Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 25.10.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻquvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz respublika sport musobaqalarini oʻtkazish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-oktabrdagi 864-sonli “Oʻquvchi va talaba yoshlar oʻrtasida oʻtkaziladigan respublika sport musobaqalari tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Mamlakatimizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqib joriy etilgan uch bosqichli yagona sport oʻyinlari tizimi — “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” musobaqalari yosh avlodni sogʻlom turmush tarzi tamoyillari asosida tarbiyalash, ularning sportga qiziqishini, milliy gʻurur va iftixor tuygʻusini oshirish borasida beqiyos ahamiyat kasb etmoqda.
Oʻtgan davr mobaynida bu musobaqalar yoshlarimiz hayotining ajralmas qismiga aylandi hamda ular uchun tajriba va mahorat maktabi boʻlib xizmat qilmoqda.
Bu sport oʻyinlarining aniq dastur asosida yurtimizning barcha hududlarida muntazam oʻtkazib kelinayotganligi, joylarda zamon talablariga javob beradigan, yangicha qiyofadagi muhtasham sport maskanlari, stadionlar, suzish havzalarining barpo etilishi qishloq va shaharlarning yanada obod boʻlishida alohida ahamiyat kasb etayotganligini qayd etish lozim.
Yoshlarda sportga boʻlgan havas va intilishni, jamiyatimizda sogʻlom turmush tarzi tamoyillarini kuchaytirish, oʻquvchi va talaba yoshlarni sportga jalb etish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarining “Umid nihollari”, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilarining “Barkamol avlod” hamda oliy taʼlim muassasalari talabalarining “Universiada” respublika sport musobaqalarining final bosqichini davriy ravishda oʻtkazish tizimi shakllanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan shakllantirilgan “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” respublika sport musobaqalarining final bosqichlarini oʻtkazish rejasi 1-ilovaga, ushbu musobaqalarni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitalar tarkiblari 2 — 4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tashkiliy qoʻmitalarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mazkur sport musobaqalarini oʻtkazish yuzasidan alohida dasturlar ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi yuklansin.
Ushbu dasturlarda quyidagilar nazarda tutilsin:
sport musobaqalari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga sport va jismoniy tarbiya tadbirlariga ajratiladigan mablagʻlar doirasida, shuningdek, homiylarning mablagʻlari va budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb etgan holda oʻtkazilishi;
sport musobaqalarining respublika final bosqichlari boʻlib oʻtadigan hududlar va u erda joylashgan infratuzilma obyektlarini talab darajasida tayyorlash va zamonaviy asosda jihozlash;
sport musobaqalari davomida har qaysi ishtirokchining qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy gʻurur va iftixor tuygʻularini kamol toptirish, buyuk ajdodlarimizning mardlik va jasurlik anʼanalarini munosib davom ettirishga qodir insonlar boʻlib yetishishiga xizmat qiladigan madaniy-maʼrifiy tadbirlar dasturini amalga oshirish.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatiga sport musobaqalari, madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtadigan hamda qatnashchilar yashaydigan joylarda jamoat va transport harakati xavfsizligini taʼminlash vazifasi yuklansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi sport musobaqalari ishtirokchilarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va musobaqalar davrida tibbiy xizmat koʻrsatishni tashkil etsin, sportchilarning dam olish, ovqatlanish joylarida sanitariya va gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlasin.
6. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi Tashkiliy qoʻmitalar buyurtmasiga binoan sport musobaqalari ishtirokchilari va ijodiy guruh aʼzolarini imtiyozli tariflar asosida chiptalar bilan taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga mazkur sport musobaqalariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish jarayonini keng yoritib borish tavsiya etilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 29-iyun,
181-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-iyundagi 181-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻquvchi va talaba yoshlarning “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalarining hududlarda respublika final bosqichlarini oʻtkazish
REJASI
Yillar‎ “Umid nihollari”‎ “Barkamol avlod”‎ “Universiada”‎
2012‎ Navoiy viloyati‎
2013‎ Buxoro viloyati‎
2014‎ Namangan viloyati‎
2015‎ Xorazm viloyati‎
2016‎ Fargʻona viloyati‎
2017‎ Jizzax viloyati‎
2018‎ Toshkent viloyati‎
2019‎ Samarqand viloyati‎
2020‎ Qashqadaryo viloyati‎
2021‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi
2022‎ Toshkent shahri‎
2023‎ Sirdaryo viloyati‎
2024‎ Surxondaryo viloyati‎
2025‎ Andijon viloyati‎
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-iyundagi 181-son qaroriga
2-ILOVA
Umid nihollari” sport musobaqalarining Respublika final bosqichini oʻtkazish boʻyicha Tashkiliy qoʻmita
TARKIBI

Shermatov Sh.X.

xalq taʼlimi vaziri, hamrais

Kuranbayev K.K.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisi — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashiraisi

Kasimov O.O.

jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari

Axmatdjanov U.M.

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi

Rafikov Q.M.

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi

Ergashev R.M.

ichki ishlar vazirining oʻrinbosari

Lavozimiga koʻra

Davlat xavfsizlik xizmati raisining oʻrinbosari

Nuritdinov X.B.

Oʻzbekiston milliy teleradio kompaniyasi raisining birinchi oʻrinbosari

Yusupaliyev B.Q.

sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari

Niyazov R.S.

“Vatanparvar” tashkiloti raisi

Nazarbekov O.A.

madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari

Koʻchimov A.K.

Milliy axborot agentligi bosh direktori

Xusanov U.A.

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari v.b.

Sagdullayev F.F.

“Oʻzbekistontemiryoʻllari” AJ boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari

Inomova S.T.

“Sogʻlomavloduchun” xalqaro xayriya fondi boshqaruvi raisi

Lavozimiga koʻra

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori

Javlonov Sh.S.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari

Bakiyev Z.A.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining masʼul xodimi

Bayazitov K.F.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Jismoniy tarbiya va sport shuʼbasi mudiri

Toirov T.A.

Xalq taʼlimi vazirligi “Yoshlik” koʻngilli sport jamiyati markaziy kengashi raisining birinchi oʻrinbosari, masʼul kotib.

Izoh: “Umid nihollari” sport musobaqalarining Respublika final bosqichi oʻtkaziladigan mintaqalarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari musobaqa Tashkiliy qoʻmitasining hamraisi hisoblanadi.
Tashkiliy qoʻmita tarkibiga kiruvchi shaxslar boshqa ishga oʻtgan taqdirda tegishli lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-iyundagi 181-son qaroriga
3-ILOVA
“Barkamol avlod” sport musobaqalarining Respublika final bosqichini oʻtkazish boʻyicha Tashkiliy qoʻmita
TARKIBI

Madjidov I.U.

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri, hamrais

Xolmuxamedov M.M.

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari, rais oʻrinbosari

Kuranbayev K.K.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisi — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi

Kasimov O.O.

jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari

Axmatdjanov U.M.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi

Rafikov Q.M.

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi

Ergashev R.M.

ichki ishlar vazirining oʻrinbosari

Lavozimiga koʻra

Davlat xavfsizlik xizmati raisining oʻrinbosari

Nuritdinov X.B.

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi oʻrinbosari

Yusupaliyev B.Q.

sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari

Niyazov R.S.

“Vatanparvar” tashkiloti raisi

Nazarbekov O.A.

madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari

Koʻchimov A.K.

Milliy axborot agentligi bosh direktori

Xusanov U.A.

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari v.b.

Sagdullayev F.F.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari

Inomova S.T.

“Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi boshqaruvi raisi

Lavozimiga koʻra

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori

Bakiyev Z.A.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining masʼul xodimi

Bayazitov K.F.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Jismoniy tarbiya va sport shuʼbasi mudiri

Qodirov E.I.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi “Oʻzbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi” raisining birinchi oʻrinbosari, masʼul kotib

Izoh: “Barkamol avlod” sport musobaqalarining Respublika final bosqichi oʻtkaziladigan mintaqalarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari musobaqa Tashkiliy qoʻmitasining hamraisi hisoblanadi.
Tashkiliy qoʻmita tarkibiga kiruvchi shaxslar boshqa ishga oʻtgan taqdirda tegishli lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(3-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-iyundagi 181-son qaroriga
4-ILOVA
“Universiada” sport musobaqalarining respublika final bosqichini oʻtkazish boʻyicha Tashkiliy qoʻmita
TARKIBI

I.U. Madjidov

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri, hamrais

K.K. Quronboyev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisi — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi

O.O. Qosimov

Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari

U.M. Axmatdjanov

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi

Q.M. Rafiqov

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi

R.M. Ergashev

Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari

Lavozimi boʻyicha

Davlat xavfsizlik xizmati raisining oʻrinb�sari

X.B. Nuritdinov

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi oʻrinbosari

B.Q. Yusupaliyev

Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari

R.S. Niyazov

“Vatanparvar” tashkiloti raisi

O.A. Nazarbekov

Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari

A.K. Koʻchimov

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

U.A. Husanov

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari v.b.

F.F. Sagdullayev

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari

Lavozimi boʻyicha

Oliy taʼlim muassasalari rektorlar kengashining raisi

Z.A. Bakiyev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining masʼul xodimi

K.F. Bayazitov

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Jismoniy tarbiya va sport shuʼbasi mudiri

E.I. Qodirov

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi “Oʻzbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi” raisining birinchi oʻrinbosari, masʼul kotib

Izoh: “Universiada” sport musobaqalarining Respublika final bosqichi oʻtkaziladigan mintaqalarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari musobaqa Tashkiliy qoʻmitasining hamraisi hisoblanadi.
Tashkiliy qoʻmita tarkibiga kiruvchi shaxslar boshqa ishga oʻtgan taqdirda tegishli lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar Tashkiliy qoʻmita tarkibiga kiritiladi.
(4-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 27-son, 315-modda; 2014-y., 19-son, 215-modda; 2017-y., 20-son, 367-modda, 37-son, 1002-modda, 37-son, 996-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)