iy tasavvur paydo bo‘lish imkoniyati aniqlanadi.
Tovarlarning bir jinsliligini belgilashda tovarlarning turi, bajaradigan vazifasi, ular tayyorlangan material turi, tovarlarning o‘zaro bir-birini to‘ldirishi yoki o‘zaro bir-birining o‘rnini bosa olishi, tovarlarni sotish sharti, iste’molchilar doirasi va boshqa alomatlar.
6-§. Qo‘shimcha materiallarni so‘rab olish
115. Agar qo‘shimcha materiallarsiz talabnomada ko‘rsatilgan belgining ekspertizasini o‘tkazish mumkin bo‘lmasa Qonunning 13-moddasi uchinchi qismiga muvofiq talabnoma beruvchiga so‘rovnoma yuboriladi.
So‘rovnoma yuborish uchun quyidagi holatlar asos bo‘lishi mumkin:
(115-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2013-yil 8-avgustdagi 107-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1988-2, 12.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 489-modda)
b) tovar va (yoki) xizmatlar tasnifi va ro‘yxatini, shu jumladan, ajratilgan talabnomada ko‘rsatilgan tovarlar va (yoki) xizmatlar ro‘yxati ushbu Qoidalarning 55-bandi ikkinchi qismi talablariga mos kelmagan hollarda, aniqlashtirish zarurligi;
v) talabnomada ko‘rsatilgan tovar va xizmatlar ro‘yxati tasnifini aniqlashtirish natijasida to‘langan patent boji TXXK sinflari soniga to‘g‘ri kelmasligi aniqlansa, bojning yetishmagan qismini to‘lash zarurligi. Bu holda talabnoma beruvchiga agar patent boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmagan yoki o‘z huquqlar hajmini kamaytirish rad etilgan taqdirda talabnomada ko‘rsatilgan belgi ekspertizasi talabnomada birinchi ko‘rsatilgan sinflarga nisbatan o‘tkaziladi;
g) talabnomada ko‘rsatilgan belgi tasviriga aniqlik kiritish zarurligi;
d) barcha tovarlar va (yoki) xizmatlar yoki ularning bir qismi uchun ro‘yxatdan o‘tkazishga avvalroq topshirilgan o‘xshash tovar belgilari yoki belgilar aniqlanganligi sababli yuzaga kelgan savollarni hal qilish zarurligi.
Yuqorida keltirilgan asoslar bo‘yicha tuzilgan so‘rovnomaga talabnomani ko‘rib chiqishda kelib chiqqan boshqa xarakterdagi savollar va shuningdek, ustuvorlikni belgilash bilan bog‘liq savollar kiritilishi mumkin.
116. Taqdim etilgan hujjat yoki ma’lumotlar istalgan birorta haqiqiyligi (ishonchli) bo‘yicha ekspertizada asosli shubha tug‘ilsa, ekspertiza talabnoma beruvchidan tasdiqlovchi isbot ma’lumotlarini so‘rashga haqli.
117. Ekspertizaning so‘rovnomada keltirilgan fikri xususan, Qonun moddalariga, ushbu Qoida va boshqa me’yoriy hujjatlarga izoh berilgan holda asoslangan bo‘lishi kerak.
118. Talabnoma beruvchi tomonidan ekspertiza so‘rovnomasi bo‘yicha taqdim etilgan qo‘shimcha materiallar ushbu Qoidalarning 119 va 120-bandlariga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
7-§. Qo‘shimcha materiallarni tekshirish
119. Davlat muassasasining so‘rovnomasi bo‘yicha talabnoma beruvchi tomonidan qo‘shimcha material taqdim etilgan holda ularning taqdim etishga belgilangan muddatlarga rioya qilinganligi tekshiriladi.
(119-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
120. Talabnoma beruvchi tomonidan Davlat muassasasining so‘rovnomasi bo‘yicha yoki o‘z tashabbusiga ko‘ra qo‘shimcha materiallar kelib tushgan va ko‘rib chiqishga qabul qilingan holda, ularning talabnoma mohiyatini o‘zgartirmasligi tekshiriladi. Quyidagi hollarda qo‘shimcha materiallar talabnoma mohiyatini o‘zgartiradi deb e’tirof etiladi, agar:
(120-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
a) qo‘shimcha materiallar talabnomada ko‘rsatilgan belgiga o‘zgartirish kiritsa;
b) qo‘shimcha materiallar tovar va (yoki) xizmatlar ro‘yxatiga talabnomada ko‘rsatilmagan tovarlar va xizmatlardan iborat bo‘lsa.
8-§. Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror
121. Talabnomada ko‘rsatilgan belgi talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan tovarlar va (yoki) xizmatlar ro‘yxatidagi barcha tovar va (yoki) xizmatlar uchun Qonunning 3 va 10-moddalarida (10-modda birinchi qismining 14-bandi bundan mustasno) belgilangan talablarga javob berishi aniqlansa, shu ro‘yxatda berilgan tovar va (yoki) xizmatlar uchun tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
122. Agar talabnomada ko‘rsatilgan belgi ushbu Qoidalarning 121-bandida ko‘rsatilgan talablarga tovarlar va (yoki) xizmatlarning bir qismi uchun javob bersa, tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror tovarlar va (yoki) xizmatlarning shu qismiga nisbatan qabul qilinadi.
123. Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorda tovar belgisida muhofaza qilinmaydigan elementlar ko‘rsatiladi.
Agar ro‘yxatdan o‘tkazishga talabnoma berilgan belgi rangli tasvirda berilsa, tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorda belgidagi rang yoki ranglar uyg‘unligi ko‘rsatiladi.
124. Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror ro‘yxatdan o‘tkazish sanasiga qadar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida avvalroq ustuvorlikka ega bo‘lgan aynan o‘xshash yoki aralashtirib yuborish darajasida o‘xshash tovar belgisiga talabnoma kelib tushish munosabati bilan qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
9-§. Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qaror
125. Agar Qonunning 15-moddasi birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq o‘tkazilgan talabnomada ko‘rsatilgan belgi ekspertizasini o‘tkazish natijasida belgi tovar va (yoki) xizmatlar ro‘yxatining hammasi uchun ushbu Qoidalarning 4-bandida (10-modda birinchi qismining 14-bandi bundan mustasno) keltirilgan talablarga muvofiq kelmasa, talabnoma beruvchiga tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qaror yuboriladi.
10-§. Xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar belgisiga huquqiy muhofaza taqdim etish
126. Qonunning 4-moddasi qoidalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida tovar belgisiga huquqiy muhofaza O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida taqdim etiladi.
127. Bayonnomaning 3(4)-moddasiga muvofiq BIMT XBdan kelgan tovar belgisini xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarnoma, shu jumladan xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish natijasida yuzaga keladigan muhofazaning O‘zbekiston Respublikasiga taalluqli ekani to‘g‘risidagi Bayonnomaning 3ter-moddasida ko‘zda tutilgan ariza bilan bog‘liq holda kelib tushgan BIMT XBning xabarnomasi (bundan keyingi o‘rinlarda BIMT XBning xabarnomasi deb yuritiladi) xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar belgisini davlat ekspertizasidan o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.
128. BIMT XBning xabarnomalarida keltirilgan xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar belgilari bo‘yicha Qonunning 3-moddasining birinchi qismi va 10-moddasi qoidalariga (10-modda birinchi qismining 14-bandi bundan mustasno) muvofiqligi tekshiriladi.
129. Agar xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish belgilangan qoidalarga mos kelsa, unga O‘zbekiston Respublikasi hududida huquqiy muhofaza taqdim etiladi.
130. Agar xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish belgilangan talablarni qanoatlantirmasa, bu holda Bayonnomaning 5-moddasiga muvofiq BIMT XBga O‘zbekiston Respublikasi hududida unga huquqiy muhofaza taqdim etish dastlabki rad etilgani to‘g‘risida (bundan keyingi o‘rinlarda dastlabki raddiya deb yuritiladi) rad etish sabablari ko‘rsatilgan xabarnoma yuboriladi.
Xabarnomada, shuningdek, xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish egasi ushbu Qoidalarning 38-bandida belgilangan talablarga rioya qilgan holda xabarnomada ko‘rsatilgan muddat ichida xabarnomada keltirilgan sabablar bo‘yicha o‘z mulohazalarini taqdim etishga haqli ekani ta’kidlanadi.
131. Agar xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish egasi dastlabki raddiyada keltirilgan sabablar bo‘yicha o‘z dalillarini belgilangan muddatda taqdim etmasa, bu holda BIMT XBga dastlabki raddiyani tasdiqlash haqida xabarnoma (uzil-kesil raddiya) yuboriladi.
132. Agar xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish egasi dastlabki raddiyada keltirilgan sabablar bo‘yicha o‘z dalillarini belgilangan muddatda taqdim etsa, bu holda BIMT XBga ularni ko‘rib chiqish natijalari haqida xabarnoma yuboriladi.
11-§. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasiga binoan avval muhofaza qilingan tovar belgisiga talabnoma
133. Qonunning 8-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining shartnomasiga binoan avval muhofaza qilingan va xalqaro reyestrdan chiqarilgan tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi talabnoma Vazirlikka avval ushbu belgini xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish egasi bo‘lgan shaxs tomonidan topshiriladi.
(133-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
Talabnoma ushbu Qoidalarning 37-bandida belgilangan talablar hisobga olingan holda topshiriladi.
134. Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnomani topshirish sanasi va tovar belgisining ustuvorligi sanasi xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish sanasi va xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish ustuvorligi sanasi bo‘yicha quyidagi shartlarga rioya qilingan holda belgilanadi:
a) talabnoma xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish xalqaro reyestrdan chiqarilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida topshirilsa;
b) tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralayotgan tovarlar va xizmatlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasiga nisbatan xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish amal qilgan tovarlar va xizmatlar ro‘yxatiga kirgan bo‘lsa;
v) talabnoma Qonunning 9-moddasida va ushbu Qoidalarda ko‘zda tutilgan talablarga binoan rasmiylashtirilgan bo‘lsa.
135. Talabnoma kelib tushgan kundan e’tiboran bir oy mobaynida uning ushbu Qoidalarning 134-bandida ko‘rsatilgan shartlarga rioya qilinganligi tekshiriladi.
136. Ko‘rsatilgan shartlarga rioya qilingan holda xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish sanasi yoki xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish ustuvorligi sanasi bo‘yicha talabnoma berilgan sana va tovar belgisining ustuvorligi belgilanadi va tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish haqida qaror qabul qilinadi.
137. Qoidalarning 134-bandida ko‘rsatilgan shartlarga rioya qilinmagan holda talabnoma beruvchiga so‘rovnoma yuborilib, unda so‘rovnoma yuborilgan sanadan e’tiboran uch oy muddat ichida yetishmagan yoki to‘g‘rilangan hujjatlarni taqdim etish taklif qilinadi.
138. Agar talabnoma beruvchi belgilangan muddatda so‘rovnomada ko‘rsatilgan hujjatlarni taqdim etsa, bu holda ushbu Qoidalarning 136-bandiga muvofiq talabnomani ko‘rib chiqish davom etadi.
139. Agar talabnoma beruvchi so‘ralgan hujjatlarni belgilangan muddatda taqdim etmasa, bu holda talabnomani topshirish sanasi va tovar belgisining ustuvorligi ushbu Qoidalarning 97-bandiga muvofiq belgilanadi.
Talabnomani keyinchalik ko‘rib chiqish ushbu Qoidalarning 78—125-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalariga 1-
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida tovar belgisi (xizmat ko‘rsatish belgisi)ni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun
TALABNOMA
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalariga
2-ILOVA
2-ILOVA
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalariga
3-ILOVA
3-ILOVA
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalariga
4- ILOVA
4- ILOVA
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalariga
5- ILOVA
5- ILOVA
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 30-31-son, 353-modda; 2011-y., 40-son, 417-modda; 2013-y., 37-son, 489-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.11.2017-y., 10/17/1988-3/0269-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 08.10.2021-y., 10/21/1988-4/0941-son; 07.03.2022-y., 10/22/1988-5/0192-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.04.2022-y., 10/22/1988-6/0295-son; 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)