1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qog‘ozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qog‘ozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.05 Transfer-agent;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi / 07.25.02.00 Chiqarish to‘g‘risidagi qaror;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi / 07.25.03.00 Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi chiqarilishi va prospektini ro‘yxatdan o‘tkazish]
[TSZ:
1.Moliya / Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori]
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QO‘MITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH VA NAZORAT QILISH MARKAZI BOSH DIREKTORINING
Qimmatli qog‘ozlar egalarining reyestri to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
(buyruq nomi O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 19-iyuldagi 2017-04-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-4, 22.08.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 903-modda)
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 25-fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1911]
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 19-iyuldagi 2017-04-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-4, 22.08.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 903-modda)
1. Qimmatli qog‘ozlar egalarining reyestri to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 19-iyuldagi 2017-04-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-4, 22.08.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 903-modda)
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiritilsin.
Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktori K. TOLIPOV
Toshkent sh.,
2009-yil 30-yanvar,
2009-05-son
Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2009-yil 30-yanvardagi 2009-05-sonli buyrug‘i bilan TASDIQLANGAN
Qimmatli qog‘ozlar egalarining reyestri to‘g‘risida
(nizom nomi O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 19-iyuldagi 2017-04-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-4, 22.08.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 903-modda)
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Mazkur Nizom talablari aksiyalar egalari reyestri va korporativ obligatsiyalar egalari reyestrini shakllantirish tartibiga tatbiq qilinadi.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
anketa ma’lumotlari — ro‘yxatga olingan qimmatli qog‘ozlar egasini identifikatsiyalash imkonini beradigan ma’lumotlar;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 19-iyuldagi 2017-04-son buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1911-4, 22.08.2017-y.) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 903-modda)
qimmatli qog‘ozlar egalarining reyestri (keyingi o‘rinlarda — reyestr) — ro‘yxatdan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar egalarining belgilangan sanadagi holatga ko‘ra shakllantirilgan, ularga qarashli egasining nomi yozilgan qimmatli qog‘ozlar emitentining nomi, ushbu qimmatli qog‘ozlarning soni, nominal qiymati, turi va xili, shuningdek reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxslarga axborot yuborish imkoniyatini beradigan ma’lumotlar ko‘rsatilgan ro‘yxati;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 19-iyuldagi 2017-04-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-4, 22.08.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 903-modda)
reyestrni shakllantirish to‘g‘risida topshiriqnoma — belgilangan sanaga qimmatli qog‘ozlar egalari reyestrini shakllantirish va berish to‘g‘risida Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga (keyingi o‘rinlarda — Markaziy depozitariy) berilgan ko‘rsatmani o‘z ichiga oluvchi emitentning yoki qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining topshirig‘i yoxud qonunchilik hujjatlariga muvofiq aksiyadorlarning yozma murojaati;
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Markaziy depozitariyning so‘rovnomasi (keyingi o‘rinlarda — so‘rovnoma) — reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnomada ko‘rsatilgan sanaga qimmatli qog‘ozlar egalari va ularga tegishli qimmatli qog‘ozlar haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilish to‘g‘risida investitsiya vositachisiga berilgan ko‘rsatmani o‘z ichiga oluvchi elektron so‘rovnoma;”;
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 19-iyuldagi 2017-04-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-4, 22.08.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 903-modda)
qimmatli qog‘ozlar egalarining ro‘yxati — qimmatli qog‘ozlar egalarining anketa ma’lumotlarini, egasiga tegishli bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning turi, tipi va sonini, shuningdek qimmatli qog‘ozlarga yuklatishlar faktlariga doir ma’lumotlarni o‘z ichiga oladigan, belgilangan sanaga shakllantirilgan hujjat;
qimmatli qog‘ozlar egasi — qimmatli qog‘ozlar o‘ziga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
operatsiya kuni — Markaziy depozitariy yoki investitsiya vositachisi reglamentida belgilangan ish kunidagi depozitar operatsiyalar bajariladigan vaqt;
(1-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 19-iyuldagi 2017-04-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-4, 22.08.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 903-modda)
fond bozorida elektron hujjat aylanishi tizimi (keyingi o‘rinlarda — EHA tizimi) — qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari o‘rtasida elektron hujjatlarni shakllantirish, jo‘natish va qabul qilish, qayta ishlash va saqlash imkonini beruvchi, elektron hujjatlarni (axborotni) almashish uchun qo‘llaniladigan har bir qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchisining dasturiy-texnik vositalari majmui;
(1-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 19-iyuldagi 2017-04-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-4, 22.08.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 903-modda)
transfer-agent — qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish tizimiga taalluqli hujjatlarning qabul qilinishi, ularga ishlov berilishi va ularning o‘tkazilishi bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxs;
(1-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 19-iyuldagi 2017-04-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-4, 22.08.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 903-modda)
qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi.
(1-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
2. Reyestr yuritish tizimi Markaziy depozitariy va investitsiya vositachilarining hisobga olish registrlaridagi yozuvlar yig‘indisidir.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 19-iyuldagi 2017-04-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-4, 22.08.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 903-modda)
3. Reyestr yuritish tizimida qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarning oluvchiga o‘tishi qimmatli qog‘ozlar egalarining Markaziy depozitariy va (yoki) investitsiya vositachilaridagi depo hisobvaraqlari bo‘yicha depozitar operatsiyalarni o‘tkazish yo‘li bilan depozitar operatsiyalar standartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Qimmatli qog‘ozga bo‘lgan huquqlar oluvchiga uning depo hisobvarag‘iga tegishli kirim yozuvi kiritilgan paytdan e’tiboran o‘tadi va depo hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan tasdiqlanadi.
Qimmatli qog‘oz bilan tasdiqlanadigan huquqlar ushbu qimmatli qog‘ozga bo‘lgan huquqlar o‘tgan paytdan e’tiboran oluvchiga o‘tadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 19-iyuldagi 2017-04-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-4, 22.08.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 903-modda)
4. Reyestrni shakllantirish Markaziy depozitariy va investitsiya vositachilarining hisob registrlaridan:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 19-iyuldagi 2017-04-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-4, 22.08.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 903-modda)
emitent va u tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar;
qimmatli qog‘ozlar egalarining anketa ma’lumotlari, ularga tegishli bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning soni, nominal qiymati, turi, shuningdek qimmatli qog‘ozlarga majburiyatlar yuklatilganligi faktlari to‘g‘risidagi axborotlarni yig‘ish va ishlov berish yo‘li bilan Markaziy depozitariy tomonidan amalga oshiriladi.
5. Reyestr emitentning qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobini amalga oshiruvchi Markaziy depozitariy va investitsiya vositachilarining operatsiya kuni yakunida qimmatli qog‘ozlar egalarining depo hisobvaraqlari holati bo‘yicha reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnomada ko‘rsatilgan sanaga shakllantiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 19-iyuldagi 2017-04-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-4, 22.08.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 903-modda)
emitentning to‘liq va qisqartirilgan nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili), telefon raqami, elektron pochta manzili, emitentning rasmiy veb-sayti (ular mavjud bo‘lgan taqdirda);
(6-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining 2013-yil 9-dekabrdagi 2013-11-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-2, 19.12.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 51-son, 675-modda)
emitentning tashkiliy-huquqiy shakli, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami, sanasi va organi, xizmat ko‘rsatuvchi bank nomi, MFO kodi, talab qilib olinadigan depozit hisobvarag‘ining raqami (milliy valyutadagi), soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, KTUT kodi;
mansabdor shaxslarning F.I.Sh. va ularning telefonlari;
ustav kapitali, chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning umumiy soni, qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati chiqarilishlarni joylashtirilgan qismining hajmini;
(6-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktorining 2009-yil 19-iyundagi 2009-36-sonli (ro‘yxat raqami 1911-1, 20.07.2009-y.) buyrug‘i tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 30-31-son, 349-modda)
b) Markaziy depozitariy to‘g‘risidagi axborot:
to‘liq va qisqartirilgan nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili), telefon, faks;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami, sanasi va organi, xizmat ko‘rsatuvchi bank nomi, milliy va chet el valyutalaridagi talab qilib olinadigan depozit hisobvaraqlari raqami, MFO kodi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, KTUT kodi;
mansabdor shaxslarning F.I.Sh. va ularning telefonlari;
v) emitentning qimmatli qog‘ozlari chiqarilishlari to‘g‘risidagi axborot:
Chiqarilish(lar)ning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan raqami va sanasi, ro‘yxatdan o‘tkazish organi, chiqarilish(lar)ning tartib raqami, qimmatli qog‘ozlarning turi va tipi, Markaziy depozitariyning kodifikatsiyasi bo‘yicha qimmatli qog‘oz kodi, joylashtirish tugagan sanasi, chiqarilishdagi umumiy son;
(“v” kichik band O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktorining 2009-yil 19-iyundagi 2009-36-sonli (ro‘yxat raqami 1911-1, 20.07.2009-y.) buyrug‘i tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 30-31-son, 349-modda)
g) emitentning qimmatli qog‘ozlari to‘g‘risidagi axborot:
Markaziy depozitariyning kodifikatsiyasi bo‘yicha qimmatli qog‘oz kodi, qimmatli qog‘ozlarning turi va tipi, qimmatli qog‘ozlar har bir turi va tipining umumiy soni, joylashtirilgan qimmatli qog‘ozlar soni, emissiya hisobvarag‘idagi joylashtirilmagan va qimmatli qog‘ozlar emitentining ixtiyoriga kelib tushgan qimmatli qog‘ozlar qoldig‘i;
d) qimmatli qog‘ozlar egasi to‘g‘risidagi axborot:
Deponentlarning yagona bazasidagi egasining kodi, qimmatli qog‘ozlar egasining anketa ma’lumotlari, qimmatli qog‘ozlarning (tipi bo‘yicha taqsimlangan holdagi) soni, qimmatli qog‘ozlarga majburiyatlar yuklatilganligi faktlari;
joylashtirilgan qismining foizi va ovozlar soni (aksiyalar uchun).
(“d” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktorining 2009-yil 19-iyundagi 2009-36-sonli (ro‘yxat raqami 1911-1, 20.07.2009-y.) buyrug‘i tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 30-31-son, 349-modda)
7. Qimmatli qog‘ozlar egasining anketa ma’lumotlari quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
jismoniy shaxslar uchun — familiyasi, ismi, sharifi (oxirgisi mavjud bo‘lgan taqdirda), shaxsini tasdiqlovchi hujjat turi, seriyasi, raqami, berilgan sanasi va bergan organ, ro‘yxatdan o‘tgan yashash manzili va turar manzili, shuningdek telefon raqami, elektron pochta manzili, STIR kodi va bank rekvizitlari (ular mavjud bo‘lgan taqdirda);
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining 2013-yil 9-dekabrdagi 2013-11-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-2, 19.12.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 51-son, 675-modda)
yuridik shaxslar uchun — yuridik shaxsning to‘liq nomi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami va sanasi, ro‘yxatga olishni amalga oshirgan organ nomi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami va KTUT kodi (rezident uchun), uning joylashgan yeri (pochta manzili), bank rekvizitlari, shuningdek telefon raqami va elektron pochta manzili (ular mavjud bo‘lgan taqdirda).
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining 2013-yil 9-dekabrdagi 2013-11-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-2, 19.12.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 51-son, 675-modda)
8. Reyestrda qimmatli qog‘ozlarning egalari to‘g‘risidagi axborot:
yuridik shaxslar;
jismoniy shaxslar;
investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar guruhlariga ajratilgan bo‘lishi kerak;
9. Qimmatli qog‘ozlar egasining reyestrni yuritish tizimidagi ro‘yxatga olish raqami uning Deponentlar yagona bazasidagi kodi hisoblanadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 19-iyuldagi 2017-04-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-4, 22.08.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 903-modda)
10. “Oltin aksiya”ni joriy etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan aksiyadorlik jamiyatining reyestriga davlat vakili ham kiritiladi.
11. Emitent to‘g‘risidagi, emitent qimmatli qog‘ozlarining chiqarilishlari, Markaziy depozitariy va qimmatli qog‘ozlar egalarining anketa ma’lumotlari to‘g‘risidagi axborotlar reyestrga Markaziy depozitariyning hisob registrlaridan kiritiladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 19-iyuldagi 2017-04-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-4, 22.08.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 903-modda)
12. Egalariga tegishli bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning soni, turi, tipi va qimmatli qog‘ozlarga majburiyatlar yuklatilganligi faktlari, shuningdek qimmatli qog‘ozlar egalarining manzillari va bank rekvizitlari to‘g‘risidagi axborotlar reyestrga ushbu qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olishni amalga oshiruvchi Markaziy depozitariy va investitsiya vositachilarining hisob registrlaridan kiritiladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 19-iyuldagi 2017-04-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-4, 22.08.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 903-modda)
13. Reyestrni yuritish tizimining hujjatlari:
reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnoma;
Markaziy depozitariyning so‘rovi;
qimmatli qog‘ozlar egalarining ro‘yxatlari;
reyestr;
qabul qilingan topshiriqnomalar va so‘rovlar, shuningdek berilgan reyestrlarning hisobi qayd etiluvchi jurnallar.
14. Emitent, transfer-agent, Markaziy depozitariy va investitsiya vositachilarining o‘zaro hamkorligi qonunchilik hujjatlari va shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
15. Markaziy depozitariy va investitsiya vositachilarining qimmatli qog‘ozlarning egasi bilan o‘zaro hamkorligi shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 19-iyuldagi 2017-04-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-4, 22.08.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 903-modda)
III. Reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnoma
16. Reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnoma Markaziy depozitariyga emitentning ijroiya organi tomonidan yuboriladi, mazkur Nizomda belgilangan hollar bundan mustasno.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining 2013-yil 9-dekabrdagi 2013-11-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-2, 19.12.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 51-son, 675-modda)
17. Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining so‘rovnomasi bo‘yicha reyestrni shakllantirish so‘rovnomada ko‘rsatilgan muddatlarda, topshiriqnoma tuzilmasdan amalga oshiriladi. Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining so‘rovnomasi bo‘yicha reyestrni shakllantirish va taqdim etishning rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
18. Reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnoma topshiriqnomani yuborgan tashkilot rahbarining imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 26-iyuldagi 2019-48-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-6, 05.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2019-y., 10/19/1911-6/3524-son)
19. Emitentning ijroiya organi nomidan reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnomani vakolatli shaxslar imzolari namunalari bilan emitentning emissiya hisobvarag‘ining kartochkasi mavjud bo‘lgan taqdirda Markaziy depozitariy tekshirish va bajarish uchun qabul qiladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining 2013-yil 9-dekabrdagi 2013-11-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-2, 19.12.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 51-son, 675-modda)
20. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish uchun aksiyalar egalarining reyestrlarini shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnoma Markaziy depozitariyga aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan sanadan uch ish kunidan kechiktirilmasdan taqdim etiladi (yuboriladi) va o‘z ichiga quyidagilarni olishi lozim:
emitentning nomi;
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish sanasi;
umumiy yig‘ilishning yillik yoki navbatdan tashqari ekanligi to‘g‘risidagi ko‘rsatma;
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida xabardor qilish uchun jamiyat aksiyadorlari reyestrini shakllantirish sanasi;
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish sanasi.
201. Agar aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida besh foiziga egalik qiluvchi aksiyador (aksiyadorlar) tomonidan chaqirilayotgan bo‘lsa, jamiyat aksiyalari egalarining reyestrini shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnoma bevosita aksiyador (aksiyadorlar) tomonidan Markaziy depozitariyda rasmiylashtiriladi. Bunda Markaziy depozitariyga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
ushbu Nizomning 20-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan aksiyador (aksiyadorlar) tomonidan imzolangan topshiriqnoma;
aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risida jamiyatga yozma talabnoma taqdim etilgan sana holatiga aksiyadorning (aksiyadorlarning) jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida besh foiziga egalik qilishini tasdiqlovchi aksiyador (aksiyadorlar) depo hisobvarag‘idan ko‘chirma;
aksiyador (aksiyadorlar) — jismoniy shaxsning pasport nusxasi, uning vakili murojaat qilgan taqdirda vakilning pasport nusxasi, notarial tasdiqlangan ishonchnomani yoki vakillikni tasdiqlovchi boshqa hujjatni ilova qilgan holda;
aksiyador (aksiyadorlar) — yuridik shaxs vakilining pasport nusxasi, mazkur yuridik shaxs tomonidan berilgan ishonchnomani, rahbarga nisbatan esa — lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi qarorni ilova qilgan holda;
(201-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 26-iyuldagi 2019-48-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-6, 05.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2019-y., 10/19/1911-6/3524-son)
kuzatuv kengashiga (yoki jamiyat ustavida aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini o‘tkazish masalasini hal etish vakolati berilgan muayyan shaxs yoki jamiyatning boshqaruv organiga) yuborilgan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risidagi yozma talabnomaning nusxasi, uning qabul qilib olinganligini tasdiqlovchi belgi bilan;
aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirishni rad etish to‘g‘risidagi kuzatuv kengashi (yoki jamiyat ustavida aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini o‘tkazish masalasini hal etish vakolati berilgan muayyan shaxs yoki jamiyatning boshqaruv organi) qarori yoxud xati nusxasi, agar mavjud bo‘lsa.
Agar reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnoma aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirayotgan ikki va undan ortiq aksiyador tomonidan imzolansa, topshiriqnomada shakllantirilgan reyestr beriladigan aksiyadorning yoki uni vakilining familiyasi, ismi, otasining ismi to‘liq ko‘rsatiladi.
(201-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2014-yil 16-dekabrdagi 2014-32-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1911-3, 8.01.2015-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 13-modda)
21. Qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa korporativ harakatlarni amalga oshirish maqsadida aksiyalar egalari reyestrini shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnoma emitent tomonidan Markaziy depozitariyga reyestr shakllantirilishi kerak bo‘lgan sanagacha besh ish kunidan kechiktirmasdan taqdim etiladi va o‘z ichiga quyidagilarni olishi lozim:
(21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
22. Obligatsiya reyestrini shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnoma emitent tomonidan Markaziy depozitariyga reyestr shakllantirilishi kerak bo‘lgan sanagacha besh ish kunidan kechiktirmasdan taqdim etiladi va o‘z ichiga quyidagilarni olishi lozim:
(22-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 19-iyuldagi 2017-04-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-4, 22.08.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 903-modda)
emitentning nomi;
obligatsiyalarning tipi va chiqarilishning tartib raqami;
reyestrni shakllantirish sanasi.
23. Mazkur Nizomning 20—22-bandlarida nazarda tutilmagan holatlarda reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnoma emitent tomonidan Markaziy depozitariyga reyestr shakllantirilishi kerak bo‘lgan sanagacha besh ish kunidan kechiktirmasdan taqdim etiladi va o‘z ichiga quyidagilarni olishi lozim:
emitentning nomi;
reyestrni shakllantirish sanasi.
24. Reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnomani qabul qilganidan so‘ng, Markaziy depozitariy quyidagilarga tekshirishni amalga oshiradi:
topshiriqnomani imzolagan shaxsning imzosini kartochkada ko‘rsatilgan emitentning vakolatli shaxslarining imzolari namunalari bilan muvofiqligi;
(24-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining 2013-yil 9-dekabrdagi 2013-11-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-2, 19.12.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 51-son, 675-modda)
topshiriqnomada mazkur Nizomning 20—23-bandlariga muvofiq zaruriy axborotning mavjudligi.
241. Ovoz beruvchi aksiyalarning kamida besh foiziga egalik qiluvchi aksiyador (aksiyadorlar) tomonidan reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnomaga ilova qilingan hujjatlar mazkur Nizomning 201–bandiga muvofiqligini, shuningdek aksiyadorda (aksiyadorlarda) kerakli miqdorda ovoz beruvchi aksiyalar mavjudligini Markaziy depozitariy tekshiradi.
(241-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2014-yil 16-dekabrdagi 2014-32-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1911-3, 8.01.2015-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 13-modda)
25. Quyidagi holatlarda Markaziy depozitariy reyestrni shakllantirishni rad etadi:
topshiriqnomani imzolagan shaxsning imzosini kartochkada ko‘rsatilgan emitentning vakolatli shaxslarining imzolari namunalari bilan muvofiq kelmagan taqdirda;
(25-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining 2013-yil 9-dekabrdagi 2013-11-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-2, 19.12.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 51-son, 675-modda)
taqdim etilgan topshiriqnomada mazkur Nizomning 20—23-bandlariga muvofiq barcha zaruriy axborotlar mavjud bo‘lmagan taqdirda;
mazkur Nizomning 201-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim etilmaganda, shuningdek navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishni chaqirayotgan aksiyador (aksiyadorlar) emitent ovoz beruvchi aksiyalarining kamida besh foiziga egalik qilmaganda;
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2014-yil 16-dekabrdagi 2014-32-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1911-3, 8.01.2015-y.) asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 13-modda)
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa holatlarda.
(25-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Markaziy depozitariy boshqa sabablarga asosan reyestrni shakllantirishni rad etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining 2013-yil 9-dekabrdagi 2013-11-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1911-2, 19.12.2013-y.) asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 51-son, 675-modda)
26. Markaziy depozitariyning reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnomani bajarishni rad etishi reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnoma kelib tushgan sanadan boshlab besh kundan kechiktirmasdan yuboriladi. Topshiriqnomani bajarishni rad etish asoslangan, yozma shaklda tuzilgan, Markaziy depozitariyning vakolatli shaxsi tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining 2013-yil 9-dekabrdagi 2013-11-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-2, 19.12.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 51-son, 675-modda)
27. Reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnomani bajarishni asoslanmagan holda rad etish ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 19-iyuldagi 2017-04-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-4, 22.08.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 903-modda)
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida aksiyadorlarni xabardor qilish maqsadida aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanaga, yig‘ilish aksiyador (aksiyadorlar) tomonidan chaqirilgan hollarda Markaziy depozitariyga reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnoma taqdim etilgan sanaga;
(28-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2014-yil 16-dekabrdagi 2014-32-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-3, 8.01.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 13-modda)
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqini berishga aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini o‘tkazish sanasidan uch ish kuni oldin;
(28-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2014-yil 16-dekabrdagi 2014-32-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-3, 8.01.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 13-modda)
obligatsiyalar bo‘yicha daromadlarni hisoblash yoki to‘lash uchun;
(28-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 19-iyuldagi 2017-04-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-4, 22.08.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 903-modda)
qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining so‘rovnomasi bo‘yicha;
(28-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining 2013-yil 9-dekabrdagi 2013-11-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1911-2, 19.12.2013-y.) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 51-son, 675-modda)
qonunchilik hujjatlariga muvofiq vakolatli davlat organlarining so‘rovnomalari bo‘yicha reyestrdan axborotni oshkor qilinishi uchun.
(28-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
29. Mazkur Nizomning 28-bandida ko‘rsatilmagan boshqa holatlarda reyestr emitent ijroiya organining topshiriqnomasiga asosan, kuzatuv kengashining qarori mavjud bo‘lgan kuzatuv kengashining bayonnomasidan ko‘chirma ilova qilingan holda, shakllantiriladi.
30. Mazkur Nizomda belgilangan tartibda taqdim etiladigan reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnoma yoki vakolatli davlat organining so‘rovnomasi reyestrni shakllantirishga asos bo‘ladi.
31. Reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnoma kelib tushgandan keyin Markaziy depozitariy tegishli investitsiya vositachilariga so‘rovnomani shartnomalarda o‘rnatilgan tartib va shaklda, shuningdek muddatlarda yuboradi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 19-iyuldagi 2017-04-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-4, 22.08.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 903-modda)
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 19-iyuldagi 2017-04-son buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1911-4, 22.08.2017-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 903-modda)
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 19-iyuldagi 2017-04-son buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1911-4, 22.08.2017-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 903-modda)
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 19-iyuldagi 2017-04-son buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1911-4, 22.08.2017-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 903-modda)
35. Markaziy depozitariyning so‘rovnomasi investitsiya vositachisiga qimmatli qog‘ozlar egalari ro‘yxatini taqdim etishga asos bo‘ladi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 19-iyuldagi 2017-04-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-4, 22.08.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 903-modda)
36. Investitsiya vositachisi qimmatli qog‘ozlar egalari ro‘yxatini Markaziy depozitariy tomonidan belgilangan format va tarkib bo‘yicha taqdim etadi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 19-iyuldagi 2017-04-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-4, 22.08.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 903-modda)
37. Markaziy depozitariy tomonidan reyestrni shakllantirish faqatgina tegishli investitsiya vositachilaridan mazkur emitent qimmatli qog‘ozlari egalarining ro‘yxatlari qabul qilinganidan so‘ng amalga oshiriladi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 19-iyuldagi 2017-04-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-4, 22.08.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 903-modda)
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 19-iyuldagi 2017-04-son buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1911-4, 22.08.2017-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 903-modda)
39. Reyestrni shakllantirish hujjatsiz qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha topshiriqnomada ko‘rsatilgan sanaga Markaziy depozitariy va investitsiya vositachilari hisob registrlaridan qimmatli qog‘ozlar egalari depo hisobvaraqlaridagi qimmatli qog‘ozlar qoldiqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash orqali amalga oshiriladi.
Egalari noma’lum bo‘lgan yozilmagan hujjatsiz shaklga konvertatsiyalangan hujjatli qimmatli qog‘ozlar, Markaziy depozitariyning maxsus depo hisobvarag‘ida umumlashtirilgan holda aks ettiriladi va Reyestrda joylashtirilgan deb hisoblanadi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 19-iyuldagi 2017-04-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-4, 22.08.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 903-modda)
40. Investitsiya vositachisi tomonidan qimmatli qog‘ozlar egalari ro‘yxatini so‘rovnomada ko‘rsatilgan muddatda taqdim etilmagan taqdirda Markaziy depozitariy shu haqda bir ish kunidan kechiktirmasdan emitent va qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organini ogohlantirishi shart.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 19-iyuldagi 2017-04-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-4, 22.08.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 903-modda)
41. Reyestrni shakllantirishda Markaziy depozitariyning investitsiya vositachilari bilan o‘zaro munosabatlari ma’lumotlarni qabul qilish, topshirish va qayta ishlash orqali amalga oshiriladi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 19-iyuldagi 2017-04-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-4, 22.08.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 903-modda)
42. Markaziy depozitariy tomonidan shakllantirilgan va undan olingan reyestrga o‘zgartirishlar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
43. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega bo‘lgan shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlarining reyestriga o‘zgartirishlar faqat mazkur reyestr shakllantirilgan sanada unga kiritilmay qolgan shaxslarning buzilgan huquqlari tiklangan yoki reyestrni shakllantirishda yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatish hollardagina kiritilishi mumkin.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 19-iyuldagi 2017-04-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-4, 22.08.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 903-modda)
44. Qimmatli qog‘ozlar egalarining buzilgan huquqlarini tiklash va xatolarni tuzatish unga xizmat ko‘rsatuvchi Markaziy depozitariy yoki investitsiya vositachisida egasining depo hisobvarag‘i bo‘yicha qimmatli qog‘ozlar bilan zaruriy operatsiyalarni o‘tkazish qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan kundan e’tiboran bir ish kunidan kechikmay amalga oshiriladi.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 19-iyuldagi 2017-04-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-4, 22.08.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 903-modda)
45. Investitsiya vositachisi Markaziy depozitariyga qimmatli qog‘ozlar egalarining ro‘yxatini Markaziy depozitariy bilan shartnomada o‘rnatilgan tartib va shaklda, shuningdek muddatlarda taqdim etadi.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 19-iyuldagi 2017-04-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-4, 22.08.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 903-modda)
451. Reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnoma Markaziy depozitariy tomonidan tegishli investitsiya vositachilaridan emitentning qimmatli qog‘ozlari egalarining ro‘yxatlari qabul qilinganidan so‘ng bir ish kuni davomida bajariladi.
(451-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 19-iyuldagi 2017-04-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-4, 22.08.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 903-modda)
V. Reyestrni berish tartibi
46. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida aksiyadorlarni xabardor qilish uchun reyestr mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq elektron hujjat ko‘rinishida shakllantiriladi.
47. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish va obligatsiyalar bo‘yicha daromadlarni to‘lash uchun reyestr reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnomadan kelib chiqqan holda mazkur Nizomning 1 va 2-ilovalariga muvofiq elektron yoki qog‘oz hujjat ko‘rinishida tegishlicha shakllantiriladi.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 19-iyuldagi 2017-04-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-4, 22.08.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 903-modda)
48. Elektron hujjat ko‘rinishidagi reyestr elektron hujjatlar aylanmasi EHA tizimi yoki axborotni elektron tashish moslamasi orqali beriladi.
Qog‘oz hujjat ko‘rinishidagi reyestr vakolatli shaxsning yozma so‘rovnomasiga asosan beriladi.
49. Qog‘oz hujjat yoki axborotni elektron tashish moslamadagi elektron hujjat ko‘rinishdagi reyestr emitentga yoki uning transfer-agentiga ishonchnoma asosida beriladi, yoki pochta orqali yuboriladi.
50. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida aksiyadorlarni xabardor qilish va unda ishtirok etish uchun reyestrlar Markaziy depozitariy tomonidan quyidagicha beriladi:
elektron pochta orqali elektron hujjat ko‘rinishida reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnomani bajarish sanasidan so‘ng bir ish kunidan kechiktirmasdan;
elektron tashuvchi qurilmada elektron hujjat ko‘rinishida reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnomani bajarish sanasidan so‘ng ikki ish kunidan kechiktirmasdan;
qog‘oz hujjat ko‘rinishida reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnomani bajarish sanasidan so‘ng ikki ish kunidan kechiktirmasdan.
(50-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2014-yil 16-dekabrdagi 2014-32-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-3, 8.01.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 13-modda)
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2014-yil 16-dekabrdagi 2014-32-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1911-3, 8.01.2015-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 13-modda)
52. Boshqa holatlarda reyestr Markaziy depozitariy tomonidan quyidagicha beriladi:
elektron hujjat ko‘rinishida reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnomani bajarish sanasidan so‘ng besh ish kunidan kechiktirmasdan;
qog‘oz hujjat ko‘rinishida reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnomani bajarish sanasidan so‘ng yetti ish kunidan kechiktirmasdan.
53. Reyestrni berish Markaziy depozitariy va emitent o‘rtasida tuzilgan emissiyaviy shartnomada ko‘rsatilgan usul bilan amalga oshiriladi.
(54-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining 2013-yil 9-dekabrdagi 2013-11-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1911-2, 19.12.2013-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 51-son, 675-modda)
55. Reyestrni berish sanasi, reyestrni berish usuli reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnomalarni qabul qilish va reyestrni berish jurnalida qayd etiladi. Jurnal xronologik tartibda yuritiladi. Markaziy depozitariy jurnalni qog‘oz ham, elektron ko‘rinishlarda ham yuritishi mumkin.
56. Markaziy depozitariyning reyestrni shakllantirgan javobgar shaxsining elektron raqamli imzosi bilan imzolangan elektron hujjat ko‘rinishidagi reyestr elektron pochta yoki axborotni elektron tashish moslamasi orqali beriladi.
VI. Emitent, Markaziy depozitariy va investitsiya vositachisining majburiyatlari
(VI bob nomi O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 19-iyuldagi 2017-04-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-4, 22.08.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 903-modda)
57. Aksiyadorlik jamiyati bo‘lgan emitent qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bir oydan kechiktirmasdan Markaziy depozitariy bilan shartnoma tuzishi va u bilan hamkorlikni ta’minlashi shart:
(57-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
mazkur Nizom kuchga kirgunga qadar tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari uchun — mazkur Nizom kuchga kirgan sanadan boshlab;
mazkur Nizom kuchga kirganidan so‘ng tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari uchun — yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab.
emissiyaviy shartnoma va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnomani imzolash huquqiga ega bo‘lgan vakolatli shaxslarning o‘zgarganligi to‘g‘risida;
(58-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
transfer-agentning mavjudligi yoki uning almashganligi to‘g‘risida;
o‘zining joylashgan yeri (pochta manzili), telefon raqami, elektron pochta manzili, emitent rasmiy veb-sayti, shuningdek mazkur Nizomning 6-bandida keltirilgan boshqa ma’lumotlarning o‘zgarganligi to‘g‘risida yozma ravishda axborot berishi shart.
(58-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining 2013-yil 9-dekabrdagi 2013-11-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-2, 19.12.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 51-son, 675-modda)
59. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini chaqirayotgan shaxslar tomonidan olingan Markaziy depozitariy tomonidan shakllantirilgan reyestr aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi o‘tkazilganidan so‘ng o‘n kun ichida, agar umumiy yig‘ilish o‘tkazilmagan bo‘lsa reyestr Markaziy depozitariydan olingan sanadan o‘ttiz kundan kechikmasdan emitentga saqlash uchun taqdim etiladi.
Emitent reyestrni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib va muddatlarda saqlashi shart.
(59-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
60. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida qatnashish uchun shakllantirilgan reyestr vakolatli shaxsga berilgandan so‘ng yigirma kun davomida Markaziy depozitariy reyestrning qog‘oz shaklidagi bir nusxasini, shakllantirilgan reyestrga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, bunday holatlar to‘g‘risidagi axborotni qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organiga taqdim etadi.
(60-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining 2013-yil 9-dekabrdagi 2013-11-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-2, 19.12.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 51-son, 675-modda)
61. Emitent:
topshiriqnomada ko‘rsatilgan reyestrni shakllantirish sanasini to‘g‘ri belgilanganligiga;
reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnomani Markaziy depozitariyga o‘z vaqtida taqdim etilishiga;
(61-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 19-iyuldagi 2017-04-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-4, 22.08.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 903-modda)
reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnomada mavjud bo‘lgan axborotning haqiqiyligiga;
reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnomadagi mansabdor shaxslarning imzolari haqiqiyligiga;
reyestrda mavjud bo‘lgan maxfiy axborotni oshkor etilganiga javobgardir.
investitsiya vositachilardan qimmatli qog‘ozlar egalari ro‘yxatlarini, shuningdek aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirayotgan aksiyadorning (aksiyadorlarning) yetarli miqdorda ovoz beruvchi aksiyalarga egalik qilish tasdig‘ini talab etish va olishga;
(62-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 19-iyuldagi 2017-04-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-4, 22.08.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 903-modda)
investitsiya vositachilardan qimmatli qog‘ozlar egalari hisobvaraqlari bo‘yicha o‘tkazilgan operatsiyalar to‘g‘risidagi axborotni va ularni o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjatlar nusxalarini talab etish hamda olishga;
(62-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 19-iyuldagi 2017-04-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-4, 22.08.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 903-modda)
investitsiya vositachilardan qimmatli qog‘ozlar egalarining anketa ma’lumotlariga o‘zgartirishlar kiritilganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalarini talab etish hamda olishga haqli.
(62-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 19-iyuldagi 2017-04-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-4, 22.08.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 903-modda)
63. Markaziy depozitariy:
har hafta, haftaning har birinchi ish kunida qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organiga berilgan reyestrlar to‘g‘risidagi axborotni taqdim etishga;
mazkur Nizomda belgilangan tartibda reyestrni shakllantirishni ta’minlashga;
u tomonidan shakllantirilgan reyestrlarni elektron hujjat ko‘rinishida doimiy saqlashga;
reyestrlardagi mavjud axborotning maxfiyligini ta’minlashga majbur, qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
(63-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
64. Reyestrni shakllantirish davomida Markaziy depozitariy mazkur Nizom me’yorlari va investitsiya vositachilari bilan o‘zaro hamkorlik tartibiga rioya etilishiga javobgardir.
(64-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 19-iyuldagi 2017-04-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-4, 22.08.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 903-modda)
65. Markaziy depozitariy reyestrlardagi axborotni monopoliyaga qarshi davlat organiga, davlat soliq xizmati organlariga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosiga, sudlarga, agar bu ularning vakolati doirasida bo‘lsa, qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘lgan taqdirda esa tergov va surishtiruv organlariga ularning yozma farmoyishi asosida oshkor qiladi.
(65-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 19-iyuldagi 2017-04-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-4, 22.08.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 903-modda)
66. Markaziy depozitariy:
emitent tomonidan reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnoma o‘z vaqtida taqdim etilmaganligi munosabati bilan reyestrni shakllantirish va berishning kechiktirilganligiga;
investitsiya vositachilaridan olingan axborotning to‘g‘riligiga javobgar bo‘lmaydi.
(66-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 19-iyuldagi 2017-04-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-4, 22.08.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 903-modda)
(66-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 19-iyuldagi 2017-04-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-4, 22.08.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 903-modda)
qimmatli qog‘ozlar egalari ro‘yxatini Markaziy depozitariyning so‘rovnomasida ko‘rsatilgan muddatda va to‘liq hajmda taqdim etishga;
Markaziy depozitariyning so‘rovnomasiga binoan qimmatli qog‘ozlar egalari ro‘yxatini taqdim etishga;
Markaziy depozitariydan olingan bildirishnomalar asosida unda hisobda turgan qimmatli qog‘ozlar va ularning emitentlari rekvizitlariga o‘zgartirishlar kiritishga;
Markaziy depozitariydan olingan bildirishnomalar asosida qimmatli qog‘ozlar egasining anketa ma’lumotlariga o‘zgartirishlar kiritishga majbur.
(66-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 19-iyuldagi 2017-04-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-4, 22.08.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 903-modda)
(68-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 19-iyuldagi 2017-04-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-4, 22.08.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 903-modda)
qimmatli qog‘ozlar egalari ro‘yxatini taqdim etishni rad etganligi;
Markaziy depozitariyga qimmatli qog‘ozlar egalari ro‘yxatini o‘z vaqtida taqdim etmaganligi;
Markaziy depozitariyga taqdim etilgan qimmatli qog‘ozlar egalari ro‘yxatlaridagi ma’lumotlarni o‘zining hisob registrlaridagi mavjud bo‘lgan ma’lumotlariga nomuvofiqligi;
tasdiqlovchi hujjatlarsiz qimmatli qog‘ozlar egasining anketa ma’lumotlariga o‘zgartirishlar kiritishi uchun javobgar, Markaziy depozitariyning bildirishnomasi asosida o‘zgartirishlar kiritish hollari bundan mustasno.
69. Investitsiya vositachisi tomonidan reyestrni shakllantirish uchun zarur bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar egalari ro‘yxatini taqdim etishni asossiz rad etish qonunchilik hujjatlarini qo‘pol ravishda buzilishi hisoblanadi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda unga berilgan litsenziyaning amal qilishini to‘xtatilishiga sabab bo‘ladi.
(69-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
70. Agar qimmatli qog‘ozlar egasi o‘zining anketa ma’lumotlarini o‘zgarganligi to‘g‘risida va bu haqda o‘z vaqtida tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmagan bo‘lsa, uning reyestrdagi anketa ma’lumotlari aniqligiga investitsiya vositachisi javobgar bo‘lmaydi.
(70-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 19-iyuldagi 2017-04-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-4, 22.08.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 903-modda)
(71-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 19-iyuldagi 2017-04-son buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1911-4, 22.08.2017-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 903-modda)
72. Mazkur Nizom talablarining buzilishiga aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
(72-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
73. Emitent, transfer-agent, Markaziy depozitariy va investitsiya vositachilari reyestrdagi ma’lumotlarning to‘liqligi va ishonchliligi uchun solidar javobgar bo‘ladi hamda o‘zining harakatlari (harakatsizligi) tufayli qimmatli qog‘ozlar egalariga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashi shart.
(73-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
74. Ushbu Nizom talablariga amal qilinishi bo‘yicha nazoratni qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi amalga oshiradi.
75. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan.
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi raisi v.b. B. ULASHOV
Izoh: fayl topshirilayotganda reyestrni shakllantirgan shaxsning elektron raqamli imzosi bilan imzolanadi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 19-iyuldagi 2017-04-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-4, 22.08.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 903-modda)
Qimmatli qog‘ozlar egalarining reyestri to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
(2-ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 19-iyuldagi 2017-04-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911-4, 22.08.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 903-modda)
O‘zR MD
Chiquvchi _____________ -son 200__ y. “____” ____________
Emitentning chiqarilishlari bo‘yicha axborot:
Chiqarilishning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan raqami
Chiqarilishning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanasi
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan organi
Chiqarilish raqami
QQ turi
QQ kodi
Chiqarilishdagi soni
JAMI:
Emitentning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha axborot:
QQ kodi
QQ turi
Qimmatli qog‘ozlar soni
joylashtirildi
emissiyaviy hisobvarag‘i bo‘yicha qoldiq
hammasi
JAMI:
Egalari (yuridik shaxslar)
T/r
O‘zR MDda ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxsning kodi
QQ egasining nomi
Korporativ obligatsiya
STIR KTUT
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan hujjatning raqami, berilgan sana, kim tomonidan berilgan
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan hujjatning raqami, berilgan sana, kim tomonidan berilgan
Joylashtirilgan qismining foizi (JQ %)
Ovozlar soni
oddiy
imtiyozli
oddiy
imtiyozli
Hammasi
(“Egalari (yuridik shaxslar)” jadvali O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktorining 2009-yil 19-iyundagi 2009-36-sonli (ro‘yxat raqami 1911-1, 20.07.2009-y.) buyrug‘i tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 30-31-son, 349-modda)
Hujjatning raqami, berilgan sana, kim tomonidan berilgan
Joylashtirilgan qismining foizi (JQ %)
Ovozlar soni
Hammasi
(“Egalari jismoniy shaxslar)” jadvali O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktorining 2009-yil 19-iyundagi 2009-36-sonli (ro‘yxat raqami 1911-1, 20.07.2009-y.) buyrug‘i tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 30-31-son, 349-modda)
Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilari
T/r
O‘zR MDda ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxsning kodi
QQ saqlovchining nomi
Majburiyatlar yuklatilmagan aksiyalarning soni
Majburiyatlar yuklatilgan aksiyalarning soni
STIR KTUT
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan hujjatning raqami, berilgan sana, kim tomonidan berilgan
Joylashtirilgan qismining foizi (JQ %)
Ovozlar soni
oddiy
imtiyozli
oddiy
imtiyozli
Hammasi
JAMI
Ovozlarning umumiy soni:
Yig‘ilishda ishtirok etayotgan ovozlar soni:
Depozitariy operatori:
____________________________
(F.I.Sh. imzo)
Boshqarma boshlig‘i
____________________________
(F.I.Sh. imzo)
(“Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilari” jadvali O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktorining 2009-yil 19-iyundagi 2009-36-sonli (ro‘yxat raqami 1911-1, 20.07.2009-y.) buyrug‘i tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 30-31-son, 349-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 9-son, 100-modda, 30-31-son, 349-modda; 2013-y., 51-son, 675-modda; 2015-y., 1-son, 13-modda; 2017-y., 34-son, 903-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 10/19/1911-5/2748-son, 05.08.2019-y., 10/19/1911-6/3524-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)