

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 23.05.2014
                            </div>
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-1442991">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7571"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.10.00 Birinchi instansiya sudida ish yuritish]</span></div></a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><a id="onLS-1442991">[<b>TSZ:</b><div id="LS3810"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoyat-protsessual qonunchilik]</span></div></a></div><div class="ACCEPTING_BODY"><a id="-1443106">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining</a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-1443107">Qarori</a></div><div class="ACT_TITLE"><a id="-1443108">SUD HUKMI TOʻGʻRISIDA</a></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><a id="-2414113">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi <a href="/acts/-2413562?ONDATE=23.05.2014 00#-2413829">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><a id="-1443109">(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi <a href="/acts/-2507732">10-sonli</a>, 2003-yil 19-dekabrdagi <a href="/acts/-2506968">20-sonli </a>va 2006-yil 3-fevraldagi <a href="/acts/-2505199">5-sonli </a>qarorlariga asosan kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan)</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-1443110"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443111">Hukm odil sudlovning muhim hujjatidir. Shaxsning konstitutsiyaviy huquq va erkinligiga rioya qilinishi, hukmning qonuniy, asosli va adolatli boʻlishiga bogʻliq. Qonunning barcha talablariga rioya qilingan holda chiqarilib qonuniy kuchga kirgan sudning hukmi boʻlmay turib hech kim jinoyat sodir qilishda aybli deb topilishi mumkin emas.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443112">Respublika sudlarining hukmlari asosan qonuniydir. Shuning bilan birga hukmlarni chiqarishda jinoyat va jinoyat-protsessual qonunlarining buzilish hollari uchrab turibdi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443113">Sudning hukmda yoritilgan xulosalari hamma vaqt ham yetarli darajada asoslantirilmaydi. Qator ishlar boʻyicha hukmlar JPK <a href="/acts/-111460#-252907">26</a> va <a href="/acts/-111460#-256504">455-moddalarining </a>talabiga zid holda dastlabki tergovda toʻplangan, lekin sud majlisida tekshirilmagan yoki oʻz tasdigʻini topmagan dalillarga asoslantirilgan <a href="/acts/-20596">Konstitutsiya </a>va jinoyat-protsessual qonun normalariga zid holda aybdorlikni asoslantirish uchun qonunni buzish yoʻli bilan olingan dalillarni keltirish hollari uchraydi.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-2375179"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2375182">Baʼzan adolatli qaror qabul qilish, ayblov yoki oqlov hukmi chiqarish oʻrniga ishlar asossiz qoʻshimcha tergovga yuborilmoqda.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-2375189">(muqqadimaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 14-noyabrdagi 17-sonli <a href="/acts/-2370087?ONDATE=14.11.2007 00#-2370102">qarori </a>tahririda)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443115">Jinoiy jazo choralarini tayin etishda qonun buzilishlari roʻy bermoqda.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443116">Odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443118">1.Sud hukmi davlat nomidan chiqariladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443119">Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining <a href="/acts/-20596#-39040">26-moddasiga </a>muvofiq jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxs oʻzini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlar bilan taʼminlangan holda oshkora sud muhokamasida qonuniy tartibda aniqlanmasdan turib aybdor hisoblanmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443120">2. Sudlar hukm chiqarishda sudning hukmi qonuniy va adolatli boʻlishi, faqat qonunga boʻysunuvchi, mustaqil sudyalar tomonidan chiqarilishi; sudyalar maslahatlashuvining sir tutilishi; odil sudlovni fuqarolarning qonun va sud oldida tengligi asosida, shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilgan holda, taraflarning oʻzaro tortishuvi, dalillarni bevosita va ogʻzaki usulda tekshirilishi asosida chiqarilishi va ish boʻyicha haqiqiy holatni aniqlash toʻgʻrisidagi jinoyat protsessining muhim tamoyillariga amal qilishga majburdirlar. Ushbu tamoyillarni buzishlik hukmni qonuniy emas deb topishga asos boʻladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443121">3. Sudlarning eʼtibori JPK <a href="/acts/-111460#-252886">22-moddasiga </a>binoan ish boʻyicha haqiqatni aniqlash uchun faqat qonunda nazarda tutilgan tartibda toʻplangan, tekshirilgan va baholangan maʼlumotlardan foydalanish mumkinligiga qaratilsin. Bunda JPK <a href="/acts/-111460#-252907">26</a> va <a href="/acts/-111460#-256504">455-moddalari </a>talabiga binoan hukm faqat sud majlisida tekshirilgan va sud majlisi bayonnomasida oʻz aksini topgan dalillarga asoslantirilgan boʻlishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443122">4. Sudlanuvchi tomonidan tergovda yoki sudda aybini boʻyniga olish holati u ish boʻyicha toʻplangan hamda sudda tekshirilgan boshqa dalillar bilan xolisona tasdiqlangandagina ayblov hukmi chiqarishga asos boʻla oladi. Bu talab ayblov hukmi taxminlarga asoslangan boʻlishi mumkin emasligi va sudlanuvchining aybdorligi sud muhokamasi jarayonida isbotlangan taqdirdagina chiqarilishi lozimligi haqidagi JPK <a href="/acts/-111460#-256551">463-moddasi </a>mazmunidan kelib chiqadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443123">Jinoyat-protsessual kodeksining <a href="/acts/-111460#-253967">117-moddasiga </a>binoan gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari koʻrsatuv berishdan bosh tortganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilmaydilar, shuning uchun ham ular sudda ilgarigi koʻrsatuvlaridan bosh tortganlarida, sud ularning koʻrsatuvlariga, dastlabki tergov bosqichida qonunning qayd etilgan talablari ularga tushuntirilgan taqdirdagina, asoslanishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443124">5. Ish boʻyicha hukm ish materiallarida maʼlum boʻlib qolgan barcha kam-koʻstlar toʻldirilgandan keyingina chiqarilishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443125">Sudlanuvchining aybdorligi yoki aybsizligi toʻgʻrisidagi sudning xulosalariga zid boʻlgan dalillar hukmda nima uchun ular ishonchsiz deb topilganligi va rad etilganligi sabablari asoslantirilgan holda koʻrsatilishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443126">Hukmda sudlanuvchining jinoiy harakatlarini fosh qiladigan, oqlaydigan dalillarga asoslanganda, sud ularning mazmunini ochib tashlashi va tegishli baho berishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443127">Bir nechta sudlanuvchilarga tegishli ish boʻyicha yoki sudlanuvchi bir nechta jinoyatlarni sodir qilganlikda ayblanayotgan ish boʻyicha, sud hukmda har bir sudlanganga nisbatan har bir ayblov boʻyicha dalillar keltirishi va tekshirishi hamda xulosa qilishi zarur.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443452">6. Qonunga zid ravishda olingan barcha dalillar yuridik kuchga ega boʻlmasdan hukmga asos qilib olinishi mumkin emasligi sudlarga tushuntirilsin. Qonunga zid ravishda olingan dalillarga tergov olib borishning noqonuniy, ruhiy va jismoniy kuch ishlatish usullarini koʻllab olingan dalillar, shuningdek jinoyat-protsessual <a href="/acts/-111460">qonun </a>boshqa normalarining buzilishi (masalan, himoya huquqining buzilishi) natijasida olingan dalillar kiradi. Dalil qonunga zid ravishda olingan deb topilgan taqdirda, sud ishdagi dalillar yigʻindisidan uni chiqarish toʻgʻrisidagi oʻzining qarorini, qonunning buzilishi nimadan iborat ekanligini koʻrsatgan holda, asoslantirishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443453">Dalilni qonunga zid ravishda olingan deb baholashda sud dalilning haqqoniyligi va xolisligi toʻgʻrisidagi har qanday shubha, agar uni bartaraf qilishning imkoni boʻlmasa, sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi lozimligidan kelib chiqishi kerak.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443454">Ishda toʻplangan dalillarning yetarli emasligi, dalillar qonunga zid ravishda olinganligi sababli ular dalil sifatida tanilmaganligi yoki qoʻyilgan ayblovda sudlanuvchining aybdorligi toʻgʻrisidagi shubhani bartaraf qilishning imkoni yoʻqligi haqidagi sudning asoslantirilgan xulosasi oqlov hukmi chiqarish uchun asos boʻladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443456">7. Jinoyat-protsessual kodeksining <a href="/acts/-111460#-252848">17-moddasi </a>talabiga binoan sud insonning shaʼni va qadr qimmatini kamsitadigan, uning shaxsiy hayotiga taalluqli maʼlumotlar tarqalib ketishiga olib keladigan, unga maʼnaviy azob-uqubat yetkazadigan maʼlumotlarni, agarda bunday maʼlumotlar ishdagi dalillarga oid boʻlmasa, hukmda koʻrsatishga haqli emas.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443457">8. Sudlarga tushuntirilsinki, JPK <a href="/acts/-111460#-256584">467-moddasi </a>mazmuniga koʻra sud hukmning tavsif qismida ushbu ishda muhokama qilinmayotgan shaxs (shaxslar)ning jinoyatdagi ishtirokini koʻrsatishga haqli emas. Bunday hollarda hukmda sudlanuvchi tomonidan jinoyat boshqa shaxs (shaxslar) ishtirokida, uning ismi, familiyasi va shaxsiga oid boshqa maʼlumotlar koʻrsatilmasdan, sodir etilganligi qayd qilib oʻtilishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443458">Bu xildagi xatoga yoʻl qoʻyilib, u apellyatsiya, kassatsiya va nazorat bosqich sudlari tomonidan tuzatilmagan taqdirda, bundan keyin bunday jinoyat qatnashchisiga nisbatan ishni koʻrayotgan sud birinchi hukmni aybdorlikni tasdiqlovchi dalil sifatida keltirishga haqli emas.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443459">9. Hukmning kirish, tavsif va qaror qismlarining mazmuni boʻyicha qonun talablariga rioya qilish asosli sud qarori chiqarilishining muhim kafolatlaridan biri hisoblanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443463">Jinoyat-protsessual kodeksining <a href="/acts/-111460#-256577">466-moddasiga </a>binoan hukmning kirish qismida koʻrsatilishi zarur boʻlgan sudlanuvchi xususidagi boshqa maʼlumotlar deb — xususan jazo tayinlashda, jazoni oʻtash turini aniqlashda, mahkumni oʻta xavfli retsidivist deb topishda inobatga olinishi mumkin boʻlgan maʼlumotlar hisoblanishi lozimligi sudlarga tushuntirilsin. Bular qatorida sudlanuvchi salomatligining ahvoli toʻgʻrisidagi (masalan, nogironlik), unda davlat mukofotlari, maxsus unvonlarning borligi haqidagi maʼlumotlar ham boʻlishi mumkin. Shaxsning muqaddam sudlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, agar qonunda belgilangan tartibda sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan boʻlsa, hukmning kirish qismida koʻrsatilishi kerak. JKning <a href="/acts/-111453#-195684">77-moddasiga </a>muvofiq sudlanganlik muddatining oʻtib ketganligi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi munosabati bilan uning barcha huquqiy oqibatlari bekor boʻladi. Shuning uchun u hukmning kirish va tavsif qismlarida koʻrsatilmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443465">10. Sudlar xoh ayblov, xoh oqlov hukmlari chiqarayotganlarida jinoiy hodisa yuz berganligi, shaxsning qilmishida jinoyat tarkibining borligi, uning ushbu jinoyatni sodir etilishida aybdorligi kabi va JPK <a href="/acts/-111460#-256514">457-moddasida </a>koʻrsatilgan boshqa masalalarni hal qilishlari lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443466">Shuning bilan birga ayblov hukmining tavsif qismi mazmuni tartibga solingan JPK <a href="/acts/-111460#-256584">467-moddasi </a>talabiga koʻra, agar jinoyat bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib yoki uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan boʻlsa, hukmda jinoyatning har bir ishtirokchisi tomonidan aynan qanday jinoiy harakatlar sodir etilganligi aniq koʻrsatilishi kerak.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443467">Ayblov hukmining tavsif qismida sudlanuvchining eʼlon qilingan ayblovga munosabati yoritilishi, oʻzini himoya qilish uchun keltirgan vajlariga baho berilishi kerak. Sudlanuvchi tomonidan oʻzining surishtiruv va dastlabki tergovda bergan koʻrsatuvlarini oʻzgartirgan taqdirda sud uning bu va boshqa koʻrsatuvlarini batafsil tekshirishi va ularga ish boʻyicha toʻplangan boshqa dalillar yigʻindisi bilan birgalikda baho berishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443468">Sudlanuvchining koʻrsatma berishdan bosh tortishi unga nisbatan jazo turini va miqdorini belgilashda javobgarligini ogʻirlashtiruvchi holat sifatida hisobga olinishi mumkin emas.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443469">Ish boʻyicha ayblov hukmi chiqarilayotganda, ushbu ish boʻyicha chiqarilgan birinchi hukm tayinlangan jazo yengilligi yoki ogʻirroq jinoyat toʻgʻrisida qonunni qoʻllash zarurligi sababli bekor qilingan boʻlsa, sud hukmning tavsif qismida sudlanuvchining aybini tasdiqlovchi dalillarni keltirmaydi, faqatgina JPK <a href="/acts/-111460#-256303">414-moddasiga </a>binoan jinoyatni tavsiflashga va jazo choralariga bogʻliq boʻlgan oʻzining xulosalarini asoslantiradi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443470">11. Jinoyatni Jinoyat kodeksining u yoki bu moddasi, uning qismi yoki bandi bilan tavsiflash boʻyicha sudning asoslantirilgan xulosasi ayblov hukmining tavsif qismining muhim belgisi hisoblanadi. Bunda aybdorning harakatlari nima uchun aynan shu modda, qism, band bilan tavsiflanayotganligi aniq koʻrsatilishi kerak. Sudlanuvchini jinoyatni baholovchi kategoriyalarga tegishli (masalan, jiddiy ziyon, ogʻir oqibatlar va b.q.)belgilarga qarab aybdor deb topganida, sud ushbu belgining jinoiy qilmishda boʻlishligiga olib kelgan asoslarni ham keltirishi shart.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443471">Jinoyat-protsessual kodeksining <a href="/acts/-111460#-256584">467-moddasiga </a>binoan ayblovning oʻzgartirilishi sud tomonidan hukmning tavsif qismida asoslantirilgan boʻlishi kerak.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443472">Sud JPK <a href="/acts/-111460#-256313">415-moddasiga </a>binoan ayblovni oʻzgartirishga va sudlanuvchining harakatini qonunning boshqa moddasiga yoki qonun moddasining boshqa qismi, bandiga qayta tavsiflashga, shuningdek jinoyatning ayrim epizodlarini, agar sudlanuvchi qonunning yangi moddasi bilan tavsiflanayotgan harakatlari uning aybiga kirgan boʻlib, eʼlon qilingan ayblovga nisbatan faktik holatlari bilan jiddiy farq qilmagan va ogʻirroq jinoyat belgilari boʻlmagan taqdirdagina, sudlanuvchiga ayb eʼlon qilinmagan qonun moddasi bilan tavsiflashga haqli.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443473">Ogʻirroq ayblov deganda ogʻirroq jazo chorasini koʻzlovchi boshqa qonun normasi (qonun moddasining qismi va bandi) tatbiq etilishini, bu esa nafaqat asosiy, balki qoʻshimcha jazoga ham tegishli ekanligini sudlar eʼtiborga olishlari kerak. Jinoyatning tavsifini ogʻirroq jazo turini nazarda tutuvchi qonunga oʻzgartirishga olib keluvchi yoki sodir etilgan harakatning tavsifini oʻzgartirmasdan faktik ayblov miqdorini koʻpaytiruvchi, ayblanuvchiga qoʻyilmagan qoʻshimcha epizodlarni oʻz ichiga oluvchi ayblov ham ogʻirroq ayblov hisoblanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443474">Ayblovning haqiqiy holatlari oʻzgartirilib, yaʼni ayblov ifodasi oʻzgarilib, unga ilgari eʼlon qilingan jinoyatdan obyekti, ayb formasi va boshqa belgilari bilan farq qiluvchi boshqa qilmish yoki jinoyat qoʻshilganda ayblovning ilgari eʼlon qilingan ayblovdan jiddiy farqlanishi tushunilmogʻi kerak.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443475">Bundan kelib chiqib, masalan, sud aybdorning JK 97-moddasi <a href="/acts/-111453#-233855">2-qismining </a>bir bandidan ikkinchi bandiga, agarda bu qasddan odam oʻldirish sabablarini hisobga olgan holda ayblov mazmunining buzilishiga olib kelsa, jinoyat ishini qayta tergovga yubormasdan turib oʻzgartirishga haqli emas.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443476">12. Eʼlon qilingan ayblovning (ayblov epizodlarining) qismi sudda oʻz tasdigʻini topmagan taqdirda, ayblov hukmining tavsif qismida sudlanuvchining eʼlon qilingan ayblov qismi boʻyicha oqlanishining sabablari keltiriladi. Hukmning qaror qismida, sud shaxsni eʼlon qilingan ayblov qismi (epizodlari) boʻyicha oqlash toʻgʻrisida qarorni qonunning aniq normalariga asoslangan holda chiqaradi. Jinoyatning tavsifini oʻzgartirishga olib kelmaydigan ayrim epizodlarning yoki ayrim ogʻirlashtiruvchi holatlarga koʻrsatmalarning, shuningdek, aybdorning shaxsini salbiy baholovchi maʼlumotlarning ayblovdan chiqarib tashlangani taqdirda, sud hukmning tavsif qismida ayblovning qismini asoslantirilmagan deb topish toʻgʻrisida tegishli asoslar keltirgan holda xulosa qilishi kifoyadir.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443477">Sudlanuvchi tomonidan sodir etilgan bir jinoyat, jinoyat qonunining bir necha moddalari bilan xato tavsiflanganda yoki bir necha sodir etilgan jinoyatlarini jinoyat qonunining ogʻirroq jazoni taqozo qiluvchi birgina moddasi bilan tavsiflash oʻrniga asossiz ravishda jinoyat qonuni bir moddasining bir necha qismlari bilan tavsiflanganda, sud hukmning tavsif qismida sudlanuvchiga xato qoʻyilgan jinoyat qonunining moddasi (moddasi qismi)ni chiqarib tashlash toʻgʻrisida ham tegishli asoslar keltirgan holda koʻrsatib oʻtishi yetarlidir, hukmning qaror qismida takrorlashi shart emas.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443478">13. Sudlarning eʼtibori, hukm chiqarishda ularning jazo tayinlashning umumiy asoslari toʻgʻrisidagi qonun talablariga ogʻishmay rioya qilish shartligiga, jinoyat qonunining asosiy tamoyillaridan biri insonparvarlik tamoyili ekanligiga va uning mazmuniga koʻra jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan u axloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir etishining oldini olish uchun zarur hamda yetarli boʻladigan jazo yoki boshqa huquqiy taʼsir chorasi qoʻllanilishi kerakligiga qaratilsin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443479">Ushbu tamoyilga binoan jazolashdan koʻzlangan maqsadga yengilroq choralarni qoʻllash orqali erishib boʻlmaydigan taqdirdagina ogʻirroq jazo choralari tayinlanishi mumkin. Sudlar jazo tayinlashda, sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini va xususiyatini, sodir etilgan qilmishning sabablarini, keltirilgan zararning miqdori va xususiyati, aybdorning shaxsi, uning javobgarligini yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holatlarni hisobga olishlari kerak. Bulardan kelib chiqib, sudlanuvchining javobgarligi darajasi xususiyatiga qanday holatlar taʼsir etganligi, shuningdek, uning shaxsini tavsiflovchi sud muhokamasida tasdiqlangan va JK <a href="/acts/-111453#-184674">54-moddasiga </a>binoan jazo tayinlashda sud tomonidan hisobga olingan boshqa holatlarni hukmda koʻrsatib oʻtish lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443480">Jazo tayinlashning umumiy asoslari toʻgʻrisidagi qonunni qoʻllayotib, sudlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi 1-sonli <a href="/acts/-1455976">qaroridagi </a>tushuntirishlarga amal qilishlari va hukmning tavsif qismida sud tomonidan u yoki bu jazoni tayinlash haqidagi xulosaga kelganlik asoslarini koʻrsatishlari, shuningdek, ushbu jinoyat uchun jinoyat qonunida koʻrsatilgan jazodan ham kamroq jazo tayinlash, qoʻshimcha jazoni tatbiq etish, harbiy hamda maxsus unvondan mahrum qilish asoslarini koʻrsatishlari zarur.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443481">Jinoyat kodeksining <a href="/acts/-111453#-194989">56-moddasida </a>sanab oʻtilgan jazoni ogʻirlashtiradigan holatlar roʻyxati qatʼiy boʻlib, kengaytirilgan talqinga yoʻl qoʻyilmaydi, jazoni yengillashtiruvchi holatlar esa sud tomonidan aniq ish holatlaridan kelib chiqib hukmning tavsif qismida asoslar keltirilgan holda kengaytirilishi mumkin. Jinoyatni tavsiflash belgilari, shuningdek, shaxsning sudlanganlik holatini qonunda koʻrsatilgan tartibda tugallanishi yoki olib tashlanishi jazoni ogʻirlashtiruvchi holatlar sifatida keltirilmasligi kerak. Hukmda aybdorning birgina shaxsini inobatga olgan holda jazo tayinlanganligi toʻgʻrisida qayd etish yetarli boʻlmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443482">Xavfli retsidivist tomonidan jinoyat sodir etilishi bir qator jinoyatlarning tavsiflash belgisi hisoblanadi va bu holat shaxs dastlabki tergov organi tomonidan jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinayotganida koʻrsatib oʻtilgan boʻlishi lozim va keyinchalik bu sud hukmining tavsif qismida oʻz aksini topishi kerak.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-2375198"><a href="/acts/-1442991?ONDATE=02.05.1997 00#-1443483">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-2375198">(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 14-noyabrdagi 17-sonli <a href="/acts/-2370087?ONDATE=14.11.2007 00#-2370103">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443485">15. Agarda Jinoyat kodeksi moddasi (moddalari)ning sanksiyasi majburiy qoʻshimcha jazoni koʻzda tutgan boʻlsa, sud tomonidan u faqat JKning <a href="/acts/-111453#-195008">57-moddasida </a>koʻrsatilgan asoslar boʻyicha qoʻllanmasligi mumkin. Agarda qoʻshimcha jazo muqobil tarzda koʻzda tutilgan boʻlib, sud uni qoʻllashni rad qilish toʻgʻrisida xulosaga kelgan boʻlsa, hukmning tavsif qismida buni asoslantirishga majbur. Bu holat alkogolik va giyohvand deb topilgan aybdorlarga nisbatan sud tomonidan majburiy davolash chorasini qoʻllashni rad etgan holatlarga ham taalluqlidir.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443486">Hukmning tavsif qismida undirilishi lozim boʻlgan moddiy zararni qoplash miqdori, daʼvoni qanoatlantirish yoki rad etish, aybdorni oʻta xavfli retsidivist deb topish toʻgʻrisida ham asoslantirilgan xulosalar boʻlishi kerak.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443487">16. Ayblov hukmining qaror qismida JPK <a href="/acts/-111460#-256593">468-moddasiga </a>binoan sudlanuvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, Jinoyat kodeksining uni aybli deb eʼtirof etishga asos boʻlgan moddasi (moddaning qismi, bandi), sudlanuvchining oʻta xavfli retsidivist deb topilganligi (basharti sud shunday qaror qabul qilgan boʻlsa), sudlanuvchiga har bir jinoyat uchun tayinlangan jazo turi va meʼyori, uzil-kesil tayinlangan oʻtalishi lozim boʻlgan jazo chorasi, ozodlikdan mahrum etish jazo turi qoʻllanilganda jazoni oʻtash lozim boʻlgan tegishli tartibli koloniya turi; sudlanuvchi shartli ravishda hukm qilinganda, sinov muddati va mahkumning ustidan kuzatuv olib borish vazifasi yuklatilgan jamoa va shaxs; ushlab turilgan yoki qamoqda saqlangan vaqtni jazo muddati hisobiga kiritish toʻgʻrisida qaror; hukm qonuniy kuchga kirguniga qadar sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasiga oid qaror; mahkumning zimmasiga yuklatilgan majburiyatlar, JPK <a href="/acts/-111460#-257034">533-moddasi </a>asoslari boʻyicha hukmning ijrosini kechiktirish toʻgʻrisidagi qaror yoritilishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443488">Bundan tashqari hukmning qaror qismida mahkumga nisbatan amnistiya aktini qoʻllashlik, qonunning tegishli normalariga binoan mahkumni jazodan ozod etish toʻgʻrisidagi qaror koʻrsatilmogʻi zarur. Ayrim jinoyatlar uchun qonun moddasida nazarda tutilgan jazoning eng kam qismidan ham kamroq jazo tayinlashda, hukmning qaror qismida ushbu jazo JKning tegishli moddasi (moddaning qismi, bandi) bilan JK <a href="/acts/-111453#-195008">57-moddasini </a>qoʻllagan holda belgilanayotgani toʻgʻrisida koʻrsatib oʻtilishi kerak.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443489">Sudlanganga jazoni oʻtash koloniya turi jinoyatlar majmui boʻyicha uzil-kesil jazo belgilangandan keyingina tayinlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443490">Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan mahkumning voyaga etmagan bolalari, qari ota-onalari, qaramogʻida boshqa shaxslar boʻlsa va ular qarovsiz hamda yordamsiz qolayotgan boʻlsa, sud ayblov hukmi chiqarish bilan bir vaqtda JPK <a href="/acts/-111460#-256645">476-moddasiga </a>muvofiq ularni qarindoshlari yoki boshqa shaxslarning, muassasalarning vasiyligiga yoki homiyligiga topshirish toʻgʻrisida ajrim chiqarishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443491">Jinoyat-protsessual kodeksining <a href="/acts/-111460#-256627">471-moddasiga </a>koʻra ham ayblov, ham oqlov hukmining qaror qismida qoʻzgʻatilgan fuqaroviy daʼvo yoki sudning tashabbusi bilan ziyonni qoplash toʻgʻrisidagi qaror; ashyoviy dalillar hamda ishga ilova qilingan boshqa narsalar va hujjatlar, protsessual chiqimlar, shuningdek, hukm ustidan apellyatsiya shikoyati berish hamda apellyatsiya protesti bildirish tartibi va muddati toʻgʻrisida qaror boʻlishi zarur.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443492">17. Jinoyat kodeksining<a href="/acts/-111453#-195165"> 70 </a>va <a href="/acts/-111453#-1723504">71-moddalariga </a>binoan ish sudda koʻrilayotgan vaqtgacha sharoit oʻzgardi yoki shaxs namunali xulqi, mehnatga yoki oʻqishga halol munosabati bilan oʻzini koʻrsatib, ijtimoiy xavfliligini yoʻqotdi deb eʼtirof etilsa, yoki u qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan deb topilsa, sud hukmning tavsif qismida qabul qilingan qarorni aniq holatlarni keltirgan holda asoslantirishi, qaror qismida esa sudlanuvchini aybdor deb topishi va qonun talabiga koʻra unga jazo tayinlanmasligini koʻrsatishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443493">18. Sudlar oqlov hukmini chiqarishga olib keluvchi, jinoiy hodisaning yoki jinoyat tarkibining boʻlmasligi, jinoyat sodir etilishiga sudlanuvchi daxldor emasligi toʻgʻrisidagi asoslar roʻyxati Jinoyat-protsessual kodeksining <a href="/acts/-111460#-256562">464-moddasida </a>toʻliq koʻrsatilganligini eʼtiborga olishlari lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443494">Oqlov hukmi chiqarilayotganda uning tavsif qismida JPKning <a href="/acts/-111460#-256613">469-moddasiga </a>binoan sudlanuvchiga qoʻyilgan ayblovning mohiyati; sud aniqlagan ish holatlari, sudlanuvchining aybsizligi toʻgʻrisidagi sud xulosasini tasdiqlovchi dalillar; sudlanuvchining jinoyat sodir etishda aybi bor deb daʼvo qilishga asos boʻlgan dalillarni sud nima uchun ishonchga sazovor emas yoki yetarli emas deb hisoblashi yoki nima uchun jinoiy hodisaning oʻzi yuz bermagan yoxud sudlanuvchi sodir etgan qilmishni jinoyat emas deb hisoblashi; fuqaroviy daʼvoga oid qarorning asoslari bayon qilinadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443495">Oqlov hukmiga oqlanganning aybdor emasligiga shubha tugʻdiruvchi iboralarning kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443496">Basharti Jinoyat kodeksining bir yoki bir necha moddalari (moddalar qismlari, bandlari) bilan tavsiflangan bir necha jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan shaxsga nisbatan oqlov hukmi chiqarilganda, sud hukmning tavsif qismida har bir modda (moddaning qismi, bandi, ayblov epizodi) boʻyicha oqlashning tegishli asoslarini koʻrsatib, ayblovning asossiz ekanligi toʻgʻrisida asoslar keltirilgan holda xulosani tuzishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443497">Hukmning qaror qismida JPK <a href="/acts/-111460#-256617">470-moddasida </a>sanab oʻtilgan barcha koʻrsatmalar toʻligʻicha yoritilishi lozim. Bundan tashqari oqlanganga qonunga xilof ravishda jinoiy javobgarlikka tortish oqibatida yetkazilgan maʼnaviy va moddiy zararlarni qoplash boʻyicha uning huquqlari tushuntirilishi kerak.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443499">19. Jinoiy hodisa yuz bermaganligi yoki shaxsning jinoyat sodir etilishiga daxldor boʻlmaganligi sababli oqlov hukmi chiqarilayotganda sud fuqaroviy daʼvoni qanoatlantirishni rad qiladi. Sudlanuvchi sodir etgan qilmishda jinoyat tarkibi boʻlmaganligi tufayli oqlov hukmi chiqarilganda, sud daʼvoning isbotlanish darajasi va hajmini eʼtiborga olib, uni toʻliq yoki qisman qanoatlantiradi yoxud qanoatlantirishni rad etadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443500">20. Jinoyat-protsessual kodeksining <a href="/acts/-111460#-256573">465-moddasiga </a>muvofiq ish qaysi tilda koʻrilgan boʻlsa, hukm shu tilda, aniq va tushunarli iboralarda bayon qilinadi. Hukmda noaniq iboralarni ishlatish, rasmiy hujjatlarda ishlatish qabul qilinmagan qisqartirish va soʻzlarni qoʻllashga, shuningdek, ishga oid boʻlmagan holatlarni yoritish bilan hukmni ortiqcha toʻldirishga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443501">Barcha hollarda hukm oshkora eʼlon qilinishini hisobga olgan holda, sud hukmni tuzayotgan vaqtda, qurol, giyoxvandlik vositalari va portlovchi moddalarni tayyorlash bilan bogʻliq boʻlgan jinoyatni sodir etish usullarini batafsil yoritish bilan birga fuqarolarning shaxsiy maʼnaviy hayotiga putur yetkazuvchi iboralarni ishlatish mumkin emasligi tushuntirilsin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443502">Hukmga kiritilgan barcha tuzatishlar hukm eʼlon qilinishidan oldin izohlanishi va izohlar sudning barcha tarkibi bilan imzolanishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1443503">21. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1983-yil 8-avgustdagi “SSSR Oliy sudi Plenumining “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi 1969-yil 30-iyundagi qarorining Oʻzbekiston SSR sudlari tomonidan bajarilishining borishi haqida”gi 15-sonli qarori barcha oʻzgartirishlar bilan oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.</a></div><div class="SIGNATURE"><a id="-1443504"></a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-1443505"></a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-1443506">1997-yil 2-may,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><a id="-1443507">2-son</a></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
