

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-1480044" id="-1480044">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1480046" id="-1480046">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-1480047" id="-1480047">UMUMIY YURISDIKSIYA SUDLARIDA KADRLAR BILAN ISHLASH HOLATI VA SUDYALAR TOMONIDAN SUDYALIK QASAMYODIGA RIOYA ETILISHI MASALALARI TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1480048" id="-1480048"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1480049" id="-1480049">Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/acts/-20596">Konstitutsiyasi</a>, “Sudlar toʻgʻrisida”gi <a href="/acts/-68532#-69945">Qonun </a>sudyalarning huquqiy maqomini belgilaydi va ularga nisbatan odil sudlovni amalga oshirishda fuqarolar va tashkilotlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini, shuningdek davlat va jamoat manfaatlarini himoya qilish kabi davlat hokimiyati vakolatlari berilgan yuqori martaba egasi sifatida alohida talablar qoʻyadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1480050" id="-1480050">Sudyalar tomonidan oʻz professional vazifalarning halol va vijdonan bajarilishi, ularning qaror qabul qilish chogʻida mustaqilligi buzilgan huquqlar samarali himoya qilinishini kafolatlaydi, jamiyatda adolat tamoyillariga, sudning xolis va mustaqilligiga nisbatan boʻlgan ishonchni mustahkamlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1480051" id="-1480051">Bu oʻrinda umumiy yurisdiksiya sudlarida tashkiliy-kadrlar ishini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, sudyalar tomonidan sudyalik qasamyodiga rioya qilinishini taʼminlash alohida ahamiyat kasb etadi. </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6085790" id="edi-6085790"><a href="/acts/-1479950?ONDATE=14.12.2007 00#-1480052">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6085790" id="-6085790"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6085791" id="-6085791">Sudyalik lavozimiga kirishning mavjud tizimi sudyalar tomonidan Oliy sud Plenumi majlisida Davlat bayrogʻi oldida sudyalik qasamyodini qabul qilishni nazarda tutadi</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6085792" id="-6085792">(muqaddimaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli <a href="/acts/-6066574?ONDATE=14.05.2022 00#-6067443">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1480053" id="-1480053">Bundan tashqari, sud hokimiyati mustaqilligini yanada kuchaytirish, kadrlar bilan ishlashda demokratik asoslarni mustahkamlash, sudyalar korpusi barqarorligini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan sudyalarning malaka hayʼatlari xalqaro huquqning sud hokimiyatini mustaqilligi haqidagi umumeʼtirof etgan norma va prinsiplarga mosdir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1480054" id="-1480054">Qonunga binoan tashkil etilgan sudyalar malaka hayʼatlari sudyalar zaxirasini shakllantirish, ular bilan nazariy va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish, sudyalik lavozimlariga tavsiya etish uchun eng yaxshi nomzodlarni tanlash, sudyalarni malaka va davriy attestatsiyadan oʻtkazish, sudyalarning intizomiy javobgarligi bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish yuzasidan muayyan faoliyatni amalga oshirmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1480055" id="-1480055">Statistik maʼlumotlar tahlili shuni koʻrsatadiki, 2001-yildan 2006-yilgacha va 2007-yilning 9 oyigacha boʻlgan davr oraligʻida sudyalar malaka hayʼatlari tomonidan sudyalikka nomzodlik zaxirasiga kiritish toʻgʻrisida, jami boʻlib, 3417 ta ariza qabul qilingan va koʻrib chiqilgan, ulardan malaka imtihoni topshirgan. 3305 shaxs zaxiraga olingan, 112 shaxsga nisbatan zaxiraga olish rad etilgan. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1480058" id="-1480058">Shu davrda sudyalar malaka hayʼatlarining qaroriga muvofiq sudyalik lavozimlaridagi vakansiyalarni toʻldirish yuzasidan oʻtkazilgan tanlovda ishtirok etishni xohlagan shaxslar orasidan 2828 nafari mazkur lavozimlarga loyiq deb topilgan va ularga nisbatan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasiga yuborilgan. Sudyalikka tavsiya etilgan shaxslardan 1000 nafar nomzod keyinchalik mazkur lavozimlarga tayinlangan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1480060" id="-1480060">Shu bilan bir qatorda statistik maʼlumotlar shuni koʻrsatadiki, umumiy yurisdiksiya sudlarining tashkiliy-kadrlar sohasidagi ishida odil sudlov tizimi samaradorligiga salbiy taʼsir etuvchi jiddiy kamchilik va nuqsonlar mavjud. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1480061" id="-1480061">Chunonchi, 2001—2007-yillar mobaynida 210 nafar sudya egallab turgan lavozimidan ozod etilgan boʻlib, bu sudyalar korpusi umumiy sonining qariyb toʻrtdan birini tashkil etadi. Shu jumladan, 130 nafari oʻz arizasiga koʻra, 28 nafari sudyalik qasamyodini buzganligi uchun, 25 nafar sudya jinoiy javobgarlikka tortilganligi uchun. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1480062" id="-1480062">Ishlayotgan sudyalarning ularga qoʻyilgan shaxsiy, maʼnaviy va kasbiy jihatdan talablarga muvofiqligi darajasi oʻta pastligicha qolmoqda. Chunonchi, qayd etilgan davrda yangi sudyalik muddatiga tavsiya etilgan 521 nafar nomzoddan faqat 269 (51,6%) nafari lavozimlarga tayinlangan. 214 (41,1%) nafar nomzodlarning hujjatlari ularga berilgan tavsifnomalar salbiyligi sababli qaytarilgan, sudyalik lavozimida ishlayotgan 23 (4,4%) nafar sudya tavsiya etilgan sudyalik lavozimiga noloyiq deb topilgan yoki zaxirada qoldirilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1480063" id="-1480063">Buning natijasida, hozirgi vaqtda amaldagi sudyalar korpusining 45,4 foizini (320 nafar sudya) ish staji besh yildan ortiq boʻlmagan, ilk bor ushbu lavozimga tayinlangan shaxslardan tashkil topgan boʻlib, bunda sudyalik lavozimida 15 yildan ortiq ishlagan shaxslar faqat 11,6 foizni (82 nafar sudya) tashkil etadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1480064" id="-1480064">2001—2007-yillar davomida oʻtgan vaqt ichida xizmat faoliyatida yoʻl qoʻygan xato va kamchiliklari uchun 554 sudyaga yoki sudyalar korpusining yarmidan koʻprogʻiga nisbatan intizomiy ish qoʻzgʻatilgani tashvishli holdir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1480065" id="-1480065">Shuningdek, sudyalar hatti-harakati ustidan berilgan shikoyatlar soni yuqoriligicha qolmoqda. Tahlil etilayotgan davr ichida sudyalar malaka hayʼatlariga sudyalar hatti-harakati ustidan 4802 ta shikoyat kelib tushgan boʻlib, ulardan 3122 tasi protsessual qonun talablari, 233 tasi sud etikasi buzilganligi, 274 tasi xizmat mavqeyi suiisteʼmol qilinganligi toʻgʻrisidadir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1480066" id="-1480066">Qayd etilgan salbiy holatlar kelib chiqishiga sudyalar tomonidan oʻz yuksak maqomi va yuklatilgan masʼuliyat yetarli darajada his etilmayotganligi, huquqiy saviyasi hamda ijtimoiy-siyosiy xabardorligi darajasini oshirish borasida olib borilayotgan ish susaytirib yuborilganligi, oʻz shaxsiy manfaatlarini odil sudlov manfaatidan yuqori qoʻyilishi sabab boʻlmoqda. Sud protsessi ishtirokchilariga nisbatan hurmatsizlikka, qonunda belgilangan muddatlar buzilishiga, ishlarni koʻrish va shikoyatlarni hal qilishda sansalorlikka yoʻl qoʻyilayotganligi hollari koʻplab uchrab turibdi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1480067" id="-1480067">Shuni taʼkidlash lozimki, bunday hol, birinchi oʻrinda viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar raislari tomonidan sudlarda ishlar yetarli tashkil etilmaganligi, sudyalar malaka hayʼatlari ishining qoniqarsiz ekanligi, sud qasamyodiga va ijro intizomiga rioya etilishi ustidan nazorat susaytirilganligi natijasida yuzaga kelgan. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1480068" id="-1480068">Sudyalarning kasbiy darajasini oshirish boʻyicha ishlar yetarli olib borilmayapti, davriy malaka attestatsiyalari rasmiyatchilik uchun oʻtkazilmoqda, fuqarolar shikoyatlarini tekshirish masalasiga yengil-yelpi va yuzaki yondashilmoqda, yuqori sud instansiyalari sudyalar tomonidan yoʻl qoʻyilayotgan qonunsizliklarga tegishli darajada taʼsir choralari qoʻllashmayapti.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1480070" id="-1480070">Yuqorida qayd etilgan holatlar shunisi bilan xavfliki, ular sud-huquq sohasida olib borilayotgan islohotlarga salbiy taʼsir etib, mamlakatning butun sud tizimini obroʻsizlantiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1480071" id="-1480071">Koʻrsatib oʻtilgan salbiy holatlarning oldini olish maqsadida Umumiy yurisdiksiya sudlari sudyalari oliy malaka hayʼati tomonidan 2001—2007-yillar mobaynida 25 nafar viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar raislariga nisbatan tegishli intizomiy jazo choralari qoʻllanilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1480072" id="-1480072">Biroq, koʻrilgan choralarga qaramay, bu sohada olib borilayotgan ishlarda jiddiy yaxshilanishiga erishilmagan. Sudyalar tomonidan sudyalik qasamyodini buzish hollari, fuqarolarning sudlar harakatlari va qarorlari ustidan asosli shikoyatlar berilishi, shuningdek amaldagi sudyalar ichida oʻz shaxsiy, maʼnaviy va kasbiy sifatlari boʻyicha salbiy xususiyatga ega boʻlganlari soni barqarorligicha qolmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1480073" id="-1480073">Yuqoridagilardan kelib chiqib, umumiy yurisdiksiya sudlarida kadrlar bilan ishlashni yanada yaxshilash va sudyalik qasamyodiga rioya etilishini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining <a href="/acts/-68532#-70640">17-moddasiga </a>asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1480074" id="-1480074">1. Viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarning umumiy yurisdiksiya sudlarida kadrlar bilan ishlash sohasida olib borgan ishlari qanoatlantirarli emas deb topilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1480075" id="-1480075">2. Viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar raislaridan quyidagilar ustidan samarali nazorat oʻrnatish talab etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1480076" id="-1480076">sudyalar tomonidan sudyalik qasamyodi, sud etikasi va jamiyatda yurish-turish qoidalariga rioya etilishi, shuningdek, kasbiy vazifalarini vijdonan bajarilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1480077" id="-1480077">sudyalar tomonidan odil sudlov obroʻyi, sudyalik shaʼni va qadr-qimmatini tushiruvchi yoki uning xolisligiga shubha tugʻdiruvchi harakatlar sodir etilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1480078" id="-1480078">ijro intizomiga, jumladan ishlarni va fuqarolar shikoyatlarini koʻrib chiqish muddatlariga qatʼiy rioya etilishi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1480079" id="-1480079">3. Viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar raislari amaldagi sudya kadrlarning huquqiy bilim darajasi, kasbiy tayyorgarligi va ijtimoiy-siyosiy xabardorligi yuzasidan ishlarni kuchaytirsinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1480080" id="-1480080">4. Taʼkidlansinki, fuqarolarni qabul qilish boʻyicha ishlarning toʻgʻri tashkil etilishi aholining sud tizimiga nisbatan ishonchini mustahkamlaydi, uning obroʻsini oshiradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1480081" id="-1480081">Shundan kelib chiqqan holda, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar raislaridan fuqarolarni qabul qilish boʻyicha ishlarni yaxshilash, ular ariza va shikoyatlarni belgilangan muddatlarda qonuniy hal etish talab etilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1480082" id="-1480082">Fuqarolarni qabul qilish grafiklariga qatʼiy amal qilinsin. Fuqarolar sudlarning texnik xodimlari tomonidan qabul qilinishi va ularga tushuntirishlar berilishi hollariga yoʻl qoʻyilmasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1480083" id="-1480083">5. Sudyalar malaka hayʼatlari majlislarida ishlarni koʻrish va fuqarolar shikoyatlarini hal etish muddatlarini qoʻpol tarzda buzish, sansalorlikka yoʻl qoʻyish, sud protsessi ishtirokchilarini asossiz ravishda sudga chaqirish, shuningdek sudning obroʻsiga putur yetkazuvchi boshqa harakatlar sodir etish faktlarini aybdor shaxslarning intizomiy javobgarligi masalasi bilan bogʻlagan holda albatta muhokama etish amaliyotga joriy qilinsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1480084" id="-1480084">6. Sudyalar malaka hayʼatlari sudyalarning kasbiy, maʼnaviy va shaxsiy sifatlariga baho berishda prinsipial yondashsinlar, xizmat yuzasidan notoʻgʻri hatti-harakat sodir etganligi toʻgʻrisida kelib tushgan va oʻz tasdigʻini topgan shikoyatlar boʻyicha sudyalarga nisbatan murosasizlik bilan qattiq choralar qoʻllasinlar.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7347957" id="edi-7347957"><a href="/acts/-1479950?ONDATE=14.05.2022 00#-6085793">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7347957" id="-7347957"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7347959" id="-7347959">7. Ishlarni apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida koʻruvchi yuqori sud instansiyalariga quyi sud instansiyalari tomonidan yoʻl qoʻyilayotgan kamchilik va qonunbuzarliklarga nisbatan jiddiy munosabat bildirish.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7347963" id="-7347963">(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli <a href="/acts/-7307435?ONDATE=16.12.2024 00#-7307487">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1480086" id="-1480086">8. Viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar raislariga mazkur qaror talablari bajarilmasligi yoki yetarli bajarilmasligi uchun ularga nisbatan egallab turgan lavozimlaridan ozod etilishi masalasi qoʻyilishiga qadar qattiq intizomiy jazo choralari qoʻllanilishi koʻrsatilsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1480087" id="-1480087">9. Sudyalar malaka hayʼatlari tegishli sudlarda kadrlar bilan ishlash holatini tubdan yaxshilashga va sudyalar tomonidan sudyalik qasamyodiga rioya etilishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan kompleks choralar qabul qilsinlar.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1480088" id="-1480088"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1480089" id="-1480089"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1480090" id="-1480090">2007-yil 14-dekabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-1480091" id="-1480091">19-son</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
