|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 12.08.2024
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
buyrugʻi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BUXGALTERIYA HISOBINING MILLIY STANDARTI (7-SONLI BHMS) “NOMODDIY AKTIVLAR”GA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 14-fevralda 1485-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-iyundagi 134-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (7-sonli BHMS) “Nomoddiy aktivlar”ni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3547, 09.08.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga asosan va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2005-yil 25-martdagi 35-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (7-sonli BHMS) “Nomoddiy aktivlar”ga (2005-yil 27-iyun, roʻyxat raqami 1485 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 25-26-son, 188-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 21-yanvar,
7-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 8-son, 79-modda)