Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 23.12.2010
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
NOGIRONNI REABILITATSIYA QILIShNING YaKKA TARTIBDAGI DASTURI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-dekabrdagi 307-sonli “Nogironlarni tibbiy-ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiya qilish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
“O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga hamda Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati boshqarish tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 8-avgustdagi 175-son qaroriga muvofiq, shuningdek nogironlarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi davlat siyosatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Nogironni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi:
bir oy muddatda tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK)ni va tibbiy-maslahat komissiyalari (TMK)ni nogironni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi yagona shakli bilan zarur miqdorda ta’minlasinlar;
TMEK va TMK faoliyatida nogironni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturini shakllantirish va qo‘llanish amaliyoti keng joriy etilishini ta’minlasinlar;
nogironlarni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturlarida nazarda tutiladigan reabilitatsiya qilish chora-tadbirlari tegishli bo‘limlari va bandlarining korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi yuzasidan doimiy monitoringni tashkil qilsinlar va olib borsinlar hamda reabilitatsiya qilish natijalarini muntazam ravishda baholab borsinlar.
3. Tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlari nogironlarni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturlarida nazarda tutiladigan chora-tadbirlarning izchil va to‘liq amalga oshirilishini ta’minlasinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 18-mart,
75-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-martdagi 75-son qaroriga
ILOVA
Nogironni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi to‘g‘risida
Nizom
Ushbu Nizom “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga, Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati boshqarish tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 8-avgustdagi 175-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan hamda nogironni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomning maqsadlari uchun quyidagi atamalar va ta’riflardan foydalaniladi.
nogironni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi (keyingi o‘rinlarda RYaTD deb ataladi) – nogiron uchun reabilitatsiya qilishning maqbul chora-tadbirlari kompleksi, ular nogiron organizmining, shuningdek mehnat faoliyatining muayyan turlarini bajarish qobiliyatining buzilgan yoki yo‘qolgan funksiyalarini tiklashga, kompensatsiya qilishga yo‘naltirilgan tibbiy, kasb bo‘yicha, ijtimoiy va boshqa reabilitatsiya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishning ayrim turlari, shakllari, muddatlari va tartibini o‘z ichiga oladi;
tibbiy reabilitatsiya qilish – RYaTDning reabilitatsiya qilish chora-tadbirlari, bu tiklash terapiyasi, rekonstruktiv jarrohlik, protezlash va ortezlashdan iborat bo‘ladi;
Oldingi tahrirga qarang.
bajaruvchi tashkilotlar – davolash-profilaktika muassasalari, reabilitatsiya qilish markazlari, bandlikka ko‘maklashuvchi va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari va RYaTDda tibbiy, kasbiy va ijtimoiy reabilitatsiya tadbirlarining bajaruvchilari etib belgilangan boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlar;
(1-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
kasbiy reabilitatsiya qilish — RYaTDning reabilitatsiya qilish chora-tadbirlari, nogironni kasbga yo‘naltirish, unga kasb ta’limi berish, kasb-hunar-ishlab chiqarish moslashuvidan va uni ishga joylashtirishdan iborat bo‘ladi;
ijtimoiy reabilitatsiya qilish — RYaTDning reabilitatsiya qilish chora-tadbirlari, ular nogironning o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatish, mo‘ljal olish, muomala qilish, o‘z xulq-atvorini nazorat qilish, o‘qish va boshqa qobiliyatini tiklashga yo‘naltirilgan ijtimoiy-muhit bo‘yicha mo‘ljal oldirish va ijtimoiy-maishiy moslashuvdan iborat bo‘ladi.
2. Nogironning RYaTD, tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, bajaruvchi tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
3. RYaTD nogiron uchun tavsiya tusiga ega, nogiron tibbiy, kasbiy va ijtimoiy reabilitatsiya qilishning u yoki bu turini, shaklini, hajmini, shuningdek umuman dasturni bajarishni rad etish huquqiga ega.
Nogiron umuman RYaTDni yoki uning biron-bir qismini bajarishni rad etgan taqdirda bajaruvchi tashkilotlar RYaTDning bajarilmaganligi uchun javob bermaydi.
4. Bajaruvchi tashkilotlar, shuningdek tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (keyingi o‘rinlarda TMEK deb ataladi) va tibbiy maslahat komissiyalari (keyingi o‘rinlarda TMK deb ataladi) tomonidan RYaTDni bajarishda reabilitatsiya qilish tadbirlarini amalga oshirishda izchillik, komplekslilik va uzluksizlik, o‘tkazilgan chora-tadbirlarning samaradorligini doimiy kuzatib borish va nazorat qilish ta’minlanadi.
II. RYaTDni ishlab chiqish tartibi
5. RYaTD ushbu Nizomga ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha:
16 va undan katta yoshdagi shaxslar uchun – TMEK tomonidan;
16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun – TMK tomonidan ishlab chiqiladi.
6. Reabilitatsiya qilish tadbirlarini amalga oshirishda TMEK (TMK) mutaxassislari tekshirib ko‘rilayotgan shaxsga reabilitatsiya tadbirlarining maqsadini, vazifalarini, prognoz qilinayotgan natijalarini, tibbiy va ijtimoiy-huquqiy oqibatlarini tushuntirishi hamda tekshirish dalolatnomasida suhbatlashish o‘tkazilgan sanani ko‘rsatgan holda tegishli yozuvlarni qayd etishi shart.
7. RYaTDni ishlab chiqish quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:
reabilitatsiya-ekspert diagnostikasini o‘tkazish;
reabilitatsiya potensiali va reabilitatsiya prognozini baholash;
nogironga maishiy, ijtimoiy va kasbiy faoliyatni bajarishda buzilgan qobiliyatni tiklash yoki uni kompensatsiya qilish imkonini beradigan tadbirlarni, texnik vositalar va xizmatlarni belgilash.
8. RYaTDni ishlab chiqish nogironning (yoki uning qonuniy vakilining) majburiy ishtirokida TMEK (TMK) tomonidan amalga oshiriladi.
9. Reabilitatsiya-ekspert diagnostikasining murakkab turlarini qo‘llash talab qilinadigan hollarda nogiron RYaTDni to‘ldirish va unga tuzatishlar kiritish uchun TMEK (TMK) tomonidan Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markaziga, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar tizimidagi davolash-profilaktika va diagnostika muassasalariga yuborilishi mumkin.
10. Ishlab chiqilgan RYaTD TMEK (TMK) raisi va nogiron (yoki uning qonuniy vakili) tomonidan imzolanadi, TMEK (TMK) muhri bilan tasdiqlanadi va nogironga (yoki uning qonuniy vakiliga) beriladi.
Nogiron (yoki uning qonuniy vakili) ishlab chiqilgan RYaTDni imzolashni rad etgan taqdirda TMEK (TMK) tomonidan bu to‘g‘rida dalolatnoma tuziladi, u RYaTD bilan birga TMEK (TMK) ko‘rik dalolatnomasiga qo‘shib qo‘yiladi.
Nogiron (yoki uning qonuniy vakili) RYaTD mazmuniga rozi bo‘lmagan taqdirda u TMEKning yuqori muassasalariga, sog‘liqni saqlash boshqaruv organlariga yoki belgilangan tartibda sudga yozma ariza berishga haqlidir.
11. Bajaruvchi tashkilotlar, zarurat bo‘lganda, o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, nogironning RYaTDga qo‘shimcha yoki tuzatish kiritish huquqiga ega.
12. Nogiron RYaTDni yo‘qotib qo‘ygan taqdirda tegishli TMEK (TMK) tomonidan yangi RYaTD to‘ldiriladi.
III. RYaTDni amalga oshirish tartibi
13. Bajaruvchi tashkilotlar RYaTDning bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni muntazam ravishda rasmiylashtirib borishi hamda mazkur ma’lumotlarni bajaruvchi tashkilot rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlashi kerak.
14. RYaTDning bajarilishini nazorat qilish va baholash nogironni doimiy ravishda kuzatib borgan va navbatdagi ko‘rikdan o‘tkazgan holda TMEK (TMK) tomonidan amalga oshiriladi.
15. RYaTDni bajarish natijalarining yakuniy bahosi TMEK (TMK) majlisi kollegial ravishda muhokama qilingandan keyin chiqariladi, rais tomonidan tasdiqlanadi va nogironga (yoki uning qonuniy vakiliga) yetkaziladi.
16. RYaTDda belgilangan tadbirlarning bajarilishini ta’minlamagan bajaruvchi tashkilotlar rahbarlari qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
IV. Yakuniy qoidalar
17. RYaTDni ishlab chiqish, nazorat qilish va bajarish natijalarini baholash yuzasidan javobgarlik TMEK (TMK)ga yuklanadi.
18. RYaTDni ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari bo‘yicha paydo bo‘ladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Nogironni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi to‘g‘risidagi Nizomga
ILOVA
NOGIRONNI REABILITATSIYA QILIShNING YaKKA TARTIBDAGI DASTURI
(namunaviy shakl)

‎‎NOGIRONNI REABILITATSIYA QILIShNING YaKKA TARTIBDAGI DASTURI
‎(namunaviy shakl)

‎‎20___ yil “___”_________ __dagi ____ -son ko‘rik dalolatnomasiga (112/u-son ambulatoriya kartasiga) _________ -son RYaTD.
‎‎Tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi yoki tibbiy maslahat komissiyasi xizmati muassasasi (nomi)
‎‎__________________________________________________(№_____________)
‎‎Familiyasi, ismi, otasining ismi ___________________________________
‎‎Jinsi: erkak, ayol. Tug‘ilgan sanasi___________________________________
‎‎Doimiy, vaqtinchalik yashash manzili (ostiga chizilsin):
‎‎pochta indeksi_____________, __________________________ shahri, tumani,
‎_____________________________qishlog‘i, _____________________ ko‘chasi, _____-uy, _____korpus, _____-xonadon, ‎
‎‎uy telefoni_________________, xizmat telefoni. ______________
‎‎Ma’lumoti (ostiga chizilsin): ega emas, maktabgacha, maktabdan tashqari, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar (akademik litsey va kasb-hunar kolleji), oliy (bakalavriat, magistratura), oliy o‘quv yurtidan keyin (aspirantura, ad’yunktura, doktorantura, tadqiqotchi), malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash. ‎
‎‎Asosiy kasbi (mutaxassisligi): ______________________________________
‎‎Malakasi (razryadi, toifasi, unvoni): _________________________________
‎‎RYaTD vaqtidagi bajarayotgan ishi:____________________________________
‎_________________________________________________________________
‎‎Nogironlik guruhi (yoziladi) ______
_____________________________________
‎‎Nogironlik sababi (yoziladi) ______
____________________________________
‎‎Hayot faoliyatining cheklanganligi: o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatishga qobiliyati (1, 2, 3-daraja)
‎harakatlanish qobiliyati (1, 2, 3-daraja)
‎mo‘ljal olish qobiliyati 1, 2, 3-daraja)
‎muomala qilish qobiliyati (1, 2, 3-daraja)
‎o‘qishga qobiliyati (1, 2, 3-daraja) mehnat faoliyatiga qobiliyati (1, 2, 3-daraja)
‎o‘z xulq-atvorini nazorat qilish qobiliyati (1, 2, 3-daraja) (keragining ostiga chizilsin)
_____________________________________
‎‎________________________________
‎ TMEK yoki TMK tashhisi ________________________________
‎________________________________
‎________________________________
‎________________________________
‎________________________________
‎‎kasalliklarning X qayta ko‘rikdan o‘tkazish Xalqaro tasnifi bo‘yicha asosiy kasallik kodi_____________
‎Yo‘ldosh kasalliklar kodi _________
‎________________________________
‎________________________________
‎________________________________

TIBBIY REABILITATSIYA DASTURI

Tadbirlar, xizmatlar, texnik vositalar‎

Bajaruvchi‎

Reabilitatsiya qilish shakli‎

Bajarish muddatlari‎

Tiklash terapiyasi (yoziladi): ‎
Rekonstruktiv jarrohlik (yoziladi):‎
Protez-ortopedik yordam (yoziladi):‎
Sanatoriy-kurortda davolash (sohasi ko‘rsatiladi):‎
Tibbiy reabilitatsiyaning texnik vositalari (yoziladi):‎
‎‎Tibbiy reabilitatsiya dasturiga roziman
‎‎‎‎_______________________________________________ (______________)
‎‎Nogironning (yoki uning qonuniy vakili) imzosi

F.I.O.

_______________________________________________ ‎‎ (______________)‎
TMEK (TMK) rahbarining imzosi ‎‎

F.I.O. ‎ ‎

M.O‘.‎

‎‎NOGIRONNI TIBBIY REABILITATSIYA DASTURINING BAJARILIShI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOTLAR

‎‎1. Davolash-profilaktika muassasasining, nogironlarni reabilitatsiya qilish ‎markazining nomi____________________________________________
‎‎2. RYaTD doirasida nogironga ko‘rsatilgan tibbiy reabilitatsiya qilish bo‘yicha tadbirlar va xizmatlar ______________________________________
‎‎__‎________________________________________________________________
‎‎__________________________________________________________________
‎‎3. RYaTD doirasida nogironga berilgan tibbiy reabilitatsiya qilish texnik vositalari________________________________________________________
‎‎‎__________________________________________________________________

‎‎‎4. Nogironni tibbiy reabilitatsiya qilish bo‘yicha bajarilmagan tadbirlar va xizmatlar ro‘yxati hamda bajarilmaganlik sababi ____________________
‎‎‎__________________________________________________________________
‎‎5. Nogironni tibbiy reabilitatsiya qilish dasturini bajarishning natijalari va samaradorligi ________________________________________
‎‎__________________________________________________________________
‎‎Davolovchi vrach _________________________________ (______________)‎

‎‎Imzo‎

F.I.O.‎

M.O‘.‎

‎‎TMEK (TMK) raisi __________________________________ (______________)‎

‎‎‎‎Imzo‎

F.I.O.‎ ‎

‎‎KASBIY REABILITATSIYA DASTURI

Tadbirlar, xizmatlar, texnik vositalar‎

Bajaruv-chi‎

Reabilitatsiya qilish shakli‎

Bajarish muddatlari‎

Kasbiy (mehnatga) yo‘naltirish (ostiga chizilsin):
‎— kasbiy faoliyat to‘g‘risida axborot berish;
— kasbiy faoliyat masalalari yuzasidan maslahat berish;
— kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanishga qobiliyat yuzasidan tanlab olish;
— bo‘sh turgan (qulay) kasb uchun tanlash. ‎
Kasbga o‘qitish, qayta o‘qitish, darajasi (ostiga chizilsin):
‎— umumiy o‘rta;
— o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi;
— oliy;
‎— oliy o‘quv yurtidan keyingi o‘qish;
‎— kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash. ‎
Ishga joylashishga ko‘maklashish (ostiga chizilsin):
— nogironlarni oqilona ishga joylashtirish uchun umumiy yoki ixtisoslashgan turdagi korxonada (muassasada) ish o‘rnini qidirish va tanlash;
— nogiron uchun maxsus ish o‘rni yaratish;
‎— nogironni maxsus dasturlar bo‘yicha ishga joylashtirishni tashkil qilish;
‎— tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda ko‘maklashish. ‎
Kasb-ishlab chiqarish bo‘yicha moslashtirish ‎
O‘qish yoki mehnat uchun maxsus moslamalar (reabilitatsiya qilishning texnik vositalari) (yoziladi): ‎
‎‎Kasbiy reabilitatsiya dasturiga roziman
‎‎______________________________________________ (______________)‎
‎‎Nogironning (yoki uning qonuniy vakili) imzosi

F.I.O. ‎

_____________________________________________‎‎ (______________) ‎
‎‎TMEK (TMK) rahbarining imzosi

F.I.O. ‎

M.O‘.‎

‎‎NOGIRONNI KASBIY REABILITATSIYA QILISh DASTURINING BAJARILIShI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOTLAR
‎ (ish beruvchi tomonidan to‘ldiriladi)

‎‎1. Korxona (muassasa, tashkilot)ning nomi______________________________
‎___________________________________________________________________
‎‎2. Ishga joylashtirilgan, ishga qabul qilingan sanasi: 20___yil
‎‎“_____”____________dan, qanday kasb (mutaxassislik) bo‘yicha _____________
‎___________________________________________________________________ ‎
‎‎ish o‘rni (ostiga chizilsin): umumiy, maxsus, uyda;
‎reabilitatsiya texnik vositalari berilgan: ha, yo‘q (ostiga chizilsin),
‎nimalar___________________________________________________________
‎‎3. Ish joyida o‘qitilgan: ha, yo‘q (ostiga chizilsin), qanday kasb
‎(mutaxassislik) bo‘yicha ______________________________________________
‎‎4. Nogironni kasb bo‘yicha reabilitatsiya qilishda bajarilmagan tadbirlar va xizmatlar ro‘yxati hamda ularning bajarilmaganlik sababi ______________
‎ ‎__________________________________________________________________
‎‎Korxona (tashkilot )rahbari ________________________ (______________) ‎

‎‎imzo‎

F.I.O.‎

M.O‘.‎

Oldingi tahrirga qarang.

‎‎NOGIRONNI KASBIY REABILITATSIYA QILISh DASTURINING BAJARILIShI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOTLAR
‎(bandlik xizmati to‘ldiradi)

‎‎1. Bandlikka ko‘maklashuvchi va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy markazining nomi _________________________________________________
‎‎_________________________________________________________________‎
‎‎2. Ishsiz deb e’tirof etilgan: ha, yo‘q (ostiga chizilsin), agar “ha” bo‘lsa qanday muddatgacha: 20__yil “____” _______dan 20____yil “___”______gacha‎
‎‎3. Kasbga yo‘naltirish o‘tkazilgan: ha, yo‘q (ostiga chizilsin); o‘qitish, ishga joylashtirish uchun tanlangan kasb (mutaxassislik), (ostiga chizilsin) _____
‎__________________________________________________________________
‎‎4. Bandlik xizmati ishga joylashtirgan: ha, yo‘q (ostiga chizilsin), agar “ha” bo‘lsa ishga joylashtirilgan sanasi: 20____yil “___” ___________________ ish joyi__________________________________________________________
‎kasb (lavozim) nomi________________________________________________
‎ishga o‘zi joylashgan________________________________________________
‎‎5. Bandlikka ko‘maklashuvchi va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaz tomonidan kurs bo‘yicha o‘qitilmoqda (o‘qitilgan):_______________________
‎_________________________________________________________________
Sanasi: 20____yil “____” _________dan 20____yil “____”___________gacha
‎kasb (mutaxassislik) bo‘yicha_________________________________________ ‎
‎‎6. Yangi mutaxassislik bo‘yicha ishga joylashtirilgan: ha, yo‘q (ostiga chizilsin)
‎Ishga joylashgan sanasi: 20___yil “_____” ____________________
‎‎7. Kasbiy reabilitatsiya dasturi doirasida bajarilmagan tadbirlar va xizmatlar hamda ularning bajarilmaganlik sababi ____________________ _________________________________________________________________
‎‎Bandlikka ko‘maklashuvchi va aholini
‎ijtimoiy ‎ muhofaza qilish hududiy
‎‎markazining mutaxassisi _______________‎ (______________)‎

imzo‎

F.I.O.‎

‎‎Bandlikka ko‘maklashuvchi va aholini
‎ijtimoiy muhofaza qilish hududiy
‎‎markazining rahbari ‎ _______________‎ (______________)‎‎

imzo‎

F.I.O.‎ ‎

(shakl O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)

IJTIMOIY REABILITATSIYA DASTURI

Tadbirlar, xizmatlar, texnik vositalar‎

Bajaruvchi‎

Reabilitatsiya qilish shakli‎

Bajarish muddatlari‎

Nogironni va uning oilasini reabilitatsiya qilish masalalari bo‘yicha xabardor qilish va ularga maslahat berish
Nogironni va uning oilasini moslashishga o‘qitish
O‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatishga, harakatlanishga, mo‘ljal olishga, muomala qilishga o‘z xulq-atvorini nazorat qilishga o‘qitish (ostiga chizilsin)
Psixologik reabilitatsiya (ostiga chizilsin): psixologik diagnostika, psixologik korreksiya, psixoterapiya, psixoanaliz, psixoprofilaktika, oilaga psixologik yordam ko‘rsatish
Ijtimoiy-madaniy reabilitatsiya (yoziladi):
Jismoniy tarbiya va sport vositalari bilan reabilitatsiya qilish (yoziladi): ‎
Nogironga va uning oilasiga yuridik maslahatlar berish ‎
Ijtimoiy reabilitatsiya dasturiga roziman
‎‎______________________________________________ (______________)‎
‎‎Nogironning (yoki uning qonuniy vakili) imzosi

F.I.O. ‎

_____________________________________________‎‎ (______________) ‎
‎‎TMEK (TMK) rahbarining imzosi

F.I.O. ‎

M.O‘.‎

‎‎NOGIRONNI IJTIMOIY REABILITATSIYA QILISh
‎DASTURINING BAJARILIShI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOTLAR
‎(reabilitatsiya muassasasi tomonidan to‘ldiriladi)

‎‎1. Korxona (muassasa, tashkilot)ning nomi ______________________________
2. RYaTD doirasida nogironga ko‘rsatilgan ijtimoiy reabilitatsiya tadbirlari va xizmatlari____________________________________________
‎___________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________‎‎
‎‎3. Ijtimoiy reabilitatsiya bo‘yicha bajarilmagan tadbirlar va xizmatlar ro‘yxati hamda ularning bajarilmaganlik sababi ________________________
‎‎4. Nogironni ijtimoiy reabilitatsiya qilish dasturini bajarishning natijalari va samaradorligi ___________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________
‎‎Reabilitatsiya bo‘yicha mutaxassis‎ _______________‎ (______________)‎

Imzo‎

F.I.O.‎

M.O‘.‎

‎‎Reabilitatsiya muassasasining rahbari‎ _______________‎ (______________)‎‎

Imzo‎ ‎

F.I.O.‎ ‎

‎‎RYaTD mazmuni bilan tanishdim_____‎ (_____________) ‎ 20 _yil “__” ____ ‎
Nogironning (yoki uning qonuniy vakili) imzosi‎‎
________________________________________ ________ ‎‎ (______________)‎‎‎
TMEK (TMK) muassasasi rahbarining imzosi ‎‎

F.I.O.‎ ‎ ‎

‎‎20 ___yil “__” _____

‎‎REABILITATSIYA QILISh YaKKA TARTIBDAGI DASTURINING BAJARILIShI TO‘G‘RISIDA XULOSA
‎(RYaTDni bajarish muddati tugagandan keyin to‘ldiriladi)

‎‎Tibbiy reabilitatsiya natijalarini baholash: ‎
‎‎Kompensatsiya qilishga erishildi: qisman, to‘liq kompensatsiya; buzilgan funksiyalarni tiklash (to‘liq, qisman, ijobiy natijalar yo‘q) (keragining ostiga chizilsin).
‎‎Ijtimoiy reabilitatsiya natijalarini baholash:
‎‎O‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatishni ta’minlash (to‘liq, qisman), mustaqil ravishda yashash, oilaga va jamiyatga integratsiyalash, ijobiy natijalar yo‘q (keragining ostiga chizilsin).
‎‎Kasbiy reabilitatsiya natijalarini baholash:
‎‎Yangi kasbga ega bo‘lish (o‘qitish, qayta o‘qitish), malaka oshirish, ish o‘rniga ega bo‘lish (to‘liq, noto‘liq bandlik), mehnat bozorida raqobatbardoshlilikni oshirish, ijobiy natijalar yo‘q (keragining ostiga chizilsin).
‎‎RYaTDni amalga oshirish to‘g‘risidagi alohida baholar
‎‎___________________________________________________________________
“Tasdiqlayman”‎
TMEK (TMK) raisi ‎ ________________‎ 20____yil “____”______________

M.O‘. ‎

(imzo, F.I.O.) ‎

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 13-son, 140-modda; 2010-y., 13-son, 96-modda)